Rudaning tasnifi
Download 96.03 Kb.
|
FQBTJ tayyor kurs loyihasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH 3 Ibob.
- IIbob TEXNOLOGIK HISOBLAR
Mundarija
Kirish Konchilik sanoati, hozirgi zamon texnika darajasida metall yoki mineral mahsulot olish imkonini beradigan, qattiq hom ashyoni beradi va qayta ishlaydi. Foydali qazilma konlarini qayta ishlashda yer ostidan qazib olishni ko‘paytirish va ulardan kompleks foydalanish asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Bu qo‘yidagilar bilan izohlanadi: -yangi konlarini izlab topish va sanoat miqiyosida o‘zlashtirish uchun ko‘p mablag‘ va mehnat sarflanishi; -xalq xo‘jaligi tarmoqlarida ruda tarkibiga kirgan deyarli barcha mineral komponentlariga bo‘lgan talabni oshishi; -chiqindisiz qayta ishlash texnologiyasini yaratish va bu bilan ishlab chiqarish chiqindilari bilan atrof muhitni ifloslantirmaslik. Shu sabablarga ko‘ra, konlardan sanoat miqiyosida foydalanish imkoni nafaqat uning qiymati va foydali qazilma miqdori, uning zahirasi, geografik joylashishi, qazib olish va transportirovka qilish shartlari, boshqa iqtisodiy va siyosiy omillarga, balki qazib olinayotgan rudani yuqori samara bilan qayta ishlash texnologiyasi mavjudligiga ham bog‘liq. Rudalar – metall va uning birikmalaridan tashkil topgan mineral bo‘lib, tabiiy kimyoviy birikmalar hisoblanadi. Ruda tarkibidagi minerallar, qimmatbaho komponentlar va puch tog‘ jinslaridan iborat bo‘ladi. Puch tog‘ jinslarga tarkibida ajratib olinadigan va qimmatli metall bo‘lmagan jinslar kiradi. Bunday minerallarga kvars, karbonatlar, silikatlar va hokazolar kiradi. Bu yerda foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog‘ jinslari tushunchalarining nisbiyligini ta’kidlab o‘tish lozim. Mineralning bu tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan turigagina bog‘liq. Bitta mineralning o‘zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida esa puch tog‘ jinsi bo‘lishi mumkin. «Puch tog‘ jins» tushunchasi ham shartli hisoblanadi. Chiqindisiz metallurgik texnologiya va jarayonlar yaratishga yo‘naltirilgan metallurgik texnologiyaning taraqqiyoti, qurilish materiallari olish uchun puch tog‘ jinslarning barcha komponentlaridan foydalanish mumkinligini isbotladi. Boyitma tarkibida mahsulotlardagi foydali mineral va foydali qo‘shimchalarning asosiy qismi bo‘lsa , chiqindida puch tog‘ jinslari va zararli qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida yig‘iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo‘natiladi. Rudaning tarkibi odatda kimyoviy yo‘l bilan aniqlanadi. Biroq amalda buning o‘zi kamlik qiladi. Hom ashyo tarkibida mavjud bo‘lgan minerallar turini (mineralogik tarkib) va qayta ishlanayotgan hom ashyoning barcha komponentlarining minerallar bo‘yicha taqsimlanishini (fazoviy tarkib) larini bilish kerak. Rangli metallar rudalari murakkab xom ashyo boʻlib, tarkibida asosiy metallar - mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, kobalt, molibden, volfram, vismut mavjud. Shuningdek, oltin, kumush, kadmiy, indiy, selen, tellur, reniy, talliy, galliy, nodir yerlar, oltingugurt, barit, ftorit, kvars va boshqa minerallar va elementlar mavjud. Rudalardagi rangli metallarning asosiy qismini (80-85 %) sulfidli minerallar tashkil qiladi. Nodir metallar va aralashmalar rudalarda asosan izomorf aralashmalar va pirit, xalkopirit, galen, barit, molibden kabi asosiy va ularga hamroh bo'lgan foydali komponentlarning minerallarida mayda dispers qo'shimchalar shaklida mavjud. Sulfid bo'lmagan minerallar turli nisbatlarda oksidlar, silikatlar, karbonatlar, fosfatlar va boshqa minerallar bilan ifodalanadi. Rudalar kimyoviy va mineral tarkibi, tarqalish tabiati va tekstura va struktura xususiyatlari, oksidlanish darajasi va boyitish jihatidan juda xilma-xil va o'zgaruvchan. Download 96.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling