Rux, kadmiy, simob ishlatilish soxalari va qo`llanilishi


Ruxning turli xil soxalarda ishlatilishi


Download 0.49 Mb.
bet5/6
Sana10.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1086556
1   2   3   4   5   6
Ruxning turli xil soxalarda ishlatilishi:

  • rux bilan qoplash – 45-60%

  • dori (antiseptik sifatida rux oksidi) – 10%

  • qotishma ishlab chiqarish – 10%

  • rezina shinalar ishlab chiqarish – 10%

  • bo’yoqlar – 10%


Kadmiy elementi olinishi
Kadmiy – bu batareyalar va ko’plab mahsulotlarda ishlatiladigan metall. Biz kundalik hayotda foydalanadigan ob’ektlarni ishlab chiqarishdagi afzalliklarni inkor etib bo’lmaydi; ammo tanganing ikkinchi tomoni umuman yurakni quvontirmaydi. Kadmiy eng xavfli og’ir metallar qatoriga kiradi. Biz oziq-ovqat zanjiridan, suvdan, sigaretadan, havodan va oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlardan kadmiyga duch kelishimiz mumkin. Zaharli kadmiy ko’plab kasalliklarni, ayniqsa suyak tizimining mo’rtligini keltirib chiqarishi mumkin. Bu tanadagi kaltsiy muvozanatini buzadi va foydali oqsillarni chiqarilishiga olib keladi.
Kadmiy – 1800-yillarning boshlarida topilgan element. Germaniyaning Gannover shahridagi ba’zi farmatsevtlar rux karbonatining “kadmia” deb nomlangan tabiiy shaklini qizdirib, rux oksidi olishdi. Ayni paytda, olingan moddaning rangsiz bo’lib qolganligi sezildi. 1817 yilda Göttingen universiteti kimyogari Fridrix Stromeyer ushbu muammoni o’rganib chiqdi va rang o’zgarishiga noaniq modda sabab bo’lganligini aniqladi. Stromeyer, kalamin deb ham ataladigan rudadagi namunalarni o’rganib, ba’zi namunalar sariq rangda yonayotganini, boshqalari esa yo’qligini payqadi. U ushbu moddani jigarrang oksid sifatida ajratib, uglerod qobig’i bilan qizdirib, ko’k-kulrang metall hosil qildi. U ushbu metalni “kadmiy” deb atagan. Bir yil o’tgach, Stromeyerning kashfiyoti tasqidlandi va kadmiyning xususiyatlari tushuntirildi.
Kadmiy texnikada rux bilan olinadi. Rux changida kadmiyni miqdori 5 % gacha bo’ladi, undan quruq va ho’l usullar bilan kadmiy ajratib olinadi. Quruq usulda rux changiga koks qo’shib qizdiriladi, bunda hosil bo’lgan bug’ni bir necha marta haydab toza kadmiy olinadi. Ho’l usulda esa tarkibida kadmiy bo’lgan rux changi xlorid yoki sulfat kislotada eritilib, eritmadan kadmiy rux bilan qaytariladi:
CdSO4 + Zn = ZnSO4 + Cd
Toza kadmiy olish uchun kadmiy vakuumda yoki vodorod oqimida bug’lantirilib, elektroliz usulda tozalanadi.
Kadmiyning selenid (CdSe), otavit (CdO3) va monteponit (CdO), grinokit (CdS) kabi nodir minerallari maʼlum. Sulfid rudalarida, jumladan, sfalerit minerali (ZnS) tarkibida (0,01—5,0%), galenitda (0,02% gacha), xalkopiritda (0,12%), piritda (0,02%) uchraydi. Bundan tashqari, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar organizmida, oʻsimliklarda ham bor. Kimyoviy birikmalarda 2 valentli. Nam havoda Kadmiyning sirti yupqa oksid parda bilan qoplanadi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Suyuqlanish t-rasidan yuqori haroratlarda yonib, qoʻngʻir rangli kadmiy oksid (CdO) hosil qiladi. Kadmiy oq rangli, yumshoq yaltiroq metall, geksoganal shaklda kristallanadi. Kadmiyning normal elektrod potensiali-0,4 volt bo’lib, ruxnikidan (-0,76 volt) katta, shu sababli rux kadmiyni birikmalaridan siqib chiqaradi. Kadmiy suyultirilgan kislotalardan (HCl, H2SO4 kabi) vodorodni siqib chiqara oladi. Kadmiy havoda oksidlanganda uning sirti parda bilan qoplanadi, cho’g’lantirilganda esa qo’ng’ir tusli oksid parda hosil bo’ladi. U yonganda CdO bilan birga oz miqdorda CdO2 ham hosil qiladi, u yuqori haroratda juda faol metaldir.
Kadmiy birikmalari
Kadmiy oksid CdO kadmiyni havoda yondirilganda qo’ng’ir jigarrang bo’lib, havoda asta sekin oqaradi, chunki havodagi SO2 bilan birikib, oq rangli SaSO3 ga aylanadi. U suvda kam eriydi, kislotalarda yaxshi eriydi.
Kadmiy gidroksid Cd(OH)2 kadmiyning suvda eriydigan tuzlariga ishqor ta’sirida oq cho’kma holida hosil bo’ladi. U ortiqcha ishqorda erimaydi, konsentrlangan ishqorlarda uzoq qaynatilganda Na2[Cd(OH)4] va Ba[Cd(OH)4] kabi kadmatlarni hosil qiladi.Cd(OH)2 kuchsiz asos, ammiakda erib, [Cd(NH3)4] (OH)2 va [Cd(NH3)6(OH)2] kabi kompleks birikmalarni hosil qiladi. Kadmiy yumshoq yaltiroq metall, geksoganal shaklda kristallanadi.
Cd (OH)2 + 4NH3 → [Cd(NH3)4](OH)2
Kadmiy galogenidlar: CdF2, CdCl2 , CdVr2, CdI2 sun’iy yo’l bilan hosil qilinadi. Kadmiy ftorid CdF2 suvda oz eriydi. Kadmiy xlorid CdCl2* 2,5 H2O suvda juda yaxshi eriydi. Kadmiy bromid CdVr2 termik jihatdan juda barqaror modda. 7000 da parchalanmay bug’lanadi. Kadmiy iodid CdI2 suvda yaxshi eriydigan rangsiz qattiq modda, fotografiyada ishlatiladi. Kadmiy yodid komplekslar hosil qiladi, masalan, K2 [CdI4]
Kadmiy sulfid CdS kadmiyning suvda eriydigan tuzlarga H2S ni ta’sir ettirilsa sariq cho’kma holida hosil bo’ladi. Kadmiy sulfid suvda, suyultirilgan kislotalarda va ishqorlarda erimaydi. CdS sariq bo’yoq sifatida ishlatiladi, u barqaror va ravshan bo’yoqdir.
Kadmiy temir va po’lat buyumlarni korroziyadan saqlash uchun ularning sirtiga qoplanadi, oson suyuqlanadigan qotishmalar tarkibiga kiradi. Misga kadmiy qo’shilsa, misning chidamliligi ortib, elektr o’tkazuvchanligi uncha pasaymaydi, shuning uchun bunday qotishmalardan tramvay va trolleybus simlari tayyorlanadi. Kadmiy ishqorli akkumulyatorlar uchun ishlatiladi.
CdS - sariq yoki qizil rangli kristallar. Geksagonal va kubsimon modifikatsiyalari maʼlum. Suyuqlanish t-rasi 1475°, zichligi 4,824 g/sm3, yarimoʻtkazgich. Kadmiy va oltingugurt bugʻlarini oʻzaro taʼsir ettirish, eritmadan vodorod sulfid yoki natriy sulfid ishtirokida choʻktirish, kadmiy va oltingugurt organik birikmalarni oʻzaro taʼsir ettirish usullari bilan olinadi Tabiatda grinokit minerali koʻrinishida uchraydi.
Kadmiy selenid, CdSe - toʻq qizil rangli kristall modda. Kristallari, asosan, geksogonal panjarali, shuningdek, kubsimon panjarali beqaror va faqat yuqori bosimda mavjud boʻlgan kubsimon panjarali modifikatsiyalari maʼlumSuvda erimaydi, xlorid, nitrat va sulfat kislotalar taʼsirida parchalanadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling