Rux metallurgiyasini xom ashyo tavsifi va asosiy texnologiyalari


Download 19.27 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi19.27 Kb.
#1593248
  1   2
Bog'liq
Mavzu8


Mavzu; Rux ishlab chiqarish
Reja;
1. Rux metallurgiyasini xom ashyo tavsifi va asosiy texnologiyalari
2. Rux xom ashyosining tavsifi
3. Ruxni fizik kimyoviy xususiyatlari
4.Xulosa
4.Foydalanilgan adabiyotlar

Rux metallurgiyasini xom ashyo tavsifi va asosiy texnologiyalari
Ishlab chiqarish xajmi bo‘yicha rux, alyuminiy va misdan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Bir yilda dunyoda 5-7 mln.t rux ishlab chiqariladi. Zavodlarning ishlab chiqarish imkoniyati 75-85% larga foydalaniladi.
Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati tarkibiga kiradi. Zavodning ishlab chiqarish imkoniyati bir yilda 1000 ming tonnadan ziyodroqdir[3,4]. Xorijiy davlatlarda rux ishlab chiqarish quyidagi davlatlarda mavjud: AQSH, Yaponiya, Rossiya, Kanada, Avstraliya, Germaniya, Frantsiya, Bolgariya, Polsha, Qozog‘iston va boshqalardir.
Dunyo miqyosida ishlab chiqilgan ruxning o‘zlashtirilishi quyidagichadir,%: oq tunika olish 36; latun va bronza olish 26; quymakorlik 26; rux prokati 3; kimyo mollari 6,5.
Rux xom ashyosining tavsifi
Tabiatda rux asosan sulfid holatida uchraydi. Bir xil rux birikmalari - bu kislorod bilan bog‘langan oksid zahiralaridir. Sanoatda keng tarqalgan va ishlab chiqarishda tushgan bu – kompleks rux – qo‘rg‘oshin sulfidli polimetalmis rudalardir. Bu rudalarda asosiy metallardan tashqari, yana mis, kadmiy, nodir va kamyob metallar bor.Zamonaviy rudalarda ruxning miqdori 1,5 %, rux qo‘rg‘oshin rudalarda esa 1,0 – 1,5% Zn va 0,4 -0,5% Pb bor. Bu rudalarni qayta ishlashdan oldin boyitiladi. Asosiy boyitish usuli - selektiv flotatsiyadir. Oldin rudadan kollektiv rux-qo‘rg‘oshin boyitmasi olinib, keyin u alohida rux va qo‘rg‘oshin boyitmalariga ajratiladi. Sulfidli rudalarda rux asosan sfalerit – ZnS shaklda uchraydi. Oksidlangan rudalarda rux karbonat ZnSO4 (smitsonit) va gidrotsinkiy ZnSO3 • 2ZnS(OH) va silikat (valletit Zn2SiO4) turlarda uchraydi. Ruxni boyitmaga o‘tish darajasi 70-85%ni tashkil qiladi.
Rux boyitmasini taxminiy miqdori, %: Zn 40-60; Pb 0,2-3,5; Ca 0,15 -2,3; Fe 2,5-13; S 30-35; Ca 0,1-0,5; As 0,03-0,3; Sb 0,01-0,07; Ca 0,001-0,013; Jn 0,001-0,07. Boyitmani maydaligi 30-35% (-75 mkm)-70-90% (-75mkm) masofada o‘zgaradi. Boyitmani 7 muhim texnologik xususiyatlari bo‘lgan zichlik: 3,4-4,3 g/sm3 ; to‘kilmoq massasi 1,9-2,3 g/sm, namlik 10-16%, quritilgandan keyin 6-8 %.

Download 19.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling