Rossiyaga umumiy iqtisodiy geografik tavsif


Download 0.63 Mb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1575684
1   2   3   4
Bog'liq
ROSSIYAGA UMUMIY IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF

Qishloq xo'jaligi

  • Rossiya juda katta yer fondiga ega. Mamlakat yer fondi 1707,5 mln gektarni tashkil etadi. Lekin yer fondi tarkibida qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlar bor yo'g'i 209,0 mln gektarni tashkil etadi. (Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlar maydoniga ko'ra dunyoda Xitoy va AQShdan keyin uchinchi o'rinni egallaydi).
  • Mamlakatda haydaladigan yerlar maydoni aholi jon boshiga 0,87 gektarga to'g'ri keladi. (Bu ko'rsatgich Qozog'istonda 2,0 gektar, Kanadada-1,7 gektar, AQShda-0,54 gektar, Yaponiyada-0,03 gektarni tashkil etadi).
  • Hozirgi vaqtda mamlakat qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda tarkibiy qayta qurish jarayoni kechirilmoqda. Agrar islohatlar doirasida kolxoz va sovxozlarni qayta tashkil etish, yerlarni qaytadan taqsimlash, ularni xususiylashtirish ishlari davom etmoqda.
  • Mamlakat qishloq xo'jaligi 2-ta asosiy dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlaridan iborat.

Transporti

  • Avtomobil transporti.Mamlakatda avtomobil transportining ahamiyati yuqori bo'lib, unda xalq xo'jaligining barcha turlari tashiladi. Ushbu transport turining yo'lovchi tashishdagi salmog'i ham yuqori. Rossiyada avtomobil yo'llarining uzunligi 900 ming km atrofida. Biroq avtomobil yo'llari qurilish sanoati jahon standartiga deyarli to'la javob byermaydi.
  • Havo transporti.Hozirgi vaqtda Rossiya havo yo'llari orqali dunyoning istalgan shahar yoki davlatlari bilan bog'langan. Mamlakatning poytaxti Moskva shahriy xalqaro talablarga javob byeruvchi Vnukova, Shyeremetyevo, Bikova, Domodedova kabi yirik ayeroportlar ishlab turibdi. Havo transporti mamlakatning Shimol, Sibir va Uzoq Sharq rayonlarida borishi qiyin bo'lgan shaharlarni xo'jalik maqsadlarda foydalanishda muhim rol o'ynaydi.

Tashqi iqtisodiy aloqalari

  • Rossiya Fedyerasiyasi so'nggi yillarda dunyoning ko'pgina mamlakatlari bilan faol tashqi iqtisodiy aloqalarni olib bormoqda. 1994 yilda Rossiya bilan Yevropa Ittifoqi bilan shyerikchilik va hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. Hozirgi vaqtda Rossiya dunyoning Gyermaniya, Xitoy, Italiya, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar olib bormoqda. Bundan tashqari Rossiya tashqi iqtisodiy aloqalarida Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari ham muhim o'rin tutadi

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling