Css kodlaridan foydalanish 1-usul


Download 155.3 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi155.3 Kb.
#1391805
  1   2   3   4   5
Bog'liq
WEB DASTURLASHGA KIRISH 1-MUSTAQIL ISH


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI

KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
KI-15-21(S)- GURUH TALABASINING
WEB DASTURLASHGA KIRISH
FANIDAN TAYYORLAGAN

1-MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Toshniyozov Shuhrat
Qabul qildi:J.B.Zoxidov
QARSHI-2022
MAVZU: HTMLda gipermurojaatlar. HTML formalar bilan ishlash. HTMLda freymlarning roli

REJA:
1.HTML haqida ma’lumot
2.Java Script o’zgaruvchilari va arifmetik amallar.Jaca Script yangi ob’yekt yaratish usullari,Java Script operatorlari bilan ishlash
3.Java Script tilida sahifa dizaynini yaratish.Cascading Style Sheets (CSS) fayllar yaratish

Internetning WWW hizmati, asosan, wyeb-sahifalarga bog‘liq ekan, ular qanday yaratiladi? – degan savol tug‘ulishi tabiiy. Wyeb-sahifalar HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tilida yoziladi. HTML – dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (wyeb-sahifa) tayyorlash uchun Windows’ning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari “<” ва “>” belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg (inglizcha tag – yorliq, belgi, alomat) deb ataladi. Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Teglarni yuqori yoki quyi registrdagi lotin alifbosi harflari yordamida yozish mumkin, ya’ni va bir xil tegdir. Umuman, teglar ikki turga bo‘linadi: Juft teglar yoki konteyner-teglar: ko‘rinishdagi teg uchun tegi mavjud bo‘lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi.


Juftmas teglar: ko‘rinishdagi teg ochiladi, yopilishi shart emas, masalan, o‘zidan keyingi matnni yangi satrga o‘tkazuvchitegi kabi.HTML-hujjat – “html” yoki “htm” kengaytmali matnli fayl bo‘lib, u oddiy matn muharririda teglar qo‘llab yozilgan matn. HTML-hujjat va teglari orasida yozilgan bo‘ladi. HTML-hujjat hotiraga yuklansa, u ekranda web-brauzer yordamida wyeb-sahifa ko‘rinishida aks etadi.
HTML-hujjat, odatda, ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lim HEAD (bosh qism yoki sarlavha) bo‘limi bo‘lib u tegi bilan boshlanib tegi bilan tugaydi. Ikkinchi bo‘lim BODY (tana) bo‘limi bo‘lib, unda hujjatni mazmuni aks ettiradi va u tegi bilan boshlanib tegi bilan tugaydi. Agar HTML-hujjat freym-strukturani ifodalashi (wyeb-brauzer oynasidagi ma’lumotlar alohida sohalarda aks ettishi) lozim bo‘lsa, u holda BODY bo‘limi o‘rniga FRAMESET (FRAME SET – strukturalar (ramkalar) tizilmasi (to‘plami), juft tegi yordamida) bo‘limi ishlatiladi. Shuni ta’kidlash joizki, HTML-hujjatda va juft teglarini yozish tavsiya etiladi, lekin majburiy emas.
Web-sahifaga kiritilishi lozim bo‘lgan yana bir element – wyeb-sahifa nomi bo‘lib, nom kiritish uchun <ТITLE> tegi qo‘llaniladi. Wyeb-sahifada bu teg bir marta ishlatiladi. Wyeb-sahifa nomi wyeb-brauzerning sarlavha satrida aks etib, wyeb-sahifaning o‘zida ko‘rinmaydi. Shu sababli uni wyeb-sahifaning istalgan joyiga yozish mumkin. Ammo wyeb-sahifa nomini wyeb-sahifa boshiga yozish maqsadga muvofiq. Wyeb-sahifa nomi tegi bilan yakunlanadi. Wyeb-sahifaga istalgan nom, masalan, o‘z ismingizni berishingiz mumkin.
HTML tili muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida wyeb-brauzerlar ham yangilanib turibdi. Hozirgi kunda wyeb-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML-4 tilidan foydalaniladi. Uning ba’zi buyruqlarini “yeski” wyeb-brauzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi. Bundan tashqari turli wyeb-brauzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan bir oz farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli wyeb-brauzerlarda biror farq bilan aks etishi mumkin.

HTML elementi nima?


HTML elementi boshlang'ich teg, ba'zi kontent va yakuniy teg bilan belgilanadi:
< tagname > Kontent shu yerda... < /tagname >
HTML elementi boshlang'ich tegdan yakuniy teggacha bo'lgan hamma narsadir:
< h1 > Mening birinchi sarlavham < /h1 >
< p > Mening birinchi xatboshim. < /p >

Download 155.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling