Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 1 rustamjon o‘rinov
Download 0,94 Mb. Pdf ko'rish
|
Qisqacha Savol javoblar 090518154441
O‘rta darajali savol-javoblar Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 10 19. “Bir qozonda sho‘rva qaynayotgan, bir qozonda qazi, bir o‘choqda non yopilayotgan, bir o‘choqda somsa. Xullas, to‘yga o‘xshab ketardi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? “Do‘nan” (“Yetti zog‘ora qissasi”)
“O‘ziga to‘q, tinch oilada katta bo‘lgan yolg‘iz o‘g‘il” deb qaysi asarda va kim ta’riflangan? “Do‘nan”da Toshtemir
“Navoiyni mahliyo qilgan donishmand” kim? Otoyi
22. Ushbu asarni o‘qir ekansiz, ona tilimiz – o‘zbek tilining qanchalar boy va shiraliligini, u orqali chizilgan tabiat va inson manzaralarining naqadar tiniqligiga ham guvoh bo‘lasiz. Ushbu ta’rif qaysi asar haqida? “Yetti zog‘ora qissasi” 23. Xudoyberdi To‘xtaboyevning mustaqillik yillarida yozgan asarlari qaysilar? “Jannati odamlar”, “Qiz bolaga tosh otmang”, “Qiz talashgan o‘smirlar”, “Quyonlar saltanati”, “Yangi ohangda kuylayotgan viloyat”, “Tagob qishloq ertaklari”, “Qaylarda qolding bolaligim”
hujjatli qissasi qaysi? “Yangi ohangda kuylayotgan viloyat” 25. Qaysi ijodkor o‘zi tug‘ilgan qishloq nomini o‘zining asarlaridan birining nomida keltirib o‘tgan? X.To‘xtaboyev ( qishloq: Katta tagob; asar:
“Tagob qishloq ertaklari”)
26. “Yegani ovqat topolmay bir-birini dumini shimib yotgan ilonlar” qaysi asarda uchraydi? “Sariq devni minib”
“Peshonasi do‘ng bola” deb qaysi asarda va kim ta’riflangan? “Sariq devni minib”da Hayitvoy 28. “Burni angishvonaga o‘xshaydigan” obraz qaysi asarda uchraydi va kim? “Sariq devni minib”da Hoshimjon 29. “Poyonsiz dalalarga chiqqanida joni taniga sig‘may ketadigan obraz” qaysi asarda uchraydi va kim? “Sariq devni minib”da Hoshimjon
Janni Rodarining “Qutbdagi gunafsha” ertagida gunafshaga nisbatan “Doimo shunday xushboy xid taratib turish uchun butun bir omborxonaga ega bo‘lish kerak” deb qaysi hayvon aytadi? Tyulen
31. “Ushbu asarda bugungi uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tortib to fazoviy kemalargacha bo‘lgan ashyolarni uchratamiz”. Ushbu tarif qaysi asar haqida? “Shahzoda Plombir”
“Muqimiy bayozi” deb nomlangan to‘plam kim tomonidan tuzilgan? G‘.G‘ulom 33. Muqimiyni elga mashhur qilgan , uni o‘tkir hajvgo‘y sifatida tanitgan asari qaysi? “Tanobchilar”
O‘rta darajali savol-javoblar Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 11 34. “Tanobchilar”da oqsoqolga qarata “Bizni juda bechora odamlardan deb o‘yladingmi?” deb kim aytgan? Hakimjon 35. Abdulla Qahhorning qaysi asar(lar)i asosida telespektakllar, video va badiiy filmlar suratga olingan? “Sinchalak” qissasi va “Qo‘shchinor chiroqlari” romani
“Ushbu asarda iqtisodiy-madaniy qoloqlikning fojiali oqibatlaridan biri – johillik quyuq bo‘yoqlarda aks ettirilgan”. Ushbu ta’rif qaysi asar haqida? “Bemor”
“Ko‘zlari qiyg‘och” deya ta’riflangan ayol
qaysi asarda uchraydi? “Muzqaymoq” hikoyasida 38. “Muzqaymoq” hikoyasidagi bolaning onasini ismi bilan bir xil nomda asar yozgan
ijodkor kim? To‘ra Sulaymon (“Gulshan” asari)
opasi bor edi
Ikki nafar 40. Kalxatlardan qo‘rqqan jo‘jalarday bir-birining pinjiga kirib olgan bolalar qaysi asarda uchraydi? “Muzqaymoq” hikoyasida
Qaysi asar qahramonlaridan biri o‘zini “nog‘oraga o‘rgangan harbiy ot” ga
o‘xshatadi. “Muzqaymoq” hikoyasida bola 42. “Bitta shaltoq buzoq bir podani buzadi” maqoli qaysi asarda uchraydi? “Muzqaymoq” hikoyasida 43. “Muzqaymoq” hikoyasida aytilishicha, Egamberdi Yoqubovning necha nafar farzand i bor edi? Odil Yoqubov nechanchi farzand edi? Besh nafar; Odil Yoqubov uchunchi farzand edi 44. “Dahshatdan haykalday qotib qolgan” obraz qaysi asarda uchraydi? “Muzqaymoq” hikoyasida Egamberdi Yoqubov 45. 10 yoshiga yetar-yetmas ham otasidan, ham onasidan ajralib qolgan ijodkor kim? Erkin Vohidov 46. Erkin Vohidovning qaysi asar(lar)i faqat shoir qalbining, kechinmalarininggina emas, balki xalq hayotining ham ko‘zgusi hisoblanadi? “Ishq savdosi”, “She’r dunyosi”, “Umr daryosi” va “Ko‘ngil nidosi” 47. Erkin Vohidov ijodida nima hamisha bosh mavzu bo‘lib kelgan? Insonparvarlik 48. Kim o‘zbek xalqi tog‘larini bo‘g‘ma ajdar ga o‘xshatgan? Erkin Vohidov (“O‘zbekim” qasidasida” 49. Qaysi asarda o‘zbek xalqi “ilm-u she’rda shoh-u sulton, lekin taqdirda qul” deb aytib o‘tilgan? “O‘zbegim” qasidasida 50. E.Vohidov “O‘zbegim” qasidasida aytishicha, “she’riyatning gulshanida so‘lgan ijodkor” kim? Nodira
O‘rta darajali savol-javoblar Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 12 51. “Suv qalqisa, loyqasi yuqoriga chiqadiganday, zamon qalqigandan buyon yomon ko‘paydi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? “Urushning so‘nggi qurboni”
Said Ahmadning “Sobiq” hikoyasida kim(lar) “O‘larcha ezma, shoshmagan odam bo‘lishar ekan” deb ta’riflangan? Kinochilar 53. “Dabdababozlik nishoni” ga aylangan obraz qaysi asarda uchraydi? “Sobiq” hikoyasida paxtakor 54. Insoniyatni fashizm atalmish vabodan qutqarish yo‘lida qurbon bo‘lgan chex shoiri kim? Yulius Fuchik 55. Musa Jalil o‘zining qaysi she’rida pistoleti xiyonat qilganligini aytib o‘tgan? “Kechir, yurtim” 56. O‘z o‘rnini urush maydonlarida deb bilgan ijodkor kim? Musa Jalil 57. Mahbuslar orasida o‘zining dushmanga nafrat, kelgusi ozod va yorug‘ kunlarga ishonch bilan yo‘g‘rilgan da’vatlari, she’rlari bilan tanilgan ijodkor kim? Musa Jalil 58. “Hayot hodisalarini chuqur idrok etuvchi” ijodkor deb kim ta’riflangan? Musa Jalil 59. “Qalami o‘tkir ijodkor” deb kim ta’riflangan? Musa Jalil 60. Nima kundalik hayotimizni bezovchi ko‘ngil mulki hisoblanadi? Xalq qo‘shiqlari 61. Nima yoshlik, jo‘shqinlik ramzi hisoblanadi? Boychechak 62. Juft-juft matn va naqoratdan tashkil topgan xalq qo‘shig‘i qaysi? “Chittigul” 63. “Mahbub ul-qulub”da aytib otilgan “kashaf” so‘zining ma’nosi nima? Toshbaqa chanog‘i 64. “Mahbub ul-qulub”da aytib otilgan “yurutachi” so‘zining ma’nosi nima? Kalxat
65. “Halol molni kuydirganni devona deydilar, yorug‘ joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? “Mahbub ul-qulub”
“zanbur” so‘zining ma’nosi nima? ari
67. “Mahbub ul-qulub”da aytilishicha, bo‘stondagi eng yoqimli gullar qaysilar? Gulsafsar, gulg‘uncha, rayhon 68. “Mahbub ul-qulub”da aytilishicha, baxt bag‘ishlovchi toza ruh manbasi nima? Til
69. “Mahbub ul-qulub”da aytilishicha, nima(lar) tavoze va adabning negizi hisoblanadi? Azob va mashaqqat 70. “Bahoriston” asarining muallifi kim? Abdurahmon Jomiy O‘rta darajali savol-javoblar Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 13 71. 3 qism
dan iborat “Mahbub ul-qulub” asarining har bir qismi nima haqida ekanligini toping?
1-qism: odamlarning fe’l-atvori va avoli haqida; 2-qism: yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati to‘g‘risida; 3-qism: turli foydali kuzatishlar va misollar haqida.
Ko‘proq oddiy insonlarga manzur bo‘ladigan she’rlar, hajviy asarlar bitgan ijodkor kim?
Gulxaniy (Jur’at) 73. “Maymun bilan najjor” dagi duradgor uchun tog‘
nimaga o‘xshar edi? Xusrav Dehlaviy kitobiga 74. “Toshbaqa bilan chayon” da toshbaqa qayerdan qayerga ketayotgan edi? Iroqdan Hijozga 75. “Toshbaqa bilan chayon”da chayonning suvdan qo‘rqib, nayzasini kiftiga tashlab, yuqori va quyi yurishi nimaga o‘xshatilgan? Qurolini yelkasiga qurol osib, oyoqyalang yoqdan bu yoqqa yuruvchi posbonga 76. Avaz O‘tarning otasi, Polvonniyoz O‘tar Gadoyniyoz o‘g‘li , kimlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lib, tez-tez suhbatlashar.doimiy muloqot qilar edi? Ogahiy, Komil Xorazmiy, Mujrib Xonaxarobiy, Bayoniy 77. Avaz O‘tar qaysi shoirlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lgan? Munis, Ogahiy, Komil, Feruz 78. Avaz O‘tar o‘zining qaysi she’rida “Ilm-u fan uyiga yuboringlar bolangizni” deb
aytib o‘tgan? “Til” haqidagi she’rida 79. Avaz O‘tar “ko‘ngillarning sururi, dog‘i ko‘zlar nuri” deb nima (yoki kim) haqida aytgan? farzand
80. Ota bilan onaga farzandlarni o‘qitish majburiy ekanligi ni kim o‘z asarlaridan birida aytib o‘tgan? Avaz O‘tar “Maktab” she’rida
bizni yaxshi tilak va orzularimizga yetishtiradi ? Maktab
82. Avaz O‘tar o‘zining qaysi she’rida “Umidim: yashasin maktab bolasi” deb aytib o‘tgan? “Fidoyi xalqim” she’rida 83. Abayning ilg‘or millatlardan o‘rnak olib qoloqlikdan chiqish, chidam va mashaqqat bilan ilm-fanni egallashga da’vat yaqqol sezilib turuvchi asarlari qaysilar? “Sho‘rlik qozog‘im”, Bo‘y bolasi bilan kambag‘al bolasi”, “Ilm o‘rgan”, “O‘lan” 84. Abayning fikricha, nimani bilmaslik odamgarchilik emas ? Dunyodagi barcha mavjud hodisalarning sirini hech bo‘lmasa yuzakiroq bo‘lsa ham bilmaslik 85. “Naqliya so‘zlar”da ilmning aytishicha, g‘ayrat, aql va ilmdan qaysi biri ba’zan yaxshilikka, ba’zan esa yomonlikka mahkam yopishib oladi ? G‘ayrat
86. “Naqliya so‘zlar”da keltirilishicha, aql va ilmga putur yetkazuvchi omil(lar) qaysi(lar)? Beg‘amlik, beparvolik, o‘yin-kulgi va ixlos qo‘ymaslik
O‘rta darajali savol-javoblar Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 14 87. “Shalola” nomli she’riy to‘plam muallifining dastlabki to‘plami qaysi? “Hayot” varaqlari” (Zulfiya) 88. Hayotsevarlik, umidbaxsh tuyg‘ular Zulfiyaning qaysi she’rining bosh mavzusi hisoblanadi? “Baxtim bor ajoyib kishilar aro...” 89. Urush va tinchlik tushunchalari, farzandlar kelajagi, onalarning hayot, tiriklik uchun kurashi g‘oyalari aks etgan asar qaysi?
“O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush” (Zulfiya) 90. “Sallasiga qadalgan tojdorlik belgisidan tanib qolingan” obraz qaysi asarda uchraydi? “Yulduzli tunlar”da Bobur (Qutlug‘ Nigor xonim taniydi)
Muqimiy “Sayohatnoma”sida keltirilgan va havas qilib borib afsuslangan joyi qaysi
asarda uchraydi? “Yulduzli tunlar”da (Konibodom) 92. “Yolg‘onning umri qisqa” maqoli qaysi asarda uchraydi? “Yulduzli tunlar” (Xonzoda begim aytgan) 93. Qishda muzni teshib cho‘milgan obraz qaysi asarda uchraydi? “Yulduzli tunlar” (Bobur) 94. “Yulduzli tunlar”da keltirilishicha, Boburning O‘ratepada yashovchi xolasining ismi nima edi? Xub Nigor xonim
Turkiyzabon aholi “Boburtosh” deydigan va tojikzabon aholi “Sangi Boburxon” deb
atovchi qoyatosh bor qishloq nomi qaysi asarda uchraydi? “Yulduzli tunlar’ (Ovchi qishlog‘i) 96. To‘g‘ay Murodning “Yoshlik” jurnalida chop etilishi bilan butun xalqimiz orasida juda tez dovruq qozongan asari qaysi? “Ot kishnagan oqshom” 97. “Avlodlar almashgan sayin yurak yo‘qolib boryapti” jumlasi qaysi asarda uchraydi? “Yulduzlar mangu yonadi” 98. “Farzandlar o‘zi minayotgan mashinaga o‘xshaydi!” Ushbu parcha qaysi asarda uchraydi? “Yulduzlar mangu yonadi”
“tayyor osh” deb ta’riflangan? “Yulduzlar mangu yonadi”da Ismoil polvon 100. “Yulduzlar mangu yonadi” asarida ho‘kiz taboq va gilam taboq ni kimlar ko‘taradigan bo‘lganligi aytib o‘tilgan edi? Ho‘kiz taboqni Abray polvon; gilam taboqni Jonibek
O‘rta darajali savol-javoblar Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 15 7-sinf adabiyotidan qisqacha savol-javoblar № Savollar va javoblar 1. Qaysi ijodkor yer sharini “yaralangan” deb ta’riflaydi? Rauf Parfi
Qaysi asarda “Podachilar qaysi dorga osilgan?” misrasi uchraydi? “Buzilgan o‘lkaga” (Cho‘lpon)
Bolsheviklar qirg‘ini, sho‘ro mustamlakachilari tomonidan o‘lkamizning vayronaga, o‘likxonaga aylantirilganligi haqida yozilgan asar qaysi? “Buzilgan o‘lkaga” (Cho‘lpon)
Hamza Hakimzoda Niyoziy “Jonlarni jononi, Vatan” va “Dardiga darmon istamas” she’rlarini qaysi taxallus
da yozgan? Nihon
5. Hamza Hakimzoda Niyoziy “Jonlarni jononi, Vatan” she’rini qanday shaklda yozgan? Murabba (to‘rtlik) 6. Hamza Hakimzoda Niyoziy “Dardiga darmon istamas” she’rini qanday shaklda yozgan? Musallas (uchlik) 7. Asarlarida o‘zbek qizlarining tortinchoq, hayo to‘la tabiatini, ayollarimizning andishaga o‘ralgan qiyofasini, onalarning cheksiz mehri va ayollargagina xos bo‘lgan matonatni, sadoqatni tarannum etgan ijodkor kim? Saida Zunnunova
Qaysi ijodkor Zulfiya sazovor bo‘lgan mukofotlardan birining nomi bilan bir xil nomda asar yozgan? Saida Zunnunova (“Nilufar”
Saida Zunnunovaning boshi va oxiri bir xil bo‘lgan she’ri qaysi?
“Yer uzra qo‘ndi oqshom...” 10. “Haqiqatdan tug‘ilar ba’zan afsona”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? “Mardlik afsonasi” 11. Tariximizning har yili yuz dostonga asos bo‘lishi kimning asarida aytib o‘tilgan? Shuhrat (“Mardlik afsonasi”da) 12. Nomus deb qon yig‘lagan qiz va kelinchaklar kimning ijodida uchraydi? Shuhrat (“Mardlik afsonasi”da) 13. “Mardlik afsonasi”da To‘marisning aytishicha, nima ular uchun uyat
edi? Dushmanga bosh egib yashash 14. Qaysi asarda xalqning birlashishi musht
ga qiyoslangan “Mardlik afsonasi”da 15. She’riyatning mazlumga homiylik qilganini aytib o‘tgan ijodkor kim? Rasul Hamzatov 16. “Otash yuragini o‘q o‘ygan” ijodkor kim? Rasul Hamzatov 17. “Sochini adoqsiz g‘amlar oqartirgan” ijodkor kim? Rasul Hamzatov O‘rta darajali savol-javoblar Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 16 18. Rasul Hamzatovning “Ona tilim” she’rida qavs ichida kiritma bo‘lib kelgan misra qaysi?
“Go‘yo fig‘on bordek murda dilida.” 19. Hayotning ayovsiz sinovlari, g‘araz, yomonlik, xiyonat, aldovlarni ko‘raverib bezor bo‘lgan inson qaysi asarda uchraydi? “Kenja nevaram Shahrizodga” (Rasul Hamzatov)
Qaysi ijodkor asarlaridan birida polizkapa qurib, kechalari tomda yulduz sanab yotish ajib gasht ekanligini aytib o‘tgan? Asqad Muxtor (“Yulduzim” she’rida) 21. “Sajiya” so‘zining ma’nosi nima? Xarakter 22. Asqad Muxtor nimani “cheksiz umr ertagi” deb ta’riflagan? Daryo
23. Asqad Muxtor “Yo‘l” she’rida aytishicha, bir kun uyda o‘tirib qolsa nima uni chetlab o‘tishini aytib o‘tgan? Hayot
24. Kim chaqaloqni (bolani) “jahonning umidi” deb ta’riflagan? Asqad Muxtor “Tug‘ilish” she’rida 25. Hovurni yer ostidagi ildizga o‘xshatgan ijodkor kim?
Asqad Muxtor “Tug‘ilish” she’rida 26. A.Muxtorning “O‘rik va soya haqida” gi she’rida qavs ichida kiritma bo‘lib kelgan parcha qanday? “Bulut kuni uni izlash – kulgili”. 27. “Dunyo miqyosida fikrlashga uringan” deya ta’riflangan ijodkor kim? Mirmuhsin 28. “Me’mor” romanida G‘avvos Muhammad “Sen la’nati meni yo‘ldan ozdirding” deb
kimga qarata aytgan edi? Zavrakka 29. “Me’mor” romanida G‘avvos Muhammadni kim(lar) to‘ng‘iz deb ataydi? Zavrak va Badia 30. “Ajdar komiga yanglishib ketgan bola” qaysi asarda uchraydi? “Me’mor”da Nizomiddin 31. “Me’mor” romanida nima “qaroqchilardan ham xavfli” deb ta’riflangan? Girdibot (quyun, o‘rama) 32. “Me’mor” romanida me’mor Najmiddin Buxoriy kimga “birodar” deb murojaat qiladi? Horunbekka 33. Qaysi asar qahramonlari “xonumoni talanib, qilichi sinib, qalqoni teshilib, yengilgan sarbozdek xomush tortib o‘tirgan” deb ta’riflangan? “Me’mor”da me’mor va Horunbek 34. “Me’mor” romanida kim “gapirmay turolmaydigan odam” deya tariflangan? Zavrak
35. Targ‘il sigir qaysi asarda uchraydi? “Qiyomat qarz” |
ma'muriyatiga murojaat qiling