Yusuf Xos Hojib
75. Tilingni so‘zlashga soz, muhayyo qil,
Tilingni o‘q qil-u, aqlni yoy qil.
Abulqosim Firdavsiy
76. Tillarning eng yaxshisi so'zga usta til, so'zlarning eng yaxshisi bilib va oxirini o'ylab
so'ylangan so'zdir.
A. Avloniy
77. Turk zuhuridur ochunda bu kun, Boshla uluq yir bila turkona un.
Haydar Xorazmiy
78. Ulamolar suhbatida bo‘l, pok, sof niyatli kishilarga talpin.
Amir Temur
79. Ulug‘vor maqsad oldida turganingda, mehnatni rohat bil.
Arab maqoli
80. Yakkani bo‘ri yer.
Qoraqalpoq maqoli
81. Zakovat bilimning tarjimoni til.
A.Navoiy
82. Тil uslub uchun shaxmat taxtasidagi shohdir.
K. Fedin
83. Тilimizn ing tovlanib turishida shoir uchun ne-ne bitmas-tuganmas xazinalar bor.
M. Shayxzoda
84. O‘zbek tili xazinasidagi so‘zlar shu qadar ko‘p va jilovkorki, bu tilda hech qiynalmasdan
go‘zal asarlar: she’rlar, qissa va hikoyalar bitish mumkin.
N. Тixonov
85. O‘zbekning fe’l-atvori barchaga ayon: u yerni, tabiatni sevadi. Do‘ppisida suv tashib
bo‘lsa-da, daraxt ko‘kartiradi. O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir
Do'stlaringiz bilan baham: |