Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими марказининг 2016 йил “ ” даги сонли буйруғига 2-илова
Download 181.5 Kb.
|
Ro`zmatova Ruxsora BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malakaviy ishning maqsadi
- Psixolog xizmat faoliyatining kasbiy muhim sifatlar
- 2. Ijtimoiy psixologik xizmat xodimi faoliyatida treninglar tajribasi
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohoti “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘zining ilmiy-nazariy, ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy-huquqiy ifodasini topgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining” maqsadi -ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir”. Bu vazifani bajarish ta’lim jarayoni, uning mazmuni, shakl va metodlarini tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy–texnikaviy taraqqiyotiga yangicha qaraydigan mustaqil fikrlovchi, ishbilarmon, buyuk kelajak poydevorini quruvchi yoshlarni tarbiyalash respublikamiz pedagoglari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Ta’lim muassasasidagi shaxslararo munosabatlarning qandayligi u erdagi psixologik iqlimni belgilab beradi. Treninglarning shaxs muloqotchanligini oshirishda ta’siri juda katta, bu esa xozirgi kunda eng dolzarb masalalardan xisoblanadi.
Malakaviy ishning maqsadi – Bog’ot yengil sanoat texnikumida psixologik xizmatni takomillashtirishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: Mavzuning nazariy jixatlarini yoritish Muloqotchanlikni oshirishda treninglarning ta’sirini bayon etish Mavzu yuzasidan umumiy xulosa va takliflar yozish Psixolog xizmat faoliyatining kasbiy muhim sifatlar Turli sohalarda faoliyat yuritar ekanmiz, albatta, kasbiy sifatlar psixologning kasbiy jarayonini to‘ldirib turuvchi muhim jabha hisoblanadi. Bugungi kunda professional ta’lim muasassalari amaliyotchi psixologlari o‘quvchi faoliyatidagi ijtimoiy-psixologik muhofazani takomillashtirish bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari zarur: -har bir guruhdagi ijtimoiy-psixologik muhitning har bir o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sirini tarkib toptirish, hamda har bir o‘quvchining o‘quv faoliyatiga nisbatan o‘z-o‘ziga adekvat baho bera olishini ta’minlash; -har bir o‘quvchining o‘z-o‘zini bilishi, anglash, idora qilish va o‘z-o‘zidan ijtimoiy ma’noda muvaffaqiyatli qoniqish hosil qilishi uchun shart-sharoitlarni hozirlash, shuningdek, har qanday o‘quv faoliyati talablarini bajarish jarayonida o‘quvchining meyoriy-hissiy holat chegarasidan chiqib ketmasligi uchun barcha tadbirlarni qo‘llash; -o‘quvchining faoliyat talablariga va aksincha, faoliyat talablarining o‘quvchi shaxsiga moslasha olishlarini ta’minlash va o‘quvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-jamoa o‘rtasidagi hamkorlik faoliyati uchun muhim muvaffaqiyatli munosabatlar o‘rnatila borishni muntazam nazorat ostiga olish; -o‘quv faoliyati talablarini muvaffaqiyatli bajari-lishini ta’minlashga xizmat qiluvchi o‘quvchi shaxsi faolligi bilan bog‘liq individual uslub imkoniyatlarini o‘rganish va qaror toptira borish, hamda har bir o‘quvchini ta’lim muassasaiga qabul qilishda u yoki bu fan bo‘yicha chuqur o‘zlashtiruvchi guruhlarga jalb etish orqali kasb tanlashga yo‘llashda tegishli ilmiy amaliy tavsiyalar berib borish; -umumiy psixologik xizmat Nizomi asosida psixoprofilaktik, psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish. Professional ta’lim muasassasi amaliyotchi psixologlari faliyati muayyan talab asosida ishlab chiqilgan tegishli yo‘l-yo‘riqlar, ko‘rsatmalar va ilmiy-amaliy tavsiyalar asosida tashkil etiladi. 2. Ijtimoiy psixologik xizmat xodimi faoliyatida treninglar tajribasi Ijtimoiy psixologik trening insonlar o’rtasidagi sog’lom munosabatlarning bo’lishiga erihishni maqsad qilib qo’yar ekan, uni o’tkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs va uning o’z ishini mukammal bilishi faoliyat samarasini ta'minlovchi asosiy omillardan biridir. Trening o’tkazuvchiga qo’yiladigan asosiy shartlardan va talab-lardan biri sho’qi, u muloqot jarayonining barcha qirralarini professional darajada mukammal egallagan bo’lishi kerak U ham bo’lsa - nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda, trening jarayonida qo’llay olishidir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar, deb atashadi. Demak treninglar uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotda eng avvalo e'tibor berilishi zarur bo’lgan narsa ham sho’qi, u erda ijtimoiy psixologik treningni olib boruvchilarni o’qitish, tayyorlash, ulardan mutaxassis etishtirishdir. Trener shaxsiga qo’yiladigan talablar quyidagilar: 1) u avvalo o’zgalar shaxsiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bunda inglizlar aytganidek "O’zgalar psixologiyasini bilish - ular ustidan xukmronlikning bir shaqlidir", degan naqlni esdan chikdrmaslikdir; lekin bunda pedagogik altruizm, ya'ni o’zgalar manfaatini o’zinikidan ustun kuyish xislati mavjud bo’lishi kerak; 2) o’zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur; 3) har qanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan chikib ketishgina emas, balki uning oldini ola bilish, vaziyat to’g’ri kelganda esa uni bartaraf etib, ishtirokchilarga to’g’ri maslaxat bera olish; 4) empatiya, ya'ni o’zgalar xolatlarini chukur xis qila olish qobiliyatining mavjudligi; 5) o’zgaruvchan, moslanuvchan aql soxibi bo’lish, kutilmagan holatlarga o’zini oldindan tayyorlash, o’zini yo’qotmaslik; 6) o’z xatti-harakatlarini doimo ma'lum maromda ushlash va kerak bo’lsa o’zidagi motorikani rivojlantira olish; 7) o’zgalar nutqi, reaksiyalarini aniq tushunish va tinglash, mimika va harakatlar moxiyatini to’g’ri talkin etish va tushunish; 8) tinglovchilar va o’yin ishtirokchilarining extiyojlari va qiziqishlariga qarshi bormaslik; 9) rejalashtirish qobiliyatining bo’lishi, bunda oldinda kutilayotgan jarayonning barcha muhim va nomuhim jixatlarini oldindan taxminan bo’lsa ham, tasavvur qilib, aniq reja to’za olish; 10) o’ziga ishonch, e'tikodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo’lishi. Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo’yiladigan talablardan bevosita kelib chikadi. Ya'ni, u avvalo ta'lim dasturiga ega bo’lishi kerak Dasturga mos senariylar tanlay bilishi, ularni kerak bo’lsa, har bir aniq xolat va vaziyatga moslashtirishi, mashg’ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu holatlarga e'tibor qaratishi shart. Qatnashchilarning yoshi, jinsi, kasbiy malakalari, madaniyati darajasi va extiyojlariga mos ravishda dastur va senariylarga o’z vatstida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo’lishi, mashg’ulotlar shakli, vaqti, joyini ham yo’qoridagi omillarga moe ravishda tanlashi ularning samaradorligiga bevosita ta'sir ko’rsatadi. Imkoniyat boricha, tinglovchilarni mashg’ulotlar boshlanishidan avval mavzu bo’yicha yozma matnlar bilan ta'minlashi va ma'ro’zalarni iloji boricha, o’zi o’qib, amaliy mashg’ulotlarga ham begonalarni jalb qilmagani ma'qul. Chunki bu erda "nimaga o’rgatish" va "qanday o’rgatish" degan savollarga javobgar shaxs bir kishi bo’lsa, harakatlarda uygunlik bo’lishi mumkin. Ijtimoiy psixologik treningda boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni jalb etib bo’lmaydi. Chunki mashg’ulotlarni o’tkazuvchi maxsus tanlovlarda ishtirok etgan bo’lishi va unda uning kommunikativ maxrrati, o’z-o’zini nazorat qila olish qobiliyati, bosiqligi, xissiyotlarning muqobilligi, ularga ma'lum ma'noda turgunlik xos bo’lishi shart. Tanlovni umuman xolis ekspertlar o’tkazib, trenerlarni tayyorlash kurslari ham nisbatan uzok muddatga muljallangan mashg’ulotlar tizimidan iborat bo’ladi. Ishda samarali muloqotga erihish uchun quyidagi omillar xisobga olinishi maqsadga muvofiq: a) maqsadning aniq bo’lishi, uning boshlovchi va ishti-rokchilar tomonidan bir xil idrok qilinishi va tushuni-lishi. Demak bu urinda guruxiy va individual maqsad-lar o’rtasidagi moslik va kelishuvning mavjudliligiga e'tibor qaratilishi shart; b) ikki tomonlama muloqotning mavjudligich ya'ni fikr va xissiy kechinmalarning aniqligi, ochikligi va rostguylik tamoyillariga e'tibor berish; v) faol ishtirok va guruxdagi liderlikning a'zolar o’rtasida teng taksimlanishiga erihish, ya'ni guruxda yaqqol ko’zga tashlangan lider yoki doimo o’z xissiy-kechinmalarini va irodasini boshqalarga o’tkazishga xarakat qilayotgan shaxsning bo’lmasligi; g) ta'sir ko’rsatish yoki ruxiy tazyikning ishtirokchilar bilimlari, qobiliyatlari va malakalariga asoslanishi, lekin bunda boshqalarning kamsitilishiga yo’l kuymaslik; d) qaror qabul qilish va munozaralarni yakunlash bosqichlarida vaziyatga qarab, boshlovchining tashabbusni o’z kuliga olish huquqidan foydalanish; e) baxs va tortishuvlarga doimo to’g’ri, oqilona, odilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil ishtirokchilar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi va ularda shaqllanadigan sifatlarning mustahkamlanishiga zamin xozirlaydi; j) gurux faoliyatining samaradorligi masalasi ham usha gurux a'zolari tomonidan baxolanishi o’yin yoki munozarani yana davom ettirish yoki tuxtatish masalasiga oydinlik kiritadi, aks xrlda boshlovchi bu mas'uliyatni o’z buyniga olsa, unda gurux o’z faoliyatidan ko’nikmay qolishi mumkin. z) T-gurux a'zolarining maksimal tarzda o’zini ko’rsatish, xattoki, o’zidagi yashirish emotsiyalarni va yangiliklarni ro’yrost namoyon etishga undash lozimki, toki u har qanday haroitda ham o’z individualligini ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lsin. Shunday qilib, ijtimoiy psixologik treningning samaradorligi bir tomondan, ishtirokchilarning faol «atnahishlari va o’zlarini erkin xis qilishlariga boglik bo’lsa, ikkinchi tomondan, bu narsa, boshlovchi -trener shaxsining xususiyatlariga bevosita boglikdir. Huning uchun ham trener yosh bo’lsa va unda ijtimoiy psixologik trening o’tkazish tajribasi etishmasa, u o’ziga xos va mos auditoriyani topib ishlashi, birdaniga kattalar guruxida, noma'lum kishilar bilan ishlashdan o’zining tiyishi kerak Chunki agar u o’z amaliy faoliyati boshidayok maglubiyatga uchrasa, keyinchalik u xech qachon trening mashg’ulotlari o’tkaza olmasligi mumkin. Bu unda shaxsiy tushkunlikni keltirib chiqarib, o’zi yordamga muxtoj bo’lib soladi. Boshlovchi ham o’z faoliyatining amalga oshirishida yo’qoryda ta'kidlanganidek IPTning turli shakllaridan o’ziga ma'kulrok turidan boshlashi mumkin. Masalan, o’zidan yosh bo’lgan bolalar guruxida turlicha oson o’yinlar tashkil qilish, savol-javob guruxlarini uyushtirish, dumalok stol atrofida turli xayotiy kazuslarni muxrkama silishga urgatishi mumkin. Chunki, psixodramatik o’yinlar, ayniqsa, sotsiodramapar shaxsdan yo’qsak kasbiy sifatlarni, insonlar bilan ishlash tajribasini talab qiladi. Boshlovchidan talab qilinadigan psixologik professionalizmning asl moxiyati shundaki, u odamlar ko’ziga va xatti-harakatiga sarab, ularning niyat-istaqlarini, treningda ishtirok etish qobiliyatini taxminan oldindan chamalay olishi va o’yin davomida moxirlik bilan ular harakatini zimdan boshqarish qobiliyatiga ega bo’lishi shart. Shuning uchun maxsus ijtimoiy psixologiya kurslarida taxsil olmagan, professional tayyorgarlikka ega bo’lmagan shaxslar treningni boshqara olmaydilar. Bundan tashkari, boshqaruvchi shaxslardan fidoyilik o’z manfaatini o’zgalarnikidan pastrok kuyish, sabr-chidam, tezkorlik faxm-farosat sifatlari talab qilinadi. Bu sifatlar, ma'lumki, nafaqat nazariy tayyorgarlik asosida, balki ko’prok xayotiy mulotsot va ijtimoiy faoliyatning murakkab turlarida faol ishtirok etish natijasidagina kulga kiritiladi. Bu urinda kitobxon diqqatini ikki narsaga qaratish urinlidir. Birinchidan, o’zbek xalqi va O’zbekistonda yashayotgan boshqa millat vaqillarida asrlar davomida shaqllanib, saykal topgan muomala madaniyati, odob-axloqqa aloqador fazilatlar va kadriyatlar borki, ular dunyo tsivilizatsiyasi doirasida juda yo’qori baxolanib kelinmokda. Lekin, ana shu olijanob insoniy munosabatlarda ayrim jixatlar borki, ular aynan ijtimoiy psixologik treningni tashkil qilish va o’tkazishda o’ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, o’zgalar fikriga ergahish, shaxs yoshi va xayotiy tajribasini, jamiyatdagi obro’-e'tiborni har qanday haroitda ham xisobga olish, tankid yoki o’zini tankid qilishda yo’z-xotirlik fazilatlari, o’z xissiy kechinmalarini o’zgalar oldida ochiq-oydin izxor qilmaslik Yevropa standartlari buyicha ijtimoiy psixologik treningni tashkil qilish va o’tkazishga monelik qilishi mumkin. Ikkinchidan, xalkning, ayniqsa, yoshlarning yangiliklarga intiluvchanligi, yangi innovatsion texnologiyalar, xorijiy tillarni o’rganishga intiluvchanligi va bu boradagi yoshlar iqtidorini xisobga oladigan bo’lsak ularda jaxon talablari darajasida treninglarni fakzt yoshlar auditoriyasida etish maqsadga muvofikmikin, degan tabiiy savol paydo bo’ladi. Bizning fikrimizcha, har qanday vaziyat eki omil doirasida ham etnopsixologik va xududiy o’ziga xosliklar xisobga olinishi zarur. Bu urinda shu narsa xech qanday e'tirozsiz qabul qilinishi lozimki, xrzirgi davrda o’qitish va talim-tarbiya tizimining barcha jabhalarida faol ijtimoiy psixologik tayyorgarlik usullaridan foydalanish va foydalanilganda ham uning eng samarali, millat psixologiyasiga mos uslublarni keng targib etish va amaliyotlarda joriy etish lozim. O’zbekistan Respublikasida kadrlar tayyorlash buyicha milliy dasturni amalga oshirishda ham o’zluksiz ta'limning barcha bosqichlarida faol metodlardan keng ko’lamda foydalanish o’zining samarasini berishi shubxasiz. Zero, bugungi kunda bilimdonlikning eng muhim jixatlaridan biri ham ijtimoiy psixologik bilimdonlikdir. Bu narsa, ayniqsa, kattalar faoliyatini to`g’ri tashkil etish va uni o`zgartirish borasida o’z urniga ega. Download 181.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling