Ўрта осиёда хvi-хiх асрнинг биринчи ярмида ижтимоий-сиёсий фикр


O`rta Osiyo xalqlarining XVI -XVII asr ijtimoiy-siyosiy fikri


Download 89.5 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1489435
1   2   3   4
Bog'liq
1350282009 14817

O`rta Osiyo xalqlarining XVI -XVII asr ijtimoiy-siyosiy fikri.

O`rta Osiyo xalqlarining XVI-XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-syyosiy fikr o`ziga xos xususiyatga ega edi.


Uning namoyondalari davlat, hokimiyat, adolat masalalarini islom siyosiy madaniyatiga tayangan holda xal qilishga harakat qildilar.
Ma`lumki islomda davlat va huquq jamiyat uchun zarur va muqaddas qadriyat sifatida ifodalanadi.
O`rta Osiyo halqlarining XVI-XIX asr boshlarida ijod qilgan ilg`or mutafakkirlarning siyosiy qarashlarida ham odil podshoh g`oyasi markaziy o`rin egallaydi. Ular davlat tepasidagi hukmdor adolatli, fuqarolariga nisbatan rahm-shafqatli bo`lsa, jamiyat farovon bo`ladi. Xukmdorning qudrati va abrui fuqarolariga bo`lgan g`amxo`rligidadir, deb tushundilar.
Shundan kelib chiqqan holda ular insonni ma`naviy kamolotga erishishga chaqirdilar va shu orqali jamiyatda adolatsizlikni bartaraf qilish mumkin deb hisoblaydilar.
XVI asr ijtimoiy-syyosiy fikri tarixida Podshoxo`ja munosib o`rin egallaydi..
Podshoxo`ja dunyoqarashi islomning diniy-falsafiy oqimi bo`lgan sufizm (tasavvuf) ga asoslangan. Sufizm VIII-IX asrlarda arab mamlakatlarida vujudga keldi. O`rta asrlarda Eron, Xuroson, O`rta Osiyoda keng tarqaldi va bu mamlakatlar madaniyatida, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikr tarixida chuqur iz qoldirdi. Sufizm xilma-xil shakl va oqimlarga ega ta`limot. Uning asosiy g`oyasi insonning ruxiy kamolotga erishtirish orqali Ollox-taoloning visoliga yetishish yo`llarini ko`rsatishdir.
Podshoxo`ja sufizmning O`rta Osiyoda shakllatsgan naxshbandiylik okimiga mansub edi. Bu okim izdoshlari zoxidlik va mistika bilan bir katorda dunyoviy, real hayot masalalariga jiddiy e`tibor berdilar. Ular tarkidunyo qilishga, dunyo ishlaridan voz kechib faqat ibodatta berilishga karshi chiqdilar, bilimga,. nafsni tiyishga chaqirdilar.
Podshoxuja bu talablarga amal kilmaydigan, suzda o`zini xudogo`y qilib ko`rsatuvchi riyokor kishilarni tanqid ostiga oladi.
Podshoxuja qarashlarida ijtimoiy adolat masalasi muhim o`rin egallaydi. Ijtimoiy adolat jamiyat a`zolarining bir-biriga xurmat, o`zaro yordam berishi, imonli bo`lishiga, shariat qonunlariga rioya qilishi asosida vujudga keladi. Bu fazilatlarning namunasini birinchi navbatda davlat tepasida turgan xukmdor, uning amaldorlari, shayxu imomlar ko`rsatishlari zarur. Uning tasarruvida islom aqidalariga, shariat talablariga chin dildan amal qilish jamiyatda adolat o`rnatilishining ta`minlaydi.
Xukmdorlarga murojaat qilib, Podshoxo`ja amal, boylik o`tkinch narsa ekanligini uqtiradi. Jamiyat uchun qilingan yaxshilik abadiydir, chunki u odamlar xotirasida saqlanadi. Misol tariqasida u buyuk shoir va mutafakkirlarnnng nomlarini keltiradi.
XVI-XVII asr ijtymoiy-siyosiy va falsafiy fikrning yirik namoyondalaridan Mirzajon SHeroziy, Mashrab, Yusuf al-Qorabogiy, Muxammad Sharif al-Buxoriy - Xindistonda ijod qilgan Boburiylar davridagi O`rta Osiyolik mutafakkirlar Amir Xisrav Dexloviy, Abdul Fayz, Fayziy Abdul Kodir Mirzo Bedil nomlarini eslatib o`tish zarur.
Muhammad Sharif al-Buxoriy 1697 yilda Buxoroda vafot etgan. U falsafa bilan birga tarix, huquq va boshqa ilmlar bilan xam shugullangan. Uning kalamiga mansub 20 asar bizgacha yetib kelgan. Bular orasida uning «Xoqonlarga foydali kitob» deb nomlangan asari diqqatga sazovor.
Kim xukmdor bo`lishi mumkin, u qanday fazilatlarga ega bulishi kerak? degan savolga javob berib, al-Buxoriy yozadi: «Xalif musulmon bo`lmog`i kerak, oqil, balog`at yoshiga yetgan, nutq qurish va eshitish qobiliyati bor bo`lmog`i lozim”
Xukmdorlarning asosiy vazifasi shariat ko`rgazmalariga amal qilish, islom davlati xududlarini g`ayridin va bosqinchilardan asrash, mazlumlarni zulmdan, yovuzlikdan himoya qilishdir. «Agar xalif ana shu sifatlarga ega va yana xushfe`l bo`lsa, u vaqtda xukmronlikka loyiqdir».
Al-Buxoriy fikricha hokimiyat Olloh-taoloning in`omidir. Hukmdor uning oldida ma`suldir. Shuning uchun u adolatli bo`lishi, kur`on va payg`ambar xadislari asosida hukmronlik qilishi lozim. «Odil musulmon shoh bilan haqiqat talashuvchi odam isyonkordir» -deydi u.
Al-Buxoriy soliq va uni undirish, shoh undan qanday foydalanishi mumkinligi xaqida muhim fikrlarni bayon qiladi.
Mutafakkir faxsh ishlari bilan shug`ullanish, may ichish, haqorat qilish kabi xarakatlarni jamiyat uchun xavfli jinoyat deb biladi, ularga qarshi keskin kurashish zarurligini uqtiradi..
Muhammad Sharif Buxoriyning davlat va huquq haqidagi fikrlarini chuqur tahlil qilish O`rta Osiyo xalqlarining XVII asr siyosiy va huquqiy ta`limotlari tarixining o`rganilmagan sahifalarini to`ldiradi..
XVII asr ijtimoiy-siyosyy va falsafiy fikr tarixida Boborahim Mashrab alohida o`rin egallaydi. U 1653 yilda tug`ildi. Birinchi bilimlarini o`z vatani Namanganda oldi. 1671 yildan Mashrab adolat va ilm izlab Movarounnahrning ko`p shahar va qishloqlarini kezdi. 1711 yili riyokor ruhoniylar va amaldorlarni o`z asarlarida fosh qilganligi uchun Balx xokimi tomonidan dorga osib o`ldirilgan. Mashrabning qabri Afgonistonning Xonobod shaxriga yaqin Ishkashim qishlog`ida joylashgan. Mashrab o`zining ko`plab g`azal va ruboiylari bilan mashxur bo`ldi, hozir ham xalq xotirasida saqlanib kelmoqda. U tasavvufning kalandarlik okqimiga e`tikod qildi va undan ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashish uchun foydalandi.
Mashrab ilohiy sevgini, xudoga bulgan muhabbatini juda jozibali tasvirlaydi. Uning fikricha, xudoni sevgan kishi go`zal insoniy fazilatlarini o`zida mujassamlantirgan bo`lishi, boshqa insonlarni ham sevishi kerak. Shundan kelib chiqqan holda, Mashrab din yo`lidan chiqib ketgan, shariat qonunlariga rioya qilmay, riyokorlik, buzuqchilik bilan shug`ullanuvchi xukmron toifa vakillarini fosh qiladi.
Mashrab ham adolatli, islom dini va shariat qonun-qoidalariga amal qiluvchi xukmdor bo`lishini orzu qildi. O`z zamonasining hukmdorlariga murojaat ham kildi. Biroq uning murojaatlari natija bermadi. Shuning uchun ham Mashrab xukmdorlarning adolatsizligini fosh kiladi.
Adolatli amirim, balki, xokonim, deb arz qildim,
Kungul shaxriga tushgan, shoxi Sultonim, deb arz qildim,
Vujudim kishvariga mamlakatdonim deb arz qildim,
Yiroqdin arz qildim, gushini kar qildi-yu ketdi.
Mashrab ahlok masalalariga katta e`tibor bilan qaraydi. U inson qadr-qimmatini ulug`laydi, odamlarni xalol mehnat evaziga beminnat yashashga chakiradi. «Amirning qandidan gadoning yovg`on oshi yaxshiroqdir», deydi u.
Mashrab do`stlik, xaqiqatni gapirish, saxiylik, boshqalarga xamdard blish, ota-onani xurmat qilish kabi insoniy fazilatlarni targ`ib qilish bilan birga, odamlarni yaramas xulq-atvorlardan saqlanishga undaydi. Xususan, u odamlarni takabbarlik, yolg`on so`zlash, imonsizlik, nokaslik va baxillik kabi yaramas xulk-atvorlardan saqlanishga chaqiradi.
Ko`rinib turibdiki, Mashrabning ijtimoiy qarashlarida jabr-zulm, zo`ravonlikka qarshi nafrat, adolatli jamiyatga erishish orzusi o`z aksini topgandir. Shu bilan birga uning ijodida umidsizlik, tarkidunyochilik ham mavjud. Bu g`oyalar Mashrab yashagan davrning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidagi ziddiyatlarning ifodasidir. Mashrab o`zining insonparvarlik ruhi bilan sug`orilgan asarlari tufayli xalqimiz xotirasida saqlanib kelmoqda.



Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling