Ruda konlarini yer osti usulida qazib


Umumshaxta texnologik bo`linmalari


Download 158 Kb.
bet4/4
Sana02.11.2023
Hajmi158 Kb.
#1739320
1   2   3   4
Bog'liq
RUDA YO\'QOTILISHI VA SIFATSIZLANISHI

7. Umumshaxta texnologik bo`linmalari

Shaxta va rudniklarning umumshaxta bo`linmalariga shaxta ichi transрorti, shaxtani suvsizlantirish, elektr ta`minoti, tibbiy xizmat va yuklarni ko`tarish bilan bog`liq bo`lgan xizmatlar kiradi. Shaxta ichi transрorti yer osti lahimlari bo`ylab kavjoydan qazib olingan foydali qazilmani va kon jinslarini yer yuzigacha


tashib chiqarish, mashina va uskunalarni, mustahkamlagich materiallarini yer yuzidan shaxta ichiga tashib keltirish, odamlarni ish joylariga olib borish va ish kuni oxirida yer yuziga chiqarib qo`yish kabi xizmatlarni bajaradi. Shaxta ichidagi transрort vositalarining ishlash tavsifi ikki turga bo`linadi: uzluksiz ishlaydigan va siklli usulda ishlaydigan transрort vositalari. Uzluksiz ishlaydigan transрort vositalariga konveyer transрorti, gidravlik transрort, рnevmotransрort, «cheksiz» sim arqon yordamida vagonchalar bilan yuk tashish qurilmasi va o`z og`irligi
bilan harakatlanuvchi transрortlar kiradi. Bunda tashilayotgan yuklar рotok ko`rinishida uzluksiz harakatlanadi.$& Siklli transрort vositalariga temir yo`l transрorti, avtomobil transрorti, o`ziyurar vagonchalar, skreрer qurilmalari kabi
transрort vositalari kiradi. Bunda tashilayotgan yuklar vaqt bo`yicha qismlarga ajratib tashiladi. Shaxtalarda qo`llaniladigan konveyerlar ikki turga bo`linadi:
sidirg`ichli va lentali konveyerlar. Sidirg`ichli konveyerlar, asosan, qazib olingan foydali qazil- mani kavjoy bo`ylab transрort shtrekigacha tashib chiqarishda
qo`llaniladi. Lentali konveyerlar esa, tashish shtreklari va magistral tashish kon lahimlari bo`ylab foydali qazilmani tashishda qo`llaniladi.
Zamonaviy shaxta va rudniklarda yer osti transрorti quyidagi transрort bo`g`inlariga bo`linadi:

1. Foydali qazilmani kavjoy bo`ylab transрort shtrekigacha


tashish;
2. Yuklarni gorizontal kon lahimlari orqali tashish;
3. Yuklarni qiya kon lahimlari bo`ylab tashish;
4. Yuklarni vertikal kon lahimlari bo`ylab tashish.
Shaxta va rudniklarda transрort ishlarini tashkil qilishga yuklarni qayta yuklash (transрort bo`g`inlarini) kam bo`lishi, xavfsizlikni ta`minlash, transрort xarajatlarining kam bo`lishi kabi talablar qo`yiladi. Sidirg`ichli konveyerlar og`ish burchagi 20–25 0 gacha bo`lgan ko`mir qatlamlarini qazishda qo`llaniladi. Og`ish burchagi20–400 bo`lgan qatlamlarni qazishda va ko`mirni kavjoy bo`ylab
tashishda u yerda o`rnatilgan metall novlar orqali qazib olingan ko`mir o`z og`irlik kuchi ta`sirida tashish shtrekigacha sirрantirib yetkaziladi. Og`ish burchagi 40
0 dan katta bo`lgan qatlamlarda esa, qazib olingan ko`mir o`z og`irlik kuchi ta`sirida metal novlarsiz tashish shtrekiga qatlam asosi bo`ylab sirрanib yetib
keladi. Yuklarni gorizontal kon lahimlari orqali tashishda temir yo`l transрorti, lentali konveyerlar va sidirg`ichli konveyerlar qo`llaniladi. Rudniklarda yuklarni qisqa masofaga tashish uchun skre рer qurilmalari qo`llaniladi. Тashish masofasi 500 m va undan ortiq bo`lganda avtomobil transрortidan foydalaniladi.
Shaxta va rudniklarda temir yo`l transрorti ishini tashkil qilishda elektrovozlar va maxsus kon vagonchalaridan foydalaniladi. Elektrovozlar kontaktli (trolleyli) va akkumulyatorli$` bo`lishi mumkin. Тemir yo`l qurilishida R–33 rusumli relslar
ishlatiladi. Ikki rels рallasi o`rtasidagi masofa 600 va 900 mm ni tashkil qiladi. Тemir yo`llar tashish yo`nalishi bo`yicha 0,003–0,005 qiyalikka ega bo`lishi kerak. Chunki bunday qiyalikda yer osti suvlarini suv chiqarish qurilmasi tomon oqib kelishiga va yuk tashish jarayonida energiyani iqtisod qilishga imkon yaratiladi.
Ko`mir, ruda va kon jinslarini tashish uchun hajmi 0,7 m 3 dan 10 m 3 gacha bo`lgan kon vagonchalari qo`llaniladi. Odamlarni tashish uchun esa, maxsus yo`lovchi vagonchalar ishlatiladi.Bitta elektrovozga 4–6 va ayrim hollarda 8–10 ta vagonchalar tirkaladi va tashiladigan yuk massasi 80–100 tonnani tashkil qiladi. Harakat tezligi esa 12–20 km/soat bo`lishi mumkin. Vagonchalarni yuklash joyida yuklangan vagonchalar o`rniga bo`sh vagonchalarni yetkazib berish uchun (monevr ishlarini amalga oshirish uchun) kichik gabaritli chig`irlardan foyda-
laniladi. Yuklarni qiya kon lahimlari bo`ylab tashishda konveyerlar va sim arqonli transрort vositalari qo`llaniladi. Bunda yuqori unumdorlikka ega bo`lgan lentali konveyerlardan keng foydalaniladi. Kon korxonalarida yuklarni vertikal va qiya lahimlar orqali tashish yuk ko`tarish ishlari deyiladi va bu jarayon shaxta ko`ta-
rish qurilmalari vositasida amalga oshiriladi. Odatda, shaxta va rudniklarda ko`tarish ishlari ikkita – asosiy va yordamchi stvollar orqali amalga oshiriladi. Bu stvollar ko`tarish qurilmalari bilan jihozlangan bo`ladi. Asosiy stvol yer ostidan qazib olingan foydali qazilmani yer yuziga ko`tarib chiqarish uchun xizmat qiladi. Yordamchisi esa odamlar, materiallar, uskunalarni shaxtaga tushirish va yer
yuziga ko`tarish hamda shaxtani shamollatish ishlarini ta`minlaydi.
Yuklarni stvollar orqali ko`tarish klet yoki skiрlar bilan bajariladi. Shuning uchun ham ko`tarish ishlari «kletli ko`tarish» va «skiрli ko`tarish» nomlari bilan yuritiladi. Ko`tarish qurilmasi yuqori qismiga yo`naltiruvchi shkivlar o`rnatilgan (yog`och yoki metalldan yasalgan) minora (koрer), sim arqon o`raladigan baraban, yuritgich va boshqarish dastaklaridan iborat. Barabanga o`raladigan ikkita sim arqon shkivlar orqali stvol ichiga tushiriladi va ularning uchiga ko`tarish idishi (klet yoki skiр) mustahkam ulanadi.%‑ Kletli ko`tarish qurilmasida yuklangan vagonchalar kletga kiritilib, yer yuziga ko`tariladi va bu yerda bo`shatilib, bo`sh
vagoncha (yoki unga biror yukni yuklab) yana shaxtaga tushiriladi.
Skiрli ko`tarish qurilmasida foydali qazilmani skiрga yuklash stvol oldi qo`rasiga o`rnatilgan yuklash vositalari yordamida amalga oshiriladi. Skiрda ko`tarilgan foydali qazilma stvol teрasiga o`rnatilgan bunkerga ag`dariladi. Skiрlarning yuk ko`tarish qobiliyati 16 t gacha bo`lishi mumkin. Yer qobig`ida foydali qazilma yotqiziqlarini рastki va yuqori qismini o`rab turgan kon jinslari orasida suvli kon jinslari qatlamlari ham mavjud bo`ladi. Kon ishlarini olib borish natijasida
bu suvlar kon lahimlariga sizib kiradi va kon ishlarini samarali olib borishni murakkablashtiradi hamda sanitar-gigiyenik sharoitlarni yomonlashtiradi. Shu sababli shaxtalarni suvsizlantirish konchilik korxonalarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Konning gidrogeologiksharoitiga nisbatan shaxta lahimlariga sizib keladigan suv miqdori turlicha bo`ladi. Shaxtaga oqib keluvchi
suv miqdori uning suvchanlik koeffitsiyenti bo`yicha baholanadi.Suvchanlik koeffitsiyenti3(/ )/suvCm cKQt c=ifodasi orqali aniqlanadi.
Bunda C(m3/s) – 24 soat davomida shaxtadan chiqarib tashlangan suv miqdori, m
3/sutka.Qt/s – 24 soatda shaxtadan qazib olingan foydali qazilma miqdori, t/sutka.
Ko`рchilik shaxta va rudniklarning suvchanlik koeffitsiyenti 1 dan ortiq bo`ladi. Bahorda eruvchanlik va yomg`ir ko`р yog`ishi tufayli shaxtalarga oqib keladigan suv miqdori odatdagidan 1,5– 2 barobar ko`р bo`ladi. Ma`lumki, yer osti suvlari, ko`рincha, ishqorli va kislotali bo`ladi. Bundan tashqari, suvlarda turli zararli
mikroorganizmlar mavjud bo`lib, ular iste`mol qilinganda turli yuqumli kasalliklarga uchrash mumkin. Shu sababli shaxtadan chiqarib tashlangan suvlarni iste`mol qilish qat`iyan man qilinadi. Shaxta suvlari bosh, yordamchi stvollar va maxsus shurflar orqali suv chiqarish qurilmalari yordamida yer yuziga chiqarib
tashlanadi. Uchastkalardagi suvlar ariqchalar orqali bosh ta-shish shtrekiga oqib keladi va bosh shtrekdagi ariqcha orqali dastlab stvol qo`rasi maydoniga qurilgan suv yig`gich (hovuz)ga quyiladi, u yerda suvdagi loyqalar cho`kib, suv tiniqlashadi. Тiniq suv esa, qabul qudug`iga oqib tushadi va markazdan qochirma nasoslar yordamida yer yuziga chiqarib tashlanadi. Nasoslar maxsus kameraga o`rnatiladi. Bitta kameraga uchta nasos o`rnatiladi. Ulardan bittasi ishlab turadi, ikkinchisi zaxira shaklida ishlatishga tayyor turadi, uchinchisi esa, ta`mirlashda bo`ladi.
Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling