Ro’yxatga olindi №


Davlat qarzining faol boshqarishda ochiqlik siyosati


Download 50.83 Kb.
bet6/7
Sana23.09.2023
Hajmi50.83 Kb.
#1686623
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maftunaxon kurs ishi

2.1. Davlat qarzining faol boshqarishda ochiqlik siyosati
Davlat qarzi, jumladan O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari hisobidan moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar bo‘yicha qarzdor tashkilotlar (banklar) o‘z qarz to‘lovlarini vaqtida va to‘liq amalga oshirmagan holatlarda davlat qarzi Jamg‘arma mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan so‘ndirilsin hamda qarzdor tashkilotlardan (banklardan) mavjud qarzdorlikva hisoblangan jarima to‘lovlari mos ravishda Jamg‘arma va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishi belgilab qo‘yilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajriba asosida Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

  1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha loyihaoldi hujjatlari, shuningdek, texnik topshiriqlar va tender hujjatlarining kompleks ekspertizasidan belgilangan tartibda o‘tkazadi. Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar hamda loyiha qiymatining 80 foizi va undan ortiq qismi tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan loyihalar kompleks ekspertizadan o‘tkazilmaydi.

Bunda, kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lov investitsiya loyihalari va xarid hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lov miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Tashqi moliyaviy resurslar va qarzlar jalb qilishda O’zbekiston juda faol tarzda qatnashmoqda, ya’ni mamlakatimizning yalpi davlat qarzi 2016-yilda 9,5 mlrd. AQSh dollarini (YaIMga nisbatan 11,6 foiz) tashkil etgan bo’lsa, 2022-yil 1-yanvar holatiga bu ko’rsatkich 26,3 mlrd. AQSh dollari yoki YaIMning 38 foizini tashkil etmoqda. Bu statistik ma’lumotlar bir tomondan bizni tashvishga solishi ham turgan gap, ya’ni rivojlanayotgan davlatlarda qarzlardan foydalanish samaradorligi ancha past hamda shaffoflik masalasi ham jiddiy masala ekanligi tashvishga soladi. Xalqaro Valyuta Jamg’armasi tavsiyasiga ko’ra rivojlanayotgan davlatlarda, jumladan, O’zbekistonda ham davlat qarzining YaIMga nisbatan xavfsiz darajasi 55-60 foizni tashkil etishi aytib o’tilganini hisobga oladigan bo’lsak, O’zbekistonning davlat qarziga xizmat ko’rsatish darajasi barqaror deya e’tirof etishimiz mumkin. Shu bilan birga qarzlarning iqtisodiy taraqqiyotga qo’shayotgan hissasi qarzning darajasidan ham ko’proq ahamiyat kasb etadi. Shu xususida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev bu borada o’z fikrlarini aytib o’tdilar: “Tashqi qarz shu xalqimizning farovonligiga xizmat qilyapti. Eng muhimi – tashqi qarz miqdori qonun doirasida. Tashqi qarz ham hamma davlatlarga berilmaydi: ishonch borki, bizga taqdim qilishyapti. Hammasi maqsadli ishlatilyapti va vaqtida qaytariladi. Boshqa davlatlar tashqi qarzi bilan solishtirganda bizniki ancha past ko’rsatkichda”2. O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini o’rta, uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalar bo’yicha jalb etish tamoyillariga doim amal qilib kelmoqda. Davlat qarzlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi, hozirgi paytda O’zbekistonning davlat qarzi jadallik bilan o’sayotganligi mavzuning dolzarbligini ko’rsatadi.
Davlat qarzining mazmun va mohiyatini o’rganishdan oldin davlat qarzi va unga aloqador bo’lgan atamalarning ma’nosini tushunib olishimiz kerak bo’ladi. Misol uchun davlat qarzi deyilganda O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablag’larni jalb qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlari tushuniladi. Rivojlanayotgan davlatlar tajribasida juda ko’p uchraydigan va og’riqli muammo hisoblanadigan atama bu davlat kafolatidir, ya’ni O’zbekiston Respublikasi rezidenti o’zidan undiriladigan summani qarz shartnomasida belgilangan muddatda to’lamagan yoki qarz shartnomasida belgilangan boshqa shartlarni muddatida bajarmagani tufayli defolt hodisasini bartaraf qilmagan taqdirda O’zbekiston Respublikasining qarz beruvchi oldidagi qarzni to’liq yoki qisman to’lab berish majburiyati hisoblanadi. Shu bilan birga biz defolt hodisasini ham o’rganishimiz darkor. Bunda defolt hodisasi – qarz shartnomasida ko’zda tutilgan shartlarning to’liq yoki qisman bajarilmasligi natijasida qarz beruvchiga qarzdorlik muddati tugagunga qadar qarz oluvchidan qarzlarni to’liq to’lashni talab qilishga imkon beradigan holatga aytilishini alohida qayd etamiz. Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat bo’lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafil sifatlarida maydonga chiqadi. Bunday iqtisodiy munosabatlarning mumtoz (klassik) shaklida davlat, odatda, mablag’larni qarz oluvchi bo’lib hisoblanadi. Agar davlat yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarish va haq (to’lov, to’lash) asosida mablag’larni taqdim etib, kreditor (qarz beruvchi) sanalsa, unda amalga oshirilishi lozim bo’lgan operatsiyalar hajmi ancha kamayadi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olingan qarzlarni uzish (qaytarish) yoki ularning boshqa majburiyatlarini bajarish javobgarligini davlat o’z zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi. Markazlashtirilgan pul fondlarining o’lchamiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi kredit munosabatlarining dastlabki ikki ko’rinishidan (qarz oluvchi va kreditor) farq qilgan holda davlat tomonidan kafolatning berilishi o’sha markazlashtirilgan pul fondining, albatta, o’zgarishiga olib kelmasligi mumkin. Agar qarzdor o’zining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar bo’yicha to’liq hajmda va o’z vaqtida hisob-kitob qilishni uddalay olsa, kafil hech qanday qo’shimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq amaliyotda yetarli darajada ishonchli bo’lgan qarz oluvchilar davlat kafolatiga muhtoj bo’lmaydi. Ular mustaqil ravishda kredit bozoridan mablag’larni jalb qilishga qodirdir. Odatda, davlat kafolatlari yetarli darajada ishonchli bo’lmagan qarz oluvchilarga nisbatan qo’llaniladi va bu narsa shunga mos ravishda, markazlashtirilgan pul fondidan xarajatlarning o’sishiga olib keladi.
E.Beqiraj va S.Fedeli tomonidan Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkilotiga a’zo 21 ta mamlakat hukumatlarning qarz/YalM nisbatining oshib borishiga munosabatlarini o’rganishdi. Agar qarz yuki oshib boraversa, davlatlar bunga javoban qanday to’g’irlovchi choralar ko’rishi mumkinligini, qarz va defitsit o’rtasidagi korrelyatsiyani tadqiq qilishgan.
Davlat krediti iqtisodiy kategoriya sifatida ikki ko’rinishdagi – moliya va kredit -pul munosabatlarining o’rtasida joylashgan bo’lib, shunga mos ravishda, u ham moliyaga va ham kreditga tegishli bo’lgan xususiyatlarga egadir. Moliya tizimining alohida olingan bo’g’ini sifatida esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini (byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va ulardan foydalanish jarayoniga xizmat qiladi. Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, moliya va kredit institutlari amalga oshiradi.
Uni operativ boshqarish esa mamlakat hukumatining rahbarligi ostida Moliya vazirligining Markaziy bank bilan hamkorligida ta’minlanadi.
2. Davlat kreditining mazmun- mohiyati, funksiyalari va davlat qarzining makroiqtisodiy tasniflanishi
Davlat qarzining yuqori darajasi ko’p holatda mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi omil sifatida ko’riladi hamda bir nechta empirik tadqiqotlar va kuzatuvlar asosida isbotlangan. XXI asrda yuz bergan eng so’nggi moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar, jumlada 2008-2009-yillardagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va yaqinda boshlangan va davom etayotgan koronavirus pandemiyasi sababli global iqtisodiy faollikning keskin pasayishi paytida ko’rilgan noodatiy fiskal va monetar choralar rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda qarz yukining jiddiy oshishiga olib kelgani barchamizga ayon bo’lgan holat. Bu esa o’z navbatida iqtisodchilar va qaror qabul qilish bilan shug’ullanuvchi siyosatchilar o’rtasida keng muhokamalarga sabab bo’lmoqda. Xususan, bunaqa tez su’ratlar bilan o’sib borayotgan qarz global iqtisodiyotga, talab va taklif zanjiriga qanday munosabatda bo’lishini aniq tahlil etish ancha murakkab jarayonligi ko’p mamlakatlar misolida ko’rinmoqda. Bir narsa aniqki, maqsadsiz va tizimsiz ishlatilgan qarzlar past iqtisodiy faravonlikka, iqtisodiy o’sishni pasaytirishi va kam unumdorlikka olib kelgan holda uzoq muddatli muammolarga sabab bo’lishi aniq.

2018-yildan beri Jahon banki va Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rivojlanayotgan va kam daromadli davlatlarda jadallik bilan o’sib borayotgan qarz muammosiga ko’p qirrali va kompleks yondashuvlarni joriy qilish bo’yicha muhim ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Hech kim kutmagan holatda paydo bo’lgan va mamlakatlar ongli ravishda iqtisodiy pasayishga rozi bo’lgan sharoitda aholini ijtimoiy va iqtisodiy Himoya qilish qarzlarga bo’lgan an’anaviy yondashuvlarni yo’qqa chiqardi hamda keskin iqtisodiy inqirozdan qutulib qolish uchun xalqaro moliya insitutlaridan imtiyozli va uzoq muddatli kreditlar va qarzlar olishga majbur bo’ldi. Shunday holatda qarzlarning barqarorligini saqlashda Xalqaro Valyuta Jamg’armasining rivojlangan davlatlar va past daromadli mamlakatlar uchun ishlab chiqilgan dasturlari asos bo’lib xizmat qilmoqda7.


Davlat qarzining mazmun-mohiyatidan kelib shuni aytishimiz mumkinki, qarz yuki oshayotgan mamlakatlar tezroq siyosiy iroda ko’rsatgan holda qarzlarning moliyaviy va iqtisodiy barqarorlikka ijobiy va salbiy ta’sirlari modellarini ishlab chiqishi maqsadga muvofiqdir.
Davlat qarzlarini boshqarish va u bilan bog’liq risklarni oldini olish keng qamrovli huquqiy, iqtisodiy va texnologik asoslar orqali amalga oshiriladi. Shu paytga qadar davlat tashqi qarzi bilan bog’liq barcha munosabatlar 1996-yil 29-avgustdagi O’zbekiston Respublikasining “Xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risida”gi 263-I-son Qonuni orqali tartibga solingan bo’lib, davlat qarzlarini iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, kreditorlarga o’z vaqtida ishonchli tarzda to’lovlarni amalga oshirish, davlat qarzining YalMga nisbatan yillik limitlarni belgilash va boshqa davlat qarzi bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solish zaruriyati “Davlat qarzi tog’risida”gi qonunni ishlab chiqishni taqozo etdi deyishimiz mumkin. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat qarzi to’g’risida”gi qonun loyihasi 2021-yilning 12-noyabrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi.
Qonun loyihasida davlat qarzini boshqarishga doir asosiy qoidalar va davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga (YalM) nisbatan eng yuqori miqdori belgilanmoqda. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi palatalari, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va Moliya vazirligining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari, hamda davlat qarzi to’g’risidagi ma’lumotlar ochiqligini ta’minlash, jumladan, OAVda yoritib borish va rasmiy veb-saytlarda chop etish bo’yicha qoidalar alohida ko’rsatib o’tilmoqda. Xususan, davlat qarzini boshqarishda parlament rolini oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalariga davlat qarzining cheklangan hajmini belgilash, davlat qarzini boshqarish strategiyasi ijrosini ko’rib chiqish hamda jalb qilingan mablag’larning maqsadli ishlatilishi to’g’risidagi hisobotlarni eshitish vakolatlari berilmoqda.
Qonun loyihasida davlat kafolatini berish tizimi takomillashtirish qoidalari va davlat qarzi bo’yicha xatarlarni boshqarish bo’yicha amalga oshiriladigan harakatlar majmui aks ettirilmoqda.

Download 50.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling