‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Musiqa
9 Umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
malaka talablarini, shuningdek yangilangan ta’lim standartlarini joriy etish uchun egallanadigan ko‘nikmalarni aniqlashning yangi usullarini joriy etish;
fanning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, malaka talablari va shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini ishlab chiqishdan iborat.
4.1. Musiqa madaniyati fanining ilmiy metodik ta’minotini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligida musiqa madaniyati fani bo‘yicha davlat ta’lim standartini ishlab chiqish; musiqa madaniyati fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish; tayanch
o‘quv rejaga muvofiq musiqa madaniyati fanining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari asosida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish; musiqa madaniyati fani bo‘yicha sinflar kesimida o‘quv-metodik majmualarni (darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasi) yangi avlodini bosqichma-bosqich ishlab chiqish; musiqa madaniyati fanining mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, malaka talablari va shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini ishlab chiqish; 4.2.Musiqa madaniyati fani bo‘yicha sinflar kesimida o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi: o‘quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi; o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi; o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga qaratilganligi; umumiy o‘rta ta’limning zarur hajmi berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi. 4.3. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga quyidagicha talablar qo‘yiladi:
o‘quvchi tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash;
|
ma'muriyatiga murojaat qiling