8
Umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
mavzularni o‘zlashtirish shaxs rivojining kognitiv (bilish) sohasiga
yo‘naltirilgan bo‘lib, kreativlik, ijtimoiy-emotsional va shaxsiy fazilatlarni
rivojlantirishga xizmat qilmaydi;
mavzularni o‘zlashtirish uchun asosan bilimlarni tekshirishga doir test
savollaridan foydalanish bilan cheklanilgan;
mazkur fanlarda o‘qitiladigan mavzular sinflar bo‘yicha tahlil qilinganda
ko‘plab mavzular fanlar va mavzular aro integrallashtirilmagan;
darslikdagi o‘quv materiallari o‘quvchilarni musiqaga doir bilimlar bilan
qurollantirishga xizmat qilishi mumkin, biroq amaliy ko‘nikmalar, ijodiy va
ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarni (fazilatlar) shakllantirishga imkon
bermaydi;
darsliklarda o‘quvchilarni faollashtirishga doir savol va o‘quv topshiriqlari
berilgan,
biroq, refleksiv, o‘zini o‘zi rivojlantirish va baholash ta’lim
texnologiyalari, badiiy-
estetik tahlilga asoslangan o‘quvchilarning yosh va
psixologik xususiyatiga mos tashxis vositalaridan samarali foydalanilmagan.
mavzular izchillikda tizimlashtirilmagan va ayrim juda ilmiy atamalar
qo‘llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |