Sanoati - R.da 72 aksiyadorlik jamiyati va 6 davlat unitar korxonasi koʻmir qazib olish bilan shugʻullanadi. Ular tarkibida 114 shaxta va 125 ochiq kon bor. 68 boyitish va 1 briket fkasi ishlaydi. Neft va gaz bilan bir qatorda kumir R.da elektr va issiklik energiyasi i.ch.ning asosiy manbalaridan biri; metallurgiya, kimyo va b. sanoat tarmoklari uchun tengsiz xom ashyodir. 2001 y. R.da 888 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilindi. Barcha elektr stansiyalar R. tutash elektr energetika tizimiga birlashgan. Unga qarashli magistral elektr liniyalari va elektr podstyalarini R. energetika va elektrlashtirish ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ("EES Rossiya") boshkaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, kimyoviy tola, mineral oʻgʻit, sulfat kislota, sintetik smola va kauchuk, avtopokrishka, lokbuyoq, agrosanoat majmuasi va tibbiyot sanoati uchun turli moddalar ishlab chiqariladi. Uning yirik korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylar — Perm viloyati, Kola ya.o., Tatariston, Boshqirdiston, Gʻarbiy Sibir, Uralda qurilgan. Keyingi vaqtlarda xom ashyo manbalaridan uzoqroq bulsa ham, isteʼmolchilarga yaqin joylarda kimyo korxonalari kurila boshladi. Bu korxonalar "Akron" (Novgorod viloyati), "Yaroslavl shina zdi", "Stavropolpolimer", "Voskresensk mineral ugʻit" (Moskva viloyati), "Era" va "Fosforit" (Leningrad viloyati), "Kuybishevazot" va "Volgapromxim" (Samara viloyati) aksiyadorlik jamiyatlari hamda Angara neft kimyosi kompaniyasi va b.lar tarkibiga kiradi. Metallurgiya mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoklaridan biridir. Uning tuliq siklli korxonalari Ural (Magnitogorsk, Chelyabinsk, Nijniy Tagil), Markaziy iqtisodiy rnlarida (Lipetsk, Tula) va Gʻarbiy Sibirda (Novokuznetsk) joylashgan bulib, chuyan, pulat, tayyor prokat ishlab chiqaradi. Kalay, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, alyuminiy, volfram, nikel, molibden rangli metallurgiyaning eng muhim mahsulotlaridir.
Tabiiy resurslar va mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarining o‘ziga xosligi - Rossiya dunyoda ma’danli xom ashyo resurslar zahirasi mavjudligi bo‘yicha asosiy rol o‘ynaydi. Mamlakatning bugunda mavjud bo‘lgan qimmatbaho yerosti va yer usti boyliklari zihirasi 28,6 trln. dollarni tashkil etadi. Hozirda Rossiya dunyodagi jami yerosti qazilmalarini qazib olish bo‘yicha yetakchi sanaladi. Xususan, bu yerda dunyoning 10 % nefti, 30 % tabiiy gazi, 10 % toshko‘miri, 14 % temir rudasi, 15 % rangli va kam uchraydigan metallar qazib olinadi. Rossiya MDH mamlakatlari ichida zahira foydali qazilmalari borligi jihatidan ham oldinda. U MDH mamlakatlar ichida 85 % neft zahirasiga, 53 % - simob, 95 % - nikel, 78 % - boksit zihirasiga ega sanaladi. Rossiyada o‘rmonlar aholi jon boshiga 5 gektardan ortiqroq to‘g‘ri keladi (bu Kanadada 8,6 gektarni, AQShda esa 0,8 gektarni tashkil etadi).
- Rossiya tabiiy-xomashyo kapitalining 25-30 foizi milliy-boylik sanaladi. 30-60 %i zahira esa rentabellsiz hisoblanadi. Shu bois milliy boylik summasining 8-10 %ini ma’danli – xomashyo bazasi tashkil etadi va uning taxmin qilingan 28 trln. dolaridan 1,5 trln. dollarigina hozirda foydalanishga yaroqli sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |