A.A.Shaxmatovning yoshlik chog`lari Moskvada o`tgan. Uning dastlabki ilmiy maqolalari ham talabalik yillarida Moskvada nashr etilgan. 1893 yilda olimning “Rus tili fonetikasi sohasidagi tadqiqotlar”i e`lon qilinadi va xuddi shu ishni u magistrlik dissertaciyasi sifatida taqdim qiladi, unga birdaniga doktorlik unvoni beriladi va o`sha yiliyoq akademiklikkasaylanadi. 1908 yildan umrining oxirigacha A.A.Shaxmatov Peterburg universitetining professori sifatida rus tili tarixi, hozirgi rus va adabiy tili kurslaridan ma`ruzalar o`qiydi. Uning 150dan ortiq ilmiy asari e`lon qilingan. - A.A.Shaxmatovning yoshlik chog`lari Moskvada o`tgan. Uning dastlabki ilmiy maqolalari ham talabalik yillarida Moskvada nashr etilgan. 1893 yilda olimning “Rus tili fonetikasi sohasidagi tadqiqotlar”i e`lon qilinadi va xuddi shu ishni u magistrlik dissertaciyasi sifatida taqdim qiladi, unga birdaniga doktorlik unvoni beriladi va o`sha yiliyoq akademiklikkasaylanadi. 1908 yildan umrining oxirigacha A.A.Shaxmatov Peterburg universitetining professori sifatida rus tili tarixi, hozirgi rus va adabiy tili kurslaridan ma`ruzalar o`qiydi. Uning 150dan ortiq ilmiy asari e`lon qilingan.
- Agar ustozi F.F.Fortunatov o`z tadqiqotlarida ko`proq eski slavyan va litva tili manbalariga tayangan, slavyan va Hind-Evropa tillarining qiyosiy grammatikasi muammolari bilan shug`ullangan bo`lsa, A.A.Shaxmatov rus tilining tarixiy fonetikasini tekshirdi. U umumrus bobo tilini tiklash masalasiga ham katta e`tibor berdi. Tarixiy fonetik qonuniyatlarni aniqlashda A.A.Shaxmatov jonli shevalardan asosiy manba sifatida foydalandi. Bu metod rus tilshunosligi uchun o`sha davrda yangilik edi.
- Uning fikricha, rus tili tarixi quyidagi shakllanish bosqichlarini bosib o`tgan: dastlab Hind-evropa bobo tili bo`lgan, undan boltiq-slavyan tili ajralib chiqqan, boltiq-slavyan tilidan umumslavyan tili, ukrain va belorus tillariga bo`lingan.
1925 yilda A.A.Shaxmatovning “Rus tili sintaksisi” nomli mashhur asari e`lon qilinadi. Bu asarda bayon qilingan ilmiy-nazariy fikrlar hozir ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Olim o`z asarida sintaktik hodisalarga individual –psixologik nuqtai nazardan yondoshgan bo`lsa-da, konkret lingvistik dalillarni tahlil qilishda muhim fikrlarni ayta olgan. - 1925 yilda A.A.Shaxmatovning “Rus tili sintaksisi” nomli mashhur asari e`lon qilinadi. Bu asarda bayon qilingan ilmiy-nazariy fikrlar hozir ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Olim o`z asarida sintaktik hodisalarga individual –psixologik nuqtai nazardan yondoshgan bo`lsa-da, konkret lingvistik dalillarni tahlil qilishda muhim fikrlarni ayta olgan.
- A.A.Shaxmatov semasiologiyani grammatikaning bir bo`limi va sintaksis bilan zich bog`liq deb hisoblar edi. Uning asarida sodda gapning tuzilishi, bir sostavli gaplar ancha mukammal yoritilgan.
- Ma`lumki, F.F.Fortunatov so`z turkumlarini tasnif qilishda co`z shakllariga asoslangan edi. A.A.Shaxmatov ustozining bu principidan chekinib, so`zlarni uning semantik belgilariga ko`ra quyidagi so`z turkumlariga ajratadi: a) mustaqil ma`noli so`zlar: ot, fe`l, sifat, ravish; b) mustaqil ma`nosi bo`lmagan so`zlar: olmosh, son, olmoshdan yasalgan ravishlar; v) yordamchi so`zlar: old ko`makchi (predlog), bog`lovchi, prefiks, yuklama; g) so`zlarning ekvivalenti bo`lgan undovlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |