Ushbu Nizom «Yong’in xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong’in xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYOXX deb ataladi) yoki idoraviy yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalari mavjudligidan qati nazar, tashkilotlarda, aholi punktlarida va boshqa xududlarda ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyati, shuningdek ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchilarii ro‘yxatga olish tartibini belgilaydi.
Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati yong’inlarning oldini olish va o‘chirish ishlarida fuqarolarning sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi: tashkilotlarda, aholi punktlarida va boshqa xududlarda yong’in xavfsizligi talablariga
rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
aholiga, tashkilotlarda xodimlarga yong’in xavfsizligi chora-tadbirlarini o‘rgatishda, shuningdek yong’in sodir bo‘lganda ularning harakatqilishiga tayyorgarlikni amalga oshirishda ishtirok etish;
Yong’inga qarshi targibotni amalga oshirish;
Yong’inlarni o‘chirish, yong’in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish.
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ko‘ngilli yong’indan saqlash xizmati - fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlar, aholi punktlari va boshqa xududlarda yong’in xavfsizligi chora-tadbirlarini ta’minlash, yong’inlarni o‘chirishda ishtirok etishi shakli;
Ko‘ngilli yong’in o‘chiruvchi - yong’inlarning oldini olish va (Yoki) o‘chirishbo‘yichaYong’indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatida ko‘ngilli ravishda (mehnat shartnomasi tuzmasdan) bevosita ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
Do'stlaringiz bilan baham: |