Ruhlar isyoni-fojiyaviy asar sifatida


Download 46.82 Kb.
bet1/2
Sana26.01.2023
Hajmi46.82 Kb.
#1125734
  1   2
Bog'liq
Ruhlar isyoni-fojiyaviy asar sifatida


Ruhlar isyoni-fojiyaviy asar sifatida
Mundarija
Kirish
I bob. E.Voxidov haqida umumiy ma’lumotlar va ijodidagi o’ziga xoslik
1.1 E.Voxidov haqida umumiy ma’lumotlar
1.2 E.Voxidov ijodidagi o’ziga xoslik
II. bob. E.Voxidov Ruxlar isyoni asaridagi o’ziga xoslik va asaridagi fojiyaviylik
2.1 E.Voxidov Ruxlar isyoni asaridagi o’ziga xoslik
2.2 E.Voxidov Ruxlar isyoni asaridagi fojiyaviylik
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Adabiyot go’zal bir cho’qqi. Unga kirib borganing sari eng yuqori cho’qqilar tomon odimlab borasan, kishi. Har tashlagan qadaming seni yuksaltirib, ruhingga-ruh, kuchingga-kuch qo’shib boraveradi. Eng yuqori cho’qqini zabt etganlar ham u yerdan qulamaydi, o’ziga boshqa yo’l, Haq bilan inson o’rtasini bog’lab turuvchi, ruhiyat ozuqasi bo’lmish, shoirlik yoki yozuvchilik maqomi ulashuvchi yo’lga yetishadi va shu bilan yuksaklikka intilganlar yo’liga mayoq, ko’ngliga orzu-maqsad, maqsadiga esa xarita bo’lib xizmat qiladilar. Asl shoir o’z ijodi orqali na obro’-e’tibor, na daromadga intilishadi, ularning istagi boshqa. Ular Alloh solgan dardni kitobxonlar bilan bo’lishadi va qaysidur ma’noda shu orqali ruhini tinchlantiradi. Shoirlar g’alati xalq.


Ular doim nimanidur izlaydi, hech bir narsaga shunchaki qarashmaydi. Tabiatdagi ohista qimirlab qo’ygan birgina daraxt bargi ham e’tiborini tortadi. Shoirda xalovat bo’lmaydi. Insonlar o’rtasida bo’lib o’tayotgan har qaysi vaziyat ham unga ta’sir qiladi. Xoh ezgu ish bo’lsin, xoh isyon. Shu shoirlar qatorida O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning ham isyoni bor. Bu isyon uning ruhiyatida, Nazrul Islom qalbini his qila olgan, xalqni ozodlikka, tinchlikka chorlagan olov qalbidagi isyon. Erkin Vohidov tomonidan 1978-1979- yillarda yozilgan Gyotening “Faust” asarini tarjima qilish davomida ta’sirlanib yozilgan “Ruhlar isyoni” dostoni Erkin Vohidovning qalb isyonlaridan bir tomchidir. Ruh nima? U qanday bo’ladi va u qayerda? Har bir insonning o’z ruhi mavjud. Ruh inson qalbida kechayotgan o’y-fikrlar, kayfiyat, tuyg’ulari, ma’naviy qiyofasi orqali ozuqa oladi va xalovat topadi. Siz ham aqlingiz va ruhingiz o’rtasida ko’plab janglar qilasiz. Aqlga tayanib ish qilgan to’g’ri, ammo sizning chin hamrohingiz, bu dunyoda jismingiz qolgan holatda, siz bilan qo’shilib ketguvchi faqat ruhingiz bo’ladi holos. Faqat ruh istaklarini nafs bilan adashtirmasak bo’lgani. O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov o’z dostonida haqiqat uchun kurashgan uyg’oq ruhlarning his-tuyg’ularini o’z asari orqali yoritib berganlar. Ushbu dostonda nafaqat haqiqat uchun kurashgan Nazrul Islom haqida, balki uning onasiga bo’lgan dil so’zlari, shoir qalbi, ko’zi ojiz insonning ko’zini davolab ayblangan donishmand tabib, hindlarning qadimgi an’analariga ko’ra: “eri vafot etganda, turmush o’rtog’íga qo’shib tiriklay yoqilgan ayollar” haqida, Mumtoz mahal begim, Shohi Jahon, Avrangzeb kabi insonlarning kechinmalari haqida yoritilgan.
Kurs ishi predmeti: E.Voxidov Ruxlar isyoni asaridagi fojiyaviylik bilan tanishtirish ko’nikmalari
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat

I bob. E.Voxidov haqida umumiy ma’lumotlar va ijodidagi o’ziga xoslik


1.1 E.Voxidov haqida umumiy ma’lumotlar
Ilhomsiz ham asar yozish mumkinmi? Mumkin. Lekin bu juda og‘ir mehnat — yozish ham,o‘qish ham. Ilhomsiz yozilgan asar sevgisiz olingan bo‘saday sovuq bo‘ladi.
Qarilik sochga birinchi oq tushgan kuni yoki yoshing ellikka to‘lgan kuni yoki nabira ko‘rgan kuning boshlanmaydi. Qarilik, nazarimda, yoshlarning xatti-harakatiga g‘ashing kela boshlagan vaqtdan boshlanadi.
She’riyat – shoir va o‘quvchi o‘rtasida dil suhbati demakdir. Shoir uchun bu suhbat – yurakning borlig‘i bilan ochmak, o‘quvchi uchun bu yurak zarblarini anglamakdir. She’rni anglamakning o‘zi ham iste’dod. Biz bu iste’dodning otini nazokat deymiz, nozikfahmlik deymiz. Bu fazilatga yangilikni anglash va baho bera olish sifati qo‘shilganda, u didga aylanadi. Didni esa yoshlikdan tarbiyalamoq, bilim va tuyg‘ular boyligi bilan kamolotga yetkazmoq kerak.
Xalq dono, shu bilan birga odil. Biz bir-birimizni har qancha maqtamaylik,bir-birimizga unvonu nishonlar taqmaylik, xalq suymasa – qabul qilmaydi. To‘rt satr she’ri bilan el qalbiga kirolmagan “shoir”ning yoshi bir joyga borganda o‘kinchi alamga, alami hasadga, hasadi g‘arazgo‘ylikka aylanadi.
Tarjima mehrtalab mehnat. “Muhabbatsiz imorat vayron bo‘ladi” degan gap bor. Mehrsiz,yolg‘iz qalam haqi umidida qilingan tarjima muhabbatsiz nikohdan tug‘ilgan yetim boladay mung‘ayib turadi.
Ashulachining ham,shoirning ham, umuman san’atkorning katta-kichigi, yoshu qarisi bo‘lmaydi. Yosh iste’dod ulg‘ayib katta iste’dod bo‘ladi, yosh qofiyaboz ulg‘ayib katta qofiyaboz bo‘ladi.
G‘azal – murakkab va ancha qiyin janr. G‘azalnavisdan oz so‘zda ko‘p ma’no berish, fikr durdonalarini badiiy tashbeh sadaflari ichida taqdim etishni talab etuvchi janr… Aruz adabiyotning, umuman, san’atning hamma turlari kabi talant va mahorat, teran xayol va ehtiros talab qiladi.
Men aruzga murojaat qilganda bir necha maqsadni ko‘zda tutgan edim:
Birinchidan,o‘zimni yangilash,odatiy fikrlash uslubidan,odatiy vazn va qofiyalardan uzoqlashish.
Ikkinchidan, mumtoz she’riyat maktabini o‘rganish,she’rga quyuq ranglar berish, obrazli fikrlash, sanjob misralar tuzish san’atiga yaqinlashish.
Uchinchidan, she’riyatdagi buyuk soddalik yo‘lida shoir dastlab oddiylikdan murakkablikka qarab yuradi. Maqsadim – bu bosqichga qadam qo‘yish ham edi.
To‘rtinchidan, hozirgi yoshlar klassik she’riyatimizdan bir oz uzoqlashib qoldilar.Navoiy, Bobur,Ogahiylarning faqat nomini biladigan yoshlar kam emas. Madaniy meros esa katta boyligimiz. Bu boylikni tashlab yuborishga haqqimiz yo‘q. Faqat meros bo‘lgani, asrlar davomida yaratilgani uchun emas — bugungi fozil insonga xizmat qilishi mumkin bo‘lgani uchun. Arava yuz yillar xizmat qilgan…lekin aruz arava emas.
Sarbast – o‘lchov qirg‘og‘iga sig‘magan toshqin tuyg‘ularning vaznidir», «Maqollar – hech bir podsho e’lon qilmagan farmon, hech bir davlat tomonidan bitilmagan konstitutsiyadir
San’atning, adabiyotning sharti – barkamollik va mukammallikdir.
Iste’dod shunday bir gavharki, u dengiz tubida, sadaf ichida ham gavhar, iste’dod shunday bir zilol irmoqki, uning har qatrasida daryolarning qudrati, ummonlarning teranligi bor, iste’dod shunday bir gulki, uning har bir ochilmagan g‘unchasida chamanlarning bo‘yi va tarovati bor.
Barcha iste’dodlar kabi shoirlik iste’dodi ham tug‘ma bo‘ladi va bolalikdan o‘zini namoyon etadi. Bu kunduzdek ravshan, haqiqatning o‘zidek ayon. Tug‘ma iste’dod egasi bo‘lmagan, she’riyatga havas tufayli adabiyotga kirib qolganlar umr bo‘yi havaskor bo‘lib qoladilar.
Ijodkor nafas oladigan havo – adabiy muhitdir. Bu havo toza, musaffo bo‘lmog‘i kerak.
She’riyatning buyuk qudrati uning ishontirish kuchidadir. Biz har bir she’r ortida uning egasini ko‘ramiz, uning ma’naviy olamini tasavvur etamiz, o‘sha she’r ortida turgan odam o‘zining samimiyati bilan, halolligi bilan bizni o‘z tuyg‘ularining chinligiga ishontirmog‘i kerak. She’r hamisha shoirning qismatidir. Agar shoir o‘ziga, o‘zining qismatiga yarashadigan gapni aytmasa, odamlar unga ishonmaydilar.
Rivoyat qiladilarki, Nushirvoni odil shoirlarni huzuriga chaqirib aytibdi: «Bu ne betavfiqlikki, siz shoirlar mendek odil shoh davrida yolg‘on she’rlar yozasizlar? Hech zamonda oshiqning ohu fig‘oni sahroga o‘t qo‘yadimi? Qiz bolaning kiprigi o‘q bo‘lib oshiq yigitning ko‘kragiga sanchilarmish. Bu gapga kim ishonadi? Xullas, shu bugundan boshlab kim yolg‘on she’r yozsa boshi dorda, mulki talonda».
Shu farmondan keyin uzoq vaqt hech kim she’r yozmay qo‘ydi. Nihoyat bir shoir shunday she’r yozdi:
Tong otsa yulduzlar so‘nar osmonda,
Xo‘rozlar qichqirar Mozandoronda.
Xalafda kechqurun quyosh botadi,
Kechasi odamlar uxlab yotadi.
Nushirvoni odil hech bir yolg‘oni yo‘q, boshdan-oxirigacha haqiqat bo‘lgan ushbu she’rni o‘qib yelkasini qisdi, boshini qashladi va yana farmon berdi: «Shoirlar o‘sha o‘zining yolg‘onini yozaversin». Shundan: «Shoir so‘zi yolg‘ondur», degan gap qolgan, shundan Fuzuliy: «Aldanmaki, shoir so‘zi albatta yolg‘ondur», deya lutf qilgan.
She’riyatning ana shu «yolg‘onida» juda chuqur haqiqat, sehrli haqiqat bor, buyuk ishontirish kuchi bor. Aql bovar qilmas bir qonuniyatga ko‘ra kishilar jo‘n aytilgan rost so‘zga emas, o‘sha «yolg‘on»ga ishonadi.
Nega endi men she’riyatning zukko bilgichlari o‘ltirgan bu yig‘inda adabiyotnig ibtidoiy qonuni, alifbosi bo‘lgan bu gapni, hayotiy haqiqat bilan badiiy haqiqat munosabatini aytib turibman? Negaki, ming afsus, biz ko‘p hollarda, hatto to‘qson foyiz she’rlarimizda shu qonunga amal qilmaymiz, «Xalafda kechqurun quyosh botadi» deb yozamiz.
Bir tomchi shabnamdek mo‘’jaz va tiniq elchi degan sof o‘zbekcha turkiy so‘zda qancha xikmat bor!
“Yog‘ilur har dam falakdan boshingga gardi firoq,
O‘t ravonroqkim, omonatdir base bu eski toq.”
Inson boshiga osmondan gard yog‘ilib turadi. Biz bugun bu gardni kosmik chang, deymiz. Fazoviy jismlarning Yer atmosferasida yonib ketishidan hosil bo‘lgan kul, deymiz. Bunday gardni Hazrat Navoiy besh asr muqaddam qayoqdan bilgan, deya hayron bo‘lmang. Beruniylar, Ulug‘beklar yashagan yurtda fazo sirlari ayon edi. Hayratga sabab boshqa, ya’ni bu ilmiy haqiqatning falsafiy xulosasi, badiiy timsolidir. Ey odamzod, deydilar hazrat, boshingga yoqqan samo changlari ayriliq gardlaridir. Tomidan tuproq yog‘ilgan uyda uzoq turib bo‘lmaydi. Bunday uy omonat. Chirigan tom ostida yashash xatarli. Osmonidan gard yog‘ilgan dunyoni, bu eski toqni ham ravonroq, tezroq tark etgan yaxshidir. Omonat so‘zining ma’no tovlanishiga qarang. Uy omonat, olam omonat.

1.2 E.Voxidov ijodidagi o’ziga xoslik


Zamonaviy oʻzbek milliy adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Erkin Vohidov 1936 yil 28 dekabrda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻildi. Otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushidan keyin Toshkentga qaytib, tez orada shu yerda vafot etdi. Onasi Roziyaxon Vohidova (Sohiboyeva) ham dunyodan oʻtib, boʻlgʻusi shoir togʻasi Karimboy Sohiboyev tarbiyasida qoldi.
Erkin Vohidov Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olib, “Yosh gvardiya”, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotlarda, “Yoshlik” jurnalida xizmat qildi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Xalqaro aloqalar va munosabatlar qoʻmitasi rahbari, Oʻzbekiston Senati aʼzosi sifatida faoliyat yuritdi.
Uning birinchi sheʼri 14 yoshida, 7-sinfda oʻqib yurgan kezlarida chop etildi.
“Tong nafasi” (1961), “Mening yulduzim” (1964) kabi dastlabki toʻplamlarini nashr ettirdi.
E. Vohidov ijodida gʻazal, qasida, muxammas kabi janrlarga qoʻl urib, mumtoz adabiyot tajribalarini yanada boyitish, yanada mukammallashtirishga intildi. Ayniqsa, “Yoshlik” (1969) devoniga kirgan sheʼrlar bu jihatdan eʼtiborlidir.
Shoir xuddi shu davrdan boshlab dunyo kezdi, dunyoni koʻrdi, dunyoni tanidi. Ana shu taassurotlari asosida “Tirik sayyoralar” (1978), “Sharqiy qirgʻoq” (1981) kabi sheʼriy toʻplamlarini yaratildi. Inson taqdiri, uning baxti va kelajagi shoir ijodining bosh mavzuiga aylandi.
Uning “Kelajakka maktub” (1983), “Yaxshidir achchiq haqiqat” (1992) toʻplamlariga kirgan sheʼrlarida haqgoʻy va bedor insonni kamol toptirish gʻoyasi yetakchilik qiladi.
Shoirning “Orzu chashmasi” (1964), “Nido” (1964), “Palatkada yozilgan doston” (1966), “Quyosh maskani” (1972), “Ruhlar isyoni” (1980), “Koʻhinur” (1982) kabi liro-epik asarlari, “Oltin devor” va “Istanbul fojeasi” kabi sheʼriy dramalari katta ijodiy mehnat mahsuli sifatida xalqimizning koʻngil mulkiga aylangan.
Erkin Vohidovning toʻrt jildlik “Saylanma asarlar”i, “Orzuli dunyo” (2010), “Tabassum” (2012), “Yangi sheʼrlar” (2015) sheʼriy toʻplamlari adabiyot muxlislari uchun bebaho tuhfa boʻldi.
U 1996 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov adabiyotimiz va maʼnaviyatimizni yuksaltirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan asarlari, shuningdek, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash yoʻlidagi faol xizmatlari uchun “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoniga sazovor boʻldi.
Ma’nodosh so‘zlarimizning ko‘pligiga sabab bor. O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan. Diniy, ilmiy, ijtimoiy atamalarimiz asosan arab tilidan, ko‘pgina ish qurollarimiz, jomadon, hokandoz, dastshu, jomashu, dazmol, qog‘oz kabi hunarmandlikka oid so‘zlarimiz, shuningdek yuksak she’riy uslubga xos suxanlar fors tilidan kelgan. Lekin bu qat’iy qoida emas. Aksar holat desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Arab tilidan o‘tgan narsa va buyum nomlari ham tilimizda ko‘p: Aroba, musallas, istehkom, qalam singari. Shuningdek, fors tilidan kirgan falsafiy atamalar ham talaygina. Javonmard, sarbador, charxi kajraftor, Oyinai Iskandar va hokazo. Harakat nomlari asosan turkiycha. Alisher Navoiy turkiy tildagi yuzta harakat nomi, ya’ni fe’llarni sanab, fors tilida ularning muqobili yo‘q ekanini aytganlar va turkiy tilimizning boyligi, qudratini namoyish etganlar.
Bizning shunday ulug‘ she’riyatimiz bor, boylikda beqiyos ona tilimiz bor. Til millatning bosh belgisi hisoblanadi. Til bor — millat bor. Til yo‘q — millat yo‘q.
Yozuvchiga uning iste’dod darajasiga, asariga qarab emas, balki egallab turgan mansabiga qarab baho berilishi, hamma bilib, ko‘rib turgan barcha jihatlardan ojiz asarlarning maqtalib, ko‘klarga ko‘tarilishi adabiy tanqid deb atalgan muqaddas sohaning obro‘yini tushiradi.
Tanqidchi dushman orttiraman, deb qo‘rqsa yoki undagi adolat tuyg‘usidan shafqat tuyg‘usi ustun kelsa, adabiy muhitda hech qachon adolat bo‘lmaydi.
Shoir qayer to‘g‘risida, nima to‘g‘risida yozmasin, u avvalo o‘zi to‘g‘risida, o‘z xalqi va yurti to‘g‘risida yozadi.
O‘ylasam, izlanishlarimiz kabi g‘ofilligimiz-da poyonsiz ekan. So‘zni eshitamiz, so‘zlashni qotiramiz, lekin So‘z mag‘zini chaqish aksar xayolimizga kelmaydi. Nega shunday deymiz, deya o‘zimizga savol bermaymiz. Bu sinoat to‘la olam bamisoli olisdagi yulduzlardek noayon qolaveradi. Uzum yedim, “uzum” dedim, bilsam, tokdan uzib yedim, degandek, o‘z qo‘lim bilan ishkomdan uzum uzaturib, bu so‘zning uzmoqdan olingani xayolimga kelgan edi. Axir ungan narsani unum, g‘uj o‘sgan mevani g‘ujum, jamiyat tuzilishini tuzum, cho‘g‘ning qo‘ridan qolgan kulni qurum, deymiz. Og‘izga solib yutganimiz yutum, tomoqdan qult etib o‘tgan suv qultum bo‘lganidek ishkomdan uzib yeganimiz uzum bo‘ladi-da, deya o‘z sodda kashfiyotimdan suyungan edim.
Ona tili umummillat mulkidir, demak, til oldidagi mas’uliyat ham umummilliy. Men o‘zbekman, degan har bir inson o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i kerak. Unutilgan so‘zlarni tiklash, borini boyitib borish, xorijiy atamalarga munosib istilohlar topish yolg‘iz tilshunoslarning emas, millatning ishidir.
Xalqda Mehmon otangdan aziz, Ustoz otangdan ulug‘ degan hikmat bor. Biror aqlli zot, otadan ulug‘, otadan aziz inson bo‘lmaydi, deb aytgan chog‘i, keyingi vaqtda Mehmon otangdek aziz, Ustoz otangdek ulug‘ deyish urf bo‘ldi.
Otadan ulug‘ va aziz kishining yo‘qligi haqiqat. Aynan shuning uchun ham bu tashbeh ishlatiladi. Maqol xalq ijodi. Ijod badiiyatsiz, badiiyat mubolag‘asiz bo‘lmaydi. Inson boshi toshdan qattiq, deymiz. Toshdan qattiq narsa yo‘qligi uchun shunday deymiz. Tog‘ni ursa talqon qiladigan yigit, degan gap bor. Tog‘ni maydalab bo‘lmasligi uchun bu maqol qudratli va boqiy. Dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydigan odam deyish, yor yurgan ko‘chalarni supuray sochim bilan, changi chiqsa suv sepay ko‘zlardagi yoshim bilan, deya kuylash zavqi yo‘q odamning aqliga sig‘maydi. Bir do‘stimiz bo‘lardi. Latifa aytsalar kulmas, “yo‘g‘-yey” deb turardi. Shu do‘stimiz adabiy tanqidchi bo‘ldi, lekin adabiyot nima ekanini, go‘zallik nima ekanini anglamay xo‘mraygancha dunyodan o‘tib ketdi.
Mehmon otangdan ulug‘, deganda biz avvalo otani ulug‘laymiz. Otadan aziz, otadan ulug‘ zotning yo‘qligini mubolag‘a vositasi bilan tasdiqlaymiz.
Agar tilni muayyan xalqning jamoaviy intellektual mulki desak, so‘zlarni buzish, qisqartirish, har qanday o‘zgartirish qat’iy taqiqlanishi kerak edi. Lekin til to‘g‘risida xalqaro bitim yo‘q. Xalqlar bir-biridan so‘z va atamalarni hech bir ijozatsiz oladilar, o‘zlariga moslab istagan shaklga soladilar, xohlagan ma’noni yuklaydilar, tanib bo‘lmas holga keltiradilar.
Rivoyat qiladilarki, Mirzo Bedil ko‘chada ketaturib o‘z baytlarini buzib xirgoyi qilayotgan devorzan yonida to‘xtabdi va indamay uning tergan g‘ishtlarini yiqitaveribdi. Hay-haylab dod solgan devorzanga qarab shoir shunday debdi: Men faqat devoringni buzdim, sen she’rimni buzib, mening xonumonimni vayron qilding. Kim ko‘proq faryod ko‘tarishi kerak, senmi yo menmi?
Devorzan tavba qilib, uzr so‘ragan ekan.
Ajabo, she’rning egasi bor, lekin so‘zning egasi yo‘q. U bamisoli charaqlagan yulduz, oqib yotgan daryo, esib turgan shamol kabi xammaniki.
Hech kim hech kimga, hech bir xalq boshqa hech bir xalqqa, mening so‘zimni olding, o‘zgartirding, buzding, deya da’vo qilmaydi.
Ruslar fir’avnni faraon, Bobilni Vavilon, Suriyani Siriya deb aytsalar, bizning ismlarimizni Kadыr, Tadji, Gulyam deb talaffuz qilsalar birov, hay, nima qilyapsan, demaydi. Chunki bu hol ko‘pga kelgan to‘y. O‘zimiz ham talay xorijiy so‘zlarning dodini berganmiz.
Meni ajablantirgan yana bir narsa shu bo‘ldiki, arab adiblari grammatika, ya’ni sarfu nahv ustida tortishib qolsalar Zamaxshariyni “qozi” qilar ekanlar. Zamaxshariy bundoq yozgan, deyilsa, tamom, bahs tugar, e’tirozga o‘rin qolmas ekan.Mening bu ikki hayratimdan Damashqda bir to‘rtlik qog‘ozga tushgan edi. Yon daftarda qolgan o‘sha mashq budir:
Zamaxshariy bobom sarfu nahv bitib,
Arab o‘z tilini o‘rganib olmish.
Dunyoning yarmini musulmon etib,
Bu el o‘zi yarmi nasroniy qolmish.
Unutmasligimiz kerakki, bizga tanish hamma so‘zlar ham biz tushungan ma’noni anglatmaydi.
Agar Hindistonga jurnalist sifatida borgan bo‘lsangiz zinhor ba zinhor kamina muxbirman, deya ko‘rmang. Men yaramas josusman, degan bo‘lasiz.Chunki kamina tuban, pastkash ma’nosini anglatadi. Muxbir esa ayg‘oqchi demakdir.
Islomning bag‘ri keng din ekani olamga ayon. Qur’oni Karimning “Omantu” oyati bilan har bir musulmon uchun Ollohga, uning farishtalari, rasullari, muqaddas kitoblariga imon keltirmoq farz etilgan. Yolg‘iz Muhammad alayhissalom emas, balki nasaro, yahudiy dinlarining-da barcha payg‘ambarlarini aziz tutmoq, tanho Qur’oni Karim emas, Tavrot, Zabur, Injilni ham tabarruk bilmoq buyurilgan. Buni anglab yetgan Yevropa, Rossiyaning buyuk shoir va yozuvchilari, olimlari Islom diniga yuksak ehtirom ko‘rsatganlar, chuqur o‘rganish, targ‘ib qilishga jazm etganlar. Iogann Hyote va Lev Tolstoy bunday ulug‘larning eng ulug‘laridir.


II. bob. E.Voxidov Ruxlar isyoni asaridagi o’ziga xoslik va asaridagi fojiyaviylik
2.1 E.Voxidov Ruxlar isyoni asaridagi o’ziga xoslik
Erkin Vohidov hayotda ham, sahnada ham shoir edi. Hatto yoʻl-yoʻlakay suhbatlarda ham, yo biron tadbir-anjumanda ham shunchaki joʻn, yengil soʻzlamasdi. Har bir soʻzni donalab, shoshmasdan, ohangini topib, magʻzini chaqib, marvariddek terib gapirardi. Bu fazilat uning pesa va dramatik dostonlari orqali teatr sahnasiga ham kirib kelgan.
Ustoz shoirni dramaturglar safiga qoʻshgan va mashhur qilgan sahna asari “Oltin devor” komediyasidir. Mazkur komediya 1970 yili ilk bor atoqli rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti Toshxoʻja Xoʻjayev tomonidan Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirildi. Qariyb, yarim asr muqaddam sahna yuzini koʻrgan ushbu asar necha yuz martalab oʻynalib, xalqimizga yod boʻlib ketsa-da, hali-hanuz televideniye orqali namoyish etilganda, tomoshabinni ekranga “mixlab” qoʻyadi, desak mubolagʻa boʻlmas.
Garchi, asar syujeti va kompozitsiyasi sodda, joʻn koʻrinsa-da, qahramonlari sodda, kamtar, kamsuqum, sipo va odamoxunligi bilan tomoshabinlar mehrini qozona oldi. Ayniqsa, asarning tub mohiyatiga singib ketgan xalqona yumor, spektakl jozibasi va muvaffaqiyatining asosiy omillaridan boʻldi. Albatta, bunda bosh qahramon Moʻmin rolining ijrochisi Gʻani Aʼzamovning beqiyos hissasi borligini eʼtirof etish lozim.
Spektaklda halollik va ochkoʻzlik oʻrtasida murosasiz kurash ketadi. Bu qarama-qarshi tuygʻular Moʻminni oʻzgalar bilan emas, oʻz-oʻzi bilan, oʻz vijdoni va shaytoniy nafsi bilan “jang” maydoniga tashlaydi.
Ikki qoʻshni – Abdusalom bilan Moʻmin quda boʻlish harakatida. Toʻyni bir joyda oʻtkazish uchun oʻrtadagi devor buziladi. Ittifoqo, devor orasidan bir xumcha tilla chiqadi. Xullas, qoʻshnilar talashib-tortishib, tillani boʻlib olishadi. Darhol oraga shayton “aralashadi”, shu bahona qoʻshnichilik ham, qudachilik ham barbod boʻlib, oʻrtadagi devor qayta tiklanadi. Shu lahzadan, Moʻminning tinchi buziladi, oromi yoʻqoladi va tomoshabin voqeaning oxiri nima boʻlishini kutib, miriqib tomosha qiladi.
Erkin Vohidov ilk pesasining bu qadar mashhur boʻlib ketishi sabablari bor, albatta. Eng avvalo, muallif teatr jamoasi bilan baqamti ijod qilgani, repetitsiya jarayonlarida tugʻilgan fikr-mulohaza va takliflarni sabr bilan tinglagani, kezi kelganda erinmay asarga singdira olganini aytish joiz. Gʻani Aʼzamov bilan bir suhbatimiz yodga tushadi: “Har qanday pesa teatrga toʻliq, mukammal holda kelmaydi, – degandi ustoz sanʼatkor. – Uni sahnaga moslab, pishitadigan rejissyor, qolaversa, aktyorlarning oʻzlari. “Oltin devor” ijod jarayonida pishib yetildi. Yangi voqealar, koʻrinishlar kiritildi. Lekin yana nimadir yetishmasdi. Shunda miyamga “Moʻminni uylantirish kerak”, degan fikr keldi. Pesada Moʻmin ham Abdusalomdek yolgʻiz edi. Fikrimni muallifga aytdim. Unga maʼqul keldi. Spektaklga Huriniso obrazining kiritilishi voqealarni yanada jonlantirish bilan birga, Moʻminning ichki kechinmalarini toʻlaroq ochishga ham katta yordam berdi. Shu zayl sahnada oqsoqol obrazi ham paydo boʻldi”.
Erkin Vohidov jamoa fikrini tezda anglab, pesani bir sidra qayta koʻrib chiqdi va uzoq yillar millionlab tomoshabinlar qayta-qayta koʻrib zavqlanishdan zerikmay kelayotgan ajoyib sahna asarini yaratdi.
Oradan oʻn yil oʻtib, Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri repertuarida adibning “Istanbul fojiasi” sheʼriy dramasi paydo boʻldi. Bu murakkab asarni rejissyor Neʼmat Pardayev juzʼiy oʻzgarishlar bilan sahnaga olib chiqdi. Spektaklda muhabbat, nafrat, sadoqat, xiyonat singari insoniy tuygʻular Vatan tuygʻusi, ona yurt sogʻinchi bilan mushtarak holda, ham ijtimoiy, ham lirik-romantik, ham psixologik kontrast boʻyoqlarda talqin qilinadi. Ayniqsa, oʻz yurtidan uzoqda, darbadar, muhojir boʻlib kun kechirayotgan kimsalarning ayanchli qismati va iztiroblarini loʻnda, yirik badiiy lavhalarda ifoda etishga jiddiy ahamiyat berilgani sezilib turadi. Bunda asar qahramonlarini gavdalantirgan iqtidorli sanʼatkorlar R. Mamataliyev, T. Ergashev, G. Ravshanova va boshqalarning ijodiy izlanishi samarali boʻlgan. Mazkur asar 1988 yili Oʻzbek milliy akademik drama teatrida rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Nosir Otaboyev tomonidan sahnalashtirilib, koʻp yillar namoyish etildi.
E. Vohidov qalamiga mansub yana bir asar 1995 yili Xorazm viloyat musiqali drama teatrida sahna yuzini koʻrdi. Bu safar “Ikkinchi tumor” spektakli tomoshabinlarga havola etildi. Asarni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, rejissyor Mahkam Muhamedov sahnalashtirdi. Ushbu spektaklda na hayotiy, na rahbarlik tajribasiga ega boʻlmagan sohadan mutlaqo yiroq va bexabar kimsani boshliq qilib qoʻyish orqali sinov va tajribalar oʻtkazish naqadar beoʻxshov, tragi-fars oqibatlarga olib kelishi haqida hikoya qilinadi. Rejissyor rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi O. Ollaberganov bilan birgalikda yangi badiiy-sahnaviy ifoda vositalarini izlab topishga intildi. Bu holat baʼzi oʻrinlarda voqealar shartli, xayoliy va ramziy ishoralar orqali talqin qilinishida namoyon boʻladi. Shuningdek, oʻrni bilan Erkin Vohidov sheʼrlaridan namunalar kiritilgani, yengil hazil, yumor va baʼzan satirik lavhalarning “sachrab” turishi spektaklning emotsional-estetik taʼsirchanligini oshirgan. Albatta, J. Shomurodov, A. Yoʻldoshev, G. Rahimova, Sh. Ramazonova va boshqalarning ijodiy izlanishi ham keng jamoatchilik tomonidan munosib eʼtirof etildi.
Oradan oʻn yil oʻtib, 2005 yili Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida “Oʻzbekteatr” birlashmasi loyihasi asosida Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni asosida original sahna asari dunyoga keldi. Maʼlumki, “Ruhlar isyoni” oʻtgan asr oʻzbek adabiyotining eng yorqin namunalaridan boʻlib, unda butun ongli hayoti, ijodi va jismi-jonini xalqining erki va ozodligi uchun kurashga tikkan otashin bengal shoiri Nazrul Islomning joʻshqin, ibratli, ayni paytda ayanchli taqdiri tasvirlanadi. Hur, ozod, mustaqil Vatan tuygʻusi dostonning bosh gʻoyasi hisoblanadi.
Ushbu spektaklning yaratilish jarayoni oʻziga xos tarixga ega. “Diydor” teatr-studiyasi asoschisi va birinchi rahbari, iqtidorli rejissyor Ergash Masofayev bir necha yil davomida “Ruhlar isyoni” dostoni boʻyicha bir aktyor teatri – monospektakl yaratish ustida ishlagan. Juda koʻp aktyorlarni sinagan, turli tajribalar oʻtkazgan, lekin natija boʻlmagan. Shunda rejissyorga, ushbu loyiha boʻyicha professional aktyorlar bilan original spektakl yaratish taklifini berdik. Taklif unga maʼqul boʻlib, Qashqadaryo teatrini tanladi. Rejissyor sahnaga barcha ijodiy xodimlarni chiqardi, yetmaganiga texnik xodimlar, kollej talabalari ham jalb qilindi. Qizgʻin ijodiy jarayon boshlandi. Natijada erk va mustaqillik uchun shiddatli kurash, orzu-umidlar, ehtiroslar bilan toʻlib-toshgan yorqin, monumental spektakl dunyoga keldi. Teatr jamoasi oʻsha lahzalarni hali-hanuz sogʻinib eslashadi. Spektaklning jamoatchilik koʻrigida muallifning oʻzi ishtirok etib, shunday degandi: “Ochigʻi, men bu dostonni teatrga moʻljallab yozmagandim. Shuning uchun ham uni shunday ajoyib spektakl boʻladi, deb oʻylamagandim. Ushbu spektaklning ijodkorlariga chuqur minnatdorlik bildiraman. Mustaqillik bayramimizga munosib sovgʻa boʻlibdi”…
Bu Erkin Vohidov asarlari asosida sahnalashtirilgan soʻnggi, eng yaxshi spektakl boʻlib qoldi…

2.2 E.Voxidov Ruxlar isyoni asaridagi fojiyaviylik
U beixtiyor toshoyna ro’parasiga keldi. Oynadan qiyg’och qoshlari chimirilgan, surma tortilgan ko’zlarida ehtiros yashiringan tiniq chehrali qiz qarab turardi. U o’zining aksiga o’zi bir zum tikilib turdi-da, sochini chaqqon turmakladi. Qavib tikilgan neylon xalatini yechib, atlas ko’ylak kiydi. Hozir ayni vaqti-da! Qaynonasi yo’q, birov yo’lini to’smaydi. U ayvonga o’tib, hovliga tushdi. Ayvon peshtoqidagi lampochka yorug’ida hovlidagi atirgullar sokin, xayoliy tovlanib turardi.
U tez-tez yurib, darvoza oldiga keldi. Bu xonadondan bir umrga chiqib ketayotgandek, xo’rsinib eshikni ochdi. Tashqariga chiqdi-yu, uyiga borolmasligini daf’atan tushundi. Yo’q, dadasi darrov sezadi. Bemahalda borganidan tushunadi. To’y aniq bo’lganida, oldiga o’tqazib qo’yib, lo’ndagina qilib tushuntirgan edi. «O’zing xohlab qilyapsan shu ishni, bilib qo’y, to’ydan keyin mayda-chuyda gaplarni ko’tarib keladigan bo’lsang, dilingni siyoh qilib qo’yaman».
O’sha so’zlar qulog’i ostida tag’in jaranglagandek bo’ldi-yu, bir zum to’xtab qoldi. Lekin shu ondayoq boshqa bir fikrdan ko’ngli yorishib ketdi. Ishxonasiga boradi! Qani ko’rsin-chi, qanaqa navbatchilik qilayotgan ekan Murod Vohidovich! Kim uni har kuni yarim kechagacha olib o’tirar ekan. Boshliqlarimi yoki anovi ko’k ko’z Marziyami?
U duch kelgan mashinaga qo’lini ko’tardi. Oppoq «Jiguli» ancha nariga o’tib to’xtadi.
– Beshinchi kasalxonaga! – dedi Nasiba orqa o’rindiqqa o’tirib.
O’rta yoshlardagi kishi bir zum ikkilanib turdi-da, indamay yo’lga tushdi.
Nasiba bunaqa paytda kasalxonaga kirish qiyinligini bilardi. Yo’l-yo’lakay qorovulga nima bahona qilishni o’ylab bordi. Lekin uning omadi chopdimi, buyoqdan qorovulxonaga kirishi bilan u yoqdan «Tez yordam» mashinasi chirog’ini lopillatib kelib qoldi. Qorovul chol oqsoqlanib borib panjarali darvozani ochguncha, Nasiba lip etib ichkariga kirib oldi. Hatto kinolardagi singari chaqqonlik qilgani uchun quvonib ham qo’ydi. Ana, o’sha birinchi qavat, terapiya bo’limi. U oynaband eshikni ochib, yop-yorug’ ayvonga kirdi. Vestibyul` kimsasiz, chekka-chekkadagi skameykalar bo’sh edi. Nasiba yuragi gupillab urgancha to’xtab qoldi. Hozir xuddi o’sha Marziyaga duch kelsa nima bo’ladi?
U endi yo’lak tomon yurgan edi, oq xalat kiygan notanish qiz ichkaridan yugurib chiqdi.
– Kim kerak sizga? – dedi qoshini chimirib. – Hozir otboy bo’ladi.
– Navbatchi vrachni chaqiring. – Nasiba ataylab Murodjonning otini aytmadi.
Hamshira qiz unga boshdan-oyoq yana bir qarab chiqdi-da, ichkari kirib ketdi. Nasiba xarchand bepar-vo bo’lishga urinmasin, yaxshi ish qilmaganini endi tushundi. O’zidan-o’zi ijirg’ana boshladi. Nima keragi bor edi shu yoqqa kelib? Murodjon nega kelding desa, nimani bahona qiladi? Sizni sog’inib keldim, deydimi?
Yo’lakdagi eshiklardan biri sharaqlab ochildi. Nasiba shu yoqqa qarab pildirab kelayotgan oq xalatli pakana kishini ko’rib, esankirab qoldi. Bu – ularning to’yida kosagullik qilgan xuddi o’sha Islom aka edi.
U yaqin kelib salomlashdi.
– Ha, kelin? – dedi qandaydir quruq ohangda. – Kuyovni izlab kepsiz-da!
Nasiba juda hijolatli ahvolda qoldi.
– Shundoq o’tib ketayotuvdim, – dedi ovozi zo’rg’a chiqib. – Murodjon akam, navbatchiman, degandilar.
– Murodjon akangiz navbatchi emas! – dedi Islom aka uning gapini bo’lib.
Nasiba yarq etib qaradi.
– Kecha… – dedi tutilib.
– Kechayam dejur bo’lganmas! – Islom aka tag’in uning gapini kesdi. Nasibaga bu odamning gapidan ko’ra, so’zlash ohangi og’ir botdi.
– Kechirasiz, – dedi kinoya bilan. – Bo’lmasa siz bilarsiz qayoqda yurishlarini?
– Bilaman! Xohlasangiz, oborishim mumkin.
– Mayli. Men ham bilib qo’ysam zarar qilmas.
– Hovliga chiqib turing. Men hozir… – Islom aka shunday dedi-yu, o’zining pakanaligi uchun yer aybdordek qars-qurs yurgancha, ichkari kirib ketdi.
Nasiba hovliga tushdi. Qandaydir mavhum o’ylardan ko’ngli bo’m-bo’sh bo’lib, sekin-sekin darvoza tomonga yura boshladi. Qiziq, bu nimasi? Nega bu odam u bilan bunaqa gaplashadi? O’tqazib qo’ygani bormi?
Uning orqasidan kelgan mashina g’iyqillab to’xtadi.
– Chiqing, kelin!
U Islom akaning ovozini tanib, burilib qaradi. To’rt-besh qadam narida sutrang tez yordam mashinasi to’xtagan. Islom aka avtobus eshigini qiya ochib, boshini chiqarib turardi. Nasiba ikkilanib mashinaga chiqdi. Shu ondayoq dimog’iga dori hidi urildi. Mashina o’rtasiga oq choyshab yopilgan yig’ma karavot o’rnatilgan ekan. Nasiba eshik oldidagi ixcham o’rindiqqa o’tirdi. Islom aka mashinaning narigi biqinidagi o’rindiqqa cho’kdi.
– Qayoqqa boramiz o’zi? – dedi Nasiba unga tezgina qarab olib.
– O’zingiz aytdingiz-ku! Murod Vohidovichning oldiga, – Islom aka shofyor o’tirgan kabina tomonga engash-di. – Ketdik.
Shundagina Nasiba shofyor kabinasining devorida tuynukcha borligini ko’rdi.
Mashina bir silkindi-yu, shiddat bilan yurib ketdi.
U ro’parasidagi Islom akaga shubhalanib qarab qo’ydi. Islom aka o’rindiq yonidagi tutqichni ushlagancha, ko’zini lo’q qilib o’tirar, shiftdagi chiroqning xira yorug’ida yuzidagi ifodani payqash qiyin edi. Nasiba beixtiyor ko’zini olib qochdi. Derazadan tashqariga qaradi. Mashina chiroqlar marjoni lovillab yotgan ko’chadan yelib borardi. Ancha yurishdi. Islom aka hamon miq etmay o’tirar, Nasiba uning o’ziga tikilib boratyoganini bilar, shuning uchun ataylab ko’chadan ko’z uzmasdi. Bir mahal shahar chekkasiga chiqib ketishayotganini ko’rdi-yu,xavotirga tushib qoldi. Ana, Qo’yliq bozorining darvozasi. Naryog’i dalalar… Ana, qop-qorong’i dala yo’liga burilishdi. Nasiba, yuragi gursillab urgancha, o’rnidan turib ketdi.
– Menga qarang, qayoqqa ketyapmiz o’zi? – dedi tahdid bilan. – To’xtating!
Xira chiroq yorug’ida Islom aka kinoyali kulib qo’ygandek bo’ldi.
– Mana, yetdik… Hozir.
Mashina g’iyqillab tormoz berdi. Nasiba eshik tutqichini siltab ochib yubordi. Shu ondayoq ichkariga to’zon yopirilib kirdi. Yerga sakrab tushdi-yu, tuflisi to’pig’igacha tuproqqa botib ketdi. Islom aka eshikdan boshini chiqarib, qorong’i bo’shliqqa qarab qichqirdi:
– Mashinani bir soatdan keyin yuboraman!
Mashina orqasi bilan tisarilib, bora-bora katta yo’lga burildi.
Nasiba qop-qorong’i zulmatda, tuproq ko’chaning qoq o’rtasida garang bo’lganicha turib qoldi. Vahima ichi-da atrofga alangladi-yu, yigirma qadamcha naridagi chiroqqa ko’zi tushdi. Yong’oq shohiga kattakon lampochka ilib qo’yilgan, uning atrofida parvonalar muttasil aylanardi. Shundagina u yo’lning o’sha tomonida devori chala tiklangan yakkam-dukkam uylar borligini payqadi. Ular qorong’ida qandaydir sirli, vahimali tuyular-di. Nasiba lampochka ostida allakimning sharpasini ko’rdi. Boshiga qiyiqchani chambarak qilib bog’lab olgan, maykachan odam bir qo’lida g’isht qolipni ushlagancha shu tomonga qarab turardi. U bir zum tikilib turdi-da, qichqirib yubordi:
– Nasi!
Nasiba erining tovushini taniy olmadi. Bu tovushda ham hayrat, ham qo’rquvga o’xshash ohang bor edi.
Murodjon qolipni yerga uloqtirgancha shu tomonga yugurdi. O’n qadamcha yugurgandan keyin qattiq hatladi. Nasiba o’rtada ariq borligini endi idrok etdi.
Murodjon yugurib kelib, qo’lini olg’a cho’zdi. Chamasi, Nasibaning yelkasidan quchmoqchi bo’ldi-yu, qo’li loyligi uchun tegmadi. Nasiba erini hech qachon bunaqa ahvolda ko’rmagan edi. Qizil
qiyiqcha bilan boshini bog’lab olgan, eski maykali, pochasi qaytarilgan shimi loy, yalang oyoqlarida balchiq qotib qolgan edi.
– Tinchlikmi? – dedi Murodjon uning ko’ziga tiki-lib. Keyin ancha xotirjam ovozda so’radi: – Kim opkeldi? Islom akami?
Nasiba hamon haykaldek qotib turar, ro’parasidagi mana shu odam, loyga belangan mana shu kishi eri ekaniga – Murodjon akasi ekaniga hecham ishongisi kelmasdi.
Murodjon uning ko’nglida kechayotgan gaplarni payqadi.
– Yuring, – dedi qandaydir sokin ovozda. – Mashina bir soatdan keyin kelsa bitirib qo’yay. Loyim qotib qoladi.
U Nasibani ergashtirib ariq ustiga o’rnatilgan tax-ta «yakka cho’p»dan olib o’tdi. Nasiba shuursiz bir tarz-da yong’oq tagiga keldi. Daraxt shoxiga ilingan lampochka atrofida katta-kichik parvonalar hamon muttasil aylanardi. Maydoncha kaftdek tep-tekis bo’lib ketgan, nariroqda qurigan g’ishtlar devor qilib taxlab qo’yilgan. Qator-qator qilib quyilgan xom g’ishtlar chiroq yorug’ida sovuq yaltirab turardi.
– Oz qoldi. – Murodjon bir chekkada turgan uyumdan kafti bilan qolipga qum sepdi. Keyin usta doirakashlardek qolipni aylantirib-aylantirib to’kdi. Tez-tez yurgancha beriroqdagi gumbazdek loy oldiga keldi. Cho’nqayib o’tirib oldi-da, loydan zuvala yasab, qolipga urdi. Qolipdan otilib chiqqan loy parchalari maykasiga, peshonasiga sachraganiga parvo qilmadi. Ortiqcha loyni sidirib tashladi-da, qolipni dast ko’tardi. Ikki yelkasining bo’yni bilan tutashgan yerida chuqurcha paydo bo’lib, yalang oyoq tovonlari bilan yerni gurs-gurs urgancha yugurgilab bordi-da, qolipni boyagi g’ishtlar safiga eltdi. Paq etgan tovush eshitildi. U qolipni ko’targan edi, G’ishtlar safiga yana to’rttasi qo’shildi.
Nasibaning tili endi kalimaga keldi:
– Tuzuk, bunaqa hunaringiz ham bor ekan.
Murodjon qolipni qumga qorar ekan, shu tomonga qarab jilmayib qo’ydi:
– Yigit kishiga qirq hunar ham oz… – Shunday dedi-yu, yana cho’nqayib, loy zuvala qila boshladi.
Nasiba maydoncha o’rtasida hamon qaqqayib turarkan, birdan hammasini tushundi. U hali erini ko’rgandayoq nimanidir payqaganday bo’lgandi… Endi hammasining tagiga yetdi. Murodjon nima uchun o’zgarib qolganini ham, nega har kuni «navbatchi» bo’lishini, nima uchun yarim kechada burnidan tortsa yiqilgudek bo’lib borishi-ni, hammasini tushundi. Nima uchun Islom aka o’ziga bunday muomala qilganini, nima uchun bu yerga olib kelib, bir og’iz so’z aytmay tashlab ketganini… – Bu bilan nima demoqchi ekanligini – hammasini!
«Mana, kelinposhsha! Eringning ahvolini ko’rib qo’y! Seni deb, sening orzu-havaslaring deb ering shu hunarni qilyapti». Yo’q, Islom aka buni aytgani yo’q. Ammo…
Qandoq uyat! Qandoq sharmandalik! Xo’sh, bo’lmasa nima qilsin? O’g’irlik qilsinmi? Arzimas maosh bilan shoxona to’y qilgan odam nima qilsin?
Orzu-havas emish! Umrida bir marta bo’ladigan to’y emish!
Nasiba boshi g’uvullab borayotganini, ko’ngli behuzur bo’lib ketayotganini his etar, qulog’i ostida hamon qolipning ora-chora yerga paq-paq urilgani eshitilib turardi. Go’yo yer yuzida shundan boshqa sado yo’qdek, shundan boshqa ohang qurib qolgandek.
U oyoqlarini sudragudek bo’lib bordi-da, yong’oqning g’adir-budur tanasiga suyandi. Shunda shamol turdimi yo o’zining shuuri tiniqlashdimi, yong’oq shoxlarining sho-vullashi eshitila boshladi. U ko’zlarini yumdi. Negadir tasavvurida yana o’sha dengiz shovullashi jonlandi. O’sha oydin kecha, o’sha dengiz, o’sha to’lqinlar… Sohilda Murodjon bilan o’tirishibdi.
Nasiba seskanib ko’zini ochdi. Yo’q endi ular dengiz bo’yiga borishmaydi. Oydin kechada sohilda o’tirishmaydi. Mabodo, borishganida ham, beadad dengiz sathida oy nuri yaraqlab turganida ham endi bu boshqa dengiz bo’ladi. Oy ham boshqa bo’ladi. To’lqinlar ham, hatto Murod akasi ham. Endi uning yuragi bir tekis gursillab urib, Nasibani allalamaydi.
Ular ancha narsaga ega bo’lishdi. To’y qilishdi, ota-onasi xohlaganicha, Nasiba istagancha orzu-havas ko’rishdi. Hammasini taomildagidek, «qars-badabang» qilishdi. Hammasini! Qiziq ustida bir narsani unutib qoldirishdi. Quyoshning o’lchovi bo’ladimi! Nurning vazni-chi? Baxtning tarozisi-chi?
Dengiz emish. Oydin kechalar emish?! Ana, loyga qo’shilib qolipga tushyapti. Qancha ko’p tushsa, qarzi shuncha kamayadi!
Nasibaning ko’zlaridan tirqirab yosh chiqib ketdi. U yong’oqning g’adir-budur tanasiga yuzini bosgancha, o’krab yubordi.
Bir mahal Murodjon loyli kafti bilan uning sochini silay boshladi.
– Nasi! Nima bo’ldi sizga, Nasi? – dedi ovozi titrab. Nasiba keskin burildi-yu, erining loy yopishgan, zax anqib turgan yelkasiga boshini tashlagancha, unsiz yig’lar edi.

Xulosa
Ma’nodosh so‘zlarimizning ko‘pligiga sabab bor. O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan. Diniy, ilmiy, ijtimoiy atamalarimiz asosan arab tilidan, ko‘pgina ish qurollarimiz, jomadon, hokandoz, dastshu, jomashu, dazmol, qog‘oz kabi hunarmandlikka oid so‘zlarimiz, shuningdek yuksak she’riy uslubga xos suxanlar fors tilidan kelgan. Lekin bu qat’iy qoida emas. Aksar holat desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Arab tilidan o‘tgan narsa va buyum nomlari ham tilimizda ko‘p: Aroba, musallas, istehkom, qalam singari. Shuningdek, fors tilidan kirgan falsafiy atamalar ham talaygina. Javonmard, sarbador, charxi kajraftor, Oyinai Iskandar va hokazo. Harakat nomlari asosan turkiycha. Alisher Navoiy turkiy tildagi yuzta harakat nomi, ya’ni fe’llarni sanab, fors tilida ularning muqobili yo‘q ekanini aytganlar va turkiy tilimizning boyligi, qudratini namoyish etganlar.


Bizning shunday ulug‘ she’riyatimiz bor, boylikda beqiyos ona tilimiz bor. Til millatning bosh belgisi hisoblanadi. Til bor — millat bor. Til yo‘q — millat yo‘q.
Yozuvchiga uning iste’dod darajasiga, asariga qarab emas, balki egallab turgan mansabiga qarab baho berilishi, hamma bilib, ko‘rib turgan barcha jihatlardan ojiz asarlarning maqtalib, ko‘klarga ko‘tarilishi adabiy tanqid deb atalgan muqaddas sohaning obro‘yini tushiradi.
Tanqidchi dushman orttiraman, deb qo‘rqsa yoki undagi adolat tuyg‘usidan shafqat tuyg‘usi ustun kelsa, adabiy muhitda hech qachon adolat bo‘lmaydi.
Shoir qayer to‘g‘risida, nima to‘g‘risida yozmasin, u avvalo o‘zi to‘g‘risida, o‘z xalqi va yurti to‘g‘risida yozadi.
O‘ylasam, izlanishlarimiz kabi g‘ofilligimiz-da poyonsiz ekan. So‘zni eshitamiz, so‘zlashni qotiramiz, lekin So‘z mag‘zini chaqish aksar xayolimizga kelmaydi. Nega shunday deymiz, deya o‘zimizga savol bermaymiz. Bu sinoat to‘la olam bamisoli olisdagi yulduzlardek noayon qolaveradi. Uzum yedim, “uzum” dedim, bilsam, tokdan uzib yedim, degandek, o‘z qo‘lim bilan ishkomdan uzum uzaturib, bu so‘zning uzmoqdan olingani xayolimga kelgan edi. Axir ungan narsani unum, g‘uj o‘sgan mevani g‘ujum, jamiyat tuzilishini tuzum, cho‘g‘ning qo‘ridan qolgan kulni qurum, deymiz. Og‘izga solib yutganimiz yutum, tomoqdan qult etib o‘tgan suv qultum bo‘lganidek ishkomdan uzib yeganimiz uzum bo‘ladi-da, deya o‘z sodda kashfiyotimdan suyungan edim.
Ona tili umummillat mulkidir, demak, til oldidagi mas’uliyat ham umummilliy. Men o‘zbekman, degan har bir inson o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i kerak. Unutilgan so‘zlarni tiklash, borini boyitib borish, xorijiy atamalarga munosib istilohlar topish yolg‘iz tilshunoslarning emas, millatning ishidir.
Xalqda Mehmon otangdan aziz, Ustoz otangdan ulug‘ degan hikmat bor. Biror aqlli zot, otadan ulug‘, otadan aziz inson bo‘lmaydi, deb aytgan chog‘i, keyingi vaqtda Mehmon otangdek aziz, Ustoz otangdek ulug‘ deyish urf bo‘ldi.
Otadan ulug‘ va aziz kishining yo‘qligi haqiqat. Aynan shuning uchun ham bu tashbeh ishlatiladi. Maqol xalq ijodi. Ijod badiiyatsiz, badiiyat mubolag‘asiz bo‘lmaydi. Inson boshi toshdan qattiq, deymiz. Toshdan qattiq narsa yo‘qligi uchun shunday deymiz. Tog‘ni ursa talqon qiladigan yigit, degan gap bor. Tog‘ni maydalab bo‘lmasligi uchun bu maqol qudratli va boqiy. Dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydigan odam deyish, yor yurgan ko‘chalarni supuray sochim bilan, changi chiqsa suv sepay ko‘zlardagi yoshim bilan, deya kuylash zavqi yo‘q odamning aqliga sig‘maydi. Bir do‘stimiz bo‘lardi. Latifa aytsalar kulmas, “yo‘g‘-yey” deb turardi. Shu do‘stimiz adabiy tanqidchi bo‘ldi, lekin adabiyot nima ekanini, go‘zallik nima ekanini anglamay xo‘mraygancha dunyodan o‘tib ketdi.
Mehmon otangdan ulug‘, deganda biz avvalo otani ulug‘laymiz. Otadan aziz, otadan ulug‘ zotning yo‘qligini mubolag‘a vositasi bilan tasdiqlaymiz.
Agar tilni muayyan xalqning jamoaviy intellektual mulki desak, so‘zlarni buzish, qisqartirish, har qanday o‘zgartirish qat’iy taqiqlanishi kerak edi. Lekin til to‘g‘risida xalqaro bitim yo‘q. Xalqlar bir-biridan so‘z va atamalarni hech bir ijozatsiz oladilar, o‘zlariga moslab istagan shaklga soladilar, xohlagan ma’noni yuklaydilar, tanib bo‘lmas holga keltiradilar.
Rivoyat qiladilarki, Mirzo Bedil ko‘chada ketaturib o‘z baytlarini buzib xirgoyi qilayotgan devorzan yonida to‘xtabdi va indamay uning tergan g‘ishtlarini yiqitaveribdi. Hay-haylab dod solgan devorzanga qarab shoir shunday debdi: Men faqat devoringni buzdim, sen she’rimni buzib, mening xonumonimni vayron qilding. Kim ko‘proq faryod ko‘tarishi kerak, senmi yo menmi?
Devorzan tavba qilib, uzr so‘ragan ekan.
Ajabo, she’rning egasi bor, lekin so‘zning egasi yo‘q. U bamisoli charaqlagan yulduz, oqib yotgan daryo, esib turgan shamol kabi xammaniki.
Hech kim hech kimga, hech bir xalq boshqa hech bir xalqqa, mening so‘zimni olding, o‘zgartirding, buzding, deya da’vo qilmaydi.
Ruslar fir’avnni faraon, Bobilni Vavilon, Suriyani Siriya deb aytsalar, bizning ismlarimizni Kadыr, Tadji, Gulyam deb talaffuz qilsalar birov, hay, nima qilyapsan, demaydi. Chunki bu hol ko‘pga kelgan to‘y. O‘zimiz ham talay xorijiy so‘zlarning dodini berganmiz.
Meni ajablantirgan yana bir narsa shu bo‘ldiki, arab adiblari grammatika, ya’ni sarfu nahv ustida tortishib qolsalar Zamaxshariyni “qozi” qilar ekanlar. Zamaxshariy bundoq yozgan, deyilsa, tamom, bahs tugar, e’tirozga o‘rin qolmas ekan.Mening bu ikki hayratimdan Damashqda bir to‘rtlik qog‘ozga tushgan edi. Yon daftarda qolgan o‘sha mashq budir:
Zamaxshariy bobom sarfu nahv bitib,
Arab o‘z tilini o‘rganib olmish.
Dunyoning yarmini musulmon etib,
Bu el o‘zi yarmi nasroniy qolmish.
Unutmasligimiz kerakki, bizga tanish hamma so‘zlar ham biz tushungan ma’noni anglatmaydi.
Agar Hindistonga jurnalist sifatida borgan bo‘lsangiz zinhor ba zinhor kamina muxbirman, deya ko‘rmang. Men yaramas josusman, degan bo‘lasiz.Chunki kamina tuban, pastkash ma’nosini anglatadi. Muxbir esa ayg‘oqchi demakdir.
Islomning bag‘ri keng din ekani olamga ayon. Qur’oni Karimning “Omantu” oyati bilan har bir musulmon uchun Ollohga, uning farishtalari, rasullari, muqaddas kitoblariga imon keltirmoq farz etilgan. Yolg‘iz Muhammad alayhissalom emas, balki nasaro, yahudiy dinlarining-da barcha payg‘ambarlarini aziz tutmoq, tanho Qur’oni Karim emas, Tavrot, Zabur, Injilni ham tabarruk bilmoq buyurilgan. Buni anglab yetgan Yevropa, Rossiyaning buyuk shoir va yozuvchilari, olimlari Islom diniga yuksak ehtirom ko‘rsatganlar, chuqur o‘rganish, targ‘ib qilishga jazm etganlar. Iogann Hyote va Lev Tolstoy bunday ulug‘larning eng ulug‘laridir.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Elif Batuman The Possessed: Adventures with Russian Books and the …1847083137 2011 "literary-historical landmark I had been waiting for: the emergence of an indigenous novel form. Abdulla Qodiriy’s Past Days, considered to be the first Uzbek novel, was serialized in the magazine Inqilob in 1922-25. "

  2. Abdulla Qodiriy. „Oʻtkan kunlar“ ham oʻtkan kunlar“ tanqidi ustida baʼzi izohlar. Sharq haqiqati, 1929-yil, 218-son

  3. Bayram Rahimguliyev The fate of the first Turkmen novel: From the Bloody Claw … — 2009 — Page 40 O 'tgan Kunlar (Days Gone By) by Abdulla Qodiriy, Quluq Qon (Holy Blood) by Muso Toshmuhammadogli Aybek and Tushda …


  4. Download 46.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling