Ro‘ZG‘orshunoslik asoslari
-rasm. qalqovuchli kranning tuzilishi. 106 O‘yma qulflarni tuzatish va o‘rnatish
Download 357.99 Kb.
|
malumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 83 -rasm.
82-rasm. qalqovuchli kranning
tuzilishi. 106
Eshik qulflari o‘yma (83-rasm) va yopishtirma (84-rasm) bo‘ladi. Qulflar xonadon eshigini ishonchli berkitishga mo‘ljallangan. Ularning uzoq vaqt ishlashi va mustahkamligi o‘z joyiga yaxshi o‘rnatilishiga, to‘g‘ri ishlatilishiga va vaqti-vaqtida qarab turilishiga bog‘liqdir. Odatda, har bir eshik qulfi bilan birga uning eng kamida uchta kaliti bo‘lishi kerak. Qulf- larning tuzilishi har xil: oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy qulflar arzon, lekin ishonchsizroq bo‘ladi. Quyida o‘yma eshik qulfining tuzilishi va ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz. qulf shtreben – 1 (teshiklar ochilgan va eshik kesakisiga mahkamla nadigan bur- chakli qoplagich), plastina – 2 (uning teshi gidan surma zulfin – 3 va lo‘kidon – 9 o‘tadi), uzatuvchi richag – 4, vtulka – 5, boshqaruvchi tutqich – 7, surma mexa- nizmning prujinasi – 6, plastinka – 8, plastinka va prujinalar to‘plami – 10 dan tuzilgan. Sizlar qulfning tuzilishini yaxshi bilib olgach, undan to‘g‘ri foydalanish- dan tashqari, qulfning ayrim nuqsonlari- ni o‘zingiz bartaraf eta oladigan bo‘lasiz. Ko‘pincha qulf zulfin prujinalari- ning yoki qulf teshigi plastinalarining tushib yoki surilib ketishi natijasida buziladi. Bunday hollarda zulfin ham, lo‘kidon ham ishlamaydi. Shuning uchun o‘yma yoki yopishtirma eshik qulfining qopqog‘ini chiqarib olib, prujinalar- ni o‘z joyiga o‘rnatish, ularni tegishli chek lagichlar bilan ta’minlash va ularni solidol bilan moylab, qopqoqni yopish kerak. Ularni kalit solib tekshirilganda ishlasa, demak, qulf tuzatilgan bo‘ladi. 83 -rasm. o‘yma qulfning tuzilishi. 84-rasm. Yopishtirma qulflar: a – qutisimon; b – qutisimon ikki aylanadigan saqlagichli; d – qutisi- mon surmali va saqlagichli. 107
yopish, qoidali o‘rnatilmagani bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda eshikning singan joyiga mos bruska qo‘yib mustahkamlanadi va eshik qulfining teshi- gini boshqa joydan ochiladi. eshikning qulf uchun ochiladigan teshigini rejalashda qulfning bo‘yi va eni 1–2 mm qo‘yim bilan belgilanadi. Shunda qulf uyaga bemalol joyla- shadi. Shundan so‘ng qulf uyasi o‘yiladi, rejalanadi, parmalab kalit uchun teshik ochiladi. Qulfni uyaga kiritib, uning to‘g‘ri turishi tekshiriladi, qulf- ning tayanch plastinasi uchun o‘yiq belgilanadi. Shundan so‘ng qulfni chiqarib olib, plastina uchun belgilangan o‘yiq o‘yiladi va qulfni uyaga kiri- tib, burama mixlar bilan mahkamlanadi. Eshik tutqichlarini o‘rnatishda qulf plastinalarining o‘rnini ham belgi- lash, tutqich va kalit uchun ochiladigan teshiklarni ham hisobga olish zarur. Qulf plastinalari to‘g‘ri o‘rnashgach, burama mixlar bilan mahkamlanadi. eshik tutqichlarini o‘rnatishda tashqari tutqichni vtulka – 5 ning uyasiga kiritiladi, kvadrat sterjenning bo‘sh uchiga esa ichki tutqichni tegishli ho- latda kiydiriladi va shtift bilan mustahkamlanadi. Eshikni yopib va kalit ni qulfga solib, zulfin hamda lo‘kidonni bir necha marta u yoq-bu yoqqa su- rib, ular uchun eshik kesakisining qayer laridan uya ochish kerakligi belgilanadi. keyin ular- ni lo‘kidon va surma zulfinga moslab, 3–5 mm qo‘shib o‘yiladi. Shundan so‘ng uyalar ustiga qoplagich o‘rnatiladi va qulfni ochib-yopib ba- jarilgan ish tekshirib ko‘riladi. Qulflar ishlamasligining yana boshqa sabablari ham bo‘ladi. bular eshiklarning qiyshayib yoki tob tashlab qolishidir. Bunday paytlarda eshik larni dastlabki holatiga qaytariladi. bu ishlar tegishli tuzatishlar orqali amalga oshiriladi va eshikning oshiq-moshiqlarini boshqatdan mustahkamlab o‘rnatiladi. Agar bu usul yordam bermasa, uyani egov bilan kengay tirish va zulfinni bemalol uyaga kira oladigan qilish lozim (85-rasm). Ushbu mashg‘ulotdagi amaliy ishlar eski qulfl arni tuzatishdan, uyalarni o‘yish va ularni oldin dan tayyorlab qo‘yilgan bruskalarga o‘rna tishdan Download 357.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling