Rossiya musulmonlari modern asriga qadam qo‘ydi


Download 420.89 Kb.
bet2/5
Sana19.05.2020
Hajmi420.89 Kb.
#107650
1   2   3   4   5
Bog'liq
O'zTIL 1-savol


Ma’lumot uchun:

Singarmonizm – unlilar uyg‘unligi hodisasi bo‘lib, unga ko‘ra, unlilar ikki variantda: yumshoq va qattiq talaffuz etiladi. Bitta so‘z tarkibida yo qattiq, yo yumshoq unlilar qo‘llanishi mumkin. Singarmonizm turkiy tillarning o‘ziga xos jihati hisoblanadi. Bugungi kunda singarmonizm o‘zbek tilining qipchoq, o‘g‘uz shevalarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysi va Janubiy Qozog‘iston qarluq shevalarida saqlanib qolgan.



Shu tariqa yangi o‘zbek tili paydo bo‘ldi. Samarqand konferensiyasida 29 banddan iborat imlo qoidalari ishlab chiqildi. 1929-yil 1-dekabrdan lotin yozuviga rasman o‘tildi.

Birinchi o‘zbek lotin alifbosi.

Foto: Wikipedia

Ko‘pgina mutaxassislar birinchi o‘zbek lotin alifbosi XX asrda o‘zbek tili uchun ishlab chiqilgan barcha yozuv loyihalari ichida eng qulayi bo‘lgan deb hisoblaydi. Buning sababi – alifbo fonetik prinsipga asoslangan va tilning fonetik kartinasini to‘liq aks ettirgan. Jumladan, o‘zbek tilidagi singarmonizm hodisasini va unlilarni aks ettirish uchun to‘qqizta harf qabul qilingan.

Ma’lumot uchun:

Bugungi o‘zbek tilida ishlatiladigan “o” tovushi lotin alifbosida yo‘q edi. “O” harfi bugungi “o‘”day o‘qilardi. “O” tovushi esa “a” harfi bilan ifodalanar edi. Shunday qilib, quyidagi rasmda aks etgan roman so‘zi “ro‘mon”, Çolpan so‘zi esa “Cho‘lpon” o‘qiladi.



Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani. 1936-yil.

Foto: Zaynobiddin Abdurashidov

O‘zbekistonni o‘zbeklashtirish

Yangi alifboni joriy etish boshlandi. Respublikaning barcha hududlarida (u payti O‘zbekiston SSSR tarkibiga Qoraqalpog‘iston kirmas, lekin Tojikiston ASSR hamda boshqa bir qancha muxtor tumanlar kirardi) peshlavhalar, rasmiy hujjatlar, gazeta va jurnallar lotin yozuvidagi o‘zbek tiliga o‘tkazildi.

Ayni paytda tilni boyitish, atamalarni o‘zbeklashtirish bo‘yicha ishlar davom etdi. Bu ishni jadid ma’rifatparvari Elbek boshlab bergan edi – u 1923-yilda “Turkiston” gazetasida, keyinroq “Inqilob” jurnalida e’lon qilgan lug‘atida chet el atamalarini o‘zbekcha atamalar bilan almashtirishni taklif qildi. U lug‘atda 550 ta mana shunday atama keltirdi. Lug‘atning kirish qismida shunday deyilgan edi:

Bu lug‘atni tuzishdan maqsad barcha chet so‘zlarni tilimizdan haydab chiqarish va haqiqiy o‘zbek atamalarini yaratishdir. Lug‘atni tuzishda biz jonli tilda qo‘llanilayotgan so‘zlardan foydalandik, hozirgi tilimizda bo‘lmagan so‘zlarni eski tilda yozilgan asarlardan oldik, qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, biz bunday so‘zlarni o‘zimiz sun’iy yasadik.



Bundan tashqari, 30-yillarda o‘zbek shevalarini o‘rganib, ularning materiallari asosida lug‘at boyitib borildi. Ayniqsa dehqonchilik, paxtachilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, baliqchilik singari sohalardagi terminologiyani rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

Hamid Olimjonning “Ko‘klam” she’riy to‘plami. 1929-yil.

Foto: Zaynobiddin Abdurashidov

Ma’lumot uchun:

- “paxta”, “tola”, “g‘o‘za”, “chanoq”, “tomir”, “ildiz”, “ko‘sak”, “ko‘rak” (g‘o‘zani sovuq urgandan so‘ng yaxshi pishmay qolgan hosil), “chigit” kabi so‘zlar shu yillarda adabiy tilga olib kirildi;

- 30-yillarga qadar o‘zbek tili lug‘atlarida baliqchilikka oid besh-oltita so‘z bo‘lgan xolos. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonga ekspeditsiya davomida baliqchilik terminologiyasiga oid 500 ga yaqin so‘z topilib, adabiy tilga kiritildi. Ayrim misollar: “oynako‘z” (ruschasi “белоглазка”), “aqchavaq” (“килька”), “olabug‘a” – (“окунь”), “baqra” – (“осётр”), “joyna” (laqqa baliqning eng yirik turi, eng kattasi 200 kilogrammgacha bo‘ladi), “zog‘ora baliq” – (“камбала”), “qayaz” – (“усач”), “loppish” – (“сом”), “marqa” (“жерех”), “suvon, so‘gan” (“усач”), “sunuk” (“шамайка”), “tobon” (“салака”), “to‘rta” (“сорга”), “qoziqbosh” (“маринка”), “qorago‘z” (“черноглазка”).

Rus millatchiligining bosh ko‘tarishi

1930-yillarning o‘rtalarida SSSRda til siyosati o‘zgara boshladi. Avvalo, barcha turkiy xalqlar bitta alifbodan foydalanishi ularning integratsiyasini kuchaytirayotgan edi, bu esa bolsheviklarni tashvishga solmay qo‘ymadi. Ikkinchidan, bolsheviklar orasida rus millatchilari yana ovoziga ega bo‘la boshladi. Ularning sa’y-harakatlari bilan har bir turkiy xalqqa kirill yozuvi asosida bir-biridan farq qiladigan alohida alifbo ishlab chiqishga qaror qilindi. Bu bilan bolsheviklar ikkita maqsadga erishdi:

- turkiy xalqlar integratsiyasiga chek qo‘yish;

- SSSRdagi turkiy tillarni ruslashtirish.

O‘zbek adabiy tili bazisi qipchoq shevalaridan forslashgan va singarmonizmni yo‘qotib borayotgan qarluq shevalariga ko‘chirildi. Yozuvdan ham singarmonizm olib tashlandi. 1934-yili Ө өY yЬ ь harflari alifbodan chiqarib yuborildi, Ə ə harfining ishlatilishi cheklandi. Rasmiy hujjatlarda bu qaror shahar shevalarida singarmonizm yo‘qligi bilan tushuntirilgan bo‘lsa-da, asosiy maqsad o‘zbek tilini boshqa turkiy tillardan uzoqlashtirish bo‘lganini ko‘pchilik olimlar tan oladi. Buni dalillaydigan fakt: qarluq shevalarida singarmonizmning qoldig‘i sifatida “i” tovushi ikki variantda ishlatilishiga qaramay, bu ikki tovush ham yagona и harfi bilan ifodalanishi belgilandi.

Singarmonizm bekor qilinishining oqibatini bugun ham ko‘rib turibmiz: qozoqlar, qirg‘izlar, ozarbayjonlar og‘zaki o‘zbek tilini yaxshi tushunadi, lekin singarmonizm aks etmagani tufayli yozma tilni tushuna olmaydi.



1937-yilda bu boradagi muhokamalar taqiqlab qo‘yildi. Keyingi bir necha yilda o‘zbek tilini lotinlashtirish ishida faol qatnashgan ziyolilar yoppasiga “panturkist” va “millatchi” deb e’lon qilinib, qatl etildi yoki qamaldi. Ular orasida, jumladan, rus millatiga mansub turkolog Yevgeniy Polivanov bor edi.

Yevgeniy Polivanov.

Foto: Google Photos


Download 420.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling