Ro‘yxatga olingan qarshi tuman “Davlat xizmatlari markazi” tomonidan 2023-yil № raqam bilan


-bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish


Download 63.44 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi63.44 Kb.
#1591005
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
28 Умумтаълим мактабининг янги УСТАВИ

6-bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish
45. O‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish umumta’lim muassasalariga tibbiyot muassasalari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish uchun mas’uldirlar.
46. Umumta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
47. Umumta’lim muassasasi o‘quvchilarini har yilgi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
48. Umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash maktab psixologlari tomonidan amalga oshiriladi.
49. Og‘zaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan o‘quvchilarga korreksion-logopedik yordam berish maqsadida umumta’lim muassasasida o‘qituvchi-logopedlar (defektologlar) faoliyat yuritadigan logopediya shohobchasi tashkil etilishi mumkin.


7-bob. Pedagog kadrlar bilan ta’minlash

50. Tegishli oliy ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatli shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.


Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning umumta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
51. Pedagog kadrlar belgilangan tartibda malaka oshirish kurslariga jalb etiladi, ularni qayta tayyorlash vakolatli idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
52. Umumta’lim muassasasi pedagogik jamoa a’zolari o‘qitish yo‘nalishlari (tabiiy, aniq, gumanitar, ijtimoiy va boshqa fanlar) bo‘yicha uslubiy birlashmalarga birlashadilar.
53. Umumta’lim muassasasi pedagoglarining (o‘quv fanlari va soatlari bo‘yicha) vazifasini vaqtincha bajarib turish hamda xodimlarining sinfdan tashqari faoliyati maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
54. Umumta’lim muassasasi rahbariyati pedagoglarning obro‘- e’tibori va ijtimoiy maqomini, ularning mas’uliyati va kasb mahoratini oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishli ishlarni amalga oshiradi, ularning tizimli ravishda malaka oshirishlari va o‘z ustida ishlashlari, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek yangi o‘quv dasturlari joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.


Download 63.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling