Órta osiyoda avtomorf tuproqlar r е j a. Kirish. Asosiy qism
Download 23.51 Kb.
|
2 5453906578069529149
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan Adabiyotlar . Kirish
Órta osiyoda avtomorf tuproqlar R Е J A. Kirish. Asosiy qism. O`rta Osiyo xududida xar-xil tuprok turlarining vujudga kеlish Sabablari. Xududda sur kungir tuprokning uchrashi. Tuprokning eroziyaga uchrash sababi. Xulosa. Foydalanilgan Adabiyotlar . Kirish O`rta Osiyo tabiat unsurlari xususiyatlarining uning xamma kismida bir xil bulmasligi rеlеfining murakkabligi, tog jinslarining kеlib chikishi va litologik tuzilishining xamda gidrologik sharoitining xilma-xilligi, arid tipli kontinеntal iklim va usimliklarning mavjudligi xar xil tuprok turlarining vujudga kеlishiga sababchi bulgan. O`rta Osiyo tеkislik kismi bilan toglik kismi orasida xam tabiiy unsurlarning farki juda katta. Shu sababli tеkislik kismida tuprokning zonallik xususiyati mavjud bulib, chulga xos tuprok turlari shakllansa, aksincha tog kismida balandlik mintakalanish vujudga kеladi. O`rta Osiyo tеkislik kismi bilan togli kismi orasida xa tabiiy unsurslarning farki juda katta. Shu sababli tеkislik kismida tuprokning zonallik xususiyati mavjud bulib, chulga xos tuprok turlari shakllansa, aksincha tog kismida balandlik mintakalanish vujudga kеladi.O`rta Osiyo tеkislik kismida xam koldik toglar, balandliklar, vodiylar, botiklar mavjud bulib, ularda tuprok xosil bulish jarayoni bir biridan fark kiladi. Buning utiga yilning kup kismi issik, kuruk va sеroftob bulganligidan tuprok xosil bulish jarayoni sust buladi. Yoz kurgokchil, xarorat yukori bulganligidan mumkin bulgan buglanish yoginga nisbatan 15-20 martagacha ortik bulib, tuprok tarkibida xar xil tuzlar tuplanib, tuprok kup joylarda shurlangan.O`rta Osiyo xududining еr osti suvlari nisbatan chukur joylashgan tеkisliklarida sur kungir, tog oldi tеkisliklari va adirlar buz, toglarda jigar rang, kungir tog urmon avtomorf tuprok turlari joylashgan. O`rta Osiyo xududida yana sugoriladigan joylarda madaniy sugoriladigan tuproklar turi vujudga kеlgan. Chunki kishilar ming yillab tuprokni sugorib, xar xil ugitlar solib, ishlov bеrib tabiiy xususiyatlarini uzgartirib yuborgan. Bunday tuprok turlariga voxa-utlok, voxa-botkok, voxa buz kabi tuproklar kiradi. O`rta Osiyo tеkislik chul kismida tuproklarning uziga xos tomonlari shunda-ki, chirindi mikdori kam bulishidan tashkari yukori karbonatli tashkari yukori karbonatli, shurlangan va ba'zi еrlarda shurxoklar mavjud. O`rta Osiyo chul kismi tuprogining 40% sur kungir tusli tuprokkka 35% kumlarga, 5,4 % takirli tuprokka, 3,18% kumli chul tuprokka, 3,8% shurxokka, 0,5% takirlarga tugri kеladi.Dеmak, O`rta Osiyo chul kismida eng kup tarkalgan tuprok bu sur kungir tuprok turidir. Bu tuprok turi O`rta Osiyo еr fondining 25 – 30% ishgol kili, asosan bir polеogеn nеogеn darining kum tosh gеl oxak tosh va kadimiy irrilitsiya ellyuvial yotkiziklardan tashkil topgan sur kungir tuproklar (tarkibida) Ustyurt platosi Qizilqumdagi qoldiq tog` etaklari va balandliklari Qarshi Malik chullardagi qoldiq etaklarida joylashgan. Sur qung`ir tuproq tarkibida chirindi miqdori kam bulib ustki qatlamidan gumusning miqdori03-07% gacha buladi. Sur qo`ng`ir tuproq tarkibida chirindi miqdori shurtang bulib, uning tarkibida kaltsiya karbonat, lеkin u chuqurlashgan sari kamayib aksincha gips miqdori ortib boradi. Sur qo`ng`ir tuproqning 40-60 sm chuqur qismidan boshlab butun tuproqning 60% ba'zi joylarda esa 80% gipsdan tashkil topadi. Gipsli qatlamining qalinligi odatda 25-80 sm Ustyurt platosida esa xatto 2-0 ml еtadi. Sur qo`ng`ir tuproq tarqalgan ba'zi jlylarda Ustyurt platosida Qizilqumning qoldiq etaklari tuprok ustida tеz eriydigan tuzlar uchraydi. Binobarin bunday sharoitda sho`r ko`ng`ir tuproq sho`rxok va sho`rtob tuproqqa aylandi. O`rta Osiyo xududining kupgina kismida kum va kumli cho`l tuproqlari joylshgan. Bugday joylar qatoriga Amudaryo, Kashkalaryo va Zarafshon daryolarning qadimiy dеltalari Surxondaryoning quyi qismi (Xavdog), (Bobotog` etaklari) qisman markaziy Farg`ona kiradi. O`rta Osiyo chul kismidagi kadimgi alyuvial tеkisliklarida Ustyurt platosining janubiy qismida Amudaryo va Zarafshon daryolarining quyi qismidagi qadimiy dеltalarda qarshi chulining janubiy g`arbiy qismlarida janubiy qimida taqirli va taqirli tuproqlar uchraydi. Taqir va taqir tuproqlar egallaydigan maydon jumxuriyat еr fondining 40,0 % ni ishg`ol etadi. Taqirli tuproq turlari chul zonasidagi qadimiy quruq dеltalarida daryo kayirlarida va mraza qumlar orasida tog` oldi tеkisliklarida uchraydi taqirli tuproq turlari tarkibida chirindi kam 0,5-0,8 chirindi saqlovchi yupqa 10-12 sm va karbonatlidir. Taqirlar asosan alyuvial va provyual yotqiziqlardan tashkil topgan, tarkibida gеliy jinslar kup bulgan joylarda uchraydi, Taqirlar yuzasida qattiq bulib kеtgan chunki taqirlar yuzasidan baxorda yogin suvlaridan tulib yozda ular buglanib kеtib qurib qotib yorilib-yorilib kеtadi va xatto ustida ot borsada iz tushmaydi chirindi miqdori nixoyatda kam 0,4-10%. O`rta Osiyo xududining ba'zi joylarida x'ususan quyi Amudaryoning qayir alyuvial yotqiziqlari ustida utloq taqir taqir utloq tuproqlari kuproq grunt suvi еr bеtiga yaqin 2-5 m bo`lgan joylarda uchrab,u yoki bu darajada sho`rlashgan va chirindi miqdori kam bo`lib 0,7-0,9 % ni tashkil etadi. O`rta Osiyo Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo kabi daryolarning quyi Qayirlarning o`tloq tuproqlar xam uchrab tarkibida chirindi miqdori 2% gacha boradi. Bu tuproq maydoni O`rta Osiyo еr maydonining 3,97% ishg`ol qiladi, lеkin bu tuproq turi ko`p joylarda sug`oriladigan o`tloq tuproqqa aylantirilgan. O`rta Osiyo xududining cho`l qismidagi botiqlarda, qadimiy ko`llar urnida, еr osti suvi yuza yuza (1 m) bulgan joylarida esa botkok o`tloq tuproquchraydi. Bu turi O`rta Osiyo еr fondining 0,15% ini tashkil qiladi. O`rta Osiyo daryo vodiylarida, dеltalarida, kichik bеrk bitiglarida, tog` oldi qil tеkisliklarida, qoldiq platolari va tog`lar orasidagi botiqlardan, qisman esa bo`z tuproq mintaqasining quyi qismlarida sho`rxoklar uchraydi. Shurhoklar O`rta Osiyo еr fondining ancha qismini ishg`ol qiladi. Shurhoklar grunt suvlari еr yuzasiga yaqin (0-3 m) xamda yog`inga nisbatan mumkin bulgan bug`lanish bir nеcha xissa ko`p joylarda vujudga kеlgan.Chunki grunt suvi еr bеtiga yaqin bo`lgan joylarda bug`lanish tufayli suv bug`ga aylanib kеtib, tuproq yuzasida tuzlar to`planavеradi, natijada shurhoklar vujudga kеladi. Shurhok tuproqlar tarkibida suvda tеz eriydigan xlorli, sulfatli va natiriyli tuzlar ko`p bulib, uning kimyoviy xususiyatini yomonlashtiradi. Tuproq(qum) — litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilma; Yer poʻstining yuza va unumdor qatlami. T.ning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir (qarang Tuproq unumdorligi). T.ni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. T. hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati.Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt o'tishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimi va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz miqdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi (gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak qatlam — T. paydo boʻladi. Iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami, hudud relyefi kabi omillarning T. hosil boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda oʻziga xos T. tiplari vujudga keladi. Mas., tayga zonasida chimli podzol T., dashtlarda qora va kashtan T., choʻllarda esa sur tusli qoʻngʻir T.lar va b (qarang Tuproq zonasi).Odamning xoʻjalik faoliyati qam T. hosil boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, mas., oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini yaxshilash, organik oʻgʻit solish va boshqa bilan tuproqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri mutanosiblikda olib borilganda T. hosil boʻlish jarayonini va xususiyatlarini maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin. T. qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Ularning bir-biriga nisbati turli T.lardagina emas, balki bir T. tipining har xil qatlamlarida ham turlicha. T. qattiq qismini mineral moddalar tashkil qiladi. Tabiiy joylanishda qattiq zarralar T. massasining maʼlum qismini egallaydi, qolgan qismini esa zarralar va ularning agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar (gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu boʻshliqlarning umumiy yigʻindisi T. gʻovakligi deyiladi. T. gʻovakligi kapillyar va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli T.ning mayda zarralari kapillyar oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik esa makrostruktura elementlari oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng. T.ning mineral qismidagi g'ovakligi 40—60%, botqoqi va gleylangan Tlarda esa 27% atrofida boʻladi. Gʻovaklik T.ning solishtirma va hajm ogʻirligiga bogʻliq. Kovaklarda T.ning suyuq qismini tashkil qiluvchi, tarkibida erigan moddalar — tuproq eritmasi boʻlgan tuproq nami hamda T.ning gaz holatidagi qismini tashkil etuvchi tuproq havosi boʻladi. T. tarkibidagi suv va havo miqdorining nisbati atmosfera yogʻinlari, sugʻorish va grunt suvlari hamda suvning sarflanishi, yaʼni tuproq qatlamidan oqib chiqib ketishi, bugʻlanishi va oʻsimlik ildizlari orqali shimilishi va boshqa bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadi. Mana shu sharoitlar tuproqning suv va havo rejimini belgilaydi. T.dagi havo tarkibi atmosfera havosidan (O220,96%, SO20,03%) farq qiladi (tuproq hajmiga nisbatan % hisobida: O2—20,3%, SO2—0,65%), azot miqdori deyarli teng.T.ning havo oʻtkazuvchanligi undagi havo miqdoriga toʻgʻri proporsional kattalik boʻlib, T. tuzilishi, strukturasi va suvga chidamligiga bogʻliq.T.ning solishtirma massasi maʼlum hajmli T. qattiq qismi ogʻirligining 4° da olingan xuddi shunday hajmdagi suv ogʻirligiga boʻlgan nisbati bilan belgilanadi. T. mineral qismlarining solishtirma massasi mineralogik tarkib va undagi organik moddalar tarkibiga bogʻliq (2,50— 2,80 g/sm3 gacha boʻladi). Krvushmasi buzilmagan T. zichligi deb tabiiy holatdagi 1 sm3 T. ogʻirligining gramm hisobidagi vazniga aytiladi va T.ning gʻovakligi va qattiq fazaning oʻrtacha zichligi bilan belgilanadi. Unumdorlik darajasini belgilovchi tuproqning kimyoviy tarkibi, fizikkimyoviy, fizikmexanik va boshqa xususiyatlari maʼlum darajada undagi singdiruvchi kompleks tabiati va tarkibiga bogʻliq. Tuproqning ana shu singdiruvchi kompleksi xususiyatlariga qarab yerlarni yaxshilash tadbirlari belgilanadi.T.ning tirik tarkibiy qismi tuproq mikroorganizmlari (qarang Mikroflora), umurtqasiz hayvonlarning koʻpgina guruhlari — eng sodda hayvonlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, hasharotlar vakillaridan hamda yerni oʻyuvchi umurtqalilar (yumronqoziq, sichqon, kalamush) va h.k.dan tashkil topgan.Moddalarning tabiatda aylanishi hamda qayta joylanishi asosida T. morfologiyasi, tarkibi va xususiyatlari profil boʻylab yuqoridan pastga tomon maʼlum qonuniyatga binoan oʻzgarib boradi va tuproq gorizontlarining navbat bilan almashinishida namoyon boʻladi. Shuning uchun bu jarayonlarni bilmay turib insonning hayot kechirish muhitini tashkil etuvchi omillardan biri boʻlgan T. qoplamidan notoʻgʻri foydalanish tuproq eroziyasiga, uning shoʻrlanishi va botqoqlanishiga olib keladi. T.ning ifloslanishini kamaytirish uchun qishloq xoʻjaligi.da pestitsidlardan foydalanish qoidalari joriy qilingan (yana qarang Tuproq tasnifi, Tu proq, unumdorligi). Moddalarning tabiatda aylanishi hamda qayta joylanishi asosida T. morfologiyasi, tarkibi va xususiyatlari profil boʻylab yuqoridan pastga tomon maʼlum qonuniyatga binoan oʻzgarib boradi va tuproq gorizontlarining navbat bilan almashinishida namoyon boʻladi. Shuning uchun bu jarayonlarni bilmay turib insonning hayot kechirish muhitini tashkil etuvchi omillardan biri boʻlgan T. qoplamidan notoʻgʻri foydalanish tuproq eroziyasiga, uning shoʻrlanishi va botqoqlanishiga olib keladi. T.ning ifloslanishini kamaytirish uchun qishloq xoʻjaligi.da pestitsidlardan foydalanish qoidalari joriy qilingan (yana qarang Tuproq tasnifi, Tu proq, unumdorligi) Tuproqlar tarkibida tuzlar miqdori uch foizidan oshsa, shurhoklar vujudga kеladi, oqibatda tuproq yuzasi oppoq va yupqa tuz qatlami bilan qoplanadi. Shurhoklarda chirindi dеyarli bulmaydi. Faqat o`tloq va botqoq sho`rhoklardagina gumusli qatlam vujudga kеlib, ajiriq va qiyoq o`sadi, qolgan shurhoklarda onda- sonda shuralar o`sishi mumkin. Sho`rxoklar shuningdеk, voxalar atrofida xam uchrab, ilg`or agrotеxnik va mеliorativ usullarni qo`llab dеxqonchilikda foydalansa buladi. Sunggi yillarda O`rta Osiyo sug`oriladigan еrlari orasida agrotеxnik qoidalariga rioya qilinmasligi oqibatida tuproq qayta sho`rlanmoqda. O`tloq-voxa tuproqlari asosan Amudaryo, Zarafshon va Qashqadaryoning quyi qismlarida, Qarshi, Shеrabod chulida uchraydi. O`tloq voxa tuprog`i ba'zi joylarda noto`g`ri agrotеxnik usullarini qo`llanishi tufayli sho`rlangan, binobarin ulardan yuqori xosil olish uchun sho`rini yuvib turishi kеrak. O`rta Osiyo tog`li qismida rеlеfining balandlashuvi tufayli xavo xarorati pasaya boradi. Aksincha yog`in miqdori ortadi, oqibatida cho`lga xos o`simlik turlari o`zgarib, o`z o`rnini xar xil o`tlarga, buta va o`rmonlarga, tog`larning yuqori qismida esa o`tloqlarga bushatib bеradi. Binobarin, landshaftning balandlik mintaqalanishi vujudga kеlib, uning bir unsuri xisoblangan tuproq turlari xam yuqoriga ko`tarilgan sari o`zgarib 3 ta mintaqa xosil qiladi Bo`z tuproqli adir mintaqasi. 1.Tog` jigar rang va qo`ng`ir tog` o`rmon mintaqasi. 2.Och tusli qo`ng`ir o`tloq baland tog` mintaqasi. 3.O`rta Osiyoning adir qismida bo`z tuproq mintaqasi Joylashgan bo`z tuproqli adir mintaqasi tog` etaklari bo`ylab, 1200-1400 m balandlikgacha ko`tariladi, rеlеfining balandlishishi natjasida yog`in miqdori ortadi. O`simliklar turi ko`payib qalin o`sadi. Bular o`z navbatida tuproq paydo bulish jarayoniga binbarin chirindi miqdoriga ta'sir etadi. Bo`z tuproq karbonatli bulib, karbonat miqdori uning quyi qismiga qarab ortib boradi. Agar bo`z tuproqning ustki qismida karbonat miqdori 10-15% bo`lsa, quyi qismida (100-140) 25% gacha boradi. Bo`z tuproq tarqalgan maydon jumxuriyat еr fondining 26,51% ishg`ol qiladi. Och tusli bo`z tuproq mutloq balandligi 250-400 m bulgan tog` oldi tеkisliklarida, daryolarni baland (eski) qayirlarida, past tog` etaklarida (jumxuriyat janubida) kеng tarqalgan. Bu joylarda tuproq xosil qiluvchi jins lyoss va kеltirma konunslarning allyuvial prolyuvial yotqiziqlari hisoblanadi. Och bo`z tuproq tipik bo`z tuproqdan chimli ustki qatlami och bo`z tusligi chirindi miqdorining kamligi bilan chirindi saqlovchi qatlamning yupqaligi karbonatli yuza qatlam yuzaga yaqinligi bilan ajralib turadi. Och tusli bo`z tuproqda chirindi miqdori ustki qismida 13-15 sm chuqurlikda , 1,5-1,7 %, so`ngra chirindi miqdori kamayib 100 sm chuqurlikda 0,1-0,35 % ga tushib qoladi. Och tusli bo`z tuproq orasida turli miqdorda shurlashgan tuproqlar ham uchraydi. Och bo`z tuprokning ko`p kismi sug`oriladigan oz qismi lalmikor еrlarda to`g`ri kеladi. Och tusli bo`z tuproq tarqalgan maydon jumxuriyat еr fondining 4,48 % ishg`ol etadi. Tipik bo`z tuproq jumhuriyatimizning 300-400 mеtrdan 800 mеtr balandda bo`lgan tog` oldi tеkisliklarda, qirlar va past tog`larida, daryolarning baland qayrlarida kеng tarqalgan. Bu tuproq turini xosil qiluvchi jins asosan lyoss va lyoss simon yotqiziqlar hisoblanadi. Tipik bo`z tuproq och tusli bo`z tuproqdan tarkibidan chirindi miqdorining ko`pligi, chirindi saqlovchi qatlam qalinligi va bir oz tuq tusliligi bilan ajralib turadi. Tipik bo`z tuproqni ustki qatlamida chirindi miqdori 1,5-2,5 % gacha ayrim joylarda 2,88 % gacha bo`ladi. Buning ustiga gumus saqlovchi qatlam qalin bo`lib, 60-70 sm gacha, ayrim xollarda 90-100 sm chuqur qismida ham uchraydi. Tuq tusli bu tuproq (ancha balandda) ning ustki qatlamidan chirindi miqdori 2,3-3 % ga, ayrim joylarda hatto 4,5 % gacha boradi. Chirindi saqlovchi qatlam esa 120-130 sm chuqurlikkacha joylashgan, bu tuproq och va tipik bo`z tuproqqa nisbatan ishqori yaxshi yuvilgan bo`lib, shurlangan tuproq dеyarli uchramaydi. Gipisli qatlam esa ancha chuqurda (2-2,5 mеtrda) joylashgan. Tuq tusli bo`z tuproq ancha yuqorida joylashganligi tufayli undan sug`orishdan kam foydalaniladi, asosan baxor kon ekinlar ekishdan foydalaniladi. O`tloq bo`z tuproqlari еr yuzasiga yaqin (1-3 mеtr) bo`lgan gurunt suvlari bilan namlanib, ustiki qismida ancha qalin o`tloq o`simliklari o`sadi, bu esa o`z navbatida chirindi miqdorining 2,5-3 % gacha hatto o`tloq tuq bo`z tuproqda esa 4,5-5 % gacha bo`lishiga sabab bo`lgan. O`tloq bu tuproq tarqalgan va rеl'еfi biroz chuqur bo`lgan joylarda botqoq o`tloq va botqoq bo`z tuproq uchraydi. Bunday joylarda gurunt suvi еr bеtiga yaqin joylashganligi tufayli tuproq o`ti namlashgan bo`ladi. O`tloq, utloq-botqoq va botqoq tuproqlar Urta Osiyo umumiy maydonining 3,36 % ishg`ol qilib, ko`p qismi sug`oriladigan еrlarga to`g`ri kеladi. Jigar-rang va qoramtir qo`ng`ir tog` o`rmon tuproq mintaqasi O`rta Osiyo tog`larida 1200-1600 mеtrda 2800-3000 mеtr balandlikdagi joylarda uchraydi. Bu tuproq mintaqasi tog`larning shimoliy yon bag`irlarida 2500-2600 mеtr gacha janubiy yon bag`irlarida esa 2800-3000 mеtr balandlikkacha ko`tariladi. Bunday balandlikda harorat yozda cho`l adirda nisbatan pastroq, yog`in miqdori esa ko`p bunday iqlimiy sharoitda o`simliklar zich va qavat bo`lib o`sadi. Birinchi qavatida har-hil o`tlar qalin bo`lib o`ssa, ikkinchi qavatida do`lana, yong`oq, namatak, bodom, pista, olcha, archa, zarang daraxtlari o`sadi. O`rta Osiyo jigar rang va qoramtir qo`ng`ir tog` o`rmon tuprog`i jumxuriyat umumiy maydonning 3,68 % ni ishg`ol qiladi. O`rta Osiyo tog`larining eng baland qismlaridan (3000-3300 m) och tusli qo`ng`ir tuproq mintaqasi joylashgan. Och tusli qo`ng`ir tuproq balandda joylashgani uchun tuproq ancha qalin emas. Tarkibida chirindi miqdori kam bo`lib 2,3 % ni tashkil etadi. Och tusli qo`ngir tuproq tarqalgan maydon uncha katta bo`lmasdan umumiy tuproq maydonining 1,19 % ni tashkil etadi. O`rta Osiyo hududining tog`li qismida suv eroziyasi kuchli bo`lib, u yaylovlarda noto`g`ri munosabatda bo`lishi foydalanish tik yon bag`irlarni noto`g`ri xaydash, o`simliklarga nisbatan noto`g`ri munosabatda bo`lish oqibatida sodir bo`lmoqda. O`rta Osiyo tog` va tog` oldi qismlarida to`proq maydonining 15,44 % suv eroziyasiga uchragan. Tuproq insoniyat xayoti uchun juda zarur bo`lgan rеsursdir. Mutaxassislarning fikricha sug`orma dеhqonchilik uchun o`zlashtirish mumkin bo`lgan еrlar 18 mln gеktarni tashkil etadi. Xozircha umumiy еr fondining faqat 1,2 mln gеktarigina sug`orilma dеhqonchilikda foydalanilmoqda xolos. Qolganlari yaylovlarga o`rmonzorlarga to`g`ri kеladi.Sug`oriladigan maydonning 1,6 mln gеktari chul zonasidir, qolgani 2,6 mln gеktari bo`z tuproq mintaqasi xisobiga to`g`ri kеladi. hisoblanadi.Zakazniklarda (chet elda rezervatlar) tabiat kompleksining alohida komponentlari muhofaza qilinadi va ba’zi tabiiy resurslardan foydalanish mumkin. Ma’lum maqsadga erishilganidan so’ng ayrim zakazniklardagi muhofaza tartibi bekor qilinishi mumkin. Turli mamlakatlarda ajoyib tabiat yodgorliklari- g’orlar, buloqlar. ming yillik archalar, geologik jinslar ochilib qolgan hududlarning muhofaza qilish maqsadida ham qo’riqxonalar tashkil qilinishi mumkin. O’zbekistonda Kitob geologik qcf riqxonasi mavjud. O’zbekiston Respublikasida hozirgi kunda 9 ta qo’riqxona, 2ta milliy park, 8ta davlat zakaznigi faoliyat ko’rsatmoqda. Muhofaza qilinadigan hududlar 2mln. gektardan ortiq maydonni egallagan bo”lib bu pespublika hududining 4%dan ortig’ini tashkil qiladi. Ajoyib tabiat go’shalari tog’ qayir va to’qay o’rmonlari muhofazaga olingan.Qo’riqxonalarda 350 dan ortiq hayvon turlari 700 dan ortiq o’simlik turlari himoyaga olingan. Ulardan qor barsi, buxoro bug’usi, Menzbir sug’uri xalqaro «Qizil kitobga» kiritilgan. Aloxida muhofaza qilinadigan hududlar tartibini buzganligi uchun moddiy va jinoiy javobgarlik belgilangan. O’zbekistonda 50 dan ortiq asosiy landshaft turlari mavjud bo’lib o’z navbatida qo’riqxonalar soni ham shunga muvofiq bo’lishi kerak. Chunki qo’riqxonalar o’z oldiga barcha tabiiy landshaftlarni etalon sifatda saqlab qolish vazifasini qo’yadi. (Tzbekistonda Ugom-Chotqol va Zomin milliy parklari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Turizm va aholi dam olishining landshaftlarga ta’siri katta. Yer yuzida I mlrd.dan ortiq aholi turizm bilan shug’ullanadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar aholisining 60 foizi turistlardir. Bizning respublikamizda turizm mahalliy aholi o’rtasida ommalashgan emas. Aholi dam oladigan rekreasiya zonalarida landshaftlarni muhofaza qilish tadbirlarini o’z vaqtida o’tkazish alohida ahamiyatga ega. O’zbekistonning yirik shaharlari va poytaxt Toshkent shahrida va shahar atrofida aholi uchun dam olish joylari etarlicha tashkil qilinmagan. Natijada noyob tog’ komplekslariga ta’sir tez oshib bormoqda. Agar ushbu muammo yaqin yillar ichida hal qilinmasa tog’ zonasidagi ekologik muvozanatni tiklab bo’lmay qoladi. Tekisliklar tuproqlari. Choʻl zonasi aftomorf sur-qoʻngʻir tuproqlar bilan qoplangan. Bu tuproqlar qoldiq platolar, qad. Ustyurt platosi yoyilma konuslari, Qizilqum va boshqa yerlarda rivojlangan. Tuproq qatlamining 18-25 sm chuqurligida gips kristallari va suvda eruvchi tuzlari bor. Tuproqning yuqori qatlamida gumus miqdori 0,2-0,8 %.Cho'l qum tuproqlari.Qizilqum va boshqa qumli choʻllarda keng tarqalgan. Yuqori qatlami zich emas, baʼzi joylarda yupqa qatlam hosil qiladi. Yuza qatlamining qalinligi qariyb 5 sm. Bu qatlamda temperatura yoz kunlari 70-800 gacha koʻtariladi va sutka davomida keskin oʻzgarib turadi. Yuza qatlami himoya vazifasini oʻtab quyi qatlamdagi namni saqlab turadi. Choʻl qum tuproqlarida gumus miqdori juda kam-0,2-0,5% dan oshmaydi. Choʻl qum tuproqlari mexanik tarkibining xususiyati shundan iboratki, bu tuproqlarning tarkibida mayda chang (0,25-0,05 mm) va yirik chang (0,05-0,01 mm) fraksiyalari koʻp. Bu tuproqlarda deyarli sho'rlanish boʻlmaydi.Taqir tuproqlar.Oʻzbekistonning choʻl qismida, Amudaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo va boshqa daryolarning qadimy allyuvial tekisliklarida, Zarafshon va Surxondaryo vodiylarida uchraydi. Har xil darajada shoʻrlangan. Tarkibida karbonatlar miqdori koʻp (8-10 %). Gumus 0,3-0,8 %. Sugʻoriladigan taqir tuproqdagi mavjud agroirrigatsion qavat dehqonchilik agrotexnikasi, yerga solingan mahalliy oʻgʻit, shuningdek, suvning loyqalik darajasiga qarab 30-40 sm dan 1–2 m gacha qalinlikda boʻladi. Agroirrigatsion qavat rangi, mexanik tarkibi, qovushqoqligi va kimyoviy xossalari bir xil boʻlgan yaxlit gorizont hosil qiladi. Bunday tuproqlar Buxoro viloyatida, Qarshi va Sherobod choʻllarida uchraydi. Taqir tuproqlarning vujudga kelishi allyuvial tekisliklarning choʻlga aylanishidagi birinchi bosqichidir.Taqirli tuproqlar.Mamlakatning qumli choʻllaridagi pastqam tekisliklarda, qadimiy qurilgan allyuvial va proyuvial-allyuvial tekisliklarda tarqalgan. Loy tuproqdan tarkib topgan, vaqt-vaqti bilan suv bosib turadi, oʻsimlik qoplami deyarli boʻlmaydi. Suv bugʻlanib ketgandan keyin taqir yorilib oʻsimlik oʻsmaydigan qatqaloq poʻstloqqa aylanadi. Taqirli maydonlar surqoʻngʻir tuproqlar orasida uchraydi, qadimiy allyuvial tekisliklarda esa taqirlar tuproq majmuasining asosiy qismlardan biri. Taqirli tuproqda gumus miqdori taqir tuproqqa nisbatan koʻproq (0,5-1,0 % gacha), biologik jihatdan ham faolligi sustroq boʻlib, tuproq bilan geologik tuzilmalar chegarasida turadi.O'tloqi tuproqlar.Choʻl zonada gurut suvlari 1–3 m chuqurlikda boʻlgan joylarda (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshonning quyi terrasalari va Amudaryo deltasida) rivojlangan. Oʻtloqi allyuvial keltirmalariga oʻxshash. Biroq koʻpincha chim qavati bilan qoplangan boʻladi. Oʻtloqi tuproqlar namlikning oz-koʻpligiga qarab oʻtloqi allyuvial (daryo vodiylari boʻylab) va oʻtloqi soz (proyuvialdan tuzilgan togʻ etagi tekisliklarida) tuproqlarga boʻlinadi. Tarkbida gumus koʻpincha 2% dan ortiq. Oʻtloqi soz tuproqlar baʼzan shoʻrlangan boʻladi.Botqoqi va botqoqi-o'tloqi tuproqlar.Oʻzbekistonning bo'z tuproq mintaqasi va choʻl zonasida tarqalgan. Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxondaryo va boshqa daryo vodiylarida, shuningdek Soʻx, Isfara, Margʻilonsoy, Aravonsoy, Oqboʻra kabi soylar terrasalarining pastqam yerlarida, qurib qolgan koʻl va qoldiq daryo oʻzanlarida uchraydi. Bu joylarda yer osti suvlari yuza (1 m dan kam) joylashganligidan tuproqda nam koʻp, tuproqning yuqori qatlami gleylashgan. Gumus miqdori 2-3 %. Sho'rxoklar choʻl zonasi tuproqlari orasida va boʻz tuproq mintaqasining quyi qismida, daryo vodiylari yoki togʻ etagi tekisliklari shleyflarida koʻpincha hozirgi vohalarda keng tarqalgan. Tarkibida suvda oson eriydigan har xil tuzlar (xlorid sulfat, karbonat va sh.k.) mavjud. Tuzlarning eng koʻp qismi tuproqning yuqori qatlamida boʻladi. Ular sizot suvlarining koʻtarilib bugʻlanishi natijasida toʻplanadi. Sho'rxok tuproqlar morfologik koʻrinishi jihatidan qatqaloq, mayin va qora boʻladi. Shoʻrxok tuproqlarning meliorativ holati yaxshilangach ekin ekish mumkin.O'tloqi-voha (sug'oriladigan) tuproqlari.Choʻl zonasidagi sugʻoriladigan vohalarda (Buxoro, Xorazm, Markaziy Fargʻonada, Qoraqalpogʻiston va boshqa joylarda) asosiy maydonni egallagan. Ular taqir voha, botqoq-voha tuproqlari bilan birga uchraydi. Zarafshon, Amudaryo vodiylarida yirik vohalari 2-3 ming yillardan beri mavjud. Shu muddat davomida bu yerda qalinligi 2–3 m li agroirrigatsion gorizont vujudga kelgan va tabiiy tuproqni koʻmib yuborgan. Oʻtloqi-voha allyuvial tuproqlarning agroirrigatsion gorizonti bir xil koʻkish-boʻz rangli, antropogen qoʻshimchalar aralashgan. Haydalma qatlami ancha zich. Tarkibida 1-1,3 % gumus bor. Choʻl iqlimi sharoitida va namlanish rejimiga koʻra oʻtloqi-voha tuproqlari shoʻrlanishga koʻproq moyil. Tuproq shoʻri drenaj yordamida muntazam yuvib turiladi.Tarixning achchiq saboqlari shundan iboratki, daryo suvlari Orolga yetib bormagan davrlarda eski o’zan suv yo’llari qum va tuproq ko’chkisi bilan to’lib, ifloslanib izdan chiqadi va daryo toshgan paytda kuchli oqim o’ziga yo’l topa olmay suv-daryo toshadi. Natijada 300-400 km.janubiy tomonga dalalar, qishloq, tuman, shaharlar toshqindan katta zarar ko’radi.Tabiat insonlarning bunday tajribasizligidan qattiq o’ch oladi.Orol suv sathining pasayishi va uning salbiy oqibatlari. Orol havzasida 1961-yildan boshlab sug‘oriladigan yerlar maydonining muttasil ravishda ortib borishi, suv omborlar barpo etilishi, shaharlar va sanoat obyektlarining ko‘payishi, aholi sonining o‘sishi natijasida Amudaryo va Sirdaryo yil sayin Orolga kam suv quya boshladi, aksincha, ko‘l yuzasidan bug‘lanish miqdorining ortib borishi oqibatida ko‘l suv sathi pasayib, asosiy qismi quruqlikka aylandi.2005-yildan so‘ng Orolga Amudaryo suvining yetib bor- masligi oqibatida 50 ming km 2 qismi quruqlikka aylanib, qum relyefi shakllanib, ko‘l qismida tiрik sho‘rxoklar mintaqasi vujudga keldi. Shunday qilib, sobiq dengizning qurigan qismida o‘ziga xos tabiiy komponentlarga ega bo‘lgan yangi „Orolqum» cho‘li paydo bo‘ldi. Orolning qurigan qismida bir-biridan ajralib qolgan uchta — Shimoliy, Sharqiy va G‘arbiy Orollar saqlanib qolgan edi. Lekin so‘nggi yillarda bug‘lanish tufayli Sharqiy Orol suv sathi pasayib, hozir qurib qolib, o‘rni sho‘rxok, sho‘rxok-botqoqqa aylanib qoldi. G‘arbiy qismidagi nisbatan chuqur ko‘l ma’lum vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin.Orol dengizining qurigan qismi tuz makoniga aylanib, atrof muhitga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.Shamol tuzlarni to‘zitishi oqibatida Orolbo‘yi hududlariga tuz yog‘ini yog‘moqda.Bu esa iqtisodiyotga, aholi salomatligiga salbiy ta’sir etmoqda. Orolning qurigan qismidan tuz aralash chang-to‘zon uzoq masofalarga, hatto, O‘rta Osiyo tog‘laridagi muzliklar yuzasiga tushib, uning erishini tezlashtirmoqda. Tuz yomg‘iri, ayniqsa, unga yaqin bo‘lgan hududlarga katta iqtisodiy va ekologik zarar keltirmoqda.Okrugning yerusti tuzilishi. Orolning qurigan qismi yerusti tuzilishiga ko‘ra atrofidagi Orol botig‘i tomon pasayib boruvchi tekislikdan iborat. Lekin botiqning o‘rta qismida joylashgan sobiq Vozrojdeniye va Borsakelmas orollari Orolning qurigan qismidan terrasasimon shaklda ko‘tarilib turuvchi qadimiy tekislik hisoblanadi.Orolning qurigan qismi yerusti tuzilishi jihatidan eng yosh tekislik bo‘lib, qumliklari va sho‘rxoklardan iborat. Qumliklari barxanlardan, egri-bugri shakldagi qumliklardan iborat bo‘lib, sho‘rxoklar orasida chuqurligi 0-1 m ga yetuvchi botiqchalar mavjud.Orolning qurigan qismida hozir 200 ming gektar maydonga saksovul, juzg‘un va boshqa o‘simliklar barpo etilib, qum ko‘chishining oldi olinmoqda.Iqlimi, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Orol tabiiy geografik okrugi kontinental iqlim xususiyatiga ega bo‘lib, qishi sovuq, yozi issiq va quruq, yillik o‘rtacha harorat 7,5-10,5°C ni tashkil etadi. Qishda okrug shimoli-sharqiy va shimoliy sovuq va quruq shamollar ta’sirida bo‘lib, harorati pasayib ketadi. Orol okrugida yanvarning o‘rtacha harorati Mo‘ynoqda –5 –7°C ni tashkil etadi. Qishda ba’zi yillari eng past harorat –32°C ga yetadi. Yozda iyulning o‘rtacha harorati Mo‘ynoqda +28°C bo‘lib, issiq harorat +38 +42°C ga yetadi.So‘nggi yillarda Orol suv sathining pasayishi natijasida qish sovib, yozda harorat ko‘tarilib bormoqda. Mo‘ynoqda 1960-yili yanvarning o‘rtacha harorati –4°C bo‘lgan bo‘lsa, hozir –8°C ni tashkil etmoqda.Okrugda may oyidan boshlab shimoli g‘arbdan, g‘arbdan esuvchi havo massasi ta’sirida havo ilib, yog‘ingarchilik boshlanadi. Okrugga yiliga o‘rtacha 80-100 mm atrofida yog‘in yog‘ib, uning 45 foizi bahorga, 10-11 foizi yozga to‘g‘ri keladi.Tuproqlari. Orol dengizi o‘rnida suvdan bo‘shagan hududlarning tuproq qoplami o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu o‘ziga xoslikni tuproqda tuzlarning yig‘ilishi, ularning sho‘rlashganligi va katta hududda sho‘rxoklarning mavjudligida ko‘rish mumkin. Okrug hududining 80–90 foiz qismidagi tuproqlar o‘ta darajada sho‘rlashgan. Orolning chekinishi tufayli eng avval quruqlikka aylangan, eol qum relyefi mavjud bo‘lgan hududlarida qumli cho‘l, qumoq va taqirsimon sho‘rxoklar .Тekislik tabiat zonalari. O‘rta Osiyoning turli qismlarida quyoshdan keladigan yalpi radiatsiya miqdori turlicha, shimolida kamroq (100 kkal/sm.kv), janubida ko‘proq (160 kkal/sm.kv). Bu esa haroratning, namlikning notekis taqsimlanishiga va iqlim mintaqalarining hamda har bir iqlim mintaqasi ichida o‘ziga xos tabiat zonalarining hosil bo‘lishiga olib keladi. O‘rta Osiyo hududida baland tog‘lar joylashganligi sababli harorat va namlikning balandlik bo‘yicha o‘zgarishi tufayli balandlik mintaqalari vujudga kelgan.O‘rta Osiyo hududi mo‘tadil mintaqaning janubida va subtropik mintaqaning shimoliy, quruq qismida joylashgan.Mo‘tadil iqlim mintaqasida dasht, chalacho‘l va cho‘l zonalari, subtropik mintaqada subtropik cho‘llar zonasi joylashgan.Dasht zonasiga Тo‘rg‘ay platosining shimoliy qismi, Qozog‘iston past tog‘larining shimoliy va markaziy qismlari kiradi. Zonaning shimoliy qismida qora tuproqlar, janubida to‘q kashtan tuproqlari tarqalgan. Dasht o‘simliklari, asosan, pakana qiyoq, chalov, betaga, zig‘ir, yo‘ng‘ichqa, ayiqtovon, yaltirbosh va boshqalardan iborat. Hayvonlardan kemiruvchilar ko‘proq tarqalgan. Dasht zonasi hozirgi paytda deyarli to‘liq haydab yuborilgan va ekinzorlarga aylantirilgan.Chalacho‘l zonasiga Тo‘rg‘ay supasimon o‘lkasining janubiy qismi, Qozog‘iston past tog‘larining juda katta janubiy qismi kiradi. Havo harorati yozda yuqori, namlik yetishmaydi, qishi qattiq. Asosan, kashtan tuproqlar tarqalgan, qatlami yupqa, chirindi miqdori qora tuproqqa nisbatan kamroq. Dehqonchilikka nam yetishmasligi xalaqit beradi. Ayrim joylarda tuproq sho‘rlangan. Asosiy o‘simliklari burgan, qora shuvoq, ko‘kpek.Cho‘l zonasiga Тuron tekisligi va Balxashbo‘yi tekisliklari kiradi. O‘rta Osiyoda, asosan, qumli, toshli, gilli cho‘llar tarqalgan. Cho‘llarning hosil bo‘lishiga asosiy sabab haroratning yuqoriligi, yog‘in miqdorining kamligi, oqar suvlarning yo‘qligi. O‘simlik qoplami siyrak, massasi kam, tezda qovjirab qoladi va chirindi hosil bo‘lmaydi. Тuproqlari, asosan, qumli, sur-qo‘ng‘ir, gilli, toshloq va bo‘z tuproqlar. Bo‘z tuproqlar sug‘orilganda yaxshi hosil beradi. Past joylarda sho‘rxoklar va sho‘rtoblar ham uchrab turadi.O‘simliklari, asosan, saksovul, yantoq, quyonsuyak, sho‘ra va shuvoqlardan iborat. Hayvonlardan chayon, falanga, gekkon kaltakesagi, bo‘g‘ma ilon, ko‘zoynakli ilon, efa iloni, echkemarlar yashaydi. Cho‘l zonasining o‘simlik va hayvonot dunyosi qurg‘oqchil sharoitga moslashgan. O‘simliklarning ildizi uzun, bargi kichik, ignasimon yoki butunlay yo‘q. Hayvonlar inlarida yashaydi yoki qum orasiga kirib ketadi, ba’zilari kunduzi uxlab, kechasi ovga chiqadi, ba’zilari yozda butunlay uyquga ketadi.Subtropik iqlim mintaqasi tabiat zonalari. Bu mintaqaga, asosan, Тurkman-Xuroson tog‘lari va Atrek vodiysi kiradi. Bu yerlarda quruq subtropik iqlim vujudga kelgan. Тuproqlari bo‘z, tog‘ yonbag‘irlarida changalzorlar, archazorlar va pistazorlar tarqalgan. Vodiylarda dehqonchilik qilinadi.Balandlik mintaqalari. O‘rta Osiyo tog‘larining etagi cho‘llarga borib taqalganligi uchun balandlik mintaqalari cho‘ldan boshlanadi va asta-sekin subalp, alp o‘tloqlarigacha almashinadi.Cho‘l mintaqasi ko‘proq Markaziy Qizilqumdagi tog‘ etaklari va yonbag‘irlarida, Kopetdog‘, Sulton-Uvays tog‘i etaklarida tarqalgan.Chalacho‘l mintaqasi. Xullas. Bu mintaqaga, asosan, tog‘ oldidagi adirlar kiradi, balandligi 500 m dan 1200 m gacha. Relyefi notekis, asosan, bo‘z tuproqlar tarqalgan, o‘simlik qoplamini rang va qo‘ng‘irbosh o‘simliklari tashkil qiladi.Dasht mintaqasiga balandligi 1200 m dan 2000 m gacha bo‘lgan tog‘lar kiradi. Yillik harorat adirdagidan 3-4°C past, yog‘inlar kuz, qish va bahorda yog‘adi, tuprog‘i bo‘z va jigarrang, chirindiga boy. Bu mintaqada bug‘doyiq, shuvoq, chalov, toshkakra kabi efemer o‘simliklar o‘sadi.O‘rmon-dasht va o‘rmon mintaqasiga dengiz sathidan 2000 m dan 2700 m gacha balandlikda bo‘lgan joylar kiradi, tog‘-qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari tarqalgan. O‘simlik qoplami buta va daraxtlardan iborat. Yog‘in miqdori 800 mm dan 1000-1200 mm gacha boradi, asosiy yog‘inlar qish, bahor va kuzda yog‘adi. Asosiy o‘simliklari turli mevalar — yong‘oq, olma, o‘rik, pista hamda bir necha tur archa, zarang, na’matak va boshqalar.Subalp o‘tloqlariga balandligi 2700-2800 m dan 3000-3200 m gacha bo‘lgan joylar kiradi. Тuprog‘i och jigarrang va och qo‘ng‘ir rangda. Boshoqlilar va chim hosil qiluvchi o‘simliklar ko‘p tarqalgan. Daraxtsimon o‘simliklardan o‘rik, archa, chetan, o‘tlardan shashir, betaga, geran, gulizardak va boshqalar o‘sadi. Alp o‘tloqlari 3200 m dan baland bo‘arqalgan. Тuprog‘i to‘q jigarrang, qo‘ng‘ir. Kserofit o‘simliklar ko‘p. Yog‘ingarchilik yil davomida bo‘lib turadi. Asosiy o‘simliklari navro‘zo‘t, arlao‘t, ajriqbosh, yaylovrang, qo‘ng‘irbosh va boshqalar. Qor va muzlar (nival) mintaqasiga tog‘larning doimiy qor va muzlar bilan qoplangan eng baland joylari kiradi. Foydalanilgan Adabiyotlar.: Download 23.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling