Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими марказининг 2016 йил “ ” даги сонли буйруғига 2-илова
Mashq qilish usuli xaqida tushuncha
Download 181.5 Kb.
|
Ro`zmatova Ruxsora BMI
Mashq qilish usuli xaqida tushuncha.
Mashq qilish usuli- trening jarayonida ishtirokchilarni faollashtirish, kayfiyatini ko‘tarish, ular orasida o‘zaro ishonch va samimiylik muxitini yaratish maqsadida psixogimnastik mashqlar usulini qo‘llash taktikasidir. Mashq qilish usuli - zarur malaka va ko‘nikma xosil qilish xamda ularni mustaxkamlash uchun nazariy amaliy bilimlarni ongli ravishda ko‘p martalab takrorlashdan iborat. Bu usulning vazifasi - olingan bilimlardan ko‘nikma va malakalarga o‘tishdir. Mashq qilish trening davomida olingan ma’lumotlarni ishtirokchilar qanday o‘zlashtirayotganligini xam ko‘rsatadi. Trenerdan talab qilinadigan xususiyatlar, ya’ni mashqni tanlashda trener nimalarni xisobga olishi zarurligi xaqida gap ketganda quyidagilarni takidlab ko‘rsatish joiz. Trener birinchi navbatda mashqni o‘tkazish natijasida guruxda qanday xolat vujudga kelishini xisobga olishi lozim. Bunda asosan 2 xil xolat kuzatiladi: a) butun guruxning xolati o‘zgaradi. b) guruxdagi xar bir ishtirokchining xolati o‘zgaradi. Ikkinchi navbatda trener gurux taraqqiyotining qaysi bosqichida turganligini xisobga olishi kerak. Trener xisobga olishi zarur bo‘lgan uchinchi xolat kun vaqtini xisobga olishdir. Kun boshlanishida guruxda ishchanlik, axillik, o‘zaro ishonch muxitini yaratuvchi mashqlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu guruxning ayni paytdagi ishga taalluqli bo‘lmagan tashvish va muammolarni unitishga olib keladi. Gurux a’zolari “xozir va shu erda” degan sharoitni sezishadi. Bundan tashqari, butun diqqat e’tiborini va aqliy faoliyatini safarbar etishga imkon tug‘iladi. Kunning ikkinchi yarmida esa charchoqni tarqatadigan, xayajonli xis-tuyg‘ularni yumshatishga olib keladigan mashklarni o‘tkazish tavsiya etiladi. “Tushgacha ochlikka qarshi, tushdan so‘ng uyquga qarshi kurashish kerak” - bu xar qaysi trening shiori bo‘lishi kerak. XULOSA Ushbu ishdan shunday xulosaga kelish mumkinki, texnikumda o‘quvchi shaxsini o‘rganishda treninglar ularda paydo bo‘lgan salbiy kechinmalarni yo‘qotish, ular kayfiyatini ko‘tarish, dunyoqarashini shakllantirishda muxim rol o‘ynaydi. Texnikumlarida amaliyotchi psixologlar pedagogik jamoa bilan, ota-onalar bilan treninglar o‘tkazish jarayonida o‘tkazilgan xar qanday o‘yin o‘zida ikki xil mazmunni aks ettirdi: birinchi, o‘yinda qatnashuvchilar uchun ma’lum bo‘lgan dam olish, ko‘ngil ochish, xordiq chiqarish, kayfiyatni ko‘tarish bo‘lsa, ikkinchi treningni olib borishda gurux bilan ishlash jarayonida trener o‘z oldiga qo‘ygan muayyan vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutiladi. Shu tariqa trening – faqat ko‘ngilxushlik emas, balki gurux yoki biror bir ishtirokchining xulq-atvorini boshqarish, o‘zgartirish, shuningdek boshlovchi uchun zarur yo‘nalishda xarakatlanish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘yin gurux a’zolarini bir-biri bilan tanishtirish, jipslashtirish, faoliyatga moslashtirish, muammoni xal qilishga tayyorlash kabi ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalarini xam bajaradi. Ta’lim muassasalarida o‘z faoliyatida pedagoglar insonning jamiyat bilan bo‘ladigan ko‘plab murakkab munosabatlari tizimining ijtimoiy aynan psixologik mehanizmlarini yoritib berish, o‘z atrof muhitda ro‘y berayotgan islohatlarga holis baho berish o‘zi va o‘zgalar ruhiyati sir asrorlariga befarq bo‘lmaslik bir so‘z bilan aytganda jamiyatning har tamonlama uyg‘oq kishisi bo‘lishi, psixolog ijtimoiy psixologik xizmat ishini tizimli tashkil etish davomida pedagog va xodimlar sog‘liqni saqlash xodimlari va hamkor tashkilotlar bilan o‘z aloqada ishlarni amalga oshirish shaxsning har tomonlama uyg‘un kamoloti va to‘laqonli psixologik taraqqiyotini ta’minlovchi qo‘laylik yaratishdan iborat ekanligini unutmasliklari zarur. Professional ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar faoliyatini takomillashtirish va uning natijadorligini oshirish davr talabi hisoblanadi. Bugungi kunda yosh mustaqil O‘zbekiston Respublikasida pedagoglarga bo‘lgan talablar oshib bormoqda. Bitiruv malaka ishining birinchi bobida Professional ta’limi tizimida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan bugungi kundagi siyosati, bu borada men faoliyat ko‘rsatib kelayotgan texnikumning o‘rni, rivojlangan davlatlarning bugungi kunda ta’lim tizimi va uning tahlili yoritilgan. Ikkinchi bobda esa muloqot va uning moxiyati, muloqotchanlik diagnostikasi, shaxs muloqotchanligini oshirishda treninglarning psixologik ta’siri masalalari yoritilgan. Download 181.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling