Rоmitan tuman tibbiyot birlashmasi buyruq


Download 127.16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.02.2023
Hajmi127.16 Kb.
#1155986
Bog'liq
content (2)



RОMITAN TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI
BUYRUQ
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, respublika SEO va
JSXning 2022-yil 11 oylik ma’lumotiga ko’ra, Respublikada o’ta xavfli
yuqumli kasalliklar bo’yicha epidemik vaziyat murakkablashib, 236 holatda
A23.0 (brutsellyoz), 62 xolatda A22.0 (kuydirgi) 8 holatda A 82.0 (quturish) va
18 holatda A-E8.0 (KKGI) kasalliklar qayd etilgan. Shuningdek, viloyatda ham
odamlar o’rtasida 80 holatda A23.0 brutsellyoz, 1 holatda Qrim-Kongo
gemorragik isitmasi A98.0, 5 holatda kuydirgi A22.0 kasalliklari ro’yxatga
olingan.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2012-yil
29-oktabrdagi “Tibbiyot xodimlarini o’ta xavfli yuqumli kasalliklar
profilaktikasi bo’yicha o’qitish to’g’risida”gi 310-sonli buyrug’i asosida
tibbiyot xodimlarini o’ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo’yicha
maxsus dastur asosida tayyorgarligi talab darajasida olib borilmagan.
Kuydirgi kasalligining teri shakli bilan gumon qilingan bemorlarning
yaralariga xirurgik ishlov berish holatlari, Qrim-Kongo gemorragik isitma
kasalligiga gumon qilingan bemorlarda gemorragik alomatlar, shu kasallikka
xos boshqa klinik belgilar hamda epidemiologik anamnezida kana bilan
muloqot holatlari bo’lsada, tibbiyot xodimlari tomonidan tashxis o’z vaqtida
qo’yilmayotganligi,
quturish
kasalligi
bo’yicha
tibbiyot
xodimlarini
mas’uliyatsizligi tufayli, hayvondan jarohat olib, antirabik yordamga murojaat
qilganda, o’z vaqtida sifatli yordam ko’rsatilmasdan, quturishga qarshi emlash
ishlari to’liq o’tkazilmagan holatlar qayd yetilgan.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni
saqlash vazirligining 2012-yil 29-oktabrdagi “Tibbiyot xodimlarini o’ta xavfli
yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo’yicha o’qitish to’g’risida”gi 310-sonli
buyrug’i asosida o’ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo’yicha vrachlar
va o’rta tibbiyot xodimlarining nazariy va amaliy bilimlarini oshirishga qat’iy
yondoshish hamda Buxoro viloyat hokimligi Sog`liqni saqlash boshqarmasi
boshqarma boshlig`ining 2023-yil 23-yanvardagi 00021-if-sonli buyrug`i
ijrosini ta’minlash maqsadida,
BUYURAMAN:
1. Buxoro viloyat hokimligi Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshqarma
boshlig`ining 2023-yil 23-yanvardagi 00021-if-sonli buyrug`i ma’lumot va ijro
uchun qabul qilinsin.
2. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2012-yil
29-oktabrdagi 310-sonli buyrug’i asosida tibbiyot xodimlarini o’ta xavfli
27«1»2023 yil.
226-2-40-TB/2023-son


yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo’yicha maxsus dastur asosida tayyorgarligi
talab darajasida bo’lmagangi ko’rsatib o’tilsin.
3. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2012-yil
29-oktabrdagi 310-sonli buyrug’iga asosida viloyat trenerlari tarkibi
1-ilovaga, tuman va shaharlarda 16/22- soatlik dastur asosidagi mashg’ulotlarni
o’tkazish sanalari 2-ilovaga, vrachlar va o’rta tibbiyot xodimlarini o’ta xavfli
yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo’yicha tayyorlash dasturi 3-ilovaga
muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
4. Birlashma boshlig`ining davolash ishlari bo’yicha o’rinbosari
J.Davronov hamda barcha davolash profilaktika muassasalari rahbarlariga:
KTMP mudiri M.Sodiqova, bosh infeksionist A.Jabborov, infeksionist
Y.Aminova va epidemiologlardan iborat trenerlar tarkibi va tibbiyot xodimlarini
16/22-soatlik dastur asosida tayyorlash reja-jadvali tasdiqlansin;
tuman tibbiyot birlashmasining mazkur buyrug’i bilan tasdiqlangan
trenerlar (mutaxassislar) dastlabki tayyorgarlikdan o’tkazilishi uchun 2023-yil
28-yanvar kuni soat 09:30da viloyat SEO va JSBga yetib kelishlari
ta’minlansin;
joriy yilning fevral oyidan boshlab 25-mart kuniga qadar muddatda
tibbiyot xodimlarining 16/22 soatlik dastur asosida tayyorgarlik va sinovdan
o’tkazish tadbirlari tugatilsin;
belgilangan muddatda viloyat hokimligi sog'liqni saqlash boshqarmasi
hamda SEO va JSB boshqarmasiga hisobot taqdim etilsin;
o’ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo’yicha 16/22 soatlik
maxsus dastur asosidagi mashg’ulotlarga qatnashmagan va sinovdan o’tmagan
tibbiyot xodimlariga nisbatan tegishli choralar qo’llanilishi inobatga olinsin;
viloyat trenerlari tomonidan tuman va shaharlarda 16/22 soatlik dastur
asosida o’tkaziladigan mashg’ulotlarda buyruqning 2-ilovasida ko’rsatilgan
sanalarda tibbiyot xodimlarining ishtiroki ta’minlansin.
5. Ushbu buyruqning ijro nazorati birlashma boshlig`ining davolash ishlari
bo’yicha o’rinbosari J.Davronov zimmasiga yuklatisin.
Asos: VHSSBning 23.01.2023-yildagi 00021-if-sonli buyrug`i.
Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR
Code ni skanerlang.
Imzolovchi F.I.SH. JAMSHID TOXIROV YAXYOYEVICH
Imzolangan sana
27.01.2023 09:16
Hujjat kodi
FI1871655461
Hulosa kodi
FE0274407741

Download 127.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling