Ўрта осиёда хvi-хiх асрнинг биринчи ярмида ижтимоий-сиёсий фикр
O`rta Osiyo xalqlarining XIX asrda ijtimoiy-siyosiy fikri
Download 89.5 Kb.
|
1350282009 14817
O`rta Osiyo xalqlarining XIX asrda ijtimoiy-siyosiy fikri
XIX asr ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikr tarixida Komil Xorazmiy (1825-1899) uziga xos o`rin egallaydi. Uning asli ismi Muxammadniyoz, Komil uning taxallusidir. Komil Xorazmiy O`zbekiston ma`rifatparvarlik harakatining ilk namoyondalaridan biridir. U Sharq adabiyotining yirik namoyondalari ijodini, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Yevropa madaniyati bilan xam tanish bo`lgan. Komil Xorazmiy Xiva xonlari saroyida xattot, mirzaboshi vazifalarini bajargan. Xonlikda yuz bergan ko`p vokealarning guvoxi bo`lgan. Bu hol uning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida iz qoldirmasdan iloji yuk edi, albatta. Komil Xorazmiy o`z asarlarida inson zotiga bo`lgan xurmat va extiromini, tenglik, inson baxt-saodatini ko`yladi, adolatsizlik, riyokorlikni qoraladi. Siyosiy qarashlariga kelsak, Komil Xorazmiy ma`rifatli, odil xukmdor tarafdori edi. U adolat va ma`rifat g`oyalarini targ`ib qilibgina qolmay, amaliy ishlar qilishga ham xarakat qildi. Xususan, u Yevropa nota tizimidan ilxomlanib «Xorazm tanbur chizig`i» deb nomlangan maxsus nota ixtiro qildi. Xiva shahrida nashriyot tashkil qildi. 1883 yilda esa Komil Xorazmiy raxnamoligida rus-tuzem maktabi ochildi. Komil Xorazmiyning qarashlari ziddiyatli va muayyan doirada cheklangan bo`lishiga qaramay, o`zbek xalqining ma`naviy taraqqiyotida ijobiy rol o`ynadi. XIX asrning birinchi yarmida yashagan va ijod qilgan shoirlar - Nodira (1721-1843), Uvaysiy (1789-1850), Dilshod (1800-1906) O`zbekiston ijtimoiy-siyosiy fikri tarixida alohida o`rin egallaydilar. Ular o`zining butun ijodi davomida insonparvarlikni, adolatni, insoniy muhabbatni., o`zbek ayollarining orzu-umidlarini kuyladilar. Ular ham jamiyatdagi adolatsizlik, zulm donishmand va odil xukmdor bo`lganda bartaraf qilinishi mumkin, degan fikrda bo`ldilar. Adabiyotlar: 1. Adilxodjayeva S.M. Liberalizm: evolyutsiya idey ot proshlogo do nastoyahego. Monografiya. –T.: TDYUI, 2002. –120 s. Boboyev H.B. Siyosiy huquqiy ta’limotlar tarixi. –T.: TDYUI, 2003. –205 Boboyev H.B. O‘zbek davlatchiligi tarixi. –T.: “Fan”, 2004. – 294 b. Islamov Z. Obhestvo. Gosudarstvo. Pravo. –T.: Adolat, 2001. 695 b. Islomov Z.M. Davlat va huquq: umumnazariy masalalar. (Davlat nazariyasi). –T.: Adolat, 2000. –272 b. Islomov Z.M. Huquq tushunchasi, mohiyati, ijtimoiy vazifasi. –T.: TDYUI, 2004. –138 b. Islomov Z.M.Fukarolik jamiyati: kecha, bugun, erta. –T.: TDYUI, 2003. –87 b. Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling