Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi


Download 34.52 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi34.52 Kb.
#1410429
Bog'liq
Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi.


Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi.
Sobiq ittifoq jumhuriyatlarida, birinchi navbatda Russiyada ijtimoiy psixologiya 20-yillardan boshlab rivojlana boshladi. Bu borada rus ijtimoiy psixologiyasining asoschisi deb haqli ravishda V. M. Bexterevni ko`rsatish mumkin. U o`zining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlari tushunishga o`rganganlardan biridir. Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashki xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi,
shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni o`rganish, orqali shaxsning o`zini bu harakatlarning sabablarini o`rganish, mumkin. Bexterevning xatosi shu
ediki, u o`z qarashlarida sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shu orqali shaxs va jamiyat taraqqiyotining uni versal qonunlarini
topmoqchi bo`ldi. Bexterevdan keyingi olimlar, Yu. Vasilevning "biologik sotsiologiyasi" ham, M.A.
Reysnerning "ommaviy psixologiya" ham, L.N. Voytolovskiyning "jamoa psixologiyasi" ham reflekslar qonuni mexanik tarzda ijtimoiy psixologik jarayonlarini tushuntirishga
kuchirish bo`ldi, desak xato bo`lmaydi. 20-30 yillarda bolalar va o`smirlar ijtimoiy psixologik taraqqiyotini o`rganishga qaratilgan
ikki yo`nalish paydo bo`ldiki, ular ham qator kamchiliklardan xoli bo`la olmaydilar. Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va biologik nasliy omillar yetakchi rol o`ynaydi, deb hisoblashsa (E. Arkin, I. Aryamov, va boshqalar), sotsiologik yoki sotsiogenetik nazariyotchilar bu borada ijtimoiy muhit rolini nihoyatda ortik ekanligini himoya qilib chiqdilar. (S. Molojaviy, A. Zalkind va boshqalar).
30-yillarda A.S. Makarenko, A. Zalujniy, L.S. Vigotskiy, N.K. Krupskaya va boshqa qator olimlar o`z nazariy qarashlarini marksizm bilan bevosita bog`lab, jamoa va shaxs
nazariyasini yaratdilar. Ular shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhitning, jamoaning rolini, ta’lim tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga urindilar. Lekin, 40-60 yillar ijtimoiy psixologiya
taraqqiyotida nisbatan sokinlik davri bo`ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida ijtimoiy psixologik tadqiqotlar yo`k hisob edi. Bu fan Rossiyada va
boshqa Sobiq ittifokdosh jumhariyatlarda 70-yillardan keyin keskin rivojlana boshladi. Bunda Moskvalik va Leningradlik (hozirgi Sankt-Peturburg) olimlar maktabi katta rol
o`ynadi. Agar Moskva shaxrida asosan ijtimoiy psixologiya bo`yicha fundamental nazariy
tadqiqotlar ko`plab o`tkazilib, unda hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo`lsa, Sankt-Peturburgda ko`proq tadbiqiy
ilmiy tadqiqot ishlar olib borildiki, ular birgalikda minglab yosh ijtimoiy psixologlar avlodini tarbiyalab yetishtirdilar. Ular esa hayotimizga ilg`or fikrlar va dadil tadqiqotlar
bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo miqyosida misli ko`rilmagan darajaga ko`tardilar. Lekin, yuqorida aytib o`tilganidek, mamlakatimizda ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishida
chet el, ayniqsa AQ SH psixologiyasining ta’siri ancha sezilarlidir.
O’zbekistonda ijtimoiy psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar. Ijtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati va qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sifatida o`zining nazariy tamoyillarini amaliyotga tadbiq etmog`i va shu
orqali yangicha mazmundagi demokratik munosabatlarning jamiyatning har bir jamoasida, oilasida va fuqarosida qaror topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va dunyoqarashni
shakllantirish jarayoniga ko`maklashishi zarur. Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, tizimli ijtimoiy psixologik qarashlar tizimi umuman bo`lmagan. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning o`tmishdagi va hozirgi kundagi holati M. Otajonovning qator ilmiy maqola va risolalarida bayon etilgan. Uning oxirgi
yillarda o`tkazilgan ilmiy tadqiqoti natijalariga ko`ra, ijtimoiy psixologiya fan sifatida muhimlik shajarasida ikkinchi o`rinni egallaydi, ijtimoiy psixologiya va ana shu fanning muammolari eng istiqbolli va yechilishi zarur, dolzarbidir.Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Tadqiqot natijasida shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o`zaro munosabatlari oilaviy hamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o`zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir.G`.B.Shoumarov va Ye.A.Morshinalarning(1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalarning tarbiyasiga bevosita ta’sir ko`rsatadigan ijtimoiy psixologik omillar o`rganildi,chunonchi, unda o`ziga xos milliy va an’anaviy o`zaro munosabat xususiyatlarining o`rni belgilanadi.Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan bo`lsak, shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o`n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixdan, umuman psixologiyaning O`zbekiston xududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy oqimlar va qarashlar tizimida o`ziga xos tarzda shakllanib kelganini ko`rish
mumkin. Masalan, eramizning, II-III asrlarida rivoj topgan mexanizm
(asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o`z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o`ziga xosligi kabi goyalarni keng tashviqot qilganlar.
Jamiyat - bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma’naviy salohiyati ko‘p jixatdan ana shu insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga oshiradigan murakkab ijtimoiy hamkorlik faoliyatining mazmuniga bog‘liq. Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o‘ziga xos o‘rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, shuning uchun u o‘ziga xos intilish, layoqat va faollik namunalarini namoyish etadi. Insonlar o‘rtasidaga o‘zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdagn o‘rni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlari tabiatini o‘rganuvchi qator ijtimoiy fanlar mavjud bo‘lib, ularning orasida ijtimoiy psixologiya alohida o‘rin zgallaydi.
Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birga u o‘ta navqiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning xosilasi ekanligi bilan e’tirof etilsa, u - o‘z uslubiyoti, predmeti va fanlar tizimida tutgan o‘rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat, ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so‘z borar ekan, uning rasman e’tirof etilishi 1908 yil deyiladi. Chunki aynan shu yili ingliz olimi V. Makdugall o‘zining "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" kitobini, amerikalik sotsiolog E.Ross esa "Ijtimoiy psixologiya", deb nomlangan kitobini chop ettirgan edi. Bu asarlarda birinchi marta alohida fan - ijtimoiy psixologiyaning mavjudligi tan olindi va uning predmetiga ta’rif berildi. Ikkala muallif ham - biri psixolog, ikkinchisi sotsiolog bo‘lishiga qaramay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlarini uyg‘unlikda o‘rganishdir, degan umumiy xulosaga kelishgan.
Rus olimasi G.M.Andreeva ta’kidlaganidek, ijtimoiy psixologiya sohasida ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi - psixologmi, faylasufmi yoki sotsiologmi - uning ushbu fan predmetiga yondashuvida o‘z aksini topadi, chunki agar u sotsiolog bo‘lsa, ijtimoiy qonuniyatlarni avval boshdan jamiyatdagi an’analar va umumiy qoidalar tilida tushuntirishga intilsa, psixolog - konkret olingan shaxe psixologiyasining qonuniyatlarini umumjamiyat qonun-qoidalariga tadbiq etishga harakat qiladi. SHuning uchun ham G.Andreeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o‘rinda uch xil yondashish: sotsiologik, psixologik, ham sotsiologik va psixologik mavjud ekanligini asoslaydi. Nima bo‘lganda ham, shuni asosli tarzda e’tirof etish zarurki, ijtimoiy psixologiyaning alohida fan bo‘lib ajralib chiqishiga sabab bo‘lgan ilmiy manbalar ikki fan - psixologiya va sotsiologiya fanlarining erishgan yutuqlari va har qaysisining doirasida ma’lum muammolarning echilishi uchun yana qo‘shimcha alohida fanning bo‘lishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga keldi. Shuning uchun ham uzoq yillar mobaynida ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqotlar olib borayotgan shaxsning kimligiga qarab, izlanishlarning natijalarida u yoki bu yondashuv - psixologik yoki sotsiologik yondashuvning ustuvorligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Demak, bu fanning tug‘ilishi, o‘z predmeti sohasini aniqlab olishiga sabab bo‘lgan sotsiologiya va psixologiya fanlaridir va bu fanlar aslida uning "ota-onalaridir".

O`zbekistonda o`tkazilayotgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar asosan oilada va oilaviy munosabatlarga bag`ishlangan. Birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70-yillarning oxirida 80- yillarning boshida I.Ekubov tomonidan o`tkazilgan bo`lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rolarning muvofiqligini ta’minlovchi sotsial-psixologik omillarni o`rganadi.


Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o`tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N.Soginovning o`zbek oilasiga xos bo`lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qonikish,nikoh motivlari, oila qurishning o`zbeklarga xos bo`lgan yosh xususiyatlari, yosh o`zbekoilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini tizimli tarzda o`rgangan
ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o`rganilmagan ilmiy ma
’lumotlar to`plandiki, ularga ko`ra:N. Soginovning to`plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg`ul bo`lganlar uchun muhim ilmiy yo`l-yo`riqdir.Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar o`tkazildi va o`tkazilmoqda. Masalan, E. Usmonovning o`zbek ayollarining suisidal (ya’ni o`z joniga qasd quyish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini o`rganishga bagishlangan tadqiqoti (1993), Fargona Davlat universiteti psixologiya kafedrasida amalga oshirilayotgan qator ilmiy tadqiqot ishlari, Ye. Nu’monovaning "O`zbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlari" ga bag`ishlangan, M. Zokirovning erkak va
ayollardagi rollar haqidagi tasavvurlarning o`ziga xosligini o`rganishga bag`ishlangan ilmiy tadqiqoti, M.Toshpo`latovning o`zbek yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o`ziga xos qirralarini o`rganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik konsepsiya shakllanadi va bu Respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o`z hissasini
qo`shadi. Lekin O`zbekistonda ijtimoiy psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki, ularda hozirgi mustakillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida ruy
berayotgan o`zgarishlar, turli yosh, demografik, etnik, professional guruhlarga mansub bo`lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular asosida ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilmog`i lozim. Ya’ni, ishlab chiqarish ijtimoiy psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, guruhlar psixologiyasi hamda ommaviy psixik jarayonlarning ta’siri masalalari o`zbek psixologlaridan o`z yechimini kutmoqdaki, ularda ilg`or fan yutuqlaridan foydalanilgan holda hududning milliy o`ziga xos qirralari ishlab chiqilishi kerak. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:1. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida tarkib topishning ijtimoiy, ilmiy va g’oyaviy asoslari. O`zbek oilasining qurilishiga sabab bo`ladigan asosiy motiv– bu: birinchi o`rinda "Farzandli bo`lish" ikkinchi o`rinda "Jamoatchilikning gap so`ziga qolmaslik"


shqa omillar davlat ijtimoiy siyosatidagi o‘zgarishlarga olib keldi. Rossiyada ijtimoiy ish. Rossiyada ijtimoiy ish muhtojlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat sifatida ko‘p asrlarga borib taqalsada, u davlat, turli jamoatchilik guruhlari, ijtimoiy soha tadqiqotchilari tomonidan XX asrning 90-yillaridan boshlab obyektiv zarur hodisa sifatida qarala boshlandi. Ushbu yillarda aholiga xizmat ko‘rsatish tizimining qaror topishi, aholi bilan ish olib borishda zamonaviy texnologiyalar va metodlami keng qo‘llanishi ijtimoiy siyosatning eng jiddiy tendentsiyalaridan biri bo‘ldi. Bunda aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish Rossiyalik olimlarning ayrim asarlarida ijtimoiy ish zamonaviy paradigma sifatida, boshqa asarlarda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat sharoitlarida fuqarolarni samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkonini beradigan yuqori samarali ijtimoiy texnologiya sifatida, yana boshqa asarlarda esa ijtimoiy sohaning, umuman olganda muhim sektor sifatida qaraladi. «Rossiya Federatsiyasida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish asoslari to‘g‘risida»gi federal qonun mazkur masalaga aniqlik kiritadi. Qonunda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish qiyin hayot kechirayotgan fuqarolarni ijtimoiy qoMlab-quvvatlash, ularga ijtimoiy, tibbiy, ruhiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam turlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat deb qaraladi. Qonunda ijtimoiy xizmat turlari: moddiy yordam, uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, statsionar holatlarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, maslahat berish, fuqarolar va oilalarning ijtimoiy rahnamoligi va boshqalar ochib beriladi1. «Keksa kishilarga va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida»gi federal Qonun Rossiya aholisining alohida ijtimoiy guruhlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi tasavvurni jiddiy ravishda to‘ldiradi va unga qo‘shimchalar kiritadi. U aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha faoliyat yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, keksa yoshdagi fuqarolarga va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun mo‘ljallangan. 1 Теория социальной работы. - М.: Ю ристь, 1998. - С. 203. 61 0 ‘tish davrining iqtisodiy qiyinchiliklariga qaramay, davlat nogironlarga, ko‘p hollarda yolg‘iz va nogiron qariyalarga alohida e’tibor beradi. Rossiyada qariyalarga, shu jumladan nogironlarga ko‘p darajali yordam tizimi amal qiladi. Jumladan, 2002-yilda 14 mln keksa kishilarga u yoki bu ko‘rinishdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi. 500 mingdan ortiq nogiron bolalar davlat tomonidan alohida qo‘Ilab-quvvatlandi. Maqsadlilik, qulaylik, ixtiyoriylik, insonparvarlik, qiyin ahvolda qolgan voyaga yetmaganlarga, keksa kishilarga va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ustuvorligi, maxfiylik, profilaktikaga yo‘naltirilganlik, inson va fuqaro huquqlariga rioya qilish, ijtimoiy xizmat ijtimoiy siyosati shunga qaratilgan. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish o‘zaro uzviy bog‘langan. Ijtimoiy ish bir vaqtning o‘zida ham ijtimoiy institut, ham kasbiy faoliyat turi, ham ijtimoiy amaliyot turi va amaliy bilimlar sintezi, ham o ‘quv fani hisoblanadi. Ijtimoiy ish xodimi faoliyati ijtimoiy ish nazariyasining diqqat markazida turadi. U samarali bo‘lishi uchun ijtimoiy ish xodimi insoniy muammolarni tushunib olishi, ularni hal qilish texnologiyalariga ega boMishi kerak. Ijtimoiy ish xodimi ijtimoiy ishning asosiy nazariyasi uning predmeti va obyekti, tamoyillari va metodlarini aniq ajrata oladi. Rahmdillik, hamdardlik, javobgarlik, insonparvarlik, fuqaroviy va ijtimoiy adolat tuyg‘usi singari maxsus kasbga doir va ma’naviy-axloqiy xususiyatlar unga xosdir. Ijtimoiy ish kasbiy faoliyat turi sifatida puxta umumiy va maxsus tayyorgarlik, tajriba orttirish natijasida inson erishgan bir qator maxsus bilimlarni va muayyan ko'nikmalarni nazarda tutadi. «Kasb» atamasi odatda keng ma’noda ishlatiladi: ishdagi kasb, professional duradgor, professional tarbiyalovchi, vrachlik kasbi. Ingliz tili lug‘atlarida kasb (profession) yuqori darajada texnik va intellektual chuqur bilimga egaligi bilan ifodalanadigan o‘rta sinf vakillarining ishi (occupation) sifatida keltiriladi1. 1 Аберкомби H. и др. Социологический словарь. - Казан: Изд-во Казан. Ун-та, 1997; Джери Д., Джери Дж. Болшой толковый социологичекий словарь (Коллинз): В 2-х т. | Пер. с англ. - м: Вече, АТ, 1999. 62 Ijtimoiy ish o‘ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida uch tor - kasb, fan va o'quv fani bilan ifodalanadi: - kasb sifatida u alohida shaxslarga, kishilar guruhiga yordam ko‘rsatish orqali shaxsiy va ijtimoiy munosabatlami muvofiqlashtirishga qaratilgan; - fan sifatida u shaxs hayotiy faoliyatiga, aniq ijtimoiy guruhga yoki jamiyatga bevosita aloqador ijtimoiy jarayonlarni va ijtimoiy hodisalarni o‘rganadi. - ijtimoiy ish o‘quv fani sifatida ko‘p qirrali xususiyatga ega va turli tipdagi o‘quv yurtlarida o‘qitiladi. Ijtimoiy ish xodimi kasbi ijtimoiy yo‘naltirilgan kasblar bo‘lgan vrach, psixolog, pedagog singari boshqa o‘xshash kasblardan farq qiladigan belgilarga ega. Ijtimoiy ish xodimi va mijoz o‘rtasida o‘zaro hamkorlik xususiyatining o‘zi asosiy farq qiladigan xususiyatlardan biri hisoblanadi. Yordam beradigan boshqa kasblarga xos boMgan subyektiv-obyektiv munosabatlardan farqli ravishda postindustrial jamiyatning ijtimoiy ishida ishonchga asoslangan subyekt-subyekt munosabatlari ustunlik qiladi. Bunday sharoitda mijoz qaror qabul qilish huquqini yoki ustunlikni o‘zida saqlab qoladi. Ijtimoiy ishning eng umumiy ta’rifi - bu shaxs, guruhlar yoki hamjamiyat hayotida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha professional faoliyat hisoblanadi. Buyuk Britaniya ijtimoiy ish xodimlari uyushmasi ijtimoiy ishning qo‘yidagi ta’rifini berdi: ijtimoiy ish - bu ularga ta’sir qiladigan shaxsiy, ijtimoiy va vaziyatga bog‘liq qiyinchiliklarni belgilashda kishilarga va hamjamiyatlarga yordam beradigan mas’uliyatli kasbiy faoliyatdir. 2002-yil iyulda Jenevadagi Xalqaro ijtimoiy ish xodimlari Federatsiyasining har-yillik uchrashuvida qo‘yidagi ta’rif qabul qilindi: - ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy o‘zgarishlarga, kishilar o‘rtasidagi muammolarni hal qilishga, mobillashtirishga va individlar va guruhlarning xotirjamligini kafolatlash uchun ularni safarbar etishi va ozod qilishga yordam beradi. Ijtimoiy ish inson hulq-atvori va ijtimoiy tizimlar nazariyasini qo‘llab, odamlarning ular atrofldagi kishilar bilan munosabatlariga aralashadi. Inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillari ijtimoiy ish uchun asos hisoblanadi. 63 Ijtimoiy ish qoMIab-quvvatlash, himoya qilish, tuzatish va reabilitatsiya qilish vositasida qiyiichiliklarni yengib o‘tishga, ularga yordam beradi. Bu tashxis qo‘yish uchun yuborilgan huquqbuzarliklami tuzatish va nazorat qilish bilan bog‘liq patronaj, ijtimoiy yordam, ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy ta’lim faoliyatidir. Kasbiy faoliyat sifatida ijtimoiy ish uch sohani o‘z ichiga qamrab oladi: - birinchidan, bu shaxsiy va oilaviy darajalardagi ijtimoiy terapiyadir; - ikkinchidan, bu turli tasnifdagi guruh bilan olib boriladigan ijtimoiy faoliyatdir; - uchinchidan, bu jamoada, yashash joyida olib boriladigan ijtimoiy faoliyatdir. Individni ijtimoiy moslashtirish va hayotga qayta tayyorlash, uning hayotida ro‘y berayotgan nizolarni hal qilish yakka tartibda ishlashning asosiy maqsadi hisoblanadi. Misol uchun, oilada bolaning jismoniy va ruhiy kamoloti ota-onalarning ijtimoiy-madaniy va moddiy maqomiga, ularning bolalarga keraklicha e’tibor berishga qodirligi yoki qodir emasligiga, mazkur oila qayerda yashashiga, ta’lim resurslarining qulayligiga bog‘liq. Barcha sanab o‘tilgan holatlarda qonunlarda mustahkamlangan qoidalardan foydalanish uchun ularning ota-onalariga ham malakali yordamchilarning ko‘magi zarur. Ijtimoiy ish e’lon qilingan huquqlarni amaliyotga tatbiq qilinishi uchun kerak bo‘lgan ijtimoiy mexanizm hisoblanadi. Ijtimoiy ish xodimi qiyinchiliklarni aniqlashi, mijozni qo‘llabquvvatlashga qaratilgan ijtimoiy resurslar manbalariga murojaat qilishda oilaga va individga yordam berishi mumkin: Ijtimoiy yordam va ko‘mak zarur bo‘lgan guruhlar yoshiga qarab bolalar, yoshlar, keksa fuqarolarga tasniflanishi mumkin. Boshqa tasnif gender, madaniy yoki o'xshash muammolar bo‘yicha amalga oshiriladi, ya’ni diniy guruhlar, yolg‘iz ota-onalar, yolg‘iz onalar birlashmasi, sobiq alkogoliklar yoki giyohvandlar guruhlari. Ko‘pincha ijtimoiy ish xodimlari ijtimoiy illatga aylangan yoki hatto jinoiy xususiyatga ega bo‘lgan guruhlar - bolalar yoki o‘smirlar jinoyatchiligi, fohishabozlik va boshqa ijtimoiy xatar guruhlari bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi
Download 34.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling