‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Musiqa
1-bob. Umumiy qoidalar 1. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida Musiqa madaniyati fanini
o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2025 yilgacha O‘zbekiston sanoatining rivojlanishi konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. 2. Konsepsiya umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi. Jumladan: ta’lim sohasini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim tajribasi va milliy xususiyatlarni hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirish; musiqa madaniyati fani davlat ta’lim standarti talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash; musiqa madaniyati fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini amaliyotga tatbiq etish; musiqa madaniyati fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; musiqa madaniyati fani mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati bo‘lgan musiqiy
savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va
ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish; musiqa madaniyati fanini o‘qitishda variativ o‘quv modullarini ishlab chiqish; |
ma'muriyatiga murojaat qiling