9-§. MOVAROUNNAHRDA ARAB XALIFALIGINING
O‘RNATILISHI
1. Qachon Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi?
A) V asr boshlarida. B) VI asr boshlarida.
C) VII asr boshlarida. D) VIII asr boshlarida.
2. Qaysi so’z “bo’ysunish”, “itoat etish”, “o’zini Alloh irodasiga topshirish” degan ma’noni anglatadi?
A) Islom. B) Xristian. C) Budda. D) Zardusht.
3. Islom dinining asoschisi kim?
A) Iso payg’ambar. B) Muhammad payg’ambar.
C) Nuh payg’ambar. D) Ibrohim payg’ambar.
4. Muhammad payg’ambar nechanchi yillarda
yashagan?
A) 569-631-yillarda. B) 570-632-yillarda.
C) 571-633-yillarda. D) 572-634-yillarda.
5. Muhammad (s.a.v.) qaysi shaharda dunyoga kelgan?
A) Madina. B) Damashq. C) Makka. D) Bag’dod.
6. Muhammad (s.a.v.) qachon arablarni yagona
davlatga birlashtiradi?
A) 629-yil. B) 630-yil. C) 631-yiI. D)632-yil.
7. Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, kim xalifa deb e’lon qilinadi?
A) Abu Bakr. B) Umar. C) Usmon. D) Ali.
8. 632-634-yillarda kim Arab xalifasi bo’lgan?
A) Abu Bakr. B) Umar. C) Usmon. D) Ali.
9. Xalifa so’zining ma’nosi nima?
A) “Sarkarda”. B) “Hukmdor”.
C) “Oqsoqol”. D) “O’rinbosar”.
10. Islom diniga e’tiqod etuvchilaming muqaddas kitobi nima?
A) Avesto. B) Injil. C) Qur’on. D) Bibliya.
11. Qachon arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar?
A) 649-yil. B) 650-yil. C) 651-yil. D) 652-yil.
12. Hozirgi Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlarni arablar qanday ataganlar?
A) Yettisuv. B) Kavkaz. C) Xuroson. D) Oltoy.
13. Xurosonning markazi qaysi shahar edi?
A) Marv. B) Kobul. C) Balx. D) Hirot.
14. Arablarning Xurosondagi noibi qaysi shaharda turar edi?
A) Marv. B) Kobul. C) Balx. D) Hirot.
Do'stlaringiz bilan baham: |