Ro‘yxatga olindi № “


Download 121 Kb.
bet2/6
Sana24.02.2023
Hajmi121 Kb.
#1226989
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 ишчи дастур 2021-22

Fanning maqsadi:
Ijtimoiy psixologiya fanining maqsadi – bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta’sir, shuningdek ijtimoiy institutlar faoliyatining tarbiyaviy ta’sirini o’rganishdan iboratdir.
Ijtimoiy psixologiya fanining asosiy vazifasi - ijtimoiy tarbiya muammolarini o’rganishdan iborat. Demakki, uning obyekti- ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy jarayonlardir. Ijtimoiy psixologiyaning predmeti – shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- Ijtimoiy psixologiyaning ob’ekti, predmeti va metodlari, uning fanlar tizimida tutgan o‘rni va asosiy tarmoqlari; shaxsni shakllantirishda, insonning xulq-atvori, muloqoti va faoliyatida ta’lim va tarbiyaning tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- Ijtimoiy psixologiya fanining asosiy kategoriyalari va tushunchalarini; ta’lim va tarbiyada irsiyat va ijtimoiy muhitning o‘zaro munosabatini, milliy va madaniy-tarixiy omillarning tutgan o‘rni va ahamiyatini; pedagogik faoliyatning asosiy qonuniyatlari, prinsiplari, shakllari, vositalari va metodlarini; ma’rifiy jarayonlarda va ijtimoiy muhitda ta’lim, tarbiya va shaxs kamolotining ob’ektiv aloqalari bilishi va ulardan foydalana olishi;
- Ijtimoiy psixologiya fanining asosiy tushuncha va terminlarini; psixologik-pedagogik tahlil qilish va loyihalash usullarini; ma’rifat (ta’lim, tarbiya, shaxs kamoloti va madaniyati), ma’rifiy jarayonlar va ularning mohiyati haqidagi bilimlar tizimini; zamonaviy ta’lim texnologiyalarini; o‘qish va bilishga oid faoliyatni tashkil qilish yo‘llarini; ta’lim va tarbiya sifatini nazorat qilish shakllari va metodlarini ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- kasbiy o‘zaro aloqadorlik va hamkorlikdagi faoliyat samaradorligini oshirish uchun psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari va shakllarini qo‘llash; pedagogik prinsiplarni hisobga olib, turli shakldagi o‘quv mashg‘ulotlari va tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish; pedagogik vazifalarni aniqlash va echish, o‘quv-tarbiyaviy vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha oddiy malakalarni egallash; yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlarni o‘tkazish; egallangan bilimlarni jamoada ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun qo‘llash va ulardan o‘z amaliy faoliyatini tahlil qilish haqidagi malakalarga ega bo’lishi kerak.

Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling