Rustamov Farrux Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnalogiyalari Mavzu : Flotatsiya


Download 0.76 Mb.
Sana09.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1180307
Bog'liq
Flotatsiya


QarMII
Geologiya va konchilik ishi fakulteti KI-107-21 guruh talabasi
Rustamov Farrux
Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnalogiyalari
Mavzu : Flotatsiya
Flotatsiya – mineral zarrachalar yuzasining fizik-kimyoviy xossalaridagi farqiga asoslangan boyitishdir.
Flotatsiya usulida rudani boyitishda olingan konsentrat tarkibining har bir tonnasida 3–4 m3 gacha, chiqindi tarkibida esa 10 m3 gacha suv bo‘ladi, shu sababli boyitma (konsentrat) va chiqindi suvsizlantiriladi.
Flotatsiya usulida boyitish zarrachalarning gidrofob va gidrofil, ya'ni, zarrachalarning namlanish va namlanmaslik xususiyatiga asoslanib olib boriladi.
Flotatsiyaning ko’pikli, moyli, gazli yoki ionli turlari mavjud
Foydali minerallarning miqdori ko‘p mahsulotni flotatsiyalashda (masalan, toshko‘mir, apatitli ruda) quyuq ko‘pik hosil bo‘ladi va uni to‘g‘ridan to‘g‘ri filtrlashga yuborish mumkin. Filtrlashning quyulmasi quyultiriladi va filtrlashga qaytariladi.
Ko‘mir boyitish fabrikalarida flotatsiya chiqindilarini yuqori konsentratsiyagacha quyultirish uchun cho‘kmani zichlashtiruvchi quyultirgichlar (konusligi yuqori va giperboloid taglikka ega) ishlatiladi.
Flotatsiya bо‘limida reagentlarning uncha kо‘p bо‘lmagan miqdorini faqat maxsus yopiq idishlarda tashib о‘tish ruxsat etiladi. Reagentlardan namunalarni mexanizatsiyalashgan moslamalarda olish zarur.
Qо‘lda reagentlardan namunalar olishda ishchilar dastagi 200 mm dan kalta bо‘lmagan namunaolgichlardan foydalanishlari kerak. Sianidlarning tarqatish baki alohida tо‘silgan mahalliy sо‘rish shamollatish qurilmasiga ega xonalardagi maydonda joylanishi zarur. Xona qulflanishi zarur.
Reagent jо‘natadigan quvurlar orqali qо‘shish nuqtasiga quyilishi shunday amalga oshirilishi kerakki, sianid eritmasi bilan erkin aloqalanish imkoni bо‘lmasin.
Reagentlarning chanlari, oraliq va tarqatish baklari va ular bilan bog‘liq kommunikatsiyalar zahira avariya idishlarigi ega bо‘lishlari kerak-ki, lozim paytida ularga reagentlarni tо‘liq bо‘shatish mumkin bо‘lsin.
Reagent maydonlarining oqova suvlari maxsus quvurlar orqali flotatsiya bо‘limining drenaj qurilmalariga aloqasiz о‘tishi kerak. Reagent maydonlariga xizmat kо‘rsatuvchi xodimlarning shaxsiy himoya vositalarining mavjudligi va sozligini smena boshlig‘i (ustasi) tasdiqlangan yо‘riqnoma talabida tekshirishi kerak.
Pnevmo flotatsiya mashinalarining aeroliftli naylarini almashtirish yoki tozalash vaqtida ishchilar himoya kо‘zoynagi taqishlarilozim.
Flotatsiya mashinasining impeller blogi shpindelini qо‘lda burash faqat kо‘pik haydovchi tо‘xtatilgandan keyin amalga oshirish mumkin.
Flotatsiya mashinalarini avariya holatlarida tо‘xtatib, ularni bо‘shatish uchun va yuvish suvlarini tо‘plash uchun nasoslar bilan jihozlangan zumflar mо‘ljallanishi kerak.
Ishlab turgan flotatsiya kameralaridan namunalar olish kо‘pik haydagichlarni albatta tо‘xtatilgach maxsus buning uchun mо‘ljallangan namunalagichlarda amalga oshirish lozim.
Pnevmomexanik va pnematik flotatsiya mashinalari kameralariga havo yuboruvchi havopuflagichlar maxsus tovush tarqatmaydigan va tovush sо‘ndirgich xonalarga joylashtirilishi kerak
Flotatsiya boyitish fabrikasining apparatlar zanjiri sxemasi:
1-o‘zi to‘nkariladigan vagon; 2-qabul qiluvi bunker; 3-plastinkasimon taminlagich; 4-panjarali g‘alvir; 5-yirik maydalash uchun konusli maydalagich; 6 va 9-vibratsion g‘alvirlar; 7-o‘rta maydalash uchun konusli maydalagich; 8 va 11-tasmali konveyer; 10-mayda maydalash uchun konusli maydalagich; 12-bo‘shatuvchi aravachali tasmali konveyer; 13-maydalangan ruda bunkeri; 14-maydalangan ruda taminlagichlari; 15- va 16-yig‘ma tasmali konveyerlar; 17-qiya lentali konveyer; 18-konveyer tarozlari; 19-sharli tegirmon; 20-spiralli klassifikator; 21,25,34,35-qum nasoslari; 22 va 26-bo‘tana bo‘luvchilar; 23 va 24-flotatsiya mashinalari; 27-barabanli vakuum-filtr; 28-barabanli kuritgich; 29-batareyali siklonlar; 30-elektr filtr; 31-ko‘pikli chang ushlagich; 32-tutun so‘ruvchi; 33-quyultirgich
Yordamchi jarayonlarga boyitmani suvsizlantirish va chiqindilarni maydoniga to‘plash jarayonlari kirib, ularda boyitmaning namligi belgilangan chegaragacha kamaytiriladi, fabrika oqava suvlarini tabiiy suv xavzalariga tashlashda yoki fabrikada qaytadan ishlatishdan oldin tozalanadi
Mayda shlamlarni flotatsiyaga ko‘rsatayotgan sapbiy ta’sirini kamaytirish uchun flotatsion bo‘tanaga mayda zarrachalarni yirik zarracha va havo pufakchalariga yopishtirmasligini ta’minlovchi peptizatorlar deb ataluvchi maxsus reagentlar qo‘shiladi;
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agarda oddiy suvni magnit maydonidan o‘tkazilsa, strukturasi o‘zgarib, anamal xossaga ega bo‘ladi. Bu esa flotatsiya jarayonini tezlashtiradi va tanlovchanlikni oshiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Aбрaмoв A.A. Пeрeрaбoткa, oбoгaщeниe и кoмплeкснoe испoльзoвaниe твeрдыx пoлeзныx искoпaeмыx. Т. 1. Обoгaтитeльныe прoцeссы и aппaрaты: Учeбник. – 2-e изд. – М.: Изд-во МГГУ, Горн. кн., 2008. 2. Aбрaмoв A.A. Пeрeрaбoткa, oбoгaщeниe и кoмплeкснoe испoлзoвaниe твeрдыx пoлeзныx искoпaeмыx. Т.2. Тexнoлoгия пeрeрaбoтки и oбoгaщeния пoлeзныx искoпaeмыx: Учeбник. – М.: Изд-во МГГУ, Горн. кн., 2008. 3. Aбрaмoв A.A. Тexнoлoгия пeрeрaбoтки и oбoгaщeния руд цвeтныx мeтaллoв. Учeбнoe пoсoбиe, в 2 кн. – М.: Изд-во МГГУ, 2005. 4. Aвдoxин В.М. Оснoвы oбoгaщeния пoлeзныx искoпaeмыx. Учeбник, в 2 т. – М.: Изд-во МГГУ, 2006. 5. Aрaшкeвич В.М. Оснoвы oбoгaщeния руд., – М.: «Нeдрa», 1989. 6. Егoрoв В.Л. Оснoвы oбoгaщeния руд., – М.: «Нeдрa», 1996. 7. Рудeнкo К.Г., Шeмaxaнoв М.М. Обeзвoживaниe и пылeулaвливaниe. – М.: «Нeдрa», 1997
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling