Abduxoliq G‘ijduvoniy
31. Hasadchi o‘z hasadi ta’siridan bir kun o‘zi halokat chuquriga yiqiladi.
Husayn Voiz Koshifiy
32. Hatto eng baland tog‘ ham quyoshni to‘solmas.
Xitoy maqoli
33. Himmat hamma narsadan yuqori turadi. Adl binosi hech vaqt vayron bo‘lmaydi.
Suqrot
34. Ilm — dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir, Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas
fazilatdur
Abdulla Avloniy
35. Ilm qog‘ozga chizish va yozish bilan emas, balki uqmoq va o‘qimoq bilandir.
Zamaxshariy
36. Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas, Qo‘lingdan kelgancha tera olsang bas.
Rudakiy
37. Ilmsiz inson — mevasiz daraxt. Mevali daraxtga tosh otadilar. Obro‘li, izzattalab bo‘lishni
istasang ilm o‘rgan. Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |