Rul kuchaytirgichlari
-rasm. Rul kuchaytirgich turlari
Download 0.73 Mb.
|
Gidrokuchaytrgichli va gidroxajmiy rul boshqarmasi 5 mavvzu — копия (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1-rasm. Rul boshqarmasidagi gidrokuchaytirgichi
25.4-rasm. Rul kuchaytirgich turlari:
a) gidravlik rul kuchaytirgich; b) elektromexanik rul kuchaytirgich; 1-elektrodvigatel; 2-chervyak; 3-chervyakli g‘ildirak; 4-sirg;alish muftasi; 5-potentsiometr; 6-qobiq; 7-rul vali; 8-rul vali datchigiga ulanish kontakti; 9-elektrodvigatel elektr ta‘minot’kontakti. Yuqorida qayd etilgan kuchaytirgichning joylashuv tartibida va konstruksiyasida o‘ziga xos afzalliklar va kamchiliklar mavjud. Bular puxtaligi, ishonchli ishlashi, ixchamligi va narxi bilan baholanadi. Gidrokuchaytirgich ishlash prinsipi sxemasi (25.4-rasm a) keltirilgan. Nasos avtomobil dvigatelidan harakatni oladi. Nasosning tepa qismida moy solish uchun maxsus asbob o‘rnatilgan. Moy nasosdan, o‘tkazgichlar orqali taqsimlagichga uzatiladi. Taqsimlagich korpus va zolotnikdan iborat. Zolotnik shtanga orqali avtomobilning rul mexanizmiga ulangan, korpus esa boshqariluvchi g‘ildirakning burish sapfasi richagi bilan shtanga orqali birlashtirilgan. Taqsimlagich va moy o‘tkazgichlar bilan gidrotsilindrning ikki kamerasiga ulangan. Silindr avtomobil ramasiga sharnir ravishda mahkamlangan. Uning porsheni shtok orqali, boshqariluvchi g‘ildirakning burilish sapfasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Moy o‘tkazgich taqsimlagichni moy baki bilan ulaydi. 7.1-rasm. Rul boshqarmasidagi gidrokuchaytirgichi a-komponovka sxemasi; b, v-zolotnikli taqsimlagich 1-taqsimlagich; 2- tortqi; 3-richag; 4-gidrosilindr; 7-16-zolotnik; 8-soshka; 9-rul chambaragi; 5-6-10-15-o‘tkazgich; 11-nasos; 12-bak; 13-saqlagich klapan; 14-gidroakkumulyator; 17-21-prujina; 18-20-reaktiv shayba; 19-korpus; Rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichini hisoblash quruq asfaltda avtomobil to‘liq yuklangan holatda boshqariluvchi g‘ildiraklarning qarshilik momenti aniqlashdan boshlanadi. Undan keyin quyidagilar aniqlanadi: ishchi silindr va taqsimlagichning o‘lchamlari, truba o‘tkazgichning diametri, gidronasosning ish unumdorligi, quvvati va uning suyuqlik sarfi. Haydovchining rul chambaragiga beradigan kuchi miqdori yengil avtomobil uchun 70 N dan oshib ketmasligi kerak. Ixtiyoriy avtomobil va traktorlar uchun rul boshqarmasi gidrokuchaytirgichini hisoblashda gidravlik tizimdagi gidrosilindrni asosiy parametrlarini hisoblashning o’zi kifoya. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling