Romitan tuman xalq
Mavzu: Qo’l to’pi o’yini texnikasi
Download 361.57 Kb.
|
ochiq dars(1)(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-ASOSIY SAVOL
- 1-ASOSIY SAVOLNING BAYONI H
Mavzu: Qo’l to’pi o’yini texnikasi
AJRATILGAN SOAT: ______ soat MASHG’ULOT TURI - Ma’ruza Mavzu rejasi: 1. O’yin texnikasi 2. Hujum texnikasi 3. Himoya texnikasi 1-ASOSIY SAVOL : O’yin texnikasi O’QITUVCHINING MAQSADI: Talabalarda qo’l to’pi o’yini texnikasi haqida ma’lumotga ega qilish IDENTIV O’QUV MAQSADLARI: 1.1.1.Hujumda o’tishdagi o’yinchining texnikasi haqida bilimga ega qilish. 1.1.2. Himoyada harakatlanish texnikasini o’rganish. 1.1.3. Himoyachilarning harakatlanishi asoslari nimadan iborat ekanligini bilish. Hujumchilarning harakatlarini asosiy mohiyat haqida ma’lumotga ega bo’ladi. 1-ASOSIY SAVOLNING BAYONI Hujumda va himoyada harakat qilish o’yinni texnikasi asosan ikki gruppaga bo’linadi. To’psiz harakatlanish va to’p bilan hujumga o’tish texnikasidan iboratdir. O’yin uslublari to’psiz ijro etiladigan harakatlar turish, yurish, yugurish, sakrashlar to’xtash va burulishlar. Bu harakatlarni hammasi harakatlanishni ma’lum maqsad sari tezlik bilan ijro etishdan iborat. O’yinchilarning turish holati unga o’z vaqtida ma’lum bir harakatni tez va aniq harakatlanish va himoyaga o’tish qaratilgan bo’lishi kerak. Himoyachining harakatlari orqa bilan, yon tomon bilan, hujumga qarab, orqa bilan va oldinga yugurishlar asosiy maqsaddir. To’p bilan hujumchining harakat qilish texnikasi: To’pni bir-biriga uzatish, ilib olish, erga urib yurish va zarba berishdan iborat. Himoyachining harakatlari: to’pning yo’lini to’sish va egallab olish, o’yinchi zarbiga blok qo’yish, to’pni erga urib kelayotgan hujumchidan to’pni egallab olishdan iborat. Darvozabonning himoya texnikasi: Turish. To’pni qo’l bilan ilib olish yoki qo’l va oyoq bilan hujum zarbini qaytarish, to’pga tashlanish, darvozani hujumchilar zarbidan himoyalash, o’z vaqtida to’pga yugurib chiqishdan iborat. NAZORAT TOPSHIRIQLARI: Izohli illyustrtsiya metodiga doir! Hujum texnikasi nimadan iborat? To’pni olib yurish , ochiq joyni olib egallashlik, to’pni aniq sherigiga tashlash. To’psiz harakatlar nimalardan iborat? Turish, yurish, yugurish va raqibni chalg’itish usullari. Himoyachining harakatlanish texnikasi nimadan iborat ? Orqa bilan yugurish, yon tomon bilan va hujumga qarab orqa bilan va oldinga qarab yugurishdan. Darvozabonning texnikasi nimadan iborat? Turish, to’pni ilib olish, hujum zarbini qo’li oyog’i bilan qaytarish va o’z vaqtida to’pga yugurib chiqish. O’quvchilarni badanini oldingi holatga keltiruvchi saf mashqlaridan bajarish. Yangi mavzuni o’tishda faol qatnashgan va o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tushuntirish va baholash. Uyga vazifa: Balandlikka sakrash va kuchli mashqlarni bajarish.Polga tayanib qo’llarni bukish va yozish. O’g’il bolalar 10-15 marta qiz bolalar 5-6 marta. 2.kg og’irlikdagi gantel bilan 4-5 mashqni bajarish. Download 361.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling