Reja: Konchilik korxonasidagi konveyerlar turlari
Download 431.82 Kb.
|
Kon mashinalari 1-m
Konveyerga ta'sir qiluvchi qarshiliklarni aniqlash Reja: 1. Konchilik korxonasidagi konveyerlar turlari 2. Konveyer lentasining kengligi uning unumdorligi 3. Konveyerga ta`sir qiluvchi qarshiliklar Barcha konveyerlardan (lentali, lenta-kanatli, lentali-zanjirli va plantinkali) karyerlarda asosan lentali konveyerlar qo’llaniladi (1-rasm.). Ular ishlatilishda va yasalishda oddiy va yuqori unumdorlikka ega. Lentali konveyer lenta, metall konstruktsiyalarda mustahkamlangan rolikli ustunlar, yurgizish stantsiyasi, lentani tortish uskunasi va yuklash uskunasidan iborat. Konveyer lentasi bir vaqtda yuk tashish va tortish uskunasi hisoblanadi. Karyerlarda asosan to’qimali ko’p qatlamli lentalar qo’llaniladi. To'qimalar asosan belting, juda qattiq belting va lavsandan yasaladi. Hozirgi kunda kapronli va anidli qatlamli lentali konveyerlar keng qo’llanilmoqda. Yuqori quvvatli turg’un konveyerlar uchun rezinatrosli lentalar qo’llaniladi, ularda qatlam o’mida 2.5-10 mm diametrli troslar qo’llaniladi 1-rasm. Lentali konveyer sxemasi: I - konveyer lentasi; 2 - rolik ustunlar; 3 - yurgizgich barabanlar; 4 - lentani tortib turish uskunasi; 5 -yuklash uskunasi. Konveyer lentasining kengligi uning unumdorligi va tashiladigan bo’laklar kattaligiga bog’liq bo’ladi va 400-3600 mm oraliqda bo’ladi. Katta og’ir bo’laklami tashish konveyer lentasini tez ishdan chiqaradi va shu sababli bo’laklar kattaligi 500mm dan oshmasligi kerak. Konveyer lentasining harakatlanish tezligi tashiladigan tog’ jinsining fiziktexnik ko’rsatkichlaridan kelib chiqadi va lenta kengligiga ko’ra 0.7-6 m/s ni tashkil qiladi (1-jadval.). Mumkin bo’lgan qiyalik burchagi tashiladigan tog’ jinsining xususiyallariga ko’ra belgilanadi va mos ravishda maydalangan tog’ jinsi, ezilgan qoyasimon tog’ jinsi va shag’al uchun 20-22°,16-18°va 13-15° ni tashkil qiladi. Konveyeming pastlikka tushishdagi mumkin bo’lgan qiyaligi balandlikdagidan ko’ra 2-3° kichik bo’ladi. Rolik ustunlar konveyer lentasini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Yuk qismini ushlab turish uchun uchtalik rolik ustunlar qo’llaniladi, pastki qismni ushlab turish uchun esa ikkita rolikli ustunlar. Pastki qismni ushlab turishga xizmat qiladigan roliklar lentani yopishib qolgan tog’ jinsidan tozalashga moslashgan maxsus uskuna bilan jihozlandi. Uzatish stantsiyasi konveyer lentasiga tortish kuchini berish uchun xizmat qiladi. Uzatish stansiyasining asosiy elementi bu uzatish barabani hisoblanadi, u reduktor orqali elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Quvvatli konveyerlarning uzatish stantsiyasi bir necha uzatish barabanlariga ega bo’ladi. Barabanning lenta bilan yaxshiroq ishqalanishi uchun baraban ustiga maxsus elastik material bilan qoplanadi. Tortish stantsiyasi lentaga boshlang’ich tortilishni berishga xizmat qiladi, bu uzatish barabani orqali tortish kuchini berishga kerak bo’ladi va ishlatish vaqtida lentaning cho’zilishini oldini olishga xizmat qiladi. Tortish uskunasining asosiy elementi baraban hisoblanadi. Yuklash uskunalari konveyerga yuk kelish tushadigan joylarda o’matiladi. Ular tog’ jinsini lentaga to’kilmasdan uzatilishini ta’minlashi kerak, shuningdek lenta tezligi bilan bir xil bo’lgan tezlik berishga xizmat qiladi. Yuklash uskunasining asosiy elementlari bu voronka, lotok va yuklagich hisoblanadi. Hisoblash uchun quyidagi ma`lumotlar ma`lum bo`lishi kerak: 1) qazish-yuklash mashinasi (еkskavator) ning alohida qoplama tog` jinslari bo`yicha (Vt.j., m3/soat) va alohida foydali qazilma bo`yicha unumdorligi (Qf.q., t/soat); 2) tashilayotgan yukning zichligi , (t/m3); 3) tashilayotgan yukning donadorligi; 4) tashish masofasi L, m; 5) tashish yo`lining yuqoriga yoki pastga qiyalik burchagi β, (grad) yoki boshlang`ich va oxirgi nuqtalar sathlari farqi H, (m); 6) Karyerda qabul qilingan ish rejimi (bir yildagi ish kunlari soni, bir sutkadagi ish smenalari soni, smena davomiyligi). Umumiy harakat tenglamasiga ko`ra konveyer yuritmasi quvvati harakatga qarshilik kuchlarini engishga sarf bo`ladi. Konveyerning to`g`ri chiziqli uchastkasidagi qarshiligi roliklar sapfasidagi, lentaning roliklar bo`ylab harakatidagi ishqalanishlardan; qiyalikda ishlovchi konveyerlarda bo`ylama tashkil еtuvchi og`irlik kuchlaridan hosil bo`ladi. Qiya burchak ostida o`rnatilgan konveyer yukli yo`nalishi uchun harakatga qarshilik kuchlari quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: , kg∙kuch Konveyer yuksiz yo`nalishidagi harakatga qarshilik kuchlari еsa quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi: , kg∙kuch Gorizontal o`rnatilgan konveyer uchun mos ravishda , kg∙kuch , kg∙kuch bu yerda L – konveyer uzunligi, m; - konveyerning qiyalik burchagi, grad; H – konveyer boshlang`ich va oxirgi nuqtalari sathlari farqi , m; - 1 m konveyer uzunligidagi og`irligi, kg∙kuch/m; - 1 m uzunlikdagi lentaning og`irligi, kg∙kuch/m; - konveyer 1 m uzunligiga to`g`ri keluvchi, yukli tarmoqdagi roliklar harakatlanuvchi qismlarining og`irligi, kg∙kuch/m; - konveyer 1 m uzunligiga to`g`ri keluvchi, yuksiz tarmoqdagi roliklar harakatlanuvchi qismlarining og`irligi, kg∙kuch/m; - konveyer lentasining harakatga qarshilik koeffitsienti. 2-jadvalda 1 m2 lentaning og`irligi keltirilgan. Jadvaldagi ma`lumotdan 1 m uzunlikdagi lentaning og`irligini formula bo`yicha hisoblash mumkin: , kg∙kuch/m; bu yerda B- lenta еni, m.
Download 431.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling