R1 fazoda, x = 0 nuqtaga nisbatan simmetrik, nuqtalarning V qism to`plami va unda aniqlangan y = f (x) funksiya berilgan bo`lsin. Agar har qanday ± x є V lar uchun f (-x) = f (x) tenglik o`rinli bo`lsa, bir o`zgaruvchili y = f (x) funksiya V to`plamda juft funksiya deyiladi. Juft funksiya grafigi 0u ordinata o`qiga nisbatan simmetrikdir. Agar har qanday ± x є V lar uchun f (-x) = -f (x) munosabat o`rinli bo`lsa, y = f (x) V to`plamda toq funksiya deyiladi. Toq funksiya gra-figi esa koordinatalar boshiga nisbatan simmetrikdir. Masalan, juft natural darajali y = x2n (n є N) funksiya juft funksiyaga misol bo`lsa, toq natural darajali y = x2n–1 (n є N) toq funksiyaga misoldir. y = f (x) funksiya uchun shunday bir musbat t son mavjud bo`lsaki, funksiyaning aniqlanish sohasiga tegishli har qanday x va x + t nuqtalari uchun f (x+t) = f (x) tenglik bajarilsa, y = f (x) funksiya davriy funksiya deyiladi. t soni esa funksiya davri deb yuritiladi. Amalda funksiya davrlari ichidan eng kichigi T ni topish masalasi qo`yiladi, qolgan barcha davrlar uning butun karralisidan iborat bo`ladi. Masalan, y = 5sin(0,25πx) funksiyaning eng kichik musbat davri . y = f (x) funksiya V R1 to`plamda aniqlangan bo`lib, uning biror-bir V1 qism osti to`plamidan ixtiyoriy ravishda tanlanadigan ikki x1 va x2 nuqtalar uchun x1 < x2 munosabatdan f (x1)< f (x2) (f (x1)≤ f (x2)) tengsizlik kelib chiqsa, u holda y = f (x) funksiya V1 to`plamda o`suvchi (kamayuvchi emas) deyiladi. Agarda funksiya aniqlanish sohasiga tegishli V1 to`plamdan ixtiyoriy ravishda tanlanadigan ikki x1 va x2 nuqtalar uchun x1< x2 shartdan f (x1)>f (x2) (f (x1) ≥ f (x2) tengsizlik kelib chiqsa, y = f (x) funksiya V1 to`plamda kamayuvchi (o`suvchi emas) deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |