Laboratornaya ishi - 2
Mavzu: HTMLda formalar
(Formi na HTML)
Ishning maqsadi: HTML-xujjat tashkil qilishda formalardan foydalanish.
Ishning natijasida talaba quyidagilarga ega bо‘lishi kerak:
Bilishi kerak: formalar;
Qila olishi kerak: HTML-xujjat yarata olish.
NAZARIY QISM
HTML-formalar
Formalar WWW da foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarni tartibga solish maqsadida qо‘llanilgan. Forma elementlari tо‘ldirilib bо‘lgach ulardagi ma’lumotlar serverdagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi dasturga yuboriladi. Kо‘p sonli jо‘natilayotgan ma’lumotlar junatish tugmasi bosilgandan sо‘ng serverda joylashgan Common Gateway Interface (CGI) yordamida qayta ishlanadi. Shu tariqa foydalanuvchi Internet orqali Web-server bilan birgalikda ishlaydi.
Formaning berilishi —FORM elementi
FORM elementi hujjatni ma’lum bir formaga soladi va forma elementlari teglarini boshqa teglardan ajratib turadi. teglari orasiga joylashtiriladi. Formada usuldan (method), formaga kiritilgan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun holatlar (action) mavjud. Usul (GET yoki POST) formaga kiritilgan ma’lumotlar qay tarzda serverga jо‘natilish usulini belgilasa, holat esa serverdagi qaysi dasterga yuborilish URI (Uniform Resource Identifier) adresini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |