ʻrta maxsus taʻlim vazirligi mirzo ulugʻ
Sportning asosiy komponentlari
Download 46.12 Kb.
|
Hozirgi zamonaviy sport industriyasi bilan 1
1.2 Sportning asosiy komponentlari
Jismoniy tarbiya va sport menejmentida tashkilotlarning keng va murakkkab tizimini tushinishda, sportni uch qismga bo‘lingan qolipidan foydalanish maqsadga muvofiq. Birinchi qism – bu sportning davlat yoki jamoat qismi. Unga, milliy, regional va mahalliy davlat boshqaruvi organlari, shuningdek maxsus tashkilotlar kiradi. Ular sportning siyosiy boshqaruvini ishlab chiqish, moliyaviy mablag‘ yetkazib berish, professional sportchilarni tayyorgarligini oshirish va qo‘shimcha nazorat o‘rnatish kabi mas’uliyatli vazifalar bilan shug‘ullanishadi. Ikkinchi qism – bu sportning notijorat qismi bo‘lib, bunda mahalliy jamoalarni, musobaqalar, chempionatlar va boshqa shunga o‘xshash tadbirlar o‘tkazadigan shuningdek, qoidalar va standartlarni belgilab nazorat qiladigan xalqaro sport tashkilotlari rahbarlarini, federatsiyalarni, jamoat birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Uchunchi qism – bu sportning professional yoki tijorat sport tashkilotlari bo‘lib, ularga quydagilar kiradi: professional liga va ularda ishtirok etayotgan jamoalar, shuningdek, ularga yaqin tarmoqlar misol uchun, sport anjomlarini ishlab chiqaruvchilar, OAV, stadion va tadbirlar o‘tkazish bo‘ycha menenjer kabilar. Bu bo‘limlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Misol uchun, davlat ko‘pincha notijorat tashkilotlar sportini rivojlantirish va iqtidorli sportchilarni qo‘lab-quvatlash maqsadida moliyaviy yordam ko‘rsatadi, o‘z navbatida, notijorat tashkilotlar jamiyatga sportchilar, murabbiylar, hakamlar tayyorlash imkoniyatini yaratib beradi. Davlat qonunlar bazasini tuzib uning yordamida sport inshootlari qurish va professional sportchilarni va professional sportni qo‘llaydi o‘z navbatida sport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va sport tadbirlarini o‘tkazuvchilar o‘z bizneslari bilan shug‘ullanishlari mumkin. Nodavlat va professional sport o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi holatda amalga oshadi, nodavlat tashkilotlar, iqtidorli sportchilarni, murabbiylarni, hakamlarni, boshqaruvchilarni professional musobaqalarni o‘tkazish uchun yetkazib beradi. Shuningdek sport ligasi o‘z tarkibida professional sportchi va menenjerlari bo‘lgan notijorat jamiyatlardan tashkil topgan. O‘z navbatida professional qism tomoshabinlarga va ishtirokchilarga qiziqarli tomosha taklif qilib shuningdek, musobaqalarni translyatsiyasidan tushgan foydani ham taklif qiladi. Quyidagi suratda uchta qismning o‘zaro bog‘langan taraflari ko‘rsatilgan. Menejment ( management ) so‘zi o‘zbek tiliga ingliz tilidan to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilinmaydi, lekin Oksford talqiniy lug‘atida quyidagi talqindagi ma’nolarni anglatilishini va o‘zbek tiliga mos kelishi haqida aytiladi: Boshqaruv san’ati; Odamlar bilan suhbatlashish uslubi; Boshqaruv organi va uni tashkil qiluvchi shaxslar. insonlarning har qanday faoliyatidagi, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport faoliyatidagi boshqaruv hokimiyati va san’ati; har qanday tashkilot, tashkilotlarda, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida resurslarni boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar tushuniladi. Pedagogika fanlari doktori I.I.Pereverzinning ta’kidlashiga ko‘ra, “sport menedjmenti” – bu jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali boshqarishning nazariyasi va amaliyotidir. Boshqacha qilib aytganda, sport menedjmenti – alohida mehnat turi bo‘lib, u jismoniy tarbiya va sportning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi maqsadlariga erishishga qaratilib, moddiy mehnat va ma’lumotlar resurslarini samarali sarflash demakdir. Sport menedjmenti quyidagilardan tashkil topgan: Rejalashtirish; Rag‘batlantirish; Boshqarish; Nazorat; Aloqa; Izlanish. Umumiy va sport menedjmenti yana bir o‘ziga xos sifatga ega bo‘lib, bu sifat – professional boshqaruvchilar (menejerlar) ning mavjudligi bilan ifodalanadi. Sport menejeri – jismoniy tarbiya va sport tashkilotida boshqaruvchi mansabida ishlovchi, ilmiy boshqaruv sanatini egallagan va qaror qabul qilish huquqiga ega mutaxassisdir. Menejment nima degan savolga aksariyat hollarda, bu boshqaruv degan javobni olamiz. Boshqaruv nimani bildiradi degan savolga esa, bu ish yuritish, tashkilotlarning ishini tashkil qilish va boshqa shunga o‘xshash javoblarni olamiz. Menejment va boshqaruv haqiqatdan ham yagona bitta ma’noni bildiradigan tushunchalarga o‘xshaydi. Aslida “menejment” va “boshqaruv” tushunchalari bir-biriga o‘xshash bo‘lsada, lekin bir-biridan tubdan farq qiladigan tushuncha va sohalardir. Boshqaruv tushunchasi turli manbalarda turlicha talqin etiladi, lekin ularning umumiy ma’nosi tabiatda, jamiyatda, xalq xo‘jaligida, tashkilotlarda, iqtisodiy-texnikaviy sistemalarda, qo‘yingki hayotimizda uchraydigan barcha taraddudlarni amalga oshirishda “tashkilot faoliyatida, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport faoliyatida natijaga samarali erishish uchun undagi barcha jarayonlarga maqsadli ta’sir ko‘rsatib borishni bildiradi”. Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment – bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, personal (odam)larni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir, shu nuqtai nazardan boshqaruv bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. Menejment ham yuqorida keltirilgan jarayonlarni amalga oshirishda maqsadli ta’sir ko‘rsatib boradi, lekin uning boshqaruvdan tubdan farqi shundaki: “Menejment jamoadagi har bir personal (shaxs)ning jismonan va aqlan sog‘lomligi, bilim, madaniyat, tajriba darajalarini, tashkiliy xulqining qay darajada rivojlanganini, qaysi shijoat (temperament)ga mansub ekanligini, insonga taalluqli barcha individual, psixologik, tashkilotchilik, jamoada o‘zini tuta olish, o‘z-o‘rnini topa olish va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda, unga nisbatan faoliyat turlarini belgilaydi, rasmiy va norasmiy ishchi guruhlarini shakllantirishda uning bo‘lajak a’zolarining barcha yutuq va kamchiliklaridan samarali foydalanish masalalarini hal etadi. Menejment har qanday jamoada uning a’zolari orasidagi o‘zaro munosabatlar, jamoa bilan boshqa jamoalar orasidagi munosabatlar, jamoa bilan rahbar o‘rtasidagi munosabatlar, boshqa tashkilotlar, hattoki xorijdagi hamkasblar orasida bo‘ladigan ishchi munosabatlarni qanday bo‘lishini ilmiy asoslab beradi”. Jismoniy tarbiya va sport menejmentini jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki: tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o‘rganish lozim. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot (sport tovarlari yoki xizmati) tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud jismoniy tarbiya va sportda ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv jismoniy tarbiya va sportda mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Jismoniy tarbiya va sportda ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi personal samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish uchun, bandlikni ta’minlash va aholini kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Mamalakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish yo‘lida” asarida “Kuchli ijtimoiy siyosat, avvalo, sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag‘bat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo‘l tanlash va faoliyat ko‘rsatish erkinligiga bo‘lgan kafolatli huquqni qaror toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir”, deb ta’kidlagan edi. Ushbu masalalarni amalga oshirishda jismonan va aqlan sog‘lom, barkamol avlodga tayanmasdan iloj yo‘q, shuning uchun yurtimizda mustaqilligimizning birinchi yillaridan boshlab jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor berib kelinyapti. Download 46.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling