Rosetta va linus dasturlari reja: Kirish
Download 51.49 Kb.
|
ROSETTA va LINUS dasturlari
Rosetta tosh shakllari
Rosetta Stone Mandarin Xitoy paketi ikki formatda mavjud: CD va obunalarni. CD formati minimal o'rnatishni talab qiladi: Windows 2000 yoki XP, Mac OS X 10.3 yoki undan yuqori 128 MB RAM 250 MB bepul qattiq disk maydoni 16-bit ovoz kartasi 800 x 600 displey o'lchamlari Nutqni aniqlash xususiyati eshitish vositasi (USB yoki analog) Obunalarni 3, 6 yoki 12 oylik davrlar mobaynida olishingiz mumkin va 1 va 2-darajalardagi barcha darslarga kirishingiz mumkin. Agar siz bag'ishlangan o'quvchi bo'lsangiz va siz muntazam o'qish jadvalini saqlab qolishingiz mumkinligini bilsangiz, veb-ga asoslangan darslar pulni tejash. Qo'shilgan bonus siz Mandarinni Internetga ulangan joyingizdan o'rganishingiz mumkin. Obuna uchun minimal talablar: 56K yoki undan yuqori modem aloqasi Brauzerlar (minimal versiya): Internet Explorer 6sp1, Netscape 7.1, Firefox 1.5, Safari 1.3 va undan yuqori Shockwave plug-in brauzerda o'rnatilgan Pastki chiziq Rosetta Stone til dasturlari Mandarin Xitoyni o'rganishning ajoyib usuli hisoblanadi. Tabiiy o'quv muhitini ta'minlaydi va progressiv mashg'ulotlar sizga nazorat qilinadigan tezlikda so'z va grammatika bo'yicha mutaxassislik berishga imkon beradi. Rosetta Stone sizga yordam berolmaydigan yagona narsa suhbatdir. Buning uchun repetitor bilan ishlash - mashg'ulot xonasida yoki yakka tartib-qoidada - va zarur nutq amaliyotiga ega bo'lasiz. Rosetta Stone o'z-o'zidan yaxshi turadi, lekin agar siz uni sinf darsliklari bilan birlashtirsangiz, siz Mandarin Xitoylarini o'zlashtirib olish yo'lida yaxshi yo'l tutasiz. Yevropa koinot agentligi (YeKA) Rosetta avtomatik stansiyasini Churyumov-Gerasimenko kometasi bilan 30 sentabrda Toshkent vaqti bilan 15:40 da to‘qnashtirib, ushbu missiyani yakunladi. Qurilmadan Yergacha signal 40 daqiqa kelib turgan. Bu haqda YeKA saytida ma'lum qilindi. Rosetta missiyasi davomida bir necha muhim natijalar olindi. Olimlar kometaning qurilishini aniqlash, uning xaritasini tuzish, uning sirtidan Quyoshga yaqinlashgani sari modda kamayishi tezligini aniqlash hamda Yerdagi suv kometa kelib chiqishiga egaligi dargumonligini qo‘rsatishga muvaffaq bo‘ldilar. Rosetta stansiyasi fazoga 2004 yil yuborilgan. U 10 yildan ko‘proq vaqt ichida o‘zining yakuniy manzili – P67/Churyumov-Gerasimenko kometasiga yetib kelgan. Kometa yadrosini tadqiq qilish uchun qurilma bortida rejalashtirilgan tadqiqotlarni o‘tkazishda zarur bo‘lgan 11 ta tizim bilan jihozlangan Philae zondi bo‘lgan. Oldindan ochigʻini aytib qoʻya qolay: biror-bir dastur sizni birpasda tarjimonga yoki til bilimdoniga aylantirib tashlamaydi. Bular shunchaki yordamchilar, xolos. Asosiysi – sizdagi qobiliyat, gʻayrat va intilish. Texnologiya rivojlangani sari hayotimizga chuqurroq kirib boryapti, koʻp ishlarimizni osonlashtiryapti. Til oʻrgatishga ixtisoslashgan dasturlar ham xuddi shunday. Masalan, elektron lugʻatlarda biror soʻzni yozsangiz, bir zumda maʼnosini chiqarib beradi. Shu soʻz qatnashgan iboralar maʼnosini ham osongina bilib olasiz. Hatto boshlangʻich sinf oʻquvchilari qoʻl telefoni ishlatayotgan bir paytda uning foydali jihatlarini oʻrganish va boshqalarga ham oʻrgatish zarur. Demak, til oʻrganishga koʻmaklashuvchi mashhur bepul mobil ilovalar bilan tanishamiz. Bu dasturlardan samarali foydalanish uchun kamida rus yoki ingliz tilidan boxabar boʻlishingiz kerak. Bu tillarni maktab, kollej yoki oliy oʻquv yurtida oʻrgangansiz. Agar oʻsha davrda tekin oʻrganmagan boʻlsangiz, pul toʻlab qoʻshimcha darsga borishingizga toʻgʻri keladi. Duolingo (Android, iOS, Windows Phone tizimlarida ishlaydi) Eng mashhur muallim-dasturlardan biri. Bu mobil ilova yordamida dunyoning juda koʻp tillarini ingliz tili orqali oʻrganishingiz mumkin. Ingliz va olmon tillarini esa rus tili orqali oʻrganish imkoniga egasiz. Grammatika qoidalarini oʻrganish, soʻz boyligini oshirish uchun turli qiziqarli oʻyinlar bor. Dasturga talaffuzni yaxshilash uchun ham koʻplab mashqlar kiritilgan. Bir paytning oʻzida bitta profil orqali telefon, planshet va saytda Duolingo dan foydalanish mumkin. LinguaLeo (Android, iOS, Windows Phone) Bu dastur rus tilini biladiganlar uchun moʻljallangan. U orqali ingliz tilini oʻrganishingiz mumkin. Boshqa koʻplab dasturlar kabi oʻrgatish uslublari, mavzular va oʻqish tezligini oʻzingizga moslab tanlaysiz. Audio va video materiallarning katta zaxirasi bor. LinguaLeo asosan boshlovchilar va bolalar uchun qulay. Uning pulli boʻlimlari ham bor. Biroq bepul qismi orqali ham koʻp imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Memrise (Android, iOS) Til oʻrgatuvchi oʻyinlarga berilib ketish kutilgan natijaga olib kelmaydi. Til oʻrganish qatʼiyat, mehnat va lugʻat boyligini doimiy oshirib borishni talab etadi. Gap qurilishini, soʻzlarning talaffuzini yaxshi bilish mumkin, lekin leksikangizni rivojlantirmasangiz, qanotsiz qush holiga tushasiz. Chet tilini egallashning eng yaxshi usullaridan biri oʻsha tildagi kitoblar, maqolalarni oʻqishdir. Biroq tayyorgarliksiz kishiga bunday mutolaa juda ogʻir tuyuladi. Shuning uchun faqat dasturlar bilan cheklanib qolmay, oʻrganuvchilarning darajalariga moslashtirilgan kitoblar (adapted books)ni oʻqib boring. Busuu (Android, iOS) Bu dastur bir necha ilovalarni oʻz ichiga oladi. U orqali ingliz, olmon, fransuz, yapon, ispan, xitoy, portugal va boshqa tillarni oʻrganishingiz mumkin. “Sayyohlar uchun ingliz tili” deb atalgan ilova ham boʻlib, u safarga otlanganlar tez fursatda inglizcha soʻzlay olishiga koʻmaklashadi. Dasturdan offlayn ham foydalansa boʻladi. Imkoniyatlarini kengaytirish uchun esa uni sotib olish kerak. Rosetta Course (Android, iOS) Bu ilova orqali koʻp tillarni oʻrganish mumkin. Gaplarning grammatik va leksik qurilishini oʻrganishda katta yordam beradi. Qoidalarni oʻqitish emas, amalda qoʻllash orqali oʻrgatadi. Boshqa dasturlar kabi Rosetta Coursening toʻliq shakli pulli. Bundan tashqari, Android va iOS tizimlarida ishlaydigan oʻzbekcha-ruscha, ruscha-oʻzbekcha, oʻzbekcha-inglizcha, inglizcha-oʻzbekcha va bu uchala tilga tarjima qiluvchi lugʻat-ilovalar ham bor. Ular boshlovchilar uchun ancha foyda beradi. Yana bir muhim gap: agar siz roʻyxatda koʻrsatilmagan dasturdan foydalansangiz va u sizga qulay boʻlsa, eng yaxshi dastur – ana shu. Zarurat tugʻilsa, boshqa mobil ilovalar qatori yuqorida sanalgan dasturlarni ham sinab koʻrishingiz mumkin. Linux yoki GNU/Linux? Linux operastion tizimi haqida gapirilganda uni Nan Linux, ba'zida GNU/Linux deb nomlashadi. Aslini olganda Linux bu operatsion tizimning yadrosidir. Ushbu operatsion tizimni ishlashini ta'minlovchi ko'pgina dasturlar GNU dasturiy ta'minoti hisoblanadi. GNU bu Unix emas degan ma'noni beradi va u Linux uchun foydalanish mumkin bo'lgan barcha dasturiy ta'minot, tahrirlovchi dasturlar, kompilyatorlar, ishlab chiqarish vositalari, utilitlar, paketlar va boshqa barcha yangiliklar mutlaqo bepul bo'lishi kerak deganidir. Shunday ekan operatsion tizimni GNU/Linux deb nomlash to'g'riroq bo'ladi, Linuks termini esa uning yadrosiga nisbatan ishlatish mumkin. Linuks operastion tizimi boshqa operatsion tizimlar kabi uzoq o'tmishga ega bo'lmasada, ochiq tizimli operatsion tizimlar ichida eng ommabopi hisoblanadi. EHM ning birinchi davrida operatsion tizim hali ishlab chiqilmagan davrda katta va qimmat hisoblash mashinalarini faqatgina bitta odam(foydalanuvchi) foydalana olgan. Unga misol qilib, IBM 701, Fortran Monitor System uchun yaratilgan General Motors Operating System(GMOS) va IBM 709 uchun ishlab chiqilgan North American Aviation ni keltirishimiz mumkin. 1960 yilda Massachusets texnologiya universitetida GE-645 mashinasi uchun eksperemental operatsion tizim — Multics (Multiplexed Information and Computing Service) yaratildi. Ushbu operatsion tizimni yaratuvchilaridan biri AT&T kompaniyasi loyihadan ajralib chiqib, 1970 yilda o'zining shaxsiy Unix operatsion tizimini yaratdi va uni ishlashi uchun C dasturlash tilidan foydalanadi. Yigirma yildan so'ng Endru Tannenbaum shaxsiy kompyuterlarda ishlovchi Unix ning MINIX (minimal Unix) deb nomlanuvchi mikroyadroli versiyasini ishlab chiqadi. Ochiq kodli MINIX operatsion tizimi Xelsinki universiteti talabasi Linus Torvalds ni ilxomlantirib yubordi va 1990 yillar boshida Linux yadrosini yaratishga olib keldi. 1991 yil 25 avgusta USENET nomli konferenstiyada Linus Torvalds o'zining Linux nomli operatsion tizimini e'lon qilib, bu unchalik katta loyiha emasligini ta'kidlab o'tdi. Bir necha oylardan so'ng Tarvalds barchani bu loyiha ustida ishlashga taklif etdi. Shundan so'ng C dasturlash tilidan xabardor juda ko'p foydalanuvchilar o'z kodlarini jo'natib, operatsion tizimni mukammal ko'rinishga olib kelishga xarakat qilishdi. Operatsion tizimning ishlovchi yaxshi varianti 1995 yilda shakllandi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, 1997 yilga borib 6 millinga yaqin shaxsiy kompyuter va serverlarga GNU/Linux operatsion tizimi o'rnatildi. Bu operatsion tizimni foydalanuvchilarini aniq hisoblab bo'lmaydi, chunki bu operatsion tizimni istalgan foydalanuvchi, istalgan kompyuteriga o'rnatish mumkin, eng asosiysi hech qayerda ro'yxatdan o'tish shart emas. Hozirgi kunda Linux operatsion tizimini asosan server kompyuterlariga o'rnatishmoqda. Chunki bu tizim xavfsizlik jihatidan juda kuchli hisoblanadi. Bu tizimni juda ko'p distributivlari(Mandriva, Gentoo, Redhat,.. )mavjud bo'lib, ularning versiyalari ham juda tez suratda yangilanib bormoqda. GNU/Linux Distributivlari ubuntu Foydalanuvchilarning koʻp qismi GNU/Linuxni oʻrnatish uchun distributivlardan foydalanishadi. Distributiv — bu nafaqat dasturlar toʻplamidir, balki foydalanuvchilarning bir qator masalalarining yechimi, birlashtirilgan yakka tizimlar markaziy oʻrnatgichi, boshqarish va yangilash paketlari, moslashtirishlar va texnik yordamlar majmuasidir. Dunyoda eng koʻp tarqalgan distributivlar: amerikaliklarning Red Hat va uninig bepul vorisi Fedora Core; nemislarning SuSE; fransuzlarning Mandriva (eski nomi Mandrake); ayni bir xalqqa taalluqli boʻlmagan Debian GNU/Linux; keksa distributivlardan biri boʻlmish Slackware; nisbatan yosh va aktiv rivojlanuvchi Gentoo; juda yosh, lekin istiqbolli Ubuntu Linux.[1] Linux operatsyon tizimining qisqacha tarix Linux distributivlarining rivojlanish tarixi (2020-yilgacha) Bu operatsion tizim 1991-yil Xelsinkidagi universitetlardan birida tahsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning dissertatsiya ishi natijasida, UNIX operatsion tizimi asosida yangi operatsion tizimi sifatida yuzaga keldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax (inglizcha „free“, „freak“ soʻzlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi „X“ harflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Torvaldsning doʻsti Ari Lemka yadroga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi. Operatsion tizim Internet tarmogʻiga joylashtirishi natijasida tez orada oʻz foydalanuvchilari va muxlislariga ega boʻldi va koʻpgina dasturchi(programmist)larni oʻziga jalb qilishi Linux operatsion tizimining keskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi. Bugungi kunda dunyo miqyosidagi operatsion tizimlar ichida oʻziga xos oʻrniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan dasturiy taʼminotlardan biridir, yaʼni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Internet tarmogʻi orqali yoki kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu operatsion tizimning 2 ta ishlash uchun moʻljallangan interfeyslari boʻlib, ular GUI (Graphic User Interface) — grafikali interfays hamda CLI(Command Line Interface) — konsol, yaʼni buyruqlar qatoridan iboratdir. Linuxning asosiy uy saytining (homepage) bogʻi: http://www.linux.org. Ushbu saytda operatsion tizim haqida asosiy maʼlumotlar hamda yangiliklar bilan tanishish mumkin. Linux operatsiyon tizimi asta-sekinlik bilan Oʻzbek foydalanuvchilarini ham topmoqda. Linux operatsion tizimini birinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilishda Samarqand Davlat Universiteti sobiq talabasi Mashrab Quvvatovning hissasi katta. Uning internedagi sayti: http://www-user.uni-bremen.de/~kmashrab/freax.homelinux.net Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-11-17).. Hozirgi paytda Mandriva, Ubuntu hamda Booyo distributivlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Linux Oʻzbekistonda[tahrir | manbasini tahrirlash] Oʻzbekistonda Linux foydalanuvchilari tobora oshib bormoqda. Bunga asosiy sabablardan biri shunda-ki, Oʻzbekiston hududida Linux boʻyicha turli xil telegram guruhlar ochilayotganidandir. Asosiy Linuxga doir oʻzbekcha maʼlumotlar qoʻshib kelayotgan guruhlardan: Linux Uzbek Community va Linuxiston. Ikkinchi guruh boʻyicha hamjamiyat tomonidan ochiq va bepul Linuxda oʻzbekcha platforma yaratilyapti. Linux Operatsion tizimi tarixi Dunyoda shaxsiy kompyuterlarni unumli ishlatish uchun yangi tizimlar paydo bo'lmoqda. Masalan, 2001 yilda chiqqan barchaga taniqli, mashhur "Maykrosoft" firmasining Windows XP operatsion tizimi o'rniga Windows Vista tizimi kirib kelishi, hamda yangi Windows 7 tizimining yaratilishi haqidagi ma'lumotlar hammani qoyil qoldiryapti. Lekin "Maykrosoft" kompaniya tizimlaridan tashqari, boshqa tizimlarning borligi va ulardan Linuks nomli tizimning rivojlanib kelishi ham ma'lum. O'zbekiston diyorida Linuks operatsion tizimi haqida eshitmagan kompyuter foydalanuvchilari bo'lmasa kerak, biroq ko'pchilik uchun bu mavzu notanish va qandaydir hijolatli bo'lishi mumkin. Dunyoda esa Linuks - eng tez taraqqiy etayotgan operatsion tizimiga aylanganli hech kimga sir emas. Hozirda, xatto yiliga ikki marta yangilanib chiqayotgan Linuksning turli tizimlari ham mavjud. Shu qatorda, ajoyib Farangiston o'lkada chiqayotgan "Mandriva" nomli operatsion tizimni tarqatish to'plami (distributivi) Linuks turdagi opertsion tizim bo'lib, 2003 yildan boshlab [1], o'zbek tiliga o'girilib kelmoqda. "Mandriva" asosida "Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo'llab-quvvatlash markaz"-ida yangi operatsion tizim "DOPPIX" tuzilishi, milliy axborot texnologiyalar mutaxassislarini qiziqtirib, shod etmoqda. Lekin milliy operatsion tizim yaratilayotgan va Ommaviy axborot vositalarda bu haqida habarlar tarqatilayotgan bir vaqtda Linuks operatsion tizimining tarixi o'zbek tilida yetarli ravishda yoritilgan emas. Ushbu maqolada Linuks tarixi haqida ma'lumotlar ketma-ket, izchillik bilan to'planib, yetishmagan manbalarni tuldirishda xizmat qilishiga umid qilamiz. Tarixda Linuksning ikki o'tmishdoshi ma'lum, bu Yuniks(Unix) -ko'p foydalanuvchilarga mo'ljallangan operatsion tizim, hamda GNU(GNU) loyihasi. Shuning uchun bayonimizni Yuniks tizimining tarixidan boshlaymiz. Hammasi o'yindan boshlangan ekan Siz ishonmaysiz, jiddiy va mustahkam Yuniks tarixi Ken Tompson (Ken Thompson) tomonidan yozilgan, kichik bir o'yindan boshlangan ekan. Bu fikrni tushunish uchun o'tmishga nazar tashlash kerak. Uzoq 1964 yilda GE-645 rusumli kompyuter uchun yangi "Multiks" ( Multics) nomli operatsion tizimni yaratish ustida ishlar boshlangan ekan [2]. Loyihaning tashabbuschisi "Bell laboratories" kompaniyasi bo'lib, unga yordamchi "Jeneral Elektrik" mashhur kompaniyasi va Massachuset Texnologik Intstituti(MTI) bo'lgan. Demak, "Multiks" operatsion tizimidan nimalar kutilgan? Ge-645 ulkan va qimmatbaho kompyuter, uning ishlash vaqti juda qimmatga tushganligi sababli, protsessor vaqtini bo'lib, ko'p foydalanuvchilar birgalikda ishlatishni ta'minlaydigan tizim kerak bo'lgan. Multiks" tizimi 1969 yili ishga tushirilgan, lekin bu dasturiy ta'minotga qo'yilgan umidlar o'zini oqlamagan. Shu bois ko'p o'tmay "Bell Laboratories" ushbu loyihani rivojlantirishga bir necha yil sarflaganiga qaramay, uni to'xtatishga qaror qiladi. O'sha payt kompaniyaning to'rt xodimi: Rud Kenedey(Rudd Canaday), Dag Makilroy(Doug McIlroy), Denis Richi(Dennis Ritchie) va Ken Tomson(Ken Tompson) loyihaning berkitilishiga ko'nikmasdan "Multiks" tizimini kuchaytirmoqchi bo'lishadi. Ular yangi dasturlar hamda yangi fayl tizimini yaratishadi. Qo'shimcha ravishda, hordiq chiqarish maqsadida Ge-645 uchun Tomson tarafidan "Koinotga sayohat" nomli o'yin yaratilgan, lekin loyiha berkitilgach, hamkasblar uni o'ynalmay qolishadi. Burchakda, kam ishlatiladigan PDP-7 kompyuter topilgach, Tomson va Richi o'yinni shu kompyuterga o'tkazishga qaror qilishadi. PDP-7 k omyuteri uchun fayl tizimi va buyruqlar qobig'ini ishlab chiqarishganda yangi operatsion tizim paydo bo'ladi va unga Brayn Kernigan (Brian Kernighan) Multiksga o'xshash nom - Yuniks (UNICS - Uniplexed Information and Computing Service - keyinchalik UNIX) beradi. Kompyuter tarixining boshlanish davrida barcha dasturiy ta'minot assembler tilida muayyan hisoblash mashina uchun yozilib, boshqa kompyuterlarda ishlamagan. Bunday muammoni bartaraf qilish uchun Tomson turli kompyuterlarda ishlaydigan operatsion tizimni tuzish maqsadida yangi Bi ("B") nomli dasturlash tilini yaratishga urinadi. Bu ishni Richi oxirigacha yetkazadi va yangi, universal dasturlash tilga Si("S") nomini beradi. Keyinchalik bu til ko'p yillarga asosiy dasturlash tiliga aylanib, juda katta hurmatga ega bo'ladi va "dasturlash tillarining Qiroli" nomini oladi. "Bell Labs" kompaniyasiga Tomson va Richi yaratgan operatsion tizim yoqib, 1971 yili loyihani davom yettirish uchun yangi PDP-11 kompyuter sotib oladi. Bu kompyuter uchun Yuniks operatsion tizim to'liq Si tilida qayta yozilganda, boshqa kompyuterlarga ham Yuniks -ni ko'chirib, o'rnatish imkoniyati paydo bo'ladi. 1974 yili Tomson va Richi "Communications of the ACM" jurnalida Yuniks operatsion tizimi haqida birinchi maqolani nashr etishadi. Ular Yuniksning umumiy tuzilishi haqida ma'lumotlar berishadi. 1974 yil iyul oyi holatiga 600-ta kompyuterga o'rnatilgan deb yozishadi. Bu raqamlarni tasavvur qilish uchun yana o'tmishni eslash kerak. U davrlarda kompyuter katta boylik hisoblangan va uni faqat katta tashkilotlar sotib olgan. Kompyuter matn terish, yohud musiqa eshitish emas, balki muayyan sanoat masalalarini hal qilish uchun xarid qilingan. Bu maqoladan so'ng Yuniks tizimi bilan ko'p ilmiy-tadqiqot tashkilotlar qiziqib qoladi. Qiziqqanlarga Tomson operatsion tizimning disklar to'plamini bepul tarqatadi. Natijada Yuniks tizimi uchun yangi rivojlanish to'lqinlari sodir bo'ladi. Masalan, Yel universitet talabalari buyruqlar qobig'i (shell) -ni ishlab chiqishadi, boshqa universitet talabalari Yuniks asosida birinchi kompyuterlar tarmog'ini yaratishadi. Berkli universitet talabalari juda ko'p dasturlar va yangi buyruqlar kiritish qobig'ini yaratishadi. O'sha vaqtda mash'ur bir dastur yaratilib, hozirgacha faol ishlatilmoqda, bu - "vi" matn tahrirlovchisi. Berkli universitetida operatsion tizimning o'zgargan shakli BSD (Berkeley Software Distribution) nomini olib, hozirgi FreeBSD nomli dongdor operatsion tizimning boshlanishi bo'lgan. 1980 yili DARPA agentligiga ARPANET (Internet ajdodi)tarmog'ini rivojlantirish uchun quvvatli kompyuterlar kerak bo'lgan. Yangi kompyuterlarga TCP/IP bayonnomasini amalga oshiradigan operatsion tizim kerak bo'lganligi uchun DARPA agentligi BSD tizimini tanlagan. Bo'lgan voqea Yuniks rivojlanishiga ijobiy ta'sirini o'tkazgan va u Internetning asosiy tizimiga aylanib qolgan. Shunday qilib, 80 yillarda Yuniks tizimi rivojlanib, uning juda ko'p turlari yaratilgan. Tarixda hatto "Yuniks urushlari" degan termin vujudga kelgan. Barcha ma'lumot erkin va ochiq bo'lishi kerak Linuksning ikkinchi poydevori - GNU loyihasidir. Vaqt o'tib, Yuniks XX asrning 80-yillarida qimmatbaho tijorat mahsulotga aylanib qolgan yedi. Dasturchilar mahfiy guruhlarga bo'linib, bir-birlaridan yangiliklarni sir tutishgan. Bu holatga qarshi chiqqan Massachusets Texnologik Institutining talabasi va xakeri Richard Stolmen (Richard Stallman) erkin va ochiq operatsion tizimni yaratishga kirishadi. Xakerlarning "Barcha ma'lumot erkin va ochiq bo'lishi kerak" degan ma'lum ta'limotining tarafdori Stolmen o'zining loyihasiga GNU nomini beradi. GNU - rekursiv: "GNU - Not UNIX", o'zbekcha ma'nosi: "GNU - Yuniks Emas" qisqartmasi demakdir. Rekursiv degani - GNU nomi ochilsa, "GNU - Not UNIX" chiqadi, GNU qisqartmasi qayta ochilsa yana o'sha "GNU - Not UNIX" degan ma'no chiqaveradi. Bu esa - xaker dasturchilarning nom berishda qandaydir hazil, original usuli bo'ladi. Yangi tizim uchun Yuniks asos qilinib olingan bo'lsa ham, Stolmen loyiha nomi bilan Yuniksdan jiddiy ravishda farqlanishini ta'kidlamoqchi bo'lgan. U loyihani 1983 yil 27 sentyabrda butun dunyoga e'lon qilgan [6]. E'lonning to'liq matnini quyidagi manzil bo'yicha ko'rish mumkin: http://www.gnu.org/gnu/initial-announcement.html. GNU loyihasining emblemasi Loyihaning birinchi bosqichida Stolmen o'z oldiga ko'p tizimlarda ishlaydigan kompilyator (dastur yig'uvchi) yaratish masalasini qo'yyadi. Kompilyator - insoniy tilda yozilgan dasturni kompyuter tiliga o'giruvchi dasturdir. Lekin hammaga ayon: kompyuterda oddiy matnni yozish uchun ham muharrir dasturi zarur. Shunday qilib, loyihaning ichida birinchi yaratilgan dastur - Emacs matn muharriri bo'lgan. Emacs muharriri bilan boshqa dasturchilar ham qiziqqanlarida, Stolmen xohlovchilarga pochta orqali dasturni 150 dollar pul evaziga jo'natgan. 1985 yili Stolmen loyiha mablag'ini boshqarish uchun Yerkin dasturiy Ta'minot Fondini (Free Software Foundation - FSF) tashqil qiladi. Bu jamg'arma orqali yaratilayotgan dasturlar sotilib, hayr-ehsonlar qabul qilinadi va to'plangan mablag'lar loyihani qo'llab-quvvatlashda sarflanadi. Shu yerda aytib o'tish lozim: "erkin va ochiq" degani bu - dasturnining kodi ochiq va u bilan erkin foydalansa bo'ladi, lekin tarqatilinishi pulli bo'lishi mumkin. FSF yaratilganidan so'ng, loyihaga bir narsa yetishmagan bu - huquqiy himoya. 1989 yil fevral oyida GNU -ning mahsulotlarini huquqiy himoyalash maqsadida Umumiy ommabop litsenziyasi (GNU General Public License, yoki GPL)e'lon qilingan. Bu litsenziyanining mohiyatini tushunish uchun uni standart mualliflik huquqlari bilan solishtirish mumkin. Oddiy mualliflik huquqlarida yaratilgan mahsulotni o'zgartirish, nusxa olish, sotish kabi amallarni faqat egador hal qilishi, uning roziligi bo'lishi kafolatlangan. Bunday holat yana COPYRIGHT nomi bilan mashhur. GPL litsenziyasining mohiyati oddiy mualliflik huquqlariga teskari bo'lib, hujjat bilan himoyalangan mahsulotlarni kerakligicha o'zgartirish, nusxa olish, o'zga shaxslarga tarqatish yoki o'zgartirilgan turlarini GPL litsenziya asosida sotish uchun barchaga ruhsat berilgan. Uni yana "GPL - Guaranteed Public For Life" ("Hayot uchun ommabopligi kafolatlangan") deb tushintirishadi. Ommabop litsenziya bilan himoyalangan dasturiy ta'minotdan nusxa olish erkin yoki COPYLEFT nomi bilan ham ma'lum. 1990 yillarga kelib, GNU loyihasi ichida erkin operatsion tizim hosil qilinishi uchun asosiy qismlar yaratilgan edi. Emacs tahrirlovchisidan tashqari, Stolmen yangi dasturlarni yaratuvchi "gcc" (GNU C Compiler) kompilyator va dasturlarni to'g'rilovchi "gdb" sozlovchini ishlab chiqdi. GNU asoschisi mashhur dasturchi bo'lib, bir o'zi tijorat dasturlash guruhlaridan o'tib, haqiqatdan takomillashtirilgan va ishonchli kompilyator yaratdi. Hattoki hozirgi kunda ham gcc kompilyatori deyarli barcha operatsion tizimlarga moslashtirilib, amalda faol ishlatilmoqda. Bu davrda GNU loyihaga qo'shilgan boshqa dasturchilar ham juda ko'p foydali dasturlar ishlab chiqishgan. Ulardan ikkitasini alohida qayd qilish mumkin: Si kutubxonasi va "shell" qobig'i. Si tilining amaliy kutubxonasining GNU hodimi Roland Makgras hosil qilgan. yana bir dasturchi Brayyan Foks kompyuterni boshqarish uchun foydalanuvchini operatsion tizim bilan bog'lovchi, o'zaro muloqotini ta'minlovchi mashhur BASH (Bourne Again Shell) qobig'ini yaratgan. Demak, 90 yillarda GNU tizimini yakunlash uchun faqat bitta asosiy qismi - yadro yetishmagan edi. Yuta shtati universitetida "Hurd" nomli yadro ishlab chiqarilishi kutilgan. Lekin tasoddifiy inqilobchi, yosh fin talaba Linus Torvalds saxnaga chiqadi. Tasodifiy inqilob 1980 yillarda paydo bo'lgan Microsoft operatsion tizimi bilan qurollangan shaxsiy kompyuterlar 1990 yillarga kelib, kompyuter bozorida ustunlikka erishdi. Shaxsiy kompyuterlarning texnik imkoniyatlari yetarli quvvatga ega bo'lmay Yuniks turli tizimlarini bunday kompyuterlarda qo'llab bo'lmas edi. Modomiki, shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari shiddatli ravishda o'sar ekan, bunday kompyuterlar uchun Yuniks turli tizimlari paydo bo'lishi tabiiy xol bo'lgan. 1987 yili Linuks tizimining yaratilishiga o'ziga xos hissasini qo'shgan, gollandiyalik professor Andryu Tanenbaum Yuniks turli tizimini yaratadi. Tizimga muallif Miniks (Minix) nomini berib, uni shaxsiy kompyuterlarda o'quv quroli sifatida ishlatishni tavsiya qiladi. Albatta, Miniks mukammal va benuqson operatsion tizim bo'lmagan, lekin uning dastlabki kodi ochiq bo'lib, Tanenbaumning "Operatsion tizimlar" kitobida tizimning ishlash jarayonlari batafsil yoritilgan. Bu esa operatsion tizimni o'rganishni xohlovchilar uchun bebaho o'quv qo'llanma bo'lgan, shuning uchun Yevropa oliygohlarining talabalari bosh ko'tarmay Miniks tizimining 12 000 keltirilgan satr kodini astoydil o'rganishgan. Shunday talabalar qatori Linus Torvalds bo'lgan. Linus Benedikt Torvalds (Linus Benedict Torvalds - 1969 y. tug'ilgan) Finlyandiya poytaxti Xelsinki universiteti kompyuter fanlari fakultetining talabasi bo'lib, professor Tanenbaum kitobini sotib olgan. "Tasoddifiy inqilobchining hikoyasi" xotiranomasida Linus: "Kirish qismini o'qiganimdayoq, Yuniks mohiyatiga tushunib, uni qudratli, mustahkam va go'zal operatsion tizim ekanligiga iqror bo'lganman, hamda o'sha zahotiyoq Yuniks ishlay oladigan kompyuter sotib olgim kelgan," - deb yozadi. 1991 yili Linus bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan Intel 80386 protsessori asosida yangi kompyuter sotib oladi. Kompyuterga Miniks operatsion tizimini o'rnatib, miriqib bir oy o'rganadi, lekin foydalanish jarayonida unda tizimning ishlashiga juda ko'p shikoyatlar paydo bo'ladi. Ulardan asosiysi masofadan ishlab ma'lumot kirituvchi terminal qismidir. Bu qism yordamida Linus uyidan universitet kompyuteriga ulanib, yangiliklar o'qimoqchi bo'lgan. Bu muammoni yechish uchun yosh xaker o'zining terminali, shaxsiy dasturini yozishga kirishadi. U Miniks tizimiga tayanmagan holda, kompyuterning apparat qismlariga muvofiq yangi, mustaqil dastur yaratadi. Modomiki, yana, fayllarni universitetdan uyga tortib olmoqchi bolganligi sababli, yo'l-yo'lakay yangi fayl tizimini yaratadi. Miniks tizimida nafaqat masofadan kiritish qismi yomon ishlar, balki ishlayotgan dasturni vaqtincha foydalanmasdan, boshqa dasturni ishga tushirish imkoniyati ham yo'q yedi. Tizimning bu kamchiligini to'g'irlash uchun Linusga boshqa, haqiqatdan yangi operatsion tizim tuzish kerak bo'ladi. Dastlab, u sistemali chaqiruvlarini (yangi tizim qismlarini) ketma-ket dasturlashga urinadi. Lekin ma'lumot yetishmaganli va chaqiruvlarni ko'pligi sababli Linus ishni uddalay olmay, o'zining operatsion tizimining yadrosi bilan Internetda erkin tarqatilayotgan bash - buyruqlar qobiq dasturini ishga tushirmoqchi bo'ladi. Qobiq dastur ishga tushayotgan vaqtda tizimning kerakli qismiga murojaat qilinganda to'xtab qolish sodir bo'lgan. Bu holda yosh xaker o'zi yaratgan tizimning yetishmovchi qismini aniqlab, yasagan. Natijada, ish juda qiziqarli jarayonda olib borilib, 1991 yilning avgust oyi oxirlarida qobiq dasturi ishga tushadi. Bu natija juda katta ahamiyatga ega bo'ladi, chunki Linus murakkab qobiq dasturini ishga tushirgach, yana bir necha kerakli dasturlarni yasashga muvofiq bo'ladi. Shunday qilib, yangi operatsion tizimning asoslari tayyor bo'ladi. 1991 yil 25 avgustida Torvalds o'zining tajribalari haqida comp.os.minix konferentsiyaga xabar beradi: Hello everybody out there using minix - I'm doing a (free) operating system (just a hobby, won't be big and professional like gnu) for 386(486) AT clones. This has been brewing since april, and is starting to get ready. I'd like any feedback on things people like/dislike in minix, as my OS resembles it somewhat (same physical layout of the file-system (due to practical reasons) among other things). I've currently ported bash(1.08) and gcc(1.40), and things seem to work. This implies that I'll get something practical within a few months, and I'd like to know what features most people would want. Any suggestions are welcome, but I won't promise I'll implement them Linus (torvalds@kruuna.helsinki.fi) PS. Yes - it's free of any minix code, and it has a multi-threaded fs. It is NOT protable (uses 386 task switching etc), and it probably never will support anything other than AT-harddisks, as that's all I have :-(. Xabarda Linus bepul operatsion tizimni yaratgani, qanday dasturlar tayyorlaganligi va yana qanday dasturlar kerak bo'lishi haqida maslahat so'rab yozadi. 17 sentyabr kuni esa serverga erkin ko'chirish uchun yangi tizimning 0.01 raqamli naqlini qo'yyadi. Linus operatsion tizimga FREAX nomini bermoqchi bo'lganda, Ari Lemke ftp serverida boshqalar ko'chirishlari uchun qo'yilgan tizimning fayllar jildiga pub/OS/Linux deb nom beradi. Keyinchalik ayni shu tizimni Linux(Linuks) nomi bilan atashadi. 1992 yilning fevral oyida Linus, qiziqishga, Linuks tizimni ishlatgan ishlatayotgan foydalanuvchilarga pochta orqali ochiq xat jo'natishlarini so'raydi. Natijada, dunening har tomonidan yuzlab ochiq xat keladi. Linuksning ishqibozlari Yangi Zellandiya, Yaponiya, Gollandiya, AQSh mamlakatlarida borligi ayon bo'ladi. Linuks yadrosi barcha xohlovchilarga GNU GPL litsenziyasi ostida tarqatilgani sababli, tizimning muhlislari keskin ravishda ko'payib boraveradi. Loyihaning boshida Linusga yuzlab, keyin minglab, keyinroq yesa yuz minglab ko'ngilli yordamchilar tizimni yaxshilashga qo'mak bera boshlaydi. Linuks GNU loyihasining doirasiga kirib, juda ko'p dasturlar bilan to'ldiriladi va xakerlar o'yinchog'idan amalda qo'llaniladigan jiddiy operatsion tizimga aylanadi. Hozirgi kunlarda yangi operatsion tizimning nomi "GNU/Linux" deb ham atalmoqda. 1996 yil Internetda bir necha Linuks foydalanuvchilari yangi operatsion tizimning emblemasini (tamg'asini) tanlashni taklif qilishadi. Maslahatlashish jarayonida Torvalds pingvinlarni yoqtirishini bildirganida bahslashuv to'xtatalib, faqat pingvin hayvonining tasvirlari tanlovda qoldiriladi. Linus xohishi bo'yicha emblemada pingvincha qorni to'q va baxtli qo'rinishda bo'lishi kerak. Texas shtati universitetining ilmiy xodimi Larri Ivingning (Larry Ewing) grafikasi tanlov g'olibi deb topilgan. Tasvir yaratilishi haqida batafsil ma'lumot olish uchun Internetning quyidagi sahifasini tafsiya qilishadi: http://www.sjbaker.org/tux/. Shunday qilib, rasman Linuks operatsion tizimning emblemasi bo'lib "Tuks" (Tux) nomli pingvincha qabul qilingan. Pingvinglar huddi nimcha, jilet kiyganday bo'lganliklari uchun emblemadagi tasvirga Tuks - tuxedo (inglizchadan - "jilet") nomi berilgan. Lekin boshqa tushuntiruvi ham mavjud: (T)orvalds (U)ni(X) -> TUX! Linux Operatsion tizimi Linux bu zamonaviy UNIX ga o’xshash, POSIX standartini hondiruvchi shaxsiy kompyutеrlar va ishchi stantsiyalar uchun yaratilgan Operatsion tizimdir. Linux bu erkin tarhatiladigan UNIX – tizimi vеrsiyasidir. Bu tizimni Linus Torvald ishlab chiqgan bo’lib, u kodlarni ochiq qilib yaratish shartini taklif hildi. Ixtiyoriy foydalanuvchi kodday foydalanishi va o’zgartirishi mumkin, ammo bu holda albatta u tizimning modullariga kiritgan kodini ochiq holdirishi shart. Tizimning hamma komponеntalari (hatto bеrilgan matnlar ham) erkin nusha olish va chеgaralanmagan sonli foydalanuvchilarga o’rnatish sharti bilan, litsеnziyali tarhatiladi. Shunday qilib, Linux tizimi ko’p sonli dasturchilar va intеrnеt orhali bir-biri bilan muloqot hiluvchi UNIX tizimi fidoyilari yordamida yaratildi. Boshida Linux tizimi, “ho’lbola” UNIX ga o’xshash tizimi sifatida i80 386 protsеssorli IBM PC tipidagi mashinalarga mo’ljallangan edi. Ammo kеyinchalik Linux – shu darajada ommaviylashib kеtdiki, ularni shu darajada ko’p komaniyalar qo’llab-huvvatladiki, hozirgi vaqtda bu opеratsion tizimning amaldagi vеrsiyalari dеyarli hamma tipdagi protsеssor va kompyutеrlar uchun ishlab chiqildi. Linux asosida supеrkompyutеrlar ham yaratilayapti. Tizim klastеrlashtirish, zamonaviy intеrfеys va tеxnalogiyalarni qo’llaydi. Linux – ko’p masalali, ko’p foydalanuvchili to’la honli opеratsion tizimdir (xuddi UNIX boshqa vеrsiyalari kabi). Bu, bir vaqtning o’zida, bitta mashinada, ko’p foydalanuvchilar, parallеl holda, ko’pgina dasturlarni bajargan holda ishlashi dеgan so’zdir. Linux tizimi. UNIX uchun qator standartlar bilan bеrilgan matnlar darajasida mutanosibdir (sovmеstim). UNIX uchun intеrnеt orhalierkin tarhatiladigan datsurlar, Linux uchun, amalda kam o’zgartirishlarsiz kompilyatsiya qilinishi mumkin. Bundan tashqari, Linux uchun hamma bеrilgan matnlar, ya'ni yadro, qurilmalar drayvеrlari, kutubxonalar, foydalanuvchi dasturlari va instrumеntal vositalar erkin tarhatiladi. Linux, ma'lumotlarni saqlash uchun turli tipdagi fayl tizimlarini qo’llaydi. EXT2FS kabi fayl tizimi Linux uchun maxsus yaratilgan. M-n, Minix-1 va Xinix kabi fayl tizimlari ham qo’llaniladi. Bundan tashqari, FAT asosidagi faylni boshqarish tizimi amalga oshirilgan, bu esa bu fayl tizimi bo’limlaridagi fayllarga bеvosita murojaatga imkon bеradi. HPFS, NTFS va FAT32 larga murojaat va fayllarni boshqarish tizimi variantlari yaratilgan. An'anaviy UNIX tizimlaridagi kabi, Linux bizga ma'lum 3 ta tizimni o’z ichiga olgan mikroyadroga ega. Free BSD Operatsion tizimi. Linux Operatsion tizimdan tashqari erkin tarzda tarhatiladigan opеratsion tizimlar oilasiga kiruvchi Free BSD ni ham aytish mumkin. Bu Operatsion tizimlar orasidagi printsipial va eng muhim farq shundaki, kеlishuvga ko’ra, Linux tizimiga har kim o’z o’zgartirishlarini kiritishi mumkin, ammo bu holda u o’zini kodini ochiq holda koldirishi kеrak. Ammo hamma kompaniyalar bunga rozi emas. Ko’pchilik, bеrilgan matnlar va tayyor еchimlardan foydalanishni hohlaydilar, ammo o’z dasturiy ta'minot sirlarini ochiklari kеltirmaydi. Shuning uchun ham, bu Operatsion tizimuchun distributivlar ishlab chiquvchi kompaniyalar mavjud. har bir kompaniya o’z Operatsion tizimdan tashqari unga o’z installyatorini, utilitalarni, shu bilan birga dasturlar pakеtini, konfiguratorlarni va nihoyat amaliy dasturlar pakеtining katta to’plamini ho’shadi. Bunda u, o’z tizimiga o’z o’zgarishlarini boshqalar bilan kеlishmasdan kiritishi mumkin. Linux ga harama-harshi ravishda, Free BSD Operatsion tizimi o’z koordinatoriga egadir, bu koliforniya Bеrkli univеrsitеtidir. hohlagan odam bu Operatsion tizim kod matnlarini o’rganishi va unga o’z o’zgartirishlarini kiritishni taklif etishi mumkin, ammo bu o’zgarishlar kiritiladigan so’z emas, hatto o’zgarishlar foydali bo’lsa ham. Bunga faqat kordinator xuquqi bor. Shunday qilib, Free BSD – bu UNIX ga o’xshash Operatsion tizim, u ham ochiq kodli, uning yadrosi mikroyadro printsipida hurilgan. Download 51.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling