Ruhlar isyoni
Download 41.1 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqerkin-vohidovning-ruhlar-isyoni-dostonida-xarakter-va-ijtimoiy-muhit-talqini
- Bu sahifa navigatsiya:
- ERKIN VOHIDOVNING ”RUHLAR ISYONI” DOSTONIDA XARAKTER VA IJTIMOIY MUHIT TALQINI Nizomiddinov Afzaldin Arabboy o’g’li
189 CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON 2022-YIL 28-MAY ERKIN VOHIDOVNING ”RUHLAR ISYONI” DOSTONIDA XARAKTER VA IJTIMOIY MUHIT TALQINI Nizomiddinov Afzaldin Arabboy o’g’li ADU, 2-bosqich magistranti ANNOTATSIYA Davr yo jamiyatning qay holatda bo`lishidan qat`iy nazar inson o`z harakatlarini odilona baholay olishi va undan keladigan javobga tayyor turmog`i lozim. Buyuk Boburiylar sulolasida ham boylikka ruju qo`yish illatining mavjudligi ko`ngilni xira qiladi. Bu yo`lda xatto jigarlar, ota va bolalar orasidagi bir-biriga qilich ko`tarishgacha borishlik bari nafs yo`lidagi harakatlar nishonasidir. Kalit so’zlar: doston, shoir, yozuvchi, taqdir, ijod, muqaddima, hikoya, rivoyat, sarguzasht Annotation: no matter where the era or society is, a person should be able to assess his actions fairly and stand ready for an answer from him. Even in the great baburids dynasty, the presence of the illusion of fortune-telling makes a dream come true. On this road, even jigarlar, between the father and the children go until they raise a sword to each other, is a sign of action on the path of bari nafs. Keywords: epic, poet, writer, fate, creativity, muqaddima, story, narration, adventure “Ruhlar isyoni» dostoniga isyonkor bengal shoiri Nazrul Islom hayoti asos kilib olingan. Dostonga uning quyidagi misralari epigraf qilib olingan: Tug`ilgansan ozod, mudom Ozod bo`lib qol! Bu asarning yaratilishi haqida shoirning o`zi shunday deydi: «Yozuvchi-shoirning vazifasi biror shaxs hayoti, sarguzashtini shunchalik hikoya qilib berishdan iborat bo`lsa, dunyoda yozuvchilikdan oson hunar bo`lmasdi. Ijodkor o`z qahramoni hayoti, taqdirini badiiy tahlil etishi, shu bahonada o`chining hayot haqidagi kuzatishlari, o`y- mushohadalarini o`rtaga tashlash kerak-ku, axir! Mening qahramonim - Nazrul Islom taqdiri bu jihatdan g`oyat boy material berardi. Mushkul ijodiy izlanishlar pallasi boshlandi, dostonning tayyor ilk variantidan voz kechishga to`g`ri keldi, ko`p urinishlardan keyin dostonning o`quvchilarga taqdim etilgan hozirgi varianti paydo bo`ldi». Doston shakliy jihatdan Muqaddima, Abadiyat haqida rivoyat, 5 fasl va Nihoyadan iborat. 5 faslning har biri o`z ichida turli hikoyat va rivoyatlarga bo`linadi. Birinchi faslda - “Shoir qalbi”, “Isyon qo`shig`i”, “Fidoiylik to`g`risida rivoyat”; Ikkinchi faslda – “G`alayon”, “Jaholat to`g`risida rivoyat”; Uchinchi faslda – “Tutqunlikda”, “Shoh Jahon va Avrangzeb haqida rivoyat”; To`rtinchi faslda – “Sharpalar”, “Oliy ruhlar to`g`risida naql”; 190 CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON 2022-YIL 28-MAY Beshinchi faslda – “Ozodlik”, “Zohidlar va oriflar haqida rivoyat”singari bo`limlar joy olgan. Dostonning “Nihoya” qismi boshlanmasidan “Dehli, 20-mart, 1979-yil” so`zlari joy olgan. Bu bizga dostonning yakunlangan sanasidan darak beradi. Doston qismlarini mazmun jihatdan tahlil etsak quyidagi xulosalarga kelish mumkin: uning ilk “Muqaddima” qismida shoir insonlar fe`l-atvori, hayot tarzidagi burulishlar haqida bayon etar ekan, har bir yo`lning kirish va chiqish yo`lagi bo`ladi. Xatto, hayotdagi qiyinchiliklardan ham qochib qutulish mumkin, biroq, shunday tuyg`u borki, unga imkon yo`q. Shoir uni quyidagicha ta`riflaydi: Bu – Shoirning dilin ezgan Istibdodning dardidir. Yurakdan qon bo`lib sizgan Iste`dodning dardidir. To`lg`og`ida bu alamning Tanho ingroq – xonish bor. Abadiyat Jahannamning Otashida yonish bor. Dostonning keying qismi “Abadiyat haqida rivoyat” da cho`lda falokatga duch kelgan karvon va undan birgina omon qolgan yo`lovchi tasviri orqali insoniyat hayotining mazmuni yoritiladi. Yo`lovchi sabri orqali buloqdagi suvdan ichmadi va umrbod hayotni tanlamadi. Yo`lida davom etar ekan bu buloqdan ming yillar avval suv ichgan insonga duch keldi. Uning so`zlarini tinglagach ko`zasiga to`ldirib olgan suvni qumga to`kib yubordi. U suvdan unib chiqqan nihol katta chinor daraxtiga ayalandi. Shundan chinor daraxti uzoq yillar umr ko`radi. Shoir bu qismda inson qanchalik umr ko`rmasin uni mazmunli o`tkizishga chorlaydi. Kel, ey ko`nglim, Bizning hayot Emas ekan Jovidon, Bu dunyoda Izla nashot, Yasha faqat Shodumon, Bu hayotning Yarmi rohat, Yarmi ga`mdir, 191 CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON 2022-YIL 28-MAY Shukr qil. Umring uzun bo`lsa – Raxmat, Agar kamdir, Shukr qil. Adib dostonning «Shoir qalbi» bo`limida «iste`dodiing tabiati isyondir» deb ta`kidlaydi. “Fidoiylik to`g`risida rivoyat” da buyuk Hind elining odati sanalgan “oilada er vafot etsa ayolni ham qo`shib yondirish” misolida yer yuzidagi nohaqlik va zo`rlikka ko`nmagan insonlar jasorati bayon etiladi. Shoir rivoyat so`ngida insonlarni haq uchun kurashga chorlaydi va u yo`lda o`limdan qo`rqmaslikni ta`kidlaydi. Bu dunyoda Nohaqlikka Ko`nmaganlar bor bo`lsin, Zo`rlik ko`rsang, Qilma toqat, Har boshda bir o`lim bor, Fidoiylar umri faqat Bu dunyoda Poyidor! Ikkinchi faslning “G`alayon” qismi boshlanar ekan shoir unga “Kalkutta, 1926- yil” so`zlarini muhr qiladi. Unda Kalkuttada sodir etilgan hind va musulmon dini vakillari orasidagi jang tasviri bayon etilgan. Unda ikki din orasiga garchi bosqinchiar nifoq slogan bo`lsa-da, unga aybdor deyar Nazrul deb topildi. Nazrulning birgina aybi xalqqa haqiqatni ochiq aytgani, odamlarni xunrezlikdan qaytarmoqchi bo`lgani bo`ldi. Uni xibsga mahkum etdilar. Ajab! Soqchi – Bir yon hindu Bir yon esa Musulmon. Uni turtar musulmon ham, Siltaydi hind havoldor… Ikki din vakillarini inoqlikka chorlagan Nazrul oxir – oqibat ikki din vakillarining ham nafratiga duchor bo`ldi. «Jaholat to`g`risidagi rivoyat» da esa donishmand ulug` hakimning jaholat hukm surgan zamonda olomon tomonidan sazoyi etilishi va gulxanda kuydirilishini tasvirlaydi. 192 CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON 2022-YIL 28-MAY “Shoh Jahon va Avrangzeb haqida rivoyat”da bosh g`oya “Alqasosu minalhaq” ya`ni, bu hayotda hech bir ish javobsiz va yo jazosiz qolmasligi bayon etiladi. Shoh Jahon yuragi qanchalik saodatga va muhabbatga to`la bo`lmasin uning yoshligida toj- u taxt uchun qilgan isyoni vaqtlar o`tib o`z farzandidan qaytgani tasviri hikoya qilinadi. Davr yo jamiyatning qay holatda bo`lishidan qat`iy nazar inson o`z harakatlarini odilona baholay olishi va undan keladigan javobga tayyor turmog`i lozim. Buyuk Boburiylar sulolasida ham boylikka ruju qo`yish illatining mavjudligi ko`ngilni xira qiladi. Bu yo`lda xatto jigarlar, ota va bolalar orasidagi bir-biriga qilich ko`tarishgacha borishlik bari nafs yo`lidagi harakatlar nishonasidir. Biroq, dunyoda muhabbat shunday tuyg`u-ki, unga hech bir johil ham salbiy ta`sir o`tkaza olmaydi. Buni biz mazkur rivoyatdagi Tojmahalning qurilishi va uni hozirgi davrgacha yetib kelishligidan ham bilishimiz mumkin. Dostonning “Nihoya”sida shoirning aftobus ichida turib xalq g`alayoniga guvoh bo`lganining tasvirini ko`rishimiz mumkin. Unda nochor Hindiston ko`plab shaharlaridan kelgan och insonlar bosh ko`targan. Shoir dunyoda suv va olov balosini eng daxshatli deb hisoblaydi. Biroq, ularning ham qandaydir yechimi bor. Ammo och va nochor xalq bosh ko`tarsa uning yechimi qayerda? Doston boshdan oyoq Nazrul Islom xotirasiga bag`ishlangan ekan, shoir Nazrul yurtidagi nohaqliklarga jimgina kuzatuvchi bo`lishni istamaydi. Dunyoda nohaqlik qurboni bo`lgan ko`plab insonlarni yodga oladi. Jamiyatda sodir bo`layotgan nohaqlik va zulmning jabrlanuvchisi oddiy xalq kishisi bo`layotganini qayta-qayta ta`kidlaydi. Unday ishlarga shunchaki kuzatuvchi bo`lishi shoir qattiq qoralaydi: Saqla, - Deydi, - Yurak qo`ring. Dil otashing so`nmasin. Umring ado bo`lmay turib Cho`g`ing ado bo`lmasin. 193 CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON 2022-YIL 28-MAY Download 41.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling