Ro‘yxatga olindi № “
Download 121 Kb.
|
2 ишчи дастур 2021-22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ro‘yxatga olindi №_____________ “ _ _ __ ” _______ 2022- yil
- Fan/modul kodi O‘quv yili 2022-2023 Semestr
- 2 semestr / 2022-2023 o‘quv yili Kafedra: Jismoniy madaniyat Soatlar/kreditlar miqdori: 4 ECTS
- Ma’ruza Amaliy mashg‘ulot Laboratoriya
- O‘QITUVCHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT O‘qituvchi: Norboyeva Dilafruz Jumaqulovna Kafedra joylashgan joyi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA FAN SILLABUSI Bilim sohasi: 1000 000 - Xizmatlar Ta’lim sohasi: 1010 000 - Xizmat ko‘rsatish sohasi Ta’lim yo‘nalishlari: 60411400 - Inson resurslarini boshqarish SAMARQAND-2022
FAN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT Fan kodi: Fan nomi:Ijtimoiy psixologiya Semestr / yil: 2 semestr / 2022-2023 o‘quv yili Kafedra: Jismoniy madaniyat Soatlar/kreditlar miqdori: 4 ECTS
Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi: Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan Prerekvizitlar: Fan uchun mas’ul kafedra: Jismoniy madaniyat O‘QITUVCHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT O‘qituvchi: Norboyeva Dilafruz Jumaqulovna Kafedra joylashgan joyi: SamISI, 6-o‘quv binosi, 102-xona Telefon: 91 525 50 97 E-mail: norboyeva.dilafruz73@gmail. Talabalarni qabul qilish vaqti: Talabalar darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi bilan uchrashish uchun o‘qituvchi elektron pochtasiga xat bilan murojaat qilib uchrashuv vaqtini belgilab olishlari mumkin Fan tavsifi. Bugun mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ulardagi hayotda, uning qadriyatilariga, kasb-kori, oilasi va yaqinlariga bo‘lgan munosabatlarida tobora milliy istiqlol mafkurasining asosiy mazmun va mohiyatlari mujassamlashmoqda. Shu ma’noda psixologiya fanining muhim tarmog‘i bo‘lmish ijtimoiy psixologiya oldida turgan vazifalar ko‘lami va salmog‘i kattadir. Mamlakatimizni rivojlantirish, yangilash va modernizasiya qilish bo’yicha tanlagan strategiyamizni va inqirozga qarshi qabul qilgan dasturimizni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, aholimizning moddiy farovonligini yuksaltirishga erishgani barchamizga katta mamnuniyat bag’ishlab, bu talabga javob bera olishlari uchun o’quv maskanlarida sifatli kadrlarni yetkazib berish masalasi dolzarb hisoblanadi. Pedagogika fanidan ma’lumki, tarbiya – bu ijtimoiy hodisadir. Demak, insonning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uning ijtimoiy hayoti davomida egallagan bilim, ko’nikma va malakalariga bog’liq. Mustaqil yuritimizda bugungi kunda yoshlarimizning ongi va qalbi uchun kechayotgan kurash jarayonida mazkur yo’nalish, ya’ni ijtimoiy psixologiyaning oliy o’quv yurtlari o’quv rejalariga kiritilishi ayni muddaodir. Chunki XXI asr, ya’ni axborotlar tizimi davrida yoshlar va keng jamoatchilik orasidagi ijtimoiy fikrlarni har tomonlama o’rganish, ijtimoiy hayotni aniq va real ommaviy xalq fikriga asoslanib o’rganish va nafaqat ta’lim-tarbiya muassasalaridagi tarbiyaviy muhit, balki ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarini pedagogik o’rganish davri yetib keldi. Download 121 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling