Rossiya tilshunoslik maktabi


Download 132.68 Kb.
bet3/6
Sana01.04.2023
Hajmi132.68 Kb.
#1318544
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
rossiysa

F.F.Fortunatovning eng katta xizmatlaridan biri shundaki, ungacha rus tilshunosligida qo`llangan etimologiya terminini morfologiya bilan almashtirdi. Morfologiya ayrim so`zning shakllarini o`rgansa, sintaksis so`z birikmalari shaklini tekshiradi, degan haqqoniy fikrni ilmiy jihatdan asosladi.

  • F.F.Fortunatovning eng katta xizmatlaridan biri shundaki, ungacha rus tilshunosligida qo`llangan etimologiya terminini morfologiya bilan almashtirdi. Morfologiya ayrim so`zning shakllarini o`rgansa, sintaksis so`z birikmalari shaklini tekshiradi, degan haqqoniy fikrni ilmiy jihatdan asosladi.
  • Olim tilshunoslik tarixida grammatik shakl haqidagi nazariyaning asoschisi sifatida mashhurdir. Uning ta`kidlashicha, formal grammatik belgilar bilan xarakterlanuvchi so`zlarning grammatik sinflariga so`z turkumlari deyiladi. “So`z turkumi” termini o`rniga “so`zning grammatik turkumi” deyish ma`qulroq. So`zlar grammatik jihatdan uchga bo`linadi: 1. Ayrim to`la so`zlar. 2. To`la bo`lmagan so`zlar. 3. Undovlar.
  • F.F.Fortunatov so`z formasiga quyidagicha ta`rif beradi: “Ayrim so`z shakli deb uning so`zlovchi ongida formal va asosiy ashyolarni ajratish qobiliyatiga aytiladi”. U o`zining shakl(forma) haqidagi yuqorida keltirilgan fikridan ikki xil xulosaga kelish mumkin: a) so`zlarning negiz va affikslarga bo`linish qobiliyati shakl(forma)dir, b) so`zlarning affikslarga ko`ra farqlanishi shakl(forma)dir.

F.F.Fortunatovning shogirdlaridan biri, akademik Aleksey Aleksandrovich Shaxmatov (1864 - 1920) keyinchalik Peterburg tilshunoslik maktabining yirik vakillari qatoridan o`rin oldi.

  • F.F.Fortunatovning shogirdlaridan biri, akademik Aleksey Aleksandrovich Shaxmatov (1864 - 1920) keyinchalik Peterburg tilshunoslik maktabining yirik vakillari qatoridan o`rin oldi.
  • Peterburg tilshunoslik maktabiga XIX asr boshlarida Vostokov tomonidan asos solingan edi. O`tgan asrning o`rtalariga kelib, alademiklar I.I.Sreznevskiy, I.V.Yagich, professor L.I. Sobolevskiylarning faol faoliyati bilan Peterburgda rus va slavyan tillarini qiyosiy o`rganish an`anasi qizg`in davom etdi. Ajoyib tilshunos olim A.A.Shaxmatovning ilmiy faoliyati esa Peterburgdagi tilshunoslikni yanada yuqori va yangi pog`onaga ko`tardi.

Download 132.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling