Rustamova gulshodaning
Download 183.76 Kb.
|
RUSTAMOVA GULSHODAA2
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY TARBIYALASH ….
Maqsadga qaratilganligi va g‘oyaviy yo‘nalganligi. Tarbiya jarayonida maqsadning aniq belgilanishi kutiladigan natijaga erishishni kafolatlaydi. Shuningdek, tarbiya jarayoni jamiyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, milliy g‘oya va mafkura asosiga qurilishi lozim. Respublikamizda tarbiya jarayonining asosiy maqsadi sifatida yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllantirish belgilab olingan. Yuksak ma'naviyatli inson bilimli, ma'lum kasb-hunar sohibi, o‘z Vatanining sodiq fuqarosidir. O‘z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g‘ururlana oladigan inson. O‘z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go‘zalliklaridan bahramand bo‘ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.
Tarbiyaning insonparvarlashuvi. “Insonparvarlik” tushunchasi mohiyatini, uning turlari va ilmiy pedagogika bilan munosabatlarini qanday talqin qilish kerak? “Falsafa qomusiy lug‘at”da insonparvarlik “Odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash, ularni hurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak ma'naviy failatlarni rivojlantirishga g‘amxo‘rlik qilish g‘oyalari bilan sug‘orilgan dunyoqarash”1 sifatida qaraladi. “Pedagogik ensiklopedik lug‘at”da esa, insonparvarlik shaxs sifatida inson, uning erkin rivojlanishi va o‘z qobiliyatlarini namoyon eta olishini qadriyat sifatida qabul qilish ekanligi uqtiriladi2. Keng ma'noda insonparvarlik – insonni shaxs sifatida qadriyat deb belgilaydigan, uning erkinlik, baxtga bo‘lgan huquqi, o‘zining qobiliyatlarini namoyon etishi va rivojlantirishi, ijtimoiy institutlarning baholash mezonlarida inson ravnaqini hisobga oladigan qarashlarning tarixiy o‘zgaruvchan tizimi, insoniylik – odamlar orasida kutiladigan me'yoriy munosabat. Insonparvarlik yana asosida insonning cheksiz imkoniyatlari va uning komillikka doir intilishlari, o‘z qobiliyatlari, qarashlarini erkin namoyon etishga doir shaxs huquqini e'tirof etish turadigan, inson ravnaqini ijtimoiy munosabatlar darajasini baholash mezoni sifatida tasdiqlaydigan dunyoqarash tamoyili tarzida ham qaraladi. Hozirgi vaktda mazkur tamoyil pedagogikaning asosiy tamoyillaridan biri sifatida shakllantirildi. Tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish eng umumiy ma'noda, tarbiya jarayoni ishtirokchilarining munosabatlarini avtoritar pedagogik muloqot uslubidan demokratik muloqot uslubiga almashtirish asosiga tashkil etilishi bilan tavsiflanadi. Bunda asosiysi – tarbiyalanuvchi shaxsiga hurmat va ta'lim mazmunida ijtimoiy tajriba tarzida olingan insoniyat madaniyati bilan tanishtirish yo‘lida uning ma'naviy imkoniyatini hisobga olish. Tarbiya jarayonining mohiyati ijtimoiy tajribani maqsadga yo‘naltirilgan tarzda shaxsiy tajribaga almashtirish yoki shaxsiy va ijtimoiy tajribani qo‘shilishida namoyon bo‘ladi. Tarbiyani insonparvarlashtirish uning yetakchi tendensiyasi sifatida tarbiyani insonga qaratish, uning individualligini namoyon bo‘lishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratishni ifodalaydi. U insonni yuqori ehtiyojlari: o‘z-o‘zini namoyon etish, o‘z-o‘zini realizatsiyalash, ma'naviy, ijtimoiy va kasbiy shakllanishida maksimal darajada qoniqishga yo‘naltirilgan o‘z noyobligini yo‘qotish, hayot, tabiat dunyosi va madaniyatdan begonalashib ketish xavfidan himoyalanishga chaqiradi. Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi. Maktabgacha ta'lim muassasasi bola uchun boshlang‘ich va asosiy tarbiya maskani hisoblanib, aynan tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi tarbiya tizimida katta o‘rin tutadi. U tarbiyachidan ikkita asosiy yo‘nalishda faoliyatni amalga oshirishni talab etadi: 1) tarbiyalanuvchilarni kishilarning mehnat faoliyati bilan keng tanishtirish; 2) tarbiyalanuvchilarni real hayotiy munosabatlarga, ijtimoiy foydali faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish. Tarbiyaning mehnat bilan bog‘liqligini oqilona amalga oshirish tarbiyachidan tarbiyalanuvchilarning quyidagi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlariga erishishni talab etadi: tarbiyalanuvchilarning mehnatning jamiyat va uning har bir a'zosi uchun ahamiyatini tushunib yetishlari; moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratuvchilar mehnatini hurmat qilish; tarbiyalanuvchilarni o‘z ustida ishlashlari, muntazam ravishda mehnat qilishga odatlanish; tarbiyalanuvchilarni kasb-hunarga oid tushunchalarni o‘zlashtirib borishlari va ular haqida ma'lumotga ega bo‘lishlari; moddiy va ma'naviy boyliklarga mas'uliyatli munosabatda bo‘lish. Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi tamoyili mazkur tamoyilning alohida tomonlarini ochib beruvchi quyidagi qoidalar asosida amalga oshirishni talab etadi: 1. Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy va mehnat tarbiyasida mavhumlik va yuzaklikdan voz kechib, ularning aniq va mahsuldor faoliyatga jalb etish. Mashg‘ulotlar jarayonida izchillik va ketma-ketlikka rioya etish zarur. 2. Tarbiyachi oila bilan o‘z faoliyatini muvofiqlashtirgan holda, har bir tarbiyalanuvchiga ularning jamiyatga qo‘shadigan munosib hissasi uyda va maktabgacha ta'lim muassasasida kattalarga yordam berish ekanligini tushuntirish. 3. Bolalar odatda doimiy ravishda faoliyatning biror turi bilan shug‘ullanishga intiladi, ularning tabiati uchun sustlik, bekor o‘tirish kabilar xos emas. Agar tarbiyachi mazkur jihatni hisobga olmasa, bolalarning ijtimoiylashuviga o‘zining salbiy ta'sirini ko‘rsatadi. 4. Mazkur tamoyilni amalga oshirish tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘lkashunoslik materiallaridan keng foydalanishni talab etadi. 5. Tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda hayotiy masalalarni muhokama qilish, ularni o‘z xulosalarini aytishga o‘rgatish ularda insonparvarlik va fuqarolik hissini uyg‘otishga xizmat qiladi. 6. Tarbiyaning hayot bilan bog‘liqligi tamoyilini muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlari bilan bog‘liqlikda tarbiya mazmuni va metodikasini qayta ko‘rib chiqish va yangilab borish lozim. 7. Tarbiyaviy jarayon shunday tashkil etilishi lozimki, tarbiyalanuvchilar to‘la qoniqish hosil qilishlari uchun ularning mehnati kishilar va jamiyatga zarur ekanligini his eta olishlari zarur. Bugungi kunda tarbiya jarayoniga xilma-xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda mazkur yondashuvlarni hisobga olish juda muhimdir. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Mazkur yondashuvning mohiyati – bixevioristik yo‘nalganlik, tarbiyani shaxsning xulq-atvoriga ta'sir ko‘rsatadigan ijtimoiy pedagogik ta'sir sifatida qarash; har bir pedagogik ta'sir tarbiyalanuvchida uning so‘zlari, xatti-harakati yo amallarida namoyon bo‘ladigan ma'lum javobni yuzaga keltiradi. Madaniyatshunoslik yondashuvi. Maxsus tashkil qilingan pedagogik jarayon sifatida tarbiyadan voz kechish. Madaniyatni, dunyo manzarasini egallash jarayonida atrofdagilarning xatti-harakatlari va xulqiga tabiiy tarzda moslashish. Aksiologik yondashuv. Mohiyati – insonning jamiyatdagi hayotining o‘zini qadriyat sifatida qaraydigan asosiy falsafiy qadriyatlar nazariyasi; tarbiya hayotga taryorlashga, shaxsiy qadriyatli yo‘nalganlik va shaxsning munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan. Tarbiya qadriyatlarni o‘zlashtirish va interiorizatsiyalash jarayoni sifatida tashkil etiladi. Ijtimoiylashtirishga doir yondashuv: tarbiyaga “hayot maktabi” sifatida qarash; ijtimoiy ahamiyatli sifatlarni shakllantirish; hayotiy tajribani sotsiumda egallash; sotsiumda ijodiy o‘z-o‘zini rivoojlantirishni qo‘llab-quvvatlash. Germenevtik yondashuv: insonparvarlikka doir hodisalarni tushunish va talqin qilishning G-nazariyasi; sub'ektning psixologik tajribasiga, kechinmaga murojaat; o‘qituvchi va bola dialogi sifatida tashkil qilinadigan pedagogik o‘zaro hamkorlik vaziyatida kechinmalarni yuzaga keltirish; tarbiyalanuvchi hayot mazmuni va uning hayot qadriyatlariga munosabatini tushunish. Sinergetik yondashuv: shaxsni o‘zgartirish yo‘llarining variativligi; bifurkatsiya (tanlov) nuqtasidan foydalanish; shaxsning ichki imkoniyatlari. Antropologik yondashuv: insonparvarlik pedagogikasi, refleksiv pedagogika; individual qobiliyatlarni rivojlantirish; o‘z-o‘ziga tarbiya ehtiyojini rivojlantirish; insonparvar maqsadlarni axloqiy fazilatlar sifatida (insoniylik, ishonch, minnatdorlik, chidamlilik) qo‘yish; tashhislash; shaxsning o‘z-o‘zini belgilashini ta'minlash. h (mate II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY TARBIYALASH …. Download 183.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling