Rukn: Intervyu
Download 28.5 Kb.
|
Interaktiv xizmatlar-WPS Office
Interaktiv xizmatlar – aholi uchun ajoyib qulaylik 10.10.2013 Rukn: Intervyu. Muallif: Umar Ganiyev. gis_10_10_2013 Bugungi kunda internet tarmog‘i imkoniyatlaridan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda keng foydalanilishi sababli jamiyat taraqqiyotida sezilarli darajada samaradorlikka erishilayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. So‘nggi yillarda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari va Hukumati tomonidan davlat boshqaruvi, iqtisodiyoti, fan, madaniyat, ta’lim, tibbiyot va aholining ijtimoiy hayotiga AKT’ni keng va faol joriy qilinishiga alohida katta e’tibor qaratilayotganligini e’tirof etish zarur. Respublikamizda AKT’ning joriy etilishida qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlari katta ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi PF-3080-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-iyuldagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-117-sonli qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1730-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi «Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 378-sonli Qarorlari mamlakatimizda AKT’ni rivojlantirishga yo‘naltirilgan muhim qadam bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 378-sonli Qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan harakatlar ijobiy natijalar bermoqda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishi, faoliyatiga zamonaviy AKT’ning joriy etilishi, rasmiy veb-saytlari orqali faoliyatiga oid axborotlarni ommaga to‘liq yetkazilishini ta’minlashlari, foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan ma’lumotlarni oshkoralik va ochiqlik (shaffoflik) darajasini ta’minlashlari, yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini elektron ko‘rinishga o‘tkazishni ta’minlashlari, shuningdek, davlat boshqaruv organlarida elektron boshqaruvning joriy etilishi holati yuzasidan nazoratni olib borish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli Qaroriga muvofiq Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi zimmasiga yangi vazifa va funksiya sifatida yuklatildi. Yuqorida sanab o‘tilgan yangi vazifa va funksiyalarning unumli va to‘liq ijrosini ta’minlash maqsadida inspeksiya, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, «UZINFOCOM» markazi hamda «UNICON.UZ» DUK’lar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikdagi kelishuvlar imzolandi hamda bir qator tashkiliy ishlar yo‘lga qo‘yilib, quyidagi maqsadli yo‘nalishlar belgilab olindi: • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatida zamonaviy AKT’ni joriy etish va rivojlantirish jarayonlari yuzasidan nazoratni olib borish; • aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan o‘rganish va tekshirishlar reja-jadvaliga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazish; • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan rasmiy veb-saytlari orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish; • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan «NIS.UZ» elektron portaliga joylashtirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi yuzasidan monitoring o‘tkazish; • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatlarida AKT sohasiga taalluqli bo‘lgan Hukumat qarorlari va farmonlari hamda tegishli organlar tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar talablarining bajarilishi yuzasidan nazorat olib borish va shu kabilar. Sir emaski, hozirgi kunda ayrim davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan yuqorida sanab o‘tilgan farmonlar va qarorlarda yuklangan ustuvor vazifalar ijrosining bajarilishi ta’minlanishida sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Xususan, Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 181-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Bazaviy interaktiv xizmatlari reestri»ga muvofiq, davlat boshqaruv organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatilishi majburiy qilib belgilangan interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishi hamda rasmiy veb-saytlarini belgilangan tartibda yangiliklar bilan to‘ldirib borishlari ta’minlanishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, «O‘zbekiston Metallurgiya Kombinati» OAJ, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, «O‘zbekkino» Milliy agentligi, «O‘zvinosanoat-xolding» Kompaniyasi, «O‘zbekneftgaz» MXK, «O‘zavtosanoat» AK hamda O‘zbekiston Respublikasi «O‘zvinosanoat-xolding» Kompaniyasi kabi bir qator idora va tashkilotlar rasmiy veb-saytlarida: • aholiga qulaylik yaratish va boshqaruv organining faoliyatidan kelib chiqqan holda ko‘rsatiladigan xizmatlarning oshkoralik darajasini rasmiy veb-saytlari orqali yoritilishini ta’minlash maqsadida «interaktiv xizmatlar bloki» tashkil etilishi hamda rasmiy veb-saytlarda reyestrda belgilangan interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ma’lumotlar joylashtirish bo‘yicha ishlar yetarli darajada emasligi, shuningdek, ayrim davlat organlari rasmiy veb-saytlarida texnik kamchiliklarning bartaraf etilishi yuzasidan qayta yangilanish ishlari ketayotganligi sababli rasmiy sayt bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud emasligi; • shu kunga qadar ayrim davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan xizmatlarni interaktiv ko‘rinishda rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatilishi bo‘yicha ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi; • rasmiy veb-saytning versiyasi uch tilda: rus, o‘zbek va ingliz tillarida bo‘lib, ayrim davlat organlari tomonidan faqat o‘zbek tilida, ayrim davlat organlari tomonidan esa faqat rus tilida ma’lumotlar kiritilganligi; • rasmiy veb-saytda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan interaktiv xizmat turlari bir joyga jamlanmagan holda saytning turli bo‘limlari (blok)ga joylashtirilganligi; • barcha davlat va boshqaruv organlari rasmiy veb-saytlari orqali majburiy qilib belgilangan, interaktiv xizmat turlaridan biri «Fuqarolar murojaati» rasmiy veb-saytlar orqali ko‘rsatilishining joriy etilishi talab darajasida emasligi, yuridik va jismoniy shaxslardan elektron shaklda kelib tushgan murojaatlarga qonunda belgilangan muddatlarda javob berilmayotganligi kabi holatlarni kamchilik sifatida sanab o‘tish mumkin. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida takrorlanmasligining oldini olish, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tomonidan faoliyatlariga zamonaviy AKT’ning joriy etilishi bo‘yicha hukumatning tegishli farmonlari va qarorlari ijrosini ta’minlashlariga mas’uliyat bilan yondashishlari, shuningdek, AKT bo‘yicha xodimlar bilim malakalarini oshirish, boshqaruv jarayonida axborot tizimlari va axborot-resurslardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish, qog‘oz sarfini tejash hamda vaqtdan oqilona foydalanish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini interaktiv ko‘rinishga bosqichma-bosqich o‘tkazishni jadallashtirish yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda tegishli choralar ko‘rilishi so‘ralib O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga ma’lumotlar kiritildi. Download 28.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling