Ro‘yxatga olindi №2022 yil “ ”
t/r Ma’ruza mavzulari
Download 310 Kb.
|
Transport logistikasi-Sillabus 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami semestr bo‘yicha: 16
- Jami semestr bo‘yicha: 74 Hammasi
III. Amaliy mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar (Instructions and recommendations for practical exercises) Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi. 5-semestr Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish yuzasidan kafedra tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar еchish, mavzular bo‘yicha taqdimotlar va ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Amaliy mashg‘ulotlarida ma’ruzada bayon qilingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, fan bo‘yicha olingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va bilish qobiliyatlarini o‘stirish, nazariy o‘qitish jarayonida egallangan bilimlarning amaliyotga tadbiq etilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Tavsiya etilgan adabiyotlar ma’lumotlari yordamida mavzuga oid bilimlarni mustahkamlash va ko‘nikmalar shakllanishiga erishish ko‘zda tutiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning interfaol usullari yordamida o‘tkazilgan Amaliy mashg‘ulotlaridan asosiy maqsad – talabalarning faol ishlashi va mustaqil fikrlashi, o‘zini o‘zi baholash va boshqalarning fikrlarini hurmat qilish, mustaqil ishlash hamda guruhda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Amaliy mashg‘ulotlarining soatlar bo‘yicha taqsimlanishi
Download 310 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling