22. Eftallar davlatining merosi o’zaro bo’linib, Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlar qaysi davlat tasarrufiga o’tadi?
A) Xitoy B) Vizantiya C) Eron D) Hindiston.
23. Eftallar davlatining merosi o’zaro bo’linib, Amudaryoning o’ng sohillari bo’ylab Kaspiy dengizigacha cho’zilgan yerlar qaysi davlat tasarrufiga o’tadi?
A) Turk xoqonligi B) Kidariylar davlati
C) Xazar xoqonligi D) Xioniylar davlati.
24. Eftallar davlati qulagach, qaysi davlat Amudaryodan to Suriyaga qadarli Ipak yo’li ustida haqiqiy sarbon bo’lib oladi?
A) Xitoy B) Vizantiya C) Eron D) Hindiston.
25. Eftallar davlati qulagach, qaysi davlat Uzoq Sharqdan Eron hududlarigacha karvon yo’li nazoratini o’z homiyligi ostiga olgan?
A) Turk xoqonligi B) Kidariylar davlati.
C) Xazar xoqonligi D) Xioniylar davlati.
26. Ilk o‘rta asrlardagi qudratli Eftaliylar davlati nechanchi yillarda va qaysi davlatlarning zarbalari natijasida barbod bo’ldi?
A) 563-567-yillarda janubdan Eron sosoniylari va shimoldan Turk xoqonligi zarbalari natijasida
B) 569-583-yillarda janubdan Vizantiya va shimoldan Turk xoqonligi zarbalari natijasida
C) 563-564-yillarda shimolda Turk xoqonligining zarbasi natijasida
D) 567-583-yillarda janubda Eron sosoniylari va shimolda Turk xoqonligi zarbalari natijasida
27. Turk xoqonligi qanchalik katta bo’lmasin, chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi nimadan iborat bo’lgan?
A) Turkiy tilda so’zlashuvchi qabilalar ittifoqidan.
B) Xoqon hokimiyad urug’-aymoq udumlaridan.
C) Bo’ysundirilgan mahalliy tarqoq davlatlardan.
D) Harbiy-ma’muriy boshqaruvidagi organlardan.
28. Turk xoqonligi hukmdorining hokimiyati...
A) Qishloqlarda eng nufuzli dehqonlar qo‘lida edi
B) Xalq hokimiyatiga asoslangan edi
C) Barcha huquqlarga ega bo'lgan yakka hokimlikka asoslangan edi
D) Urug‘-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan edi
Do'stlaringiz bilan baham: |