‘rta asrlar hayoti bilan bog‘liq qaysi davlatlar bir davrda yuksalgan ?
Download 21.26 Kb.
|
1. 0 ‘rta asrlar hayoti bilan bog‘liq qaysi davlatlar bir davrda yuksalgan ? A) Parxe qirolligi va Bolgariya qirolligi B) Gana davlati va Polsha qirolligi C) Yapopiya imperatorligi va Aksum davlati D) Mayyalar davlati va Mali davlati 2. Quyidagi voqealarni yuz bergan sanalari bilan to‘g‘ri muvofiqlashtiring. 1) Mahalliy aholi Farg‘ona viloyat boshqarmasi oldida ochiqchasiga norozilik bildirib yig'ildi; 2) Xo'jand uyezdining boshlig'i Xo'jand va 0 ‘ratepa tumanlaridagi aholidan qo'shimcha yer solig‘i olinadi, deb e’lon qildi; 3) Farg'ona vodiysida xalq qo‘zg‘olonlari qaytadan avj olib, Andijonda Darvishxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko'tarildi; 4) Mingtepada (hozirgi Marhamat tumani) mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi Yetimxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko'tarildi. a) 1878-yil; b) 1879-yilning kuzida; c) 1880-yilning noyabrida; d) 1885-yilning yozida. A) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d 3. Xiva xonligiga 1819-yilda kelgan N.I. Muravyov yozib qoldirgan esdaliklarida nimalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar uchraydi? 1) Xiva va qadimiy obidalar to‘g‘risida; 2) davlat boshqaruvi tizimi to‘g‘risida; 3) hunarmandchilik va savdo-sotiq to‘g‘risida 4) aholining xo‘jalik mashg'uloti to‘g‘risida; 5) davlatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi to‘g‘risida. A) 1, 3, 5 В) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 4 4. Ivan IV davrida Rossiyadagi Boyarlar dumasi qaysi vakolatdan mahrum etildi? A) qonunlar ishlab chiqish B) soliqlar yig'ib olish C) sud qilish D) harbiy boshchilik qilish 5. Rossiya podshosi Nikolay I hokimiyati boshlangan yilda faoliyati yakuniga yetgan hukmdor? A) Amir Haydar B) Amir Nasrullo C) Muhammad Rahimxon I D) Ollohqulixon 6. Buyuk Britaniyada aynan bir yilda bo‘lib o'tgan voqealarnl qayd eting. A) Dunyoda birinchi temiryo‘l qurildi va Buyuk Britaniya Parlamenti ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonun qabul qildi. B) London shahrida ishchilaming «Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Assotsiatsiyasi» tuzildi va birinchi Parlament islohoti o'tkazildi. C) Parlament ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonun qabul qildi va sanoat inqilobi tugallandi. D) Ikkinchi Parlament islohoti o‘tkazildi va London shahrida ishchilaming «Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Assotsiatsiyasi» tuzildi. 7. Sharq hukmdorlari bilan do‘st tutingan G‘arb qirollarini hukmdorlik davri boshlangan yillarni aniqlang. A) 768-, 964-yy. B) 1152-, 1390-yy. C) 1360-, 1359-yy. D) 768-, 1212-yy. 8. Xiva xoni ... davrida Buxoro xoni Abulfayzxon orolliklarni Xiva xoniga qarshi gijgijlay boshladi. Natijada, Orolbo‘yi aholisi Xiva xonligidan ajralib chiqdi. A) Asfandiyorxon B) Anushaxon C) Sherg'ozixon D) Elbarsxon 9. 0 ‘rta asrlarda qaysi shaharda kitob chop etish yuksaldi? A) Rimda B) Florensiyada C) Konstantinopolda D) Venetsiyada 10. Yurtimiz tarixi bilan bog'liq qaysi yodgorlikdan arxeologik qazuv ishlari davomida mis ko‘zgular borligi aniqlangan. A) Zamonbobo B) Sopollitepa C) Jarqo'ton D) Qoratepa 11. Xitoy-Yaponiya o'rtasida bo'lib o'tgan 1894-1895-yillardagi urush natijasida imzolangan sulhga ko‘ra ... 1) Xitoy Koreyaning mustaqilligini tan oldi; 2) Buyuk Britaniya uchun «ochiq* mamlakat deb e’lon qilindi; 3) Yaponiyaga kata miqdorda tovon to‘lashga majbur bo‘ldi; 4) Yaponiya o‘z savdosi uchun Xitoy hududida sanoat korxonalarini qurish va ulardan foydalanish huquqini oldi; 5) Yaponiya Xitoyda bojsiz savdo qilish huquqini qo‘lga kiritdi; 6) Koreya ishlari bo'yicha Yaponiya general-gubernatori tayinlandi; 7) Ryukyu orollarini Yaponiyaga o‘tganligini tan oldi. A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 7 C) 4, 5, 7 D) 1, 4 ,6 12. Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar foydalanishni yakunlagan asrda ro‘y bergan voqea? A) Xanlin akademiyasiga asos solindi B) «Turkiston» deb atash boshlandi C) Ajanta ibodatxonasi qurilishi yakunlandi D) Yevropada feodal tarqoqlik davri boshlandi 13. Jizzax aholisi mardikorlikka qarshi ommaviy qo‘zg‘olon ko‘tarish maqsadida qaysi shaharlarga o‘z vakillarini yubordilar? A) Farg‘ona va Xo‘jand B) Toshkent va Xorazm C) Samarqand va Toshkent D) Qarshi va Termiz 14. «Turkiston o’lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi. Uning tarkibiga qaysi hududlar kirgan edi? 1) Xo'jand; 2) Marv; 3) Jizzax; 4) 0 ‘ratepa; 5) Kattaqo‘rg‘on; 6) Buxoro; 7) Urgut; 8) Samarqand. A) 1, 3, 5, 8 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 5, 6, 7 D) 5, 6, 7, 8 15. Quyidagi qaysi davlatda XIX asr oxiri - XX asr boshlarida aholi turmush darajasi G'arbiy Yevropa davlatlariga nisbatan juda pastligiga sabab mamlakatda chuqur iqtisodiy-siyosiy islohotlar o'tkazilishini talab qilishga qodir konstitutsiyaviy muxolifatning yo‘qligi hisoblangan? A) Yaponiya B) Italiya C) Rossiya D) Xitoy 16. Rossiya hukumati zo‘r berib Xiva xonligiga o‘z hukmini majburan o'tkazish maqsadiga erishish uchun kim boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi? A) G. Danilevskiy B) V. Perovskiy C) N. Muravyov D) F. Beneveni 17. Mali taraqqiyoti bilan bog‘liq qaysi omil mamlakatga musulmon savdogarlari oqimini ko'payishiga sabab bo‘lgan? A) Gana hududlarining oltinga bo‘y hududlarini egallanishi. B) Sundiata Keytning oqilona siyosati. C) Mamlakatda islom dinining qabul qilinishi. D) Songai hududlarining qo‘lga kiritilishi. 18. Qaysi davlat konstitutsiyalariga muvofiq imperator parlamentni chaqirish, ochish, tarqatib yuborish kabi vakolatlarga ega bo'lgan? A) Italiya va Avstriya-Vengriya. B) Rossiya va Buyuk Britaniya. C) Germaniya va Yaponiya. D) Yaponiya va Hindiston. 19. Ma’muriy bo‘linishiga ko‘ra viloyatlar shahar va masjid qavmlarini (qismlarni) o‘z ichiga olgan davlat? A) Buxoro amirligi B) Xiva xonligi C) Qo'qon xonligi D) Buxoro xonligi 20. XIV-XV asrlarga kelib shahar aholisi soni 80-100 mingga yetgan shaharlarning qaysi biri X asrdan boshlab mustaqil amirlik deb atala boshlandi? A) Sevilya B) Grenada C) Kordova D) Kataloniya 21. Po'latxon qo‘zg‘olonidan kuchayib ketishidan xavotirga tushgan mustamlakachi hukumat ularni tor-mor etish uchun ... hujum qiladi? A) Andijonga B) Farg‘onaga C) Xo‘jandga D) Namanganga 22. Xiva xonligining qaysi hududlarida chor askarlariga qarshi asosiy janglar bo‘lib o‘tadi? A) To‘rtko‘l, Urganch, Kat, Xiva, Mang'ishloq B) Hazorasp, To‘rtko‘l, Tuproqqal’a, Gandimiyon C) Hazorasp qal’asi, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Mang'it, Xiva D) Xonqa, Xo‘jayli, Xiva, To‘rtko‘l 23. German qiroli Fridrix II qaysi yilda imperatorlik tojini kiygan? A) 1212-yil B) 1206-yil C) 1240-yil D) 1220-yil 24. Buyuk Britaniya tarixida barcha erkaklarga umumiy saylov huquqi berilishi uchun boshlangan harakat tarixga qanday harakat nomi bilan kirdi? A) partizanlar harakati B) chartistlar harakati C) gayduklar harakati D) puritanlar harakati 25. Filipp IV hukmronligi davrida qirol mulkiga kirmagan shahar hayoti bilan bog‘liq «tutqun davri» yakuniga yetgan yili ..i . A) Dimitriy Ivanovich tomonidan Voje g'alabasi qo'lga kiritildi B) Angliyada Richard II davri boshlandi C) Angliyada jon solig‘I 3 baravarga oshirildi D) Amir Temur tomonidan Movarounnahr va Xuroson hududlarini egallash yakunlandi 26. Frada qo‘zg‘oloni haqidagi ma’lumotlar qaysi manbada qayd etilgan? . A) Avestoda B) Behistun yozuvlarida C) Poliyen asarida D) Ktesiy asarida 27. Qadimgi saklarning muqaddas ichimlik ichuvchi guruhi qanday atalgan? A) saka tiay tara darayya B) saka xaumovarka C) saka tigrexauda D) saka mazageta 28. Quyidagi qaysi sulola nisbatan uzoq hukmronlik qilgan? A) Abbosiylar sulolasi B) Somoniylar sulolasi C) Suy sulolasi D) Sayidlar sulolasi 29. XX asr boshlarida chop etilayotgan, Kalendari kombiar gazetasi qaysi davlat tomonidan nashr etilar edi? A) Albaniyada B) Bolgariyada C) Gretsiyada D) Serbiyada 30. 0 ‘rta Osiyoda qaysi sulola davrida musulmon ruhoniylarining obro‘yi har qachongidan ham balandga ko‘tarilgan? A) saljuqiylar B) somoniylar C) qoraxoniylar D) xorazmshohlar Download 21.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling