Oltin-mishyakli rudalarning tasnifi va minerallari


Download 88.38 Kb.
bet1/2
Sana14.03.2023
Hajmi88.38 Kb.
#1266989
  1   2
Bog'liq
2 5471965682893596262




Mundarija

1

Кirish.................................................................................................







2

Oltin-mishyakli rudalarning tasnifi va minerallari









3

Maydalash sxemasini tanlash va hisoblash







4

Elash dastgohlarini tanlash









5

Yanchish sхemаsini tanlash va hisоblаsh









6

Tasniflagich tanlash







7

Xayot xavfsizligi.







8

Foydalanilgan adaboyotlar…………………………………………….









Kirish
O'zbekiston Respublikasining bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirish, kishilarning turmush farovonligini yaxshilashda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qazib olingan mineral xom ashyolarini ko'rinishida emas, balki ularni qayta ishlab turli sifatli tayyor mahsulotga aylantirilib, milliy iqtisodni ta'minlash va dunyo bozoriga olib chiqish juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Konchilik sanoatining turli tarmoqlari O'zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida muhim rol o'ynadi. Respublikada qidirib topilgan va zahiralari aniqlangan mineral xom ashyo resurslari asosida bir qator konchilik korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda, biroq mavjud konchilik korxonalarida qazib olinayotgan foydali qazilmalarning sifatini pasayishidadir. Bularni oldini olishni birdan –bir yo'li ilmiy texnik taraqiyotni jadallashtirish, ishchi va xizmatchilarning malakasini uzuliksiz oshirib borish bilan bir qatorda tobora murakkablashib borayotgan kon – geologik sharoitlarda konlarni qazish va qayta ishlash samaradorligini oshirishni ta'minlovchi mehnat va ishlab chiqarishning tashkil etishni yangi shakllarini doimiy izlash, mavjud shakllarni takomillashtirish zarur, shu bilan bir qatorda yuqori unumdorlikka ega bo'lgan texnika va texnologiyalarni , ishlab chiqarishning tashkil qilishning samarali uslublarini tadbiq qilish asosida ishalb chiqarish resurslaridan unumli foydalanishdir.O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy islohatlarni boshidan kechirar ekan, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq u o'zining imkoniyatlaridan foydalanish iqtisodiyotini, ishlab chiqarish dunyodagi eng ilg'or texnologiyalar asosida izchillik bilan rivojlantirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Ayni paytda mamlakatimizda bir necha o'n minglab qo'shma korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish texnologiyalari kundan – kunga o'zgarib rivojlanib bormoqda. Natijada xom ashyo bazasidan oqilona foydalanib, o'z-o'zimizni ta'minlash va chet davlatlariga tayyor mahsulot chiqarish hajmi tobora ortmoqda. Qulay iqlim sharoiti, ulkan mineral xom-ashyo zahiralari , strategik materiallar va qishloq ho'jaligining xom-ashyosining katta zahiralari xaqli suratda, O'zbekistonni mintaqa va dunyoning eng boy mamlakatlari qatoriga olib chiqdi. O'zbekiston iqtisodiyotida qazib olish va qayta ishlash etakchi o'rinlardan birini egallamoqda. U sanoat va qishloq xo'jaligining ishlab chiqarishini rivojlantirishga katta ta'sir ko'rsatmoqda, qidirib topilgan zahiralar negizida 400 ga yaqin kon, shaxta, karer, neft va gaz konlari ishlab turibdi. Mustaqil Respublikamiz o'zining foydali qazilma boyliklari bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi. Har bir mamlakatiing iqtsodiy va ijtimoyi rivojlanishi uning tabiiy boyliklari bo'lgan meneral resurslaridan oqilona foydalanishga va undan olinayotgan mahsulot dunyo bozoriga raqobatbardoshligiga bog'liqdir.Bir qator foydali qazilmalar, oltin, mis, uran, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo'yicha O'zbekiston tasdiqlangan zahiralar va istiqbolli rudalar jihatidan butun dunyoda etakchi o'rinni egallaydi.
Xulosa qilib aytganda davlatimiz iqtisodiyotini ko'tarishda kamyob, Nodir, rangli va qora metallarga bo'lgan talablar tobora ortib bormoqda.

Ma’danlarda oltin sof holda, sulfidlarda mayda dispers holda, tellur yoki selen bilan kimyoviy birikma holda,uchraydi. Sof oltin kimyoviy toza holda bo‘lmaydi, kumush, mis, temir, vismut, palladiy va boshqa qo‘shimchalar bilan uchraydi. Odatda sof oltinni probasi 700 dan 900 gacha bo‘ladi. Sof oltin zarrachalari nihoyatda mayda zarrachadan katta sof, tug‘ma og‘irligi o‘nlab kilogrammgacha bo‘lishi mumkin.


Sof oltin uchraydigan sulfidli minerallar: pirit, arsenopirit, xira ma'dan, xalkopirit, galenit va birikmalar bilan ham uchraydi.
Oltin konlaridagi noma'dan minerallar asosan kvars, kalsit, barit va silikatlardan iborat bo‘ladi.
Oltin, shuningdek, kompleks ma’danlarda: oltini bor margumushli, oltini bor sheelitli, oltin-misli va boshqa ma’danlar tarkibida bo‘ladi.
Oltin konlari sochma va ma'danli bo‘ladi. Oltin konlarini alohida turi oltinli aglomeratlar tashkil qiladi. Bu turdagi oltin (va uran) koniga dunyodagi eng katta kon Vitvatersrand (JAR) kiradi. Sochma oltin konlarida oltin miqdori kam bo‘lsa ham, uni ajratib olish mumkin [2].
Hozirgi mavjud texnologiyalar asosida ma'danli konlardagi oltinning miqdori 1-5g/t bo‘lganda, ajratib olish samarali bo‘lsa, ishlab chqariladi.
Qadim zamonda, oltin sochma konlardan Afrikada, Janubiy Amerikada, Osiyoda (Xitoy), Yevropada (Ispaniya) va boshqa bir qator joylarda ishlab chiqarilgan.
XIX asr oxirlariga kelib sochma konlardagi oltin zahiralari juda kamayib ketdi. Hozirgi vaqtda asosan ma'danli konlardan oltin olinadi va uning umumiy miqdorini 2-3% ini sochma konlardan olinadi.
Zamonaviy ma'danli oltin konlar Kanada, AQSH, Avstraliya, Zimbabve, Gana, Dominikan Respublikasi, Filippin orollari va boshqa davlatlarda bor.
Sof oltin konlaridan tashqari, rangli metallarni sulfidli: misli, mis-nikelli, mis-molibdenli, qo‘rg‘oshin-ruhli ma'danlarni qayta ishlashda qo‘shimcha oltin va kumush ajratib olinadi. Oltin ma'danlarda asosan sof metall holida qo‘shimchalar bilan birga uchraydi. Sof oltin tarkibiga qo‘shimchalardan asosan kumush, mis, temir, oz miqdorda margumush, vismut, tellur, selen va boshqa elementlar bo‘ladi. Sofim hollarda 20% vahatto 40% gacha), temir va mis 1% gacha. Mis ma’danlarida misli oltin,mis-nikelli ma’danlarda palladiyli, platinali, rodiyli oltin uchraydi.
Oltinning ma'lum bo‘lgan minerallaridan (20 dan ortiq) sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan oltin hisoblanadi.
Ma'danlarda sof oltin har xil shaklda bo‘ladi: irmoqli, simli, dendritli, plastinkali, tangasimon va boshqa turda. Sof oltin zarrachalarining o‘lchami har xil, hatto mikroskop ostida ham ko‘rinmaydigan mayda zarrachalardan tortib, gigant tug‘ma oltin og‘irligi 10-100 kg gacha bo‘lishi mumkin. Katta tug‘ma sof oltin juda kam uchraydi. Sof oltinning asosiy qismi mayda zarrachalardan iborat 0,5-1mm va undan kichik bo‘ladi. Sof oltinni ma’dandagi o‘lchamiga qarab yirik (+70mkm), mayda (-70+1mkm) va juda mayda zarrachalarga (-1mkm) bo‘linadi. Oxirgisi sulfidli ma’danlarga xos.
Yirik oltin zarrachalari ma’dan yanchilganda, ma'dansiz qismidan ajraladi va gravitatsiya usulini qo‘llanilganda, gravitatsion boyitmaga o‘tadi.
Yirik oltin zarrachalari flotatsion boyitmaga yaxshi o‘tmaydi va sianid eritmasida sekin eriydi.
Mayda oltin zarrachalari yanchilganda, qisman toza holda va boshqa minerallar bilan birikkan bo‘ladi. Sof holdagi mayda oltin zarrachalari asosan flotatsiyalanadi,sianid eritmasida tez eriydi,gravitatsion jarayonda boyitmaga yaxshi o‘tmaydi. Juda mayda zarrachali oltin sulfid minerallari bilan birikkan bo‘lib, yanchilganda qisman ajraladi, asosiy qismi pirit va arsenopirit minerallari bilan birga bo‘ladi.
Juda mayda zarrachali oltini bo‘lgan ma’danlar qiyin boyitiladi va maxsus usullarni qo‘llab, qayta ishlanadi.
Ko‘p hollarda oltin zarrachalari temir yoki margenes oksidlari bilan, arsenopirit (FeAsS), kovellin (CuS), galenit (PbS) va boshqa minerallar bilan qoplangan bo‘ladi. Oltin zarracha ustidagi qoplama zich bo‘lganda, oltin sianid eritmasiga kam o‘tadi.
Oltin zarrachasi yirik bo‘lib, usti plyonka bilan qoplangan bo‘lsa, gravitatsiya qo‘llanilganda boyitmaga o‘tadi, boyitmadan ajratishda maxsus usul qo‘llaniladi. Bunday ma’danlarni flotatsiyalashda olinadigan boyitmada oltin miqdori nisbatan kam bo‘ladi. Oltin asosan valyuta hisoblanadi.
Oltinni asosiy qismi zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda, tish ishlashda va tibbiyotda qo‘llaniladi. Oltin va uni qotishmalari elektron hisoblash mashinalarida ishlatiladi. Oltin kimyo sanoatida ko‘p ho‘llaniladi. Zargarlik buyumlari toza oltindan va uni qotishmalaridan tayyorlanadi. Oltinga kumush va misni qo‘shilishi qotishmani qattiqligini oshiradi. Zargarlik buyumlaridagi oltinni (kumushni yoki platinani) qotishmadagi 1000 og‘irlik qismidagi ulushi probasini ko‘rsatadi. Oltin buyumlari 375, 583, 750 va 958 proba bilan ishlab chiqariladi. Ayrim davlatlarda (AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariya) toza oltin (1000 probali) 24 karatga teng.
Yirik oltin bo‘laklari yanchish jarayoni natijasida ruda minerallaridan oson ajraladi va gravitatsiya usulida boyitilganda oson ushlab qolinadi, ammo yomon flotatsiyalanadi va sinil eritmalarida sekin eriydi. Mayin oltin yanchish jarayonida sof holda kam holda uchraydi, qisman boshqa minerallar bilan birga keladi. Mayin tug‘ma oltin yaxshi flotatsiyalanadi, sinil eritmalarida tez eriydi, ammo gravitatsiya usulida yomon ajraladi. Mayin zarrali oltin – ko‘p hollarda sulfid minerallari bilan bog‘langan bo‘lib yanchish natijasida kam miqdorda yuzasi ochiladi, asosiy qism oltin pirit va arsenopiritda qoladi. Bunday oltin minerallari sian eritmalrida erimaydi, gravitatsiya va flotatsiya usulida u sulfidlari bilan birga ajraladi. Mayin zarrali oltin rudalari qiyin ajraluvchi rudalarga mansub bo‘lib undan oltin maxsus usullarda ajratib olinadi.
Sof oltin uchraydigan sulfidli minerallar: pirit, arsenopirit, xira ma'dan, xalkopirit, galenit va birikmalar bilan ham uchraydi.
Oltin konlaridagi noma'dan minerallar asosan kvars, kalsit, barit va silikatlardan iborat bo‘ladi.
Oltin, shuningdek, kompleks ma’danlarda: oltini bor margumushli, oltini bor sheelitli, oltin-misli va boshqa ma’danlar tarkibida bo‘ladi.
Oltin konlari sochma va ma'danli bo‘ladi. Oltin konlarini alohida turi oltinli aglomeratlar tashkil qiladi. Bu turdagi oltin (va uran) koniga dunyodagi eng katta kon Vitvatersrand (JAR) kiradi. Sochma oltin konlarida oltin miqdori kam bo‘lsa ham, uni ajratib olish mumkin [2].
Hozirgi mavjud texnologiyalar asosida ma'danli konlardagi oltinning miqdori 1-5g/t bo‘lganda, ajratib olish samarali bo‘lsa, ishlab chqariladi.
Qadim zamonda, oltin sochma konlardan Afrikada, Janubiy Amerikada, Osiyoda (Xitoy), Yevropada (Ispaniya) va boshqa bir qator joylarda ishlab chiqarilgan.
XIX asr oxirlariga kelib sochma konlardagi oltin zahiralari juda kamayib ketdi. Hozirgi vaqtda asosan ma'danli konlardan oltin olinadi va uning umumiy miqdorini 2-3% ini sochma konlardan olinadi.
Zamonaviy ma'danli oltin konlar Kanada, AQSH, Avstraliya, Zimbabve, Gana, Dominikan Respublikasi, Filippin orollari va boshqa davlatlarda bor.
Sof oltin konlaridan tashqari, rangli metallarni sulfidli: misli, mis-nikelli, mis-molibdenli, qo‘rg‘oshin-ruhli ma'danlarni qayta ishlashda qo‘shimcha oltin va kumush ajratib olinadi. Oltin ma'danlarda asosan sof metall holida qo‘shimchalar bilan birga uchraydi. Sof oltin tarkibiga qo‘shimchalardan asosan kumush, mis, temir, oz miqdorda margumush, vismut, tellur, selen va boshqa elementlar bo‘ladi. Sof metall tarkibidagi oltin miqdori 75-90% (asosan 85% atrofida), kumush 1-10% (ayrim hollarda 20% vahatto 40% gacha), temir va mis 1% gacha. Mis ma’danlarida misli oltin,mis-nikelli ma’danlarda palladiyli, platinali, rodiyli oltin uchraydi.
Oltinning ma'lum bo‘lgan minerallaridan (20 dan ortiq) sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan oltin hisoblanadi.
Ma'danlarda sof oltin har xil shaklda bo‘ladi: irmoqli, simli, dendritli, plastinkali, tangasimon va boshqa turda. Sof oltin zarrachalarining o‘lchami har xil, hatto mikroskop ostida ham ko‘rinmaydigan mayda zarrachalardan tortib, gigant tug‘ma oltin og‘irligi 10-100 kg gacha bo‘lishi mumkin. Katta tug‘ma sof oltin juda kam uchraydi. Sof oltinning asosiy qismi mayda zarrachalardan iborat 0,5-1mm va undan kichik bo‘ladi. Sof oltinni ma’dandagi o‘lchamiga qarab yirik (+70mkm), mayda (-70+1mkm) va juda mayda zarrachalarga (-1mkm) bo‘linadi. Oxirgisi sulfidli ma’danlarga xos.
Yirik oltin zarrachalari ma’dan yanchilganda, ma'dansiz qismidan ajraladi va gravitatsiya usulini qo‘llanilganda, gravitatsion boyitmaga o‘tadi.
Yirik oltin zarrachalari flotatsion boyitmaga yaxshi o‘tmaydi va sianid eritmasida sekin eriydi.
Mayda oltin zarrachalari yanchilganda, qisman toza holda va boshqa minerallar bilan birikkan bo‘ladi. Sof holdagi mayda oltin zarrachalari asosan flotatsiyalanadi,sianid eritmasida tez eriydi,gravitatsion jarayonda boyitmaga yaxshi o‘tmaydi. Juda mayda zarrachali oltin sulfid minerallari bilan birikkan bo‘lib, yanchilganda qisman ajraladi, asosiy qismi pirit va arsenopirit minerallari bilan birga bo‘ladi.
Juda mayda zarrachali oltini bo‘lgan ma’danlar qiyin boyitiladi va maxsus usullarni qo‘llab, qayta ishlanadi.
Ko‘p hollarda oltin zarrachalari temir yoki margenes oksidlari bilan, arsenopirit (FeAsS), kovellin (CuS), galenit (PbS) va boshqa minerallar bilan qoplangan bo‘ladi. Oltin zarracha ustidagi qoplama zich bo‘lganda, oltin sianid eritmasiga kam o‘tadi.
Oltin zarrachasi yirik bo‘lib, usti plyonka bilan qoplangan bo‘lsa, gravitatsiya qo‘llanilganda boyitmaga o‘tadi, boyitmadan ajratishda maxsus usul qo‘llaniladi. Bunday ma’danlarni flotatsiyalashda olinadigan boyitmada oltin miqdori nisbatan kam bo‘ladi. Oltin asosan valyuta hisoblanadi.
Oltinni asosiy qismi zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda, tish ishlashda va tibbiyotda qo‘llaniladi. Oltin va uni qotishmalari elektron hisoblash mashinalarida ishlatiladi. Oltin kimyo sanoatida ko‘p ho‘llaniladi. Zargarlik buyumlari toza oltindan va uni qotishmalaridan tayyorlanadi. Oltinga kumush va misni qo‘shilishi qotishmani qattiqligini oshiradi. Zargarlik buyumlaridagi oltinni (kumushni yoki platinani) qotishmadagi 1000 og‘irlik qismidagi ulushi probasini ko‘rsatadi. Oltin buyumlari 375, 583, 750 va 958 proba bilan ishlab chiqariladi. Ayrim davlatlarda (AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariya) toza oltin (1000 probali) 24 karatga teng.
Оltinni shlyuzlаrgа аjrаtish. Shlyuzlаr erkin hоldаgi оltinni rudа vа qumlаrdan аjrаtishdа eng оddiy bоyitish аppаrаti hisоblаnadi. Shlyuzlаr to‘g‘ri to‘rtburchаk qismgа egа bo‘lgаn nоvdan ibоrаt bo‘lib, gоrizоntаl tеkislik bo‘ylаb unchа kаttа bo‘lmаgаn qiyalikkа egа. Nоv tubigа cho‘kkаn zаrrаchаlаrni ushlаb qоlish uchun mаxsus qоplаmа (junli mаtо, rеzinа trаfаrеt) to‘shаlgаn.



Download 88.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling