Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 1 rustamjon o‘rinov
“Rustamxon” dostonida kim kimga “begijon” deb murojaat qiladi? Oftoboyim Sultonxonga 8
Download 0,94 Mb. Pdf ko'rish
|
Qisqacha Savol javoblar 090518154441
7. “Rustamxon” dostonida kim kimga “begijon” deb murojaat qiladi? Oftoboyim Sultonxonga
Qaysi asarda podsholik ishlari “bir og‘ir yuk” deb ta’riflanadi? “Rustamxon” dostonida
“Avesto fayzlari” kitobining muallifi kim? Homidjon Homidiy 10. Zardushtiylar uchun kimlar eng ulug‘ insonlar hisoblangan? Yerni sevadigan, mo‘l hosil yetishtiradigan, bog‘lar barpo etib, mehnat qurollari yaratadigan hunarmand, chorvador va dehqonlar. 11. Zardushtiylar uchun kimlar eng mo‘tabar insonlar hisoblangan? Cho‘lga suv chiqarib, yerning sho‘rini yuvib, zaxini qochirib, unga ishlov berganlar. 12. Tangri buyrug‘i bilan qattiq sovuqlarda odamlarni asrash uchun yerostida shahar qurdirgan podshoh kim? Jamshid 13. Quyidagi so‘zlarning ma’nosini toping. 1) ashah; 2) apoxtar; 3) astumand
1) haqiqat; 2) do‘zax; 3) moddiy 14. Zardusht yaratgan qo‘shiqlarning ikkinchisi qanday nomlanadi? Ushtavad goh 15. “Turk xoqonligi” risolasi muallifi kim? N.Rahmonov 16. O‘zining yozishicha, ko‘pincha hatto oyning yorug‘ida ham, qorong‘i kechalarda sham yorug‘ida ham kitob yozar ekan. Ushbu ta’rif kim haqida? Imom al-Buxoriy
“dinni tarashlovchi” deb ta’riflangan? Jahl
O‘rta darajali savol-javoblar Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 32 18. O‘zining butun bilim va hayotini to‘g‘ri hadislarni aniqlab, jamlashga sarflagan xalifa kim?
Xalifa Umar 19. Hikmat yozish an’anasi ni boshlab bergan shaxs kim? Ahmad Yassaviy 20. Kim o‘z asarlaridan birida “Oqil bo‘lsang, g‘ariblarning ko‘nglini ovla” deb aytib o‘tgan? A.Yassaviy 21. “Latoyif nazariyasi” ni kim ishlab chiqqan? Najmiddin Kubro 22. Kimning qaysi asarlarida o‘z-o‘zi bilan kurashish, gunoh ishlarni qilmaslik, gunoh lazzatini totgan anfsga mag‘luboyat alamini torttirish, nafni yengishga va sabr- qanoatli bo‘lishga chaqiradi ? Najmiddin Kubroning “Al-usul al-ashara”, “Risolai Najmiddin” asarlarida 23. Kimning ruboiylari misolida dunyoviy va botiniy ilmlarni iloji boricha ko‘proq qalblarga singdirish uchun kurash ini ko‘rish mumkin? Najmiddin Kubro 24. Ko‘niyo
hozirgi qaysi davlat? Turkiya
25. “Olamni egallashga va o‘z-o‘zini anglashgan intilgan inson ruhining taronasi” deyilishi mumkin bo‘lgan asar qaysi? “Masnaviy” (Jaloliddin Rumiy) 26. Kimning asarlarini o‘z-o‘zini, o‘zlikni tanish kitobi deb aytish mumkin? Jaloliddin Rumiy 27. Kim o‘z asarlaridan birida mastlarga xumor bir kun bo‘lishi ni aytib o‘tgan? Jaloliddin Rumiy (“Kun-u tun” radifli ruboiysida)
28. Qaysi ijodkor asarlaridan birida oyning samoda porloq nur ekanligini, ammo yorining yuzining oldida benur ekanligi ni aytib o‘tgan? Jaloliddin Rumiy 29. “Tazkirat ush-shuaro” asariing muallifi kim? Davlatshoh Samarqandiy 30. “Majma’ un-navodir” asarining muallifi kim? Nizomiy Aruziy Samarqandiy 31. “Ot-u tevasi hisob ila jo‘b, Qo‘y-u qo‘zisi hisobdin ko‘p”. Ushbu parcha “Xamsa” tarkibidagi qaysi dostondan olingan va kim haqida? “Layli va Majnun”dan Majnun (Qays)ning otasi haqida
“Guliston quriganda bulbul sayramaydi, doston aytmaydi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? “Layli va Majnun”dan 33. G‘am yuki alifdek qomatini dol qilgan ijodkor kim? Nodira (“Firoqnoma”dan) 34. “Demokratik shoir” deya ta’riflangan ijodkor kim? Muqimiy
O‘rta darajali savol-javoblar Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 33 35. Kimning
ijodida hayotni sevishga, undan zavqlanishga chaqirish, turmushning ozod va baxtiyor bo‘lishini orzu qilish yetakchi o‘rinda turadi. Muqimiy
36. Ko‘klam tabiati qo‘ynida hordiq chiqarishga chorlagan ijodkor kim? Muqimiy
37. “Bag‘rining qonga to‘lishini lolaga o‘xshatgan” ijodkor kim? Muqimiy
(murabbasidan)
38. Muqimiyning “Emdi sendek, jono, janon qaydadur” deb boshlanuvchi murabbasining nechanchi bandida shoir o‘z ahvoli va mahbubadan gina qilgan ? 3-bandida 39. Qaysi ijodkor o‘z asarlaridan birida bolaligida qizlar o‘tsa orqasidan olma olma otganligini aytib o‘tgan? H.Olimjon 40. “Yuzini ko‘z yoshlari kuydirgan” obraz qaysi asarda uchraydi? “Ruh bilan suhbat”da 41. “Ruh bilan suhbat”da “insondan ehson kutadi” deb nima haqida aytilgan? Tabiat
42. Qaysi asarda o‘g‘lining baxtidek xotirjam yuruvchi obraz uchraydi? “Ruh bilan suhbat”da 43. “Ruhi jazavaga tushib yugurgan” obraz qaysi asarda uchraydi? “Ruh bilan suhbat”da 44. O‘ziga niqtalgan to‘pponchlarni o‘yinchoq deb bilgan bolalar qaysi asarda aytib o‘tilgan? “Ruh bilan suhbat”da
Ayollar hayot yaratish uchun yaralganligi qaysi asarda aytib o‘tilgan? “Ruh bilan suhbat”da 46. “Ruh bilan suhbat”da aytilishicha inson yaralganidan beri nimadan sherin narsani bilmaydi? Farzand nafasidan 47. Hayotni og‘uga, turmushni zimistonga o‘xshatgan ijodkor kim? E.Vohidov “Ruhlar isyoni” 48. “Ruhlar isyoni”da aytilishicha, eldan omad ketsa dastlab nima yo‘qoladi ? Hamjihatlik 49. “El uchun jon tikkan” shoir kim? Nazrul Islom (“Ruhlar isyoni”dan) 50. “Chinakam badiiy asar yozilmaydi, tug‘iladi!” Ushbu fikr kimga tegishli? O‘.Hoshimov 51. Qaysi jurnalda muqaddas Qur’oni karimning ma’no tarjimasi tarixda birinchi marta bosib chiqilgan? “Sharq yulduzi” 52. “Bahor qaytmaydi” qissasida “qilichini ko‘tarib kelyapti” deb nima tasvirlangan? Qish
53. “Dunyoda odamlarni yaxshi ko‘rishdan ham kattaroq baxt yo‘q”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? “Bahor qaytmaydi”
O‘rta darajali savol-javoblar Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 34 54. Shashqator bulutlarning aza tutish tasviri qaysi asarda uchraydi? “Bahor qaytmaydi” 55. “Alvido, bolalik” qissasida adabiyot o‘qituvchisi Samad aka bolalarga “Baxtli bolalik” mavzusida insho yozishlarini aytganida kim “Hamma yozadimi?”, “Inshoni erkin deyapsiz-ku?” deya ustoziga savollar beradi? Zoirali
bolalik hayotning asl pallasi ekanligi aytib o‘tilgan? “Alvido, bolalik” 57. “Alvido, bolalik” qissasida kimning otasining ikki oyog‘i qirqib tashlangan edi? Dilfuza 58. “Pul – xalq mulki, u suvda chirimasligi kerak”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? “Alvido, bolalik” 59. “Tinglagan nasihatlari to‘plansa, katta bir kitob bo‘lar edi. Ushbu parcha qaysi asar qahramoni haqida? “Alvido, bolalik”da Qamariddin haqida 60. Muhammad Yusufni qush
deb ta’riflagan ijodkor kim? Halima Xudoyberdiyeva 61. Ruhini “qushday yengil” deb ta’riflagan ijodkor kim? Muhammad Yusuf (“Muhabbat” she’rida)
62. Muhabbatni “go‘zal iztirob”, ko‘hna dard”, “ko‘hna tuyg‘u” deb ta’riflagan ijodkor kim? Muhammad Yusuf (“Muhabbat” she’rida)
Sochidagi oqni qordan-da kumushroq deb ta’riflagan ijodkor kim? Muhammad Yusuf (“Yangi yil kechasi” she’rida)
Sharq adabiyotida didaktik yo‘nalishni boshlab bergan ijodkor kim? Sa’diy Sheroziy 65. Sa’diy Sheroziy g‘azallarini bezagan asosiy vositalar qaysilar? Ajoyib o‘xshatishlar, ichki qofiya, o‘ynoqi satrlar 66. Do‘stlarning suhbatini olam jannatiga qiyoslagan ijodkor kim? Sa’diy Sheroziy 67. Qaysi ijodkorning qahramonlari har qanday holatda ham insonlikka xiyonat qilmaydi
? Jek London 68. Jek London o‘zining qaysi asarida londonlik ishchilarning qashshoq hayoti ni
tasvirlagan? “Tubanlik kishilari” 69. Qaysi asar qahramonining ko‘zlaridagi qayg‘u yaralangan bug‘u nikiga o‘xshatiladi? “Hayotga muhabbat” 70. “Qo‘rquv yashash uchun kurash bilan chambarchas bog‘liqdir”. Ushb parcha qaysi asardan olingan? “Hayotga muhabbat”
“Joni halqumiga tiqilganda ham u o‘limga bo‘ysunishni istamas edi”. Ushbu parcha qaysi asar qahramoni haqida? “Hayotga muhabbat”
O‘rta darajali savol-javoblar Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 35 72. Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasida aytilishicha, qaysi ko‘chada turuvchilaring hammasi bir otaning farzandlari edi? Orolko‘cha 73 Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasidagi brigadir
ning ismi nima edi? O‘razmat 74. Qaysi asar qahramoniga nisbatan “Otdan tushsa ham, egardan tushmaydi” deb ta’rif berilgan. “Jamila”da Jamila haqida (Ch.Aytmatov) 75. Qaysi asar qahramoni “merov odam” ga o‘xshatiladi? (merov – anqov)
“Jamila”da Doniyor 76. “Ba’zida kishi o‘z dardini so‘z bilan ifodalashga ojiz bo‘lib qoladi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? “Jamila” (Ch.Aytmatov)
O‘rta darajali savol-javoblar Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 36
Download 0,94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling