Roʻzimbayeva Rayxon


Download 28.28 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2023
Hajmi28.28 Kb.
#1079734
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Arxivlash va arxivlash dasturi


Tayyorladi: Matematika informatika yónalishi 102-guruh talabasi Roʻzimbayeva Rayxon
Arxivlash va arxivlash dasturi.
Reja:

  1. Kirish.

  2. Fayllarni arxivlash.

  3. Arxivlash dasturlari

  4. Arxivlashning qo`shimcha imkoniyatlari.

  5. Xulosa.

Kirish.



Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi – yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo`lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil to`siqlarga duch keladi va shu to`siqlarni yengib o`tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin hayot tajribalaridan ma`lumki, ko`pincha yangi kashfiyot ma`lum bir muammoni hal qilish jarayonida yuzaga keladi .
Biz kompyuterning yaratilishini XX asrning buyuk kashfiyotlardan biri desak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko`ra bugunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma`lumotlarni boshqarish, ayniqsa hozirgi kunda muhum axamiyat kasb etmoqda. Ma`lumotlarni boshqarish tizimlariga bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda . Katta hajmdagi ma`lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to`g`ri kelyapti.
Jamiyat taroqqiyotida yuz berayotgan jadal o`zgarishlar uning bir qismi bo`lgan informatika soxasiga ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Bu ta`sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo`layotgan o`zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o`zgarib va boyib bormoqda.
Malumki, kompyuterlarda o`zaro ma`lumotlar almashinuvi qulaylashtirish maqsadida turli xil hajmdagi disketalardan foydalaniladi. Lekin ba`zan shu disketalar ham kattaroq hajmdagi ma`lumotlarni o`zida sig`dirolmaydi va ma`lumot almashinuvi jarayonida yetarli muommolar tug`diradi. Bundan tashqari , kompyuterni ishlatish jarayonida magnit diskka ko`p bor murojat bo`lishi natijasida daskdagi axborotlar ishdan chiqishi mumkin.
Shular va shu kabi boshqa muommolarni bartaraf qilish maqsadida kompyuter texnologiyasiga arxivlash degan yangi usul kiritiladi.


Download 28.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling