Rux, kadmiy, simob ishlatilish soxalari va qo`llanilishi
Download 0.49 Mb.
|
Kadmiyning ishlatilishiKadmiy, asosan oksidlanishga chidamliligi va sanoatda oson qoplanishi tufayli po’lat qoplamada ishlatiladi. Korroziyaga chidamliligini oshirish uchun temir, mis va rux ham kadmiy bilan qoplanadi. Bug’ yoki elektroliz qoplamasi qo’llanilishi mumkin. Bu eritish darajasining pastligi sababli qotishmalarning muhim tarkibiy qismidir. Ishqalanish qarshiligini talab qiladigan joylar, masalan rulman, kadmiy bilan qoplanadi. Uning nikel bilan qotishmasi ba’zi batareyalarda ishlatiladi. Shuning uchun yaxshi neytron yutuvchisi bo’lgan kadmiy yadro reaktorlarida regulyator tayoqchalarida hamda retarderlarda ishlatiladi. Eritish darajasi past bo’lgan dazmollar tarkibida kadmiy mavjud. Kadmiy oksidi qoplama vannalarida ishlatiladigan yaxshi katalizator hisoblanadi. Uning birikmalarining katta qismi sariq va qizil pigmentlar sifatida ishlatiladi. Masalan; kadmiy nitrat ko’zoynaklarga qizg’ish sariq rang beradi. Kadmiy sulfidi keramikalarga sariq rang beradigan pigmentlarda ishlatiladi. Kadmiy sulfat tibbiyotda engil antiseptik sifatida ishlatiladigan moddadir. Kadmiy xloridi paxtani bo’yash, elektroplastika va fotosuratlarda ishlatiladigan ajralmas birikma. Kadmiy elektro yordamida ishlab chiqarilgan batareyalar qo’rg’oshinli batareyalarga qaraganda uzoqroq ishlaydi. Kadmiy, qotishmalar va birikmalar ishlatiladigan ba’zi mahsulotlar: quyma qotishmalar, batareyalar, PVX, qayta zaryadlanadigan va qayta zaryadlanmaydigan batareyalar, neft komponentlari, televizorlarda va boshqalar. SimobSimobning yadro zaryadi (Z) 80 ga teng. Simob tabiatda erkin va birikma holida uchraydi, uning 7 ta tabiiy va 20 ta sun’iy izotopi bor. Simobning eng mashhur birikmasi kinovar HgS dir, erkin simob odatdagi haroratda suyuq bo’lganidan tomchilar holida uchraydi. Olinishi. HgS ning harorat ta’sirida parchalanish mahsulotidan simob ajratib olinadi, ba’zan HgS ga Fe yoki ohak ta’sir ettirib ham simob olinadi: HgS + O2 = Hg + SO2 HgS + Fe = Hg + FeS 4HgS + 4CaO = 4Hg + 3CaS + CaSO4 Hg(NO3)2 = Hg + Hg(NO2)2 Bug’ holidagi simob maxsus idishga yig’ilib, keyin haydash bilan tozalanadi. Laboratoriyada simob HgS ni harorat ta’sirida qizdirish bilan olinadi: 2HgO = 2Hg +O2 Xossalari. Simob odatdagi haroratda yagona suyuq metall, zichligi 13,59; -38,70 da qotadi, 356,70S da qaynaydi. Simob qattiq holatda modifikasiyada bo’ladi: 1. α-simob – 38,7 dan to – 1940 gacha mavjud. U romboedrik shaklda kristallanadi, 1940 dan pastda - simob barqaror, u hajmiy markazlashgan geksagonal shaklda kristallanadi. Simobning elektr o’tkazuvchanligi misning elektr o’tkazuvchanligining 58% ini tashkil qiladi. Simob ko’p metallarni eritadi. Bunday eritmalar – amalgamalar deb ataladi. Amalgamalar odatdagi haroratda suyuq yoki yumshoq bo’lishi bilan boshqa qotishmalardan farq qiladi. Natriy, kaliy, kumush, oltin va boshqa metallar simobda juda yaxshi eriydi. Amalgamalarni fizik-kimyoviy tekshirish natijasida ularning ba’zilari kimyoviy birikmalar ekanligi, ba’zilari qattiq eritmalar ekanligi, ba’zilari esa shunchaki suyuq aralashma ekanligi aniqlandi. Simob, rux va kadmiydan birmuncha farq qiladi, u ruxga qaraganda bir oz sekin oksidlanadi, lekin oltingugurt va galogenlar bilan oson reaksiyaga kirishadi. (hatto sovuqda ham) Toza simob havoda oksidlanmaydi, lekin nam havoda tursa oksidlana oladi. U suyultirilgan H2SO4 da qizdirilganda eriydi. HNO3 da qizdirilmasa ham yaxshi eriydi, odatdagi sharoitda Cl va S bilan birikadi. Temir, nikel va kobalt simobda erimaydi, shuning uchun simob temir idishlarda saqlanishi mumkin. Hg + 2H2SO4 = HgSO4 + SO2 + 2H2O Simob (I) – nitrat Hg2(NO3)2 simobga suyultirilgan HNO3 ni ta’sir ettirib, olinadi: 6Hg + 8HNO3 = 3Hg2(NO3)2 + 4H2O+ 2NO↑ Hg2(NO3)2 + 2NaOH = 2NaNO3 + HgO + Hg + H2O U eritmadan Hg2(NO3)2∙ 2H2O holida kristallanadi, suvda erimaydi va tibbiyotda ishlatiladi. Simob (I) – xlorid Hg2Cl2 suvda kam eriydigan oq modda zichligi 7,15 g/sm3 ga teng. Sulema va simob aralashmasi qizdirilganda, simob (I) ning suvda eriydigan tuzlariga xloridlar ta’sir ettirilsa, Hg2Cl2 hosil bo’ladi: HgCl2 + Hg = Hg2Cl2 Hg2(NO3)2 +2NaCl = Hg2Cl2+ 2NaNO3 Hg2Cl2 kalomel deb ham ataladi, tibbiyotda ishlatiladi, uning tuzilish formulasi quyidagicha:Cl – Hg – Hg – Cl Simob (II) – oksid HgO sariq yoki qizil kristall modda, zichligi 11,14 g/sm3 ga teng, tabiatda uchramaydi. Simobni havoda qizdirish, uning ikki valentli tuzlariga ishqor ta’sir ettirish va Hg(NO3)2 qizdirish bilan HgO hosil bo’ladi: 2Hg + O2 =2HgO 2Hg(NO3)2 = 2HgO + 4NO2 + O2 (quruq usul) HgCl2 + Ba(OH)2 =HgO ↓+ BaCl2 +H2O (ho’l usul) Hg(NO3)2 + K2CO3 + H2O = HgO + 2KNO3 + H2CO3 Simob (II) – oksid kimyoviy preparatlar olishda ishlatiladi. Simob (I)- oksid qora kukun, zichligi 9,8 g/sm3 ga teng, termik jihatdan nihoyatda beqaror bo’lib, xona haroratdagi Hg va HgO ga parchalanadi. Hg2O suvda erimaydi. Hg(NO3)2 + 2NaOH = Hg2O + 2NaNO3 +H2O Simobning HgO2 tarkibli peroksidi ham ma’lum. U beqaror modda. Hg2(OH)2 va Hg(OH)2 gidroksidlari olinmagan, chunki ular hosil bo’lishi bilan parchalanadi. Simob (II) – gidroksidga (va oksidga) ammiak ta’sir ettirilsa suvda (va suvdan boshqa erituvchilarda ham) erimaydigan oq mikrokristall kukun hosil bo’ladi: 2HgO + NH3 + H2O = [Hg2NH2(OH)2]OH Simob bug’i atomlardan iborat bo’lib, nihoyatda zaharlidir. Uning eng oz miqdori ham uzoq ta’sir etsa, organizmga zarar etkazadi. Simob birikmalari oshqazonga tushsa, ovqat hazm qilish organlarining, yurak va buyrakning ishlashi buziladi, u bilan ishlayotganda ehtiyot bo’lish kerak. Simob ko’p metallarni (Na, K, Ag, Au ni) o’zida eritib, amalgamalarni hosil qiladi. Amalgamalar odatdagi haroratda suyuq yoki yumshoq bo’lishi bilan boshqa qotishmalardan farqlanadi. Simob va uning birikmalari zaharli, shuninguchun ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. Metall Simobning bugʻlari ayniqsa xavfli. Simob nafas orqali qonga oʻtadi. Qonga oʻtgan Hg undagi oqsillar bilan qoʻshiladi. S. ning bir qismi jigar, buyrak, taloq va miya toʻqimalarida toʻplanadi. Hgdan zaharlarganda vena orqali giposulfitning 20%li eritmasi yuboriladi, markaziy nerv sistemasi faoliyatini normallashtiradigan farmakologik hamda fizioterapevtik vositalar buyuriladi va h.k. Hg preparatlari antiseptik va siydik haydovchi xususiyatlari tufayli tibbiyotda qoʻllanadi. XulosaRux konsentratiga osh tuzini qoʻshib qizdirish, haydash va uni chang holida tutib yigʻish, shuningdek, rux oksidi yoki metall boʻlaklariga xlorid kislota taʼsir ettirish, soʻngra bugʻlatish usullari bilan olinadi. Yogʻochni chirishdan saqlashda shimdiriluvchi tarkib sifatida, metallarni payvandlashda (oksid pardalardan tozalashda) qoʻllanadi. Rux sulfat eritmasi boshqa metallarni elektrolitik usulda rux bilan qoplashda , tibbiyotda, to’qimachilik sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladi. Butun dunyoda ishlab chiqariladigan ruxning 40%i poʻlatni korroziyadan saqlash uchun sarflanadi. Rux kukuni yordamida kadmiy, mis va nodir metallar birikmalardan ajratib olinadi. R.dan ishlangan listlar konstruksion material sifatida, shuningdek, quruq elementlarning idishlarini tayyorlashda qoʻllanadi. Kadmiy selenid. — yarimoʻtkazgich lazerlarda faol muhit hosil qilishda, fotorezistorlar tayyorlashda, fotodiodlar, quyosh batareyalari,emallar, sirlar va badiiy boʻyoqlar uchun pigment sifatida qoʻllaniladi. Metall holidagi kadmiy past temp.da suyuqlanadigan qotishmalar tayyorlashda , Veston elemanti nomli normal galvanik element hosil qilishda ishlatiladi. Temirning sirti kadmiy bilan qoplansa temir zanglamaydi.Kadmiylash — asosan, poʻlat buyumlar sirtiga 7—20 mkm qalinlikda kadmiy qatlami yugurtirish; buyumlarni korroziyadan saqlash uchun qoʻllaniladi. Elektr kimyoviy usul bilan va vakuum ostida qoplanadi. Elektr kimyoviy K.da buyumlar kadmiyning oddiy kislotali tuzlari yoki murakkab komplekslarining suvdagi eritmasida elektroliz qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Vakuum ostida K.da qoplanadigan material (kadmiy) toʻzitiladi va zarralarining yoʻnaltirilgan oqimi hosil qilinadi, soʻngra buyum sirtiga oʻtiradi. Samolyot, kemalarning eng muhim detallari, tropik iqlimda ishlatiladigan buyumlar kadmiylanadi Kadmiy bilan qoplash rux bilan qoplashdan afzal, chunki temirning standart oksidlanish potensiali kadmiynikiga yaqin, Kadmiy atom tehnikasida katta ahamiyatga ega, uning massa soni 113 bolgan izotopi sust neytronlarni qamrab olishga qobil bo’lganligi sababli,kadmiy yadro reaktorlar uchun kerakli regulyator tayyorlashda ishlatiladi. Kadmiyning ba’zi birikmalari tibbiyotda ishlatiladi.Kadmiy selenid — yarimoʻtkazgich lazerlarda faol muhit hosil qilishda, fotorezistorlar tayyorlashda, fotodiodlar, quyosh batareyalari emallar, sirlar va badiiy boʻyoqlar uchun pigment sifatida qoʻllaniladi. Kadmiy sulfid yarimoʻtkazgich lazerlarda faol muhit, fotoelementlar tayyorlashda xom ashyo, quyosh batareyalari, fotodiodlar, lyuminofor, shisha, sopol va badiiy boʻyoqlar tayyorlashda pigment sifatida qoʻllanadi. Tabiatda grinokit minerali koʻrinishida uchraydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Xoliqulov D.B., Samadov A.U. Ikkilamchi metallurgiya asoslari: 5520400-Metallurgiya ta’lim yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma. Toshkent: Fan, 2010. - 208 b. 2. Под редукцией В.И.Коротича «Начала металлургии» Екатеринбург УГТУ 2000 й. 3. Гудима Н.В. и др. «Технологические расчёты в металлургии тяжёлых цветных металлов». М.; Металлургия 1977 й. 4. Абдурах,монов С.А., Курбонов Ш.К., Холикулов Д.Б. Минерал зарраларни саралаш жараёнларининг назарияси ва дастгохдари. Навоий: НДКИ, 2007. - 200 б 5. «Цветные металлы» журнали 1999- 2004 й. 6. «Ўзбекистон кончилик хабарномаси» журнали. 2000- 2004 й. 7. «Горный журнал» журнали 2000 - 2004 й. 8.Arxiv.uz Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling