Rus tilshunosligida
Download 23.33 Kb.
|
1 2
Bog'liqKonseptual tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ham qarg‘ani mangu hamrohingizni”
Alvasti:
Kechiring, bilmadim, qarilik qursin, Ne qilay bilmadim tuyog‘ingizni, Ham qarg‘ani mangu hamrohingizni. Mefistofel: Kechirdim, balki sen begunohdirsen, Diydor ko‘rishmadik anchadan buyon, Ko‘p fasllar kechdi, o‘tdi ko‘p zamon. Alvasti hamda Mefistofel suhbati. Asarni to‘liq o‘qib chiqmagan kitobxon Mefistofel kimligini bilmasligi aniq. Biroq yetarlicha orqa fon bilimiga ega bo‘lgan shaxs matndan uni anglab olishi turgan gap: “Ne qilay bilmadim tuyog‘ingizni”. Asar nemis adabiyoti durdonasi bo‘lishiga qaramasdan, shaytonning echki tuyoq bo‘lishi haqidagi afsonalardan Mefistofel aynan shayton ekanligini bilib olsa bo‘ladi. ( eslang: Abdulla Oripov “Sohibqiron”). Demak yuqoridagi matn uning ma’lum bir qismi bilan Alvasti va Shayton suhbati ekanligi anglashildi. Lekin milliy madaniy jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, “Ham qarg‘ani mangu hamrohingizni” ekanligi boshqa millat vakillari uchun yod tushuncha bo‘lishi aniq. Xususan, o‘zbek xalqida ham qarg‘a ijobiy taassurot uyg‘otmasa-da, shaytonning hamrohi, degan tushuncha mavjud emas. Ingliz xalqida qarg‘alar ijobiy obraz hisoblanadi. Hattoki, ayollar go‘zalligini ta’riflashda qarg‘a ishtirok etadi. Yuqorida keltirilgan ikkita badiiy matn matn tarkibidagi gaplar konsept bo‘la olishi, ularning kognitiv-semantik xususiyatlari butun ma’noni anglashga yordam berishi, aynan ushbu jihatlar orqali sintaktik konsept anglashilishi va sintaktik konsept ham milliy madaniy o‘ziga xosliklarga ega bo‘lishining isboti bo‘la oladi. Tahlil qiluvchi shaxs shu millat vakili bo’lsa, matnni konseptual tahlil qilishda deyarli muammo kuzatilmaydi. Agar tahlil qiluvchi kishi boshqa madaniyatga tegishli matnni ustida tahlil olib borsa, u barcha konseptlarni ham topolmaydi, anglolmaydi. Quyida bir nechta o’zbek milliy madaniyatiga oid matnlardan parchalarni tahlilga tortamiz: Qayga bormay boshda do‘ppim, G’oz yurarman, gerdayib, Olam uzra nomi ketgan O’zbekiston, o‘zbegim. (E. Vohidov “O‘zbegim”) Ushbu matndagi do‘ppi leksemasi konsept bo‘lib kelmoqda. Bu birlik o’zbek madaniyatida eng qadrlanadigan bosh kiyimlardan biri hisoblanadi. Bu birlikni ko’rganda yoki eshitganda har bir o’zbekning hissiy sezgilari ishga tushadi do’ppi bilan bog’liq xotiralar assotsiyalanadi. Jonli muloqot nutqida ham do’ppi bilan ko’plab birikmalar mavjud: bosh omon bo’lsa do’ppi topiladi; boshga do’ppi tort kelganda; do’ppisini osmonga otmoq va h.k.lar. do‘ppi – avra-astarli, ko‘pincha qavima, pilta urilgan to‘garak yoki to‘rtburchak shakldagi o‘zbeklarning milliy bosh kiyimi. Bu iboralarning birinchi va ikkinchisida salbiy mazmun ifodalangan. Ya’ni kutilgan natijaga erisha olmas, vaziyat noqulay bo’lishi, tang ahvolda qolish kabi ma’nolar ifodalangan. Do’ppisini osmonga otmoq iborasida xursandchilik, mamunlik kabi ijobiy muzmun ifodalab kelgan. Har bir o’zbek do’ppini faxr bilan kiyadi. U shunday bosh kiyimki, uni xalqimiz to’ylarida ham azalarida ham kiyib yurishlarini kuzatishimiz mumkin. Qolaversa, bizning e’tiqodimizda ham bosh kiyim kiyishning foydalari ko’pligi tushuntiriladi. Shu boisdan bo’lsa kerak, do’ppi o’zbek milliy madaniyatidagi ajralmas birliklardan sanaladi. Baliqchi tanti edi: “Yo‘qdir berar nonimiz, Lekin kuyar jonimiz, Mayli, shu safar to‘rga Chiqqanin ol o‘zingga. (H. Olimjon “Oygul bilan Baxtiyor”) Biz mazkur parchani konseptual tahlil qilish uchun tanladik. Bu matndan anglashiladki, bosh qahramonlardan biri Baxtiyor nochorlikdan baliqchilardan yeyish uchun non so’raydi. Xo’sh, u nega yeyish uchun non so’radi? Nonning o’rniga boshqa yegulik so’rash ham mumkin edi-ku! Shu asar bilan tanish kishi juda yaxshi biladiki, asarning keyingi bir o’rinda Oygul ham non so’raydi: Oygul: “Non bormi?”— dedi. Podachi tanti edi: “Nonimiz yo’qdir bilsang, Ozgina sabr qilsang Baliqni pishirarmiz, Birgalashib yeyarmiz”. Bu ikki qahramon bejizga yeyish uchun non so’ramayapti. Chunki o’zbek madaniyatida non eng ko’p yeyiladigan ozuqa hisoblanadi. Masalan, yaponlarda guruch, ruslarda kartoshka eng sevimli va eng karakli yegulik hisoblansa, bizda non xuddi shunday ahamiyatga ega mahsulotdir. Bu birlik eng qadrli yegulik sifatida e’zozlanadi. Bu gapimiz isbotini non konsepti bilan yuzaga kelgan ibora va birikmalardan yaqqol bilib olish mumkin. Masalan, nonko’r; non urgur; nonning ushog’i ham non; nondek aziz bo’lgur va boshqalar. Bu birliklar nonning milliy madaniyatdagi o’rnini yanada yuksakroq ekanligini ko’rsatib turibdi. Download 23.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling